Saljuqiylar davlatining boshqaruv tizimi va harbiy, siyosiy tarixi



Download 133,5 Kb.
bet8/9
Sana14.06.2022
Hajmi133,5 Kb.
#667400
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SALJUQIYLAR DAVLATINING BOSHQARUV TIZIMI VA HARBIY, SIYOSIY TARIXI

Iqtisodiy va madaniy hayot. Somoniylar davrida kuchli va mustaqil davlatning paydo bo‘lishi dehqonchilik, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning taraqqiyoti – o‘z navbatida ichki va tashqi savdoni yanada o‘zviylashuviga va taraqqiyotiga olib keldi. Avvalo, shahar va qishloqlar o‘rtasidagi savdo kengaydi. Ikkinchi tomonidan, shahar va qishloqlarni qo‘shni ko‘chmanchi xalqlar va boshqa davlatlar bilan aloqasi rivojlandi.
Yozma manbalarda qayd qilinishicha, bozorlar katta-kichik shaharlarda va hatto qishloqlarda ham bo‘lgan. Ayniqsa karvon yo‘llari bo‘yida joylashgan shaharlarda bir nechtadan bozorlar bo‘lgan. Buxoro, Xo‘jand, Nasaf, Kesh, Termiz, Hirot, Marv, Nishopur shaharlaridagi bozorlar katta va gavjum bo‘lgan. Istaxriyning ma’lumot berishicha, Samarqandda Movarounnahrning bosh bozori joylashgan bo‘lib, bu yerga ko‘pgina shaharlardan savdogarlar kelgan. Movarounnahrda tayyorlangan mahsulotlarning katta qismi Samarqandga keltirilgan va undan keyin boshqa o‘lkalarga tarqatilgan. Ichki va tashqi savdoda ayrim kichik shaharlarning ham o‘rni katta bo‘lgan.
Bu borada Poykand shahri muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda qayd etilishicha, bu shaharda Somoniylardan oldin ham savdogarlar Xorazm, Kaspiy bo‘yidagi o‘lkalar va Xitoy bilan oldi-sotti ishlari olib borishgan. Shahar raislari savdogarlar uchun barcha sharoitlar yaratib berishga harakat qilganlar. Shaharda o‘nlab karvonsaroylar mavjud bo‘lgan, ular bozorga yaqin joyda joylashgan. Savdo rastalari karvonsaroyning o‘zida ham bo‘lgan. Karvonsaroylar yo‘llarda ham qurilgan.
Bozorlarda sotiladigan mahsulotlar avvalo, mahalliy aholining ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Hunarmandlar o‘z mollarini sotib, oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilganlar, o‘z navbatida hunarmandchilik mahsulotlariga dehqonlarning talabi katta bo‘lgan. IX-X asrlarda O‘rta Osiyoning iqtisodiy hayotida savdo-sotiq katta ahamiyatga ega edi. Bu borada ko‘chmanchilar bilan chegaradosh bo‘lgan shaharlarning ahamiyati katta bo‘lgan. Ko‘chmanchilar shaharlarga kelib dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlarini xarid qilganlar, teri va boshqa chorvachilik mahsulotlarini sotganlar.
O‘rta Osiyolik savdogarlar o‘z mollarini arab xalifaligi tarkibiga kirgan davlatlarga, Kavkazga, Xazar va Bulg‘oriyaga, Xitoy va Hindistonga olib borib sotganlar. O‘rta Osiyodan Xitoy bilan O‘rta yer dengizini birlashtiruvchi va Janubi-Sharqiy Yevropaga olib boruvchi karvon yo‘llari o‘tgan. Ayniqsa, O‘rta yer dengizi bilan bog‘lovchi karvon yo‘li ancha gavjum bo‘lgan. Bu yo‘l Bag‘dod, Hamadon, Nishopur, Marv, Amul, Buxoro, Nasaf, Kesh, Samarqand, Ustrushona, Choch, Balasog‘un orqali Xitoyga olib borgan. Xitoyga O‘rta Osiyodan otlar va shisha buyumlar olib borilgan. Xitoydan esa turli-tuman ipak gazlamalar keltirilgan. Xazar, Bulg‘or va Rus yerlariga O‘rta Osiyodan quruq mevalar, turli-tuman gazlamalar, guruch va kumush chiqarilgan. O‘z navbatida Janubi-Sharqiy Yevropadan O‘rta Osiyoga mo‘yna, mis, teri, qoramol, qo‘llar keltirilgan.
Janubi-Sharqiy Yevropa bilan bo‘lgan savdo aloqalarida xorazmlik savdogarlarning o‘rni katta bo‘lgan.
IX-X asrlarda madaniy hayot ham o‘zining yuqori darajasiga ko‘tarildi. Avvalo, me’morchilik san’ati va qurilish uslublari rivojlandi. Turar-joylar, yirik binolar, amirlar saroylari ham xom g‘ishtdan qurila boshlandi. Ma’muriy binolar, yirik boylar va amaldorlarning uylari ustunlar va o‘yma naqshlar bilan bezatilgan. Somoniylar davrida Movarounnahr va Xuroson me’morchilik san’atining yuqori taraqqiyotidan yorqin dalolat beruvchi yodgorlik bu Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbara o‘ta oddiylik va mahobatli shaklga xos bo‘lib u 892-943 yillar orasida qurilgan va o‘zining bag‘oyat chiroyli qilib ishlangan tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Ushbu maqbara o‘rta asrlar me’morchilik san’atining noyob durdonalaridan biri hisoblanadi.
Somoniylar davri me’morchiligining yana bir noyob durdonasi Kattaqo‘rg‘ondan 60 km janubdagi Tim qishlog‘ida joylashgan Arab ota maqbarasidir. Bu maqbara Ismoil Somoniy maqbarasi bilan o‘xshashlik topadi. Bu o‘xshashlik maqbaraning umumiy ko‘rinishida, inshootning tuzilishida, umumiy bezatilishida o‘z ifodasini topgan. Shu bilan birga Arab ota maqbarasi misolida Somoniylar davridagi me’morchilik taraqqiyoti va rivojlanish yo‘llarini ko‘ramiz. Somoniylar davri me’morchiligining nodir namunalarini shuningdek, Karki (Turkmaniston) yaqinidagi Alambardor, O‘zun (Surxondaryo) yaqinidagi Xo‘ja Naxshron, Karmanadagi Mir Said Bahrom maqbaralarida ham uchratish mumkin.
IX-X asr me’morchiligining rivojlanish yo‘llarining saqlanib qolganligini ko‘plab masjidlar misolida ham ko‘zitishimiz mumkin. Bu davrga oid masjidlar to‘g‘risida so‘z yuritilganda Buxorodagi Mag‘oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun, Shaxristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd qilish mumkin. Bu yodgorliklar O‘rta Osiyoda diniy me’morchilikning rivojlanish yo‘llarini ko‘zatish imkonini beradi.
Narshaxiyning ma’lumot berishicha, amir Nasr ibn Ahmad Buxoro registonida o‘zi uchun katta saroy qurdirgan va uning qurilishida katta mablag‘ sarflagan. Bu saroy g‘oyatda go‘zal bo‘lgan. Saroyning oldida esa devonlar uchun binolar qurilgan. Amir va hokimlar saroyi Nishopur, Marv, Samarqand va boshqa shaharlarda ham bo‘lgan. Bu saroylar o‘zlarining kattaligi va go‘zalligi bilan ajralib turgan. Ko‘p hollarda bunday saroylar xushmanzara joylarda, bog‘lar ichida bunyod etilgan.
O‘rta Osiyo xalqlarining asrlar davomida erishgan madaniy yutuqlari va bilimlari IX-X asrlarda yashagan va ijod qilgan olimlarga katta ilmiy poydevor vazifasini o‘tadi. Agarda bu ilmiy poydevor yuqori darajada bo‘lmaganda edi, Somoniylar davridagi ilmiy taraqqiyot haqida gapirish qiyin bo‘lar edi. Buxoro, Marv, Samarqand, Nishopur, Balx, Binkent, Kesh, Nasaf, Termez, Xo‘jand, Urganch kabi shaharlar bu davr ichida yirik madaniyat va fan markazlariga aylandilar. Somoniylar o‘z davlatlari hududida joylashgan o‘lkalardan chiqqan zamonasining yetuk ma’rifiy va fan sohiblarini Buxoroga taklif etdilar. Ular amir saroylarida o‘tkaziladigan ilmiy munozaralar va adabiyot uchrashuvlariga taklif qilinib turdilar. O‘z bilimlarini yanada chuqurlashtirish aqsadida amir kutubxonalarida saqlanadigan qo‘lyozmalarni o‘rgandilar.
Somoniylar davrida O‘rta Osiyoning qo‘shni davlatlar va xalqlar bilan madaniy va savdo aloqlari yanada kengaydi va o‘zviylashdi. Movarounnahr va xurosonlik olimlar – Abdullo Ro‘dakiy, Abumansur Daqiqiy, Abulqosum Firdavsiy, Muso al-Xorazmiy, Abu Nars Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abulabbos al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Narshaxiy kabilar o‘zlarining buyuk ixtirolari va tadqiqotlari bilan nafaqt o‘z o‘lkalaridagina emas, balki butun mashriqu mag‘ribda mashhur bo‘ldilar. E’tiborli tomoni shundaki, bu olimlar qomusiy bilimlar sohiblari bo‘lishgan. Ular fanning turli sohalarida ijod etib, dunyo madaniyati va fanining rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shdilar. Ular ixtiro etgan kashfiyotlar faqatgina ularning nomlariga boqiyliq baxsh etmay, balki butun xalqimizning obro‘-e’tiborini dunyoga taratdi.
Bu davrga oid moddiy topilmalar, me’moriy yodgorliklar xalqimizning yuksak madaniyatidan, nozik dididan, chuqur bilimidan va ijodiy parvozidan guvohlik berib kelmoqda.
Saljuqiylar davlatiga Saljuqnning nevarasi Sulton Toʻgʻrulbek asos solgan. Saljuq turklari 11-asrning 20y.larida harbiy xizmatlari evaziga Xurosonda Mahmud Gʻaznaviydan koʻplab mulklar olganlar. Biroq keyinchalik gʻaznaviylar ularga qarshi lashkar joʻnatib, Arslon Isroil ibn Saljuqni asir olishgan va Hindistondagi harbiy qalʼada tutqunlikda saqlashgan (1032-yil u hibsda oʻlgan). Saljuqiylar gʻaznaviylarga qarshi olib borgan koʻplab muvaffaqiyatli janglaridan soʻng Nishopurni egallab, oʻz rahbarlari Toʻgʻrulbekni sulton deb elon qildilar (1038). Dandanakon jangidagi gʻalabadan soʻng, u Xuroson hukmdori deb eʼlon qilindi. Asta-sekin saljuqiylar XurosonXorazm, Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq (Bagʻdod bilan birga)ni oʻzlariga boʻysundirdilar. Bagʻdodda Toʻgʻrulbek nomiga xutba oʻqitilgan. Abbosiylar xalifasi alQoim (hukmronlik davri: 1031—75) hokimiyatni Toʻgʻrulbekka topshirib, uni sulton hamda "Sharq va Gʻarb podshohi" deb tan olishga majbur boʻlgan va qizini unga xotinlikka bergan. Toʻgʻrulbek Rayni, uning ukasi Chagʻribek Dovud (990—1060) Marvni oʻzlariga poytaxt qildilar. 1050-yilda Toʻgʻrulbek poytaxtni Raydan Isfahonga koʻchirgan.
Alp Arslon va Malikshoh hukmronliklari davrida saljuqiylar Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda mustahkam oʻrnashib olishgan. Ular Vizantiya imperatori Roman IV Diogenning 200 ming kishilik qoʻshinini yengib (1071), butun Kichik Osiyoni (1071—81), keyinchalik Suriya va Falastinni zabt etishgan. Armaniston, Gruziya, Shirvon ham boʻysundirilgan. Shu davrda Balx, Termiz (1044), BuxoroSamarqand (1089), keyinchalik Fargʻona vodiysi saljuqiylar qoʻl ostida birlashgan.
Hatto Sharqiy Turkistondagi qoraxoniylar ham ularning ustunligini tan olishgan. Alp Arslon poytaxtni Isfahondan Marvga koʻchirgan. Saljuqiylar qoʻshinlari Arabiston ya.o.dagi Yaman va Bahrayn yerlarini ham oʻz tasarruflariga olishgan. Malikshoh hukmronligi davrida Saljuqiylar davlati harbiy-siyosiy jihatdan juda kuchli boʻlgan. Bu vaqtda poytaxt yana Isfahonga koʻchirilgan. 11-asr oxirlarida Saljuqiylar davlati Sharqiy Turkistondan Oʻrta yer va Marmar dengizlarigacha boʻlgan katga hududni oʻz ichiga olgan. Bu davlat Xitoy bilan Vizantiya oʻrtasida joylashgan. Salibchilarning Sharqqa qilgan yurishlarini toʻxtatishda saljuqiylarning xizmati katta boʻlgan.
11-asr oxirlaridan boshlab, Saljuqiylar davlati parchalana boshlaydi. Chunki 1-salib yurishi natijasida Saljuqiylar davlati Gruziya, Shirvon hamda Kichik Osiyoning sohil boʻyi hududlaridan, Suriya va Falastinning bir qismidan ajralgan (1096—99). Saljuqiylar davlatidan bir necha mustaqil sultonliklar ajralib chiqqan. Mas, Kermon sultonligi (1041 — 1187), Shom (Suriya) sultonligi (1074—1117), Koʻniya sultonligi va boshqa saljuqiy sultonlar oʻgʻuz va boshqa turkiy urugʻlar boshliqlari, jasur jangchilarga iqto inʼom qilganlar. Mac, Malikshoh saltanatni 12 ta viloyat — mulkka ajratib, ularni amirlar va lashkarboshilarga iqto tariqasida bergan. Katta-katta mulklarga ega boʻlgan iqtodorlar esa mustaqil boʻlishga harakat qilganlar. Malikshoh vafoti (1092)dan soʻng uning oʻgʻillari oʻrtasida taxt uchun kurash avj oldi. Aka-uka sultonlar Mahmud (hukmronlik davri: 1092—94), Barqiyoruq, Malikshoh II (hukmronlik davri: 1104— 25), Gʻiyosiddin Muhammad (hukmronlik davri: 1105—18) ayrim hokimlarning isyonlarini bostirish bilan birga ismoiliylar harakati, xususan, hashshoshiylarga qarshi kurash olib borishga majbur boʻlganlar.
Buyuk Saljuqiylar davlati taxt uchun kurashlar oqibatida sharqiy va gʻarbiy qismlarga boʻlingan. Gʻarbiy qismga kirgan Gʻarbiy Eron, Iroq va Ozarbayjonni Iroq sultonligi (1118—94) nomi bilan sulton Gʻiyosiddin Muhammadning oʻgʻli sulton Mahmud (hukmronlik davri: 1118—31) boshqarishni boshlagan. U Hamadonni oʻziga poytaxt qilgan. Sharqiy qism, asosan, Xuroson, Seyiston, Xorazm va Movarounnahrdan iborat boʻlib, unga sulton Malikshohning kenja oʻgʻli sulton Sanjar hukmronlik qilgan va poytaxti Marv boʻlgan. Sanjarning qudrati avjga chiqqan davrlarda gʻarbiy saljuqiylar ham uning siyosiy taʼsiri ostida boʻlishgan, Gʻaznaviylar davlati esa unga 1117-yildan tobe boʻlgan. Biroq Sharqdan qoraxitoylarning Movarounnahrga bostirib kirishi, Samarqand yaqinida boʻlgan mashhur Qatvon jangi (1141-yil 9 sent.) da ular qarluqlar bilan birgalikda saljuqiylar va qoraxoniylarning birlashgan qoʻshinini tor-mor qilishi natijasida Sanjarning kuch-qudrati zaiflashai boradi. U avval Movarounnahr, keyinchalik Xurosonning asosiy qismidan ajraladi. Anushteginiylardan Qutbiddin Muhammad, xususan, Otsiz davrlarida Xorazm ham Saljuqiylar davlatidan ajralib chiqib, oʻz mustaqilligini tiklagan. Otsiz, hatto saljuqiylar poytaxti Marvni egallab, Nishopurni qamal qilgan (1141—42). Sanjarning vafoti (1157)dan soʻng saljuqiylarning Xurosondagi hokimligi tugagan. Xuroson gʻuzlar (oʻgʻuzlar) tasarrufiga kirgan. 1117-yil saljuqiylarning Shom (Suriya) sultonligi, 1187-yil Kermon sultonligi ham tugatilgan. Xorazmshohlar 12-asr 2-yarmidan boshlab gʻarbiy saljuqiylarning Iroq sultonligiga kuchli zarbalar berishgan. Xorazmshoh Takash Iroq sultonligini ham tor-mor qilib, oʻz davlatiga qoʻshib olgan (1194). Faqat Kichik Osiyodagi Koʻniya (Anadolu yoxud Rum) sultonligi 14-asr boshlarigacha hukm surgan.
Saljuqiylar davlati tepasida oliy hukmdor — sulton (sulton ulaʼzam) turgan. Uning nomidan xutba oʻqilib, tanga zarb etilgan. Taxt otadan bolaga meros sifatida oʻtgan. Mulk, yersuv taqsimlash, muhim davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, amaldorlar ishini nazorat qilish va boshqa sultonning vakolatlari doirasiga kirgan. Saljuqiylarning boshqaruv tizimi somoniylar, qoraxoniylar, gʻaznaviylarniki singari ikkiga: dargoh va devonlarga boʻlingan. Ulugʻ hojib, horis amiri (amiri horis), saloxdor, xos vakil, alamdor, jondor, tashtdor, sarhang , miroxur dargoxdagi asosiy lavozimlar sanalgan. Bosh vazir devoni aʼlo — markaziy boshqaruv tepasida turgan. Devoni tugʻro, devoni istifo(moliya devoni), devoni ishraf (nazorat devoni), devoni arz (harbiy vazirlik) kabi rasmiy devonlar boʻlgan. Viloyat boshliklari (voliylar) ham oʻz devonlariga ega boʻlishgan. Voliylar sulton tomonidan tayinlangan boʻlib, ular viloyat hayoti bilan bogʻliq barcha sohalar: moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo idoralariga rahbarlik qilgan. Tuman va shahar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham deyarli shunday boʻlgan.
Saljuqiylar davlatida, ayniqsa, Buyuk saljuqiylardan Toʻgʻrulbek, Alp Arslon, Malikshoh, Sanjar davrlarida iqtisodiy va madaniy hayotda katta koʻtarilish yuz bergan. Hunarmandchilik taraqqiy qilgan: toʻqimachilik, kulollik, zargarlik, oynasozlik, temirchilik, koʻnchilik va gilam toʻqish rivojlangan. Buyuk ipak puli ulkan saltanatning markaziy shaharlari orqali oʻtgan. Sharqiy Yevropa, Vizantiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlari bilan savdo aloqalari gurkirab rivojlangan. Malikshoh Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdoni jonlantirish uchun Xuroson va Iroq savdogarlarini boj toʻlovidan ozod qilgan. Kaspiy dengizi orqali Turkistonga neft mahsulotlari keltirilgan. Ichki savdo ham rivojlangan. Mamlakatda sof oltindan zarb etilgan dinor (kizil dinor) joriy etilgan. Bundan tashqari, mahalliy dinor (rukniy) va mis dirhamlar ham boʻlgan.
Saljuqiylar davlatida ilm-fan va madaniyat rivojlangan. Ayniqsa, Eron, Iroq va Movarounnahrda madaniy yuksalish yuqori boʻlgan. Nishopur, Isfahon, Basra, Hirot, Marv, Buxoro, Samarqandda madrasalar bunyod qilingan. Xususan, buyuk vazir Nizomulmulk qurdirgan Bagʻdoddagi Nizomiya madrasasi (1067) butun jahonga mashhur boʻlgan. Nizomulmulk davlatni boshqarish asoslari haqida "Siyosatnoma" asarini yaratgan. Munajjim va riyoziyotchi olim Umar Xayyom loyihasiga koʻra, Isfahonda rasadxona kurilgan. U Malikshoh topshirigʻiga koʻra, rasadxonada kuzatuv ishlarini olib borgan va sosoniylarning shamsiy taqvimini isloh etib, Yangi taqvim ("Malikshoh taqvimi" yoxud "Jalol erasi") ni tuzgan (1079). Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Saʼdiy Sheroziy, Umar Xayyom fors sheʼriyatining soʻnmas durdonalarini yaratishgan. Muhammad Gʻazoliy, Farididdin Attor, Xoja Yusuf Hamadoniy kabi islom ulamolari va soʻfiylar ijod kilishgan.
Saljuqiylar davlatida riyoziyot va ilmi nujum (Bahovuddin Abubakr Marvaziy, Sharafiddin Tusiy, Abulhasan Ali Marvaziy, Abulhotam Muzaffar Isfizoriy, Zahiriddin Gʻaznaviy), tibbiyot va kimyo (Ismoil Jurjoniy, Faxriddin Roziy), tarix (Zahriddin Nishopuriy, Sadriddin Husayniy, Anushirvon Koshoniy, Abu Bakr Ravondiy), adabiyot (adib Sobir Termiziy, Nosir Xusrav, Anvariy, Asiriddin Axsikatiy, Rafʼiy Marvaziy va boshqalar) sohalariga oid koʻplab bebaho asarlar yaratilgan. Bu davrda Nishopur, Marv, Isfahon, Ray, Hamadon kabi poytaxt shaharlar, shuningdek, Buxoro, Samarqand, Termizda koʻplab meʼmoriy yodgorliklar qurilgan. Marv gullab yashnagan, u "Marvi Shohijahon" — "Shaharlar shohi" deb ulugʻlangan. Tarixchi va sayyoh Yoqut Hamaviy Marvda boʻlganida bu yerda 10 ta yirik kutubxona borligini koʻrgan va ulardan foydalangan. Termiz yaqinidagi Paygʻambarorolda Zulkifl majmuasi (11—12-asrlar), Sulton Saodat meʼmoriy majmui (11 — 18-asrlar), Jarqoʻrgʻon minorasi (1109), Marvda Sulton Sanjar maqbarasi (12-asr) va boshqa meʼmoriy obidalar qurilgan. Saljuqiylarning Koʻniya sultonligida ham madaniyat taraqqiy etgan. Kichik Osiyoning islomlashish jarayoni kuchayib, tasavvufning mavlaviylik, bektoshiya kabi tariqatlari shakllangan, axiylik (javonmardlik) va qalandarlik kuchaygan. Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro (1240—1320), Xoja Bektosh Vali (1248—1338), Sadriddin Koʻnyoviy, Shahobiddin Suhravardiy singari mashhur mutasavviflar yetishib chiqqan. Koʻniya (Ikoniy), Sivas, Qaysariya, Nikeya sh.lari yirik madaniy markazlar hisoblangan. Bu paytda "Oʻgʻuznoma" dostonining yozma varianti shakllangan, latifaaa Xoʻja Nasriddin (Afandi) obrazi (Turkiston va Anadoluda) yaratilgan.



Download 133,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish