Diqqat xususiyatlari. Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bolib, ulardan asosiylari - diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning ko’lami, diqqatning bolinuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligiga ko’ra odamlarning diqqatlari o’zining kuchi va barqarorligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ayrim odamlarning diqqati kuchli va barqaror bo’lsa, boshqa bir odamlarning diqqati kuchsiz va beqaror bo’ladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki diqqatni ma’lum muddat biror narsaga muttasil, yani uzluksiz tarzda karatib odam ishlay ham olmaydi, oqiy ham olmaydi va hatto uxlay ham olmaydi.
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlariga ega bo‘lib, ulardan asosiylari-
diqqatning bo‘linuvchanligi va diqqatning ко‘chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o‘z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning bo‘linuvchanligi deganda, biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratilishini tushunamiz. Agar diqqatimiz faqat bitta narsaga
qaratilgan bo‘lsa, ya’ni diqqatimiz faqat bitta narsa ustida to‘plangan bo‘lsa buni konsentratsiyalashgan (to‘plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksicha, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo‘lsa,buni bo‘lingan (taqsimlangan) diqqat deb yuritiladi. Quyida biz diqqatga xos xususiyatlarni batafsil ko‘rib chiqamiz. Diqqatning bo‘linishi har kimda har xil bo‘ladi. Buning sababi shundaki, diqqatning yengillik bilan bo‘linishi, diqqatimiz qaratilgan narsalaming ilgaridan bizga qanchalik tanishligi bilan bog‘liqdir. Diqqatning ko‘chuvchanligi. Odamning diqqati har doim bir narsadan ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatidan boshqa bir faoliyatiga ко‘chib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning ko‘chuvchanligi deb yuritiladi.Diqqatning ana shu yuqorida ko‘rib o‘tgan asosiy xususiyatlari odamning (shu jumladan bolalar-ning ham) barcha turdagi faoliyatlari uchun juda kerakli xususiyatlardir.Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi turli-tuman o‘zgarishlarga tez moslasha oladi.Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga tug‘ma ravishda, ya’ni irsiy yo‘l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog‘idan boshlab turli faoliyatlar -o‘yin, ish va mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi. Diqqatning ko‘lami. Odamlar o ‘z diqqatlari ko‘lami jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko‘lami keng bo‘lsa, boshqa bir odamlar diqqatining ko‘lami torroq bo‘ladi. Diqqatning ko‘lami ayni bir vaqtda odamning idrokiga sig‘ishi mumkin bo‘lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi.
Boshqacha qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratilgan narsalardan qanchasini ongimizga sig‘dira olishimiz diqqatning ko‘lamini tashkil etadi. Diqqatning ko‘lami odatda taxistoskop degan maxsus asbob bilan belgilanadi. Diqqat ko‘lamining keng bo‘lishi odamning turmush tajribasi va mashqi bilan bogiiqdir.
Diqqatni jamlash.
Diqqatning jamlanganligi. Diqqatni jamlash - bu jadallik yoki konsentratsiya darajasidir. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, uning intensivligi, asosiy ko‘rsatkich, fokusi, ruhiy yoki ongli faoliyatini jamlaydi. A.A.Uxtomskiy diqqat miya qobig‘ida qo‘zgalish va dominant markazidagi faoliyatning o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq, deb hisoblaydi.Xususan, konsentratsiya bu bir vaqtning o‘zida dominant bilan bog‘liq qo‘zg‘alish va miyaning qolgan hududlarida tormozlanish deb hisoblanadi. Diqqatning taqsimlanishi - bir vaqtning o‘zida turli obyektlar ma’lum bir qatorda diqqat ushlab turilib bir odamning qobiliyati bilan diqqat tajribasini tushunishdir. Bu qobiliyat diqqat sohasida ularni tutib, bir vaqtning o‘zida bir necha harakatlarni amalga oshirish imkonini beradi.Misol uchun,Rim hukmdori Yuliy Sezar bir vaqtning o‘zida bir necha ishni qilish imkoniga ega bo‘lgan: bular ko‘rish, yozish, eshitish va buyruq berish. U shunchaki diqqatni o‘zgartirish imkoniga ega bolgan.Lekin bu zamondoshlarida katta taassurot qoldirgan. Biroq, hayot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, inson bir vaqtning o‘zida faqat bitta amaliyotni bajara olish imkoniyatiga ega. Shu isbotlandiki, bir kishi bir vaqt-ning o‘zida beriladigan ikkita mashqlar haqida o‘ylashi mumkin emas. Biroq, ba’zan inson bir vaqtning o‘zida ikkita ishni amalga oshirishi mumkin, agarda bunday hollarda operatsiyalar turlaridan biri to‘liq avtomatik amalga oshirilsa va diqqat talab qilmasa, aks holda bunaqa operatsiyani bajara olmaslik mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |