Samadova zarnigoraning jismoniy madaniyat nazriyasi va metodikasi fanidan mustaqil ishi


Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi



Download 58,83 Kb.
bet9/11
Sana13.07.2022
Hajmi58,83 Kb.
#785875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASINING YETAKCHI TUSHUNCHALARI.

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi. Fanni o‘qitishdan maqsad - bo‘lajak kadrlarga jahon xalqlarining jismoniy tarbiya va sport tarixi hamda shu sohada erishilgan natijalar to‘g‘risida ma'lumot berish, mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi va uning taraqqiy etish hamda sportni boshqarish yo‘llari haqida bilim berish, ommaviy jismoniy tarbiya harakatida ijtimoiy va davlat idoralari o‘rnini anglatish. O‘z-o‘zini boshqaruv muassasalari va davlat idoralarini boshqaruv hujjatlar bilan ishlashga o‘rgatish, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb etuvchi jismoniy madaniyat bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalana olish kabi bilimlar bilan qurollantirishni ko‘zda tutadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining vazifalari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-sentabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonuni (yangi tahrir) va 2017-yil 3- iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarorida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yo‘llari belgilab berilgan.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va murabbiylarning dunyoqarashini kengaytiradi, yaqin kelajakdagi vazifalarni aniqlash, uslub, vositalarni to‘g‘ri tanlashni hamda ularni amalga oshirish shakllarini amaliyotda sinab ko‘rishga o‘rgatadi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining asosiy vazifalaridan biri bo‘lajak o‘qituvchini aralash kurslarda va xususiy uslublardan olingan bilimlarni integrallashni uddalay olish va bilimlarni amaliy ishda joriy etishning shakl va uslublari bilan qurollantirishdir. Fanning barcha bo‘limlarini o‘rganish talabalarning ixtisosligi bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi. Shuning uchun bosqichning asosiy bo‘limlari tatbiqan bayon qilingan har bir mavzuni o‘rganish jarayonida o‘qituvchi va talabalar nazariy bilimlarning amaliy ahamiyatini aks ettiruvchi vazifalarni qo‘yishlari kerak.
“Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fani talabalarda bajarayotgan ishining ahamiyatini tushunishga va professional burchini tarbiyalashga ko‘maklashishi lozim. Fanni o‘rganib borish orqali bo‘lajak o‘qituvchi ilg‘or
tajribalarni o‘zlashtirishi va bu tajribani o‘z ishida qo‘llay bilishi, talabalarga ushbu tajribadan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatishi, jismoniy tarbiya vazifalarini samarali ravishda hal etishni muntazam hamda mustaqil ravishda egallashlarini shakllantirishi lozim.
Hozirgi kunda har qachongidan ko‘ra ilg‘or pedagogik tajribalarga tayanish zarur. Jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlarining keng yo‘llarini, ularni amalga oshirish uslublarini takomillashtirish kerak. O‘qituvchi har bir mavzuning ahamiyatini ko‘rsatishi va aniqlashi, o‘quvchilar o‘rtasida aloqa o‘rnatishi hamda bilimlar, mavzularni muntazam ravishda o‘rgatishi juda muhimdir. Talabalar amaliy ishlarini hayotga joriy etish uchun nazariy bilimlarni egallashi, o‘qitishning pirovard maqsadi to‘g‘risida bir daqiqa ham unutmaslik ehtiyojini hosil qilishi zarur. Talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olishlari, jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan uslublar bo‘yicha so‘nggi ma'lumotlar bilan qurollangan bo‘lishlari kerak. O‘qituvchi talabalarga jismoniy tarbiya va sport masalasi oddiy masala emasligini, balki insonni har tomonlama rivojlantiruvchi asosiy vositalardan biri ekanligini, birinchi navbatda, uning mehnat faoliyati, Vatanni himoya qilish vositasi ekanligini tushuntira olishi, o‘quvchilarni kasbiy amaliy tayyorgarlik ishlarining uslublari va shakllari to‘g‘risidagi bilimlar bilan ta'minlashi zarur. Bunda talabalarning o‘z kasbiga qiziqishi juda muhim.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining vazifalari bo‘lajak o‘qituvchilarni muayyan pedagogik ko‘nikma, malaka va yangi pedagogik texnologiyalarlar bilan qurollantirishdan iboratdir. Fan o‘z vazifasi doirasida bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilariga jahon xalqlarining umumiy madaniyatida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni. Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy mashqlarni paydo bo‘lishi.
Jismoniy madaniyat va sportni rivojlanish davrlari. O‘rta asrlarda jismoniy madaniyat va sport. Buyuk gumanistlar ta'limoti, O‘rta Osiyoga jismoniy tarbiyani kirib kelishi. Ajdodlarimiz Abu Ali ibn Sino, A.Temur davrlarida jismoniy tarbiya. Sportni boshqaruv tamoyillari, an'anaviy va milliy bayramlarda musobaqalar tashkil etish, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha qaror, buyruqlarning sport tashkilotlarida bajarilishi bo‘yicha bilim berish hamda o‘rgatish, ta'lim muassasalari maktabgacha ta'lim muassasalari, umumta'lim maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollej o‘quvchilarini jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlardan, umumiy va maxsus mashqlardan foydalanish hamda sport musobaqalari, sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda sinfdan tashqari to‘garaklarni tashkil qilish kabi bilimlarini shakllanishini o‘rganishga ko‘maklashadi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida talaba quyidagilarni o‘rganishi kerak:
• yuklama me'yorini bilish, jismoniy tarbiyaning aniq vazifalarini yechish uchun shakl va uslublarning vositalarini tanlash;
• ishning asosiy rejalarini tuzib chiqish va jismoniy tarbiyaning har xil zvenolarida uni hisobga olib borish;
• talabalarning o‘rganish natijalarini aniqlash, ularning muvaffaqiyatlarini baholash, uyg‘unlashtirish va shug‘ullanuvchini mustaqil ishlarga yo‘naltirish;
• o‘quv - tarbiya muassasalarining ishlarini nazorat qilish;
ommaviy tadbirlar rejasi, musobaqalar to‘g‘risida nizom ishlab chiqish, ularni amalda o‘tkazish va uyushtirish;
• maktab o‘quvchilari bilan jismoniy tarbiya sohasida olib boriladigan ishlar sifatini oshirish maqsadida bolalar ijtimoiy tashkilotlari, oila va maktab kuchlarini birlashtirish;
• o‘rgatish texnikasiga oid o‘ziga xos moslamalar va vositalardan foydalanish;
• yangi pedagogik texnologiya asoslarini o‘zlashtirish va ularni amalda qo‘llash.

Download 58,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish