Echki, tulki, it, mushuk.
Divan, krovat, stul, narvon.
Qo‘g‘irchoq, qalam, daftar, ruchka.
Tovuq, quyon, kurka, xo‘roz va hokazo.
Natijalarni tahlil qilish:
Yuqori natija: 7—10 ta kartochkani to‘g‘ri ko‘rsatish va tushuntirish.
O‘rta natija: 7—10 ta kartochkani yarim tushuntirishlar bilan ortiqcha predmetning ko‘rsatilishi. Masalan: «Ortiqcha predmet atirgul, qolganlari daraxtlar».
Past natija: 7—10 ta kartochkada ortiqcha predmetning tushuntirishsiz aniqlanishi.
1-test. Maktabga qabul qilinayotgan bolaning fikrlashi va xotirasini quyidagi matn yordamida aniqlash mumkin. «Kunlardan bir kuni sher kasal bo‘lib qoldi. U o‘z uyiga o‘rmondagi barcha hayvonlarni taklif qildi. Ularning ichida tulki ham bor edi. Tulki sherning uyiga kirmasdan, eshik oldida turdi. Sher unga: «Sen nega uyga kirmayapsan?» deb so‘raganida tulki shunday javob beribdi: «Men sening uyingga eltuvchi ko‘plab izlarni ko‘rdim, lekin qaytayotgan bironta ham iz ko‘rmadim». Tulkining javobini izohlab bering.
2-test. Bolalarga so‘zning antonimini topish vazifasini berib, ularning fikrlashi va xotirasini aniqlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |