S. Burxonova “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish boʻyicha uslubiy koʻrsatma



Download 0,96 Mb.
bet1/71
Sana03.02.2022
Hajmi0,96 Mb.
#427784
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Мустакил таълим Тарих намунасиртки


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



S.Burxonova

O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” FANIDAN




MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH BOʻYICHA


USLUBIY KOʻRSATMA

(sirtqi fakultet birinchi kurs talabalari uchun)




T OSHKENT–2021


Tuzuvchi: dots. v.b. S.Burxonova, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish boʻyicha sirtqi fakultet birinchi kurs talabalari uchun uslubiy koʻrsatma. – T.: TMI, 2021 y. – __ b.
Bugungi globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilishda Vatanimiz tarixini birlamchi manbalarga tayanib, har tomonlama va chuqur tadqiq etish yosh avlodga haqiqiy tariximizni o‘qitish orqali ularni yuksak ma’naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu uslubiy qo‘llanma O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan saboq berayotgan kafedralarda mustaqil ta’limni tashkil etish va bajarishda professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga mo‘ljallangan uslubiy ko‘rsatma sifatida tavsiya etiladi.
Ushbu uslubiy koʻrsatma Toshkent moliya instituti O’quv-uslubiy Kengashida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.
(2021 yil “__” _____________№ _/__ son qarori).



Taqrizchilar:









N.Oblomurodov



TMI, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, t.f.d.prof.

N.Mahkamova



TMI,“Gumanitar fanlar” kafedrasi kafedrasi mudiri, t.f.d.prof.



KIRISH

Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, faol demokratik yangilanishlarni amalga oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shu buyuk o‘zgarishlar jarayonida xalqimizning boy tarixi, betakror milliy qadriyatlari, bebaho ilmiy, madaniy merosi qayta tiklanib, butun bashariyatning noyob mulkiga aylandi.


Mustaqil ta’lim o‘zlashtirish bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

  • fanning predmeti, nazariy-metodologik asoslari, manbalari;

  • o‘zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishi, xalqimizning dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi;

  • O‘zbekiston tarixining asosiy davrlari va taraqqiyoti tadrijiy bosqichlari, ularning uzviy bog‘liqligi va davomiyligi, tarixiy voqealar vorisiyligi;

  • mustamlakachilik va sovet mustabid davrida O‘zbekistonning turli sohalari rivojlanishiga qarshi siyosat va ularning ayanchli oqibatlari;

  • turli davrlarda ozodlik yo‘lida amalga oshirilgan kurashlar hamda vatanparvarlik jasoratlari;

  • O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, rivojlanishi, yangilanish va modernizatsiya jarayonlari haqida bilimga;

  • Vatanimiz tarixi bo‘yicha o‘z tarixiy tafakkurini boyitib borish va tarixiy haqiqat tamoyillari asosida tarixiy voqealar va jarayonlarni tahlil qila bilish;

  • O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri ekanligini teran his qila olish;

  • ajodlarimiz ibratli hayoti va faoliyati bilan faxrlanish va vatanparvarlikni namoyon eta olish ko‘nikmalariga;

  • tarixiy voqea va hodisalar natijalarini qiyosiy taqqoslash orqali ulardan xulosalar chiqarish;

  • jamiyat taraqqiyotida o‘zining tutgan o‘rnini anglay bilish, his etish va faol ishtirok etish;

  • tarixiy voqealar va hodisalarga nisbatan o‘z nuqtai nazariga, mustaqil fikriga va munosabat bildira olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘z ustida mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Talabaning mustaqil ishi – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
O‘qishning boshlang‘ich bosqichlarida talabalar mustaqil ishini tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog‘liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalari ta’limning navbatdagi turi – oliy ta’limga ko‘nikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta’lim olish jarayonida o‘z mustaqil faoliyatlarini to‘g‘ri tashkil eta olmaydilar. Ma’lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni tahlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solish, konspektlashtirish, o‘z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash ular uchun katta muammo bo‘ladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruhan tayyor bo‘lishmaydi.
Shuning uchun har bir professor-o‘qituvchi dastlab talabada o‘z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otish, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgatib borishi lozim. Bu jarayon dastlab dastur asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish jarayonida o‘qituvchi tomonidan adabiyotlar ustida ishlash jarayonidan boshlash maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladigan bilim va ko‘nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil ta’limga ko‘nikma orttirgan talaba faqat o‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‘zi zarur deb hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish