3. KORRUPSIYA VA UNGA QARSHI KURASH BORASIDA SH.MIRZIYOYEVNING TASHABBUSLARI.
Ma‘lumki, korrupsiya barcha zamonlarda ham may‘naviy-ruxiy tanazzul maxsuli sifatida ayanchli oqibatlarni yuzaga keltirgan. O‘tmish tariximizdan ham bunga qator misollar keltirishimiz mumkin. XIII asr boshlarida mo’g’ullar o’ta qudratli Xorazmshohlar davlatini bosib olishidan oldin Xorazm davlatida korrupsiya hozirgi kundagi kabi o‘ta kuchli edi. Eng achinarlisi esa, mo’g’ul qo’shinidan ko’p qo’shinga ega qudratli davlat aynan korrupsiya, hukumatning ahmoqona qarorlari, Xorazmshoh maslaxatchilarining taxt va mansab qayg’usini birinchi o’ringa qo’ygani ortidan juda qisqa muddatda yengilgan edi. Natija shaharlar yakson bo’ldi, odamlar qirg’in qilindi. Chingizxon poraxo’r amaldorlar va hokimlarning og’ziga va burniga kumushni eritib quydirib aytgan ekan: Sen yeb to’ymaslarni boylik va oltin-kumushlar bilan to’ydiraman. Haromxo’r hokim va amaldorlarning o’z xalqidan o’g’rilab to’plagan boyliklari ularning og’zidan qaynab chiqdi.
Endi yaqin tarixga nazar solsak, Podsho Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib olishi arafasida korrupsiya hozirgi kunimizdagidan ko’ra oz emas edi, harbiy qo’shin holati abgor edi. O’sha davr hukumatining axmoqona boshqaruvi tufayli xalq hukumat uchun jonini tikmadi, ruslarga qarshi qattiq kurashga otlanmadi.
Eng yomoni esa, o’z haqqini o’g’irlatgan xalqqa, bechoralar, sizlarga o’z haqqingizni qaytarib beraman, raxbarlaringiz sizni juda qiynab yuboribdi, demadi: Na Chingizxon, na chor oqposhshosi, na Lenin boshliq bolsheviklar. Bosqinchilar xalqimizni ham raxbarlariga ko‘shib qirg’in qildi, o’ldirdi, ayollarini zo’rlab, beshikdagi chaqaloqlargacha o’ldirishdi. Afsuski, bu qonli va sharmandali tariximizdan haliyam dars olmadik. O’tmish xatolardan ham battar xatoliklarga ortig’i bilan yo’l qo’ydik va qo’ymoqdamiz. Uchinchi marta yuz berish xavfi soya solib turgan har qanday nom ostidagi va ko’rinishdagi bosqindan endi O’rta Osiyo millatlari ya‘ni biz omon chiqa olamizmi!? Xulosa qilish uchun hali ham kech emas. Vaqt va imkoniyatlar tugamadi. Ko’zimizni ochishimiz, g’aflatdan uyg’onishimiz kerak!
Bugungi mustaqillik sharoitida ham afsuski, jamiyatimizda korrupsiya illati o’zining turli ko’rinishlari bilan taraqqiyotimizga g’ov bo’lmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida bu muammoga yana bir marotaba to‘xtalub jumladan shunday degan edi: Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaratib bo’lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog’i rivojlanmaydi.
Tadbirkorlar hanuzgacha yer ajratish, kadastr, qurilish, litsenziya, bojxona, bank, davlat xaridlari kabi sohalarda korrupsiyaga duch kelayotganini Prezident nomiga kelib tushayotgan ko’plab murojaatlar ham, matbuot va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar ham yaqqol ko’rsatib turibdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a‘zolari, ta‘bir joiz bo’lsa, halollik vaksinasi bilan emlanmas ekan, o’z oldimizga qo’ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o’tishimiz kerak.
Darhaqiqat mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash, Sh.Mirziyoyev iqtidorga kelgan dastlabku kunlardan boshlab kechiktirib bo‘lmaydigan eng dolzarb masala sifatida qarala boshlandi.
2017-yil yanvarda Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi Qonun va 2017-yil 2-fevralda Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuniningqoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidaO’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ2752) qabul qilindi.
yil 27 mayda O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. 2020 yil 29 iyundagi O’zbekiston Respublikasi.da korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi Prezident Farmoniga ko’ra Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi (PQ-4761).
yil dekabr oyida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va U-Report platformasi yoshlar o’rtasida so’rov o’tkazdi. Unda yoshlarning korrupsiyaga doir qarashlari haqida so’raldi. Agentlik xabariga ko’ra, O’zbekistonning barcha hududlaridan 15 507 nafar respondent qatnashgan. Ularning 30 % – xotin-qizlar. So’rovnomada respondentlargna qo’yidagi savollar berilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |