Ro’yxatga olindi: n 2021-yil “ ” «tasdiqlayman»


Mustahkamlash uchun savollar



Download 3,16 Mb.
bet18/103
Sana19.02.2022
Hajmi3,16 Mb.
#457606
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103
Bog'liq
2 5371081960582025470

Mustahkamlash uchun savollar.

  1. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi.

  2. Оʻzbekistonda ijtimoiy siyosatning оʻziga xos xususiyatlari.

  3. Aholini turmush darajasini yuqori daraja ta’minlash.

  4. Оʻzbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tоʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati.

8- MAVZU. MUSTAQILLIK YILLARIDA ОʻZBEKISTONDAGI
MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT (2 soat).
Reja:



  1. Tarixiy xotira yosh avlodni tarbiyalashning muhim omili sifatida

  2. Tarixiy meros, mutafakkir avlodlarning ma’naviy meros kelajak yutuqlarimiz garovi

  3. Milliy va diniy qadriyatlarimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan оʻrni

  4. Millatlararo tinchlik va konfessiyalararo totuvlik-barqarorlik garovidir

  5. Mustaqil yurt san’ati, adabiyoti va me’morchiligida milliy qadriyatlarning aks etish.

Tayanch sоʻz va iboralar:
Tarixiy xotira, tarixiy meros, milliy va diniy qadriyatlar, ma’naviyat, besh tashabbus, millatlararo tinchlik, konfessiyalararo totuvlik-barqarorlik, me’morchilik, ommaviy madaniyat.
1.Biron bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustaxkamlamay turib оʻz istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida SHarq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bоʻlib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqga qaramay, Оʻzbekiston xalqi avloddan avlodga оʻtib kelgan оʻz tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda оʻziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq, bоʻldi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan kоʻp asrlar mobaynida yaratib kelingan gʻoyatulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga kоʻtarilgan nihoyatda muhim vazifa bоʻlib qoldi. Darhaqiqat, Оʻzbekistondagi ijtimoiy sohaning tub ildizlaridan bоʻlmish ma’naviy sohning keng rivojlanishi xalqimiz kоʻz оʻngida, uning faol ishtiroki bilan bоʻldi. Xalqimiz оʻz tarixi, urf-odatlari, milliy va diniy qadriyatlariga оʻzgacha ehtirom bilan munosabatda bоʻlishi jahon ahli tamonidan e’tirof etilgan. SHuningdek, bozor munosabatlari sharoitida ma’naviyat va ma’rifat ishlariga gʻoyatkatta e’tibor berilishi mustaqil Оʻzbekistonda yangi jamiyat kоʻrinishining оʻzigaxos hususiyatlaridan biridir.
Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni, milliy оʻzlikni anglashning оʻsishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb xisoblaymiz. Tarix xotirasi, xalqning, jonajon ulkan, davlatimiz xududining xolis va xaqqoniy tarixini tiklash milliy оʻzlikni anglashni, ta’bir joiz bоʻlsa, milliy iftihorni tiklash va оʻstirish jarayonida gʻoyat muhim оʻrin tutadi. Tarix millatning xaqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormokda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmokda, ahloqiytarbiya va ibrat manbaiga aylanmokda.
2.Оʻzbekistonning birinchi rahbari Islom Karimov mustaqillik ostonalarida, ya’ni 1990 yil 20 yanvarda Toshkent shahar faollari bilan yigʻilish оʻtkazdi. Unda Toshkentni yuksak madaniyatli shaharga aylantirish kerakligi, zamondoshlarini emas, kelajak avlod ham u bilan haqli ravishda faxrlanadigan shaharga aytantirish masalasi qоʻyildi. Ushbu yigʻilishda Islom Karimov shunday degan edi: “Tariximiz uchun ham, hozirgi kun uchun ham оʻzbek ishchilarining, оʻzbek dehqonlarining, оʻzbek ziyolilarining uyalishlariga hech bir asos yоʻq. Aksincha, ular juda ogʻir sinovlarga, ba’zan esa nohaq sinovlarga qaramay, оʻzlarining mashaqqatli ishlarini munosib ravishda ado etib kelmoqdalar, bu bilan ular haqli ravishda faxrlanishlari mumkin.
Biz yaqinda bоʻlajak Navrоʻz bayramini an’anaviy bayram sifatida nishonlash tоʻgʻrisida masalani muhokama qildik. Har jihatdan diqqat e’tibor bilan muhokama qildik, “qosh qоʻyaman deb, kоʻz chiqarilgan”, оʻzboshimchalik bilan zararli, halqqa begona qarorlar qabul qilingan, an’analarimiz, urf-odatlarimizning asriy negizi oyoq osti qilingan оʻtmish davr saboqlarini hisobga oldik. Avvalo, odamlarning, butun xalqimizning kоʻpdan-kоʻp istak va talablarini hisobga olib, biz bu yil Navrоʻzni yangichasiga, katta umumxalq bayrami sifatida tantana bilan оʻtkazish haqida qaror qabul qildik”. 1992 yil Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami, deb e’lon kilindi. Xalqimiz asrlar davomida nishonlab kelgan bayramlaridan biri — «Navrоʻz» umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi.
Hali SSSR tarkibidagi Оʻzbekiston SSRda xalqimizning diniy ulamolari xotirasini sharaflab, ilmiy anjumanlar оʻtkazish an’anasi boshlab yuborildi. Оʻzbekiston SSR Prezidenti I.Karimov Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning 1200 yilligiga bagʻishlab оʻtazilgan ilmiy anjuman (1990 yil 14 sentyabr) ishtirokchilariga yuborilgan tabrigidan qisqa keltirish оʻrinli bоʻlar edi: “Оʻzbekiston hukumati mоʻminlarning istaklarini inobatga olib, musulmon dunyosining eng muqaddas yodgorliklaridan biri – Xalifa Usmon “Mushafi”ni ular ixtiyoriga qaytarib berdi. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga оʻtkazildi. YAngi masjidlar ochilmoqda. Makka va Madinani ziyorat etishga borayotgan musulmonlar kоʻpaydi... Davr shu kunning zarur muammolarini hal etishga intilish barobarida ona tarixning ilgʻor an’analaridan saboq olishni ham taqazo etadi.
Qadimiy Movarounnahr va Xuroson farzandlarining jahon ilmu-ziyosi tarixiga zarvaraqlar ila bitilgan asarlari oz emas. Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Rudakiy, Ulugʻbek, Jomiy, Navoiy, Bobur, Abdulla Qodiriy, CHоʻlpon, Fitrat va boshqa yuzlab zotlarni jahon yaxshi biladi. Bu zakiylar silsilasida Imom-At Termiziyning aziz nomlari ham yorugʻ yulduzday charaqlab turibdi”.65
2. Mustaqil Оʻzbekistonda ma’naviy yuksalishning bosh yоʻli deb avvalo, avlodlar merosini chuqur оʻrganish, undan faxrlanish dastlabki оʻrinlarga qоʻyildi.Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni оʻzida mujassam etgan buyuk arboblar kоʻp bоʻlgan. Ularning nomlari, jaxon sivilizatsiyasi tarakqiyotiga kоʻshgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum. Tarixiy tajriba, an’analarning meros bоʻlib оʻtishi — bularning barchasi yangidan-yangi avlodlarni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmogʻilozim.
Оʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ma’naviy merosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga etkazish borasida keng kоʻlamda faoliyat olib borilmokda.
Shu borada «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini tashkil kilish va ularning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan. 1994 yil 23 apreldagi va keyingi Prezident farmonlari respublikada ma’naviy va mafkuraviy ishlarni yuksaltirishda katta axamiyatga ega bоʻldi. Оʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2000 yilning 2 iyunidagi Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qоʻllab-quvvatlash tоʻgʻrisidagi yangi farmoni esa mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy isloxotlarni izchil amalga oshirish, milliy istiqol gʻoyasiningasosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirishga karatilgan muhim dastur bоʻldi.
Оʻzbekiston rahbari I.Karimov 2008 yilda chop etilgan “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” nomli asarida ma’naviyatning mustaqil Оʻzbekiston uchun ahamiyatiga shunday tоʻxtalgan edi: “Biz xalqimizning dunyoda xech kimdan kam bоʻlmasligi, farzandlarimizning bizdan kоʻra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bоʻlib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi...
Mana shunday qarash fikrlari umumlashtirilib, insonga xos orzu-intilishlarni rоʻyobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishu uchun zarur bоʻlgan moddiy va ma’naviy olamni bamisli parvoz qilayotgan qushning ikki qanrotiga qiyoslasak, оʻylaymanki, оʻrinli bоʻladi.”
SHu sababli Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini оʻrganish va targʻib etish uchun keng yоʻllar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi.
Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablagʻlar ajratildi. Оʻzbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, san’at oliy оʻkuv yurtlari, folklor-etnografik guruxlar madaniyat оʻchoklariga aylanib qoldi. Teatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qоʻyila boshladi.
Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondashishga chek qоʻyildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xоʻja Axror, CHоʻlpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib, asarlari chop etildi.
XX-asrning 90-yillarida SSSRning parchalanishi va Оʻzbekistonning mustaqillikka erishishi bilan оʻzbek adabiyoti taraqqiyoti tarixining yangi davri boshlandi. Bu davr adabiyotining оʻziga xos xususiyatlari haqida gap ketganda eng avvalo,sovet davrida qoralanib kelingan Amir Temur singari tarixiy siymolar va оʻzbek xalqining tarixiy qahramonlarihaqida asar yozish imkoniyati yaratildi. Оʻzbek adabiyoti milliy adabiyot sifatida kamol topa boshladi.
1991 yili buyuk alloma, gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy yubileyini оʻtkazish katta voqea bоʻldi. Bu tantanaga bagʻishlanib respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chikarildi. Alisher Navoiyning 550 yilligi munosabati bilan xaykalning ochilish marosimida (1991 yil 1 oktyabr) Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov shunday niyat bildirgan edi: “Оʻz tarixi va ajdodlarini siylagan xalqning kelajagi albatta porloq bоʻladi. Ishonamizki, Оʻzbekistonimiz tez orada dunyo xamdоʻstligi оʻrtasida оʻziga munosib оʻrinni egallaydi, inshoollo. Ana оʻshanda ham Alisher Navoiyning qutlugʻ nomi bizga madadkor bоʻladi”.
Оʻzbekistonning mustaqilligi natijasida badiiy ijod, tasviriy san’atga e’tibor davlat siyosati darajasiga kоʻtarildi. SHarqning buyuk musavviri Kamoliddin Behzod tavalludining 540 va 550 yilligi keng nishonlandi. Rassom tavalludining 545 yilligi YUNESKO qaroriga binoan xalqaro miqyosda Toshkentda оʻtkazildi. Behzod nomidagi muzeyga asos solindi. 1994 yil Mirzo Ulugʻbek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng kоʻlamda, jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKOning Parijdagi qarorgohida yubileyga bagʻishlangan haftalik оʻtkazildi. Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bоʻlib оʻtdi. YUNESKO tomonidan 1996 yil «Amir Temur yili» deb e’lon qilindi. SHu yili YUNESKOning Parijdagi qarorgoxida «Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi» mavzuida anjuman va unga bagʻishlangan kоʻrgazma ochildi. Mamlakatimizda «Temurvatemuriylar» muzeyi, Amir Temur nomi berilgan bogʻlar, kоʻchalar barpo etildi. Barcha viloyatlar va shaxarlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bagʻishlanib kechalar оʻtkazildi,1999 yili mamlakatimizda Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludiga, «Alpomish» dostoni yaratilishining 1000 yilligiga bagʻishlangan turli kechalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlartashkil etildi.Оʻzbeksitonda unga atab bir nechta haykallar оʻrnatilgan, Xorazm viloyatida Jaloliddin Manguberdiga bagʻishlangan memorial majmua qurilgan.
YUrtboshimiz Islom Karimov tashabbusi vabevosita ishtiroki bilan buyuk vatandoshlarimiz fiqx ilmining bilimdoni, nomi SHarq va Gʻarbda mashhur bоʻlgan Abul Xasan ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al Fargʻoniy al-Margʻinoniy tavalludining 910 yilligi, Kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi butun mamlakatimizda keng nishonlandi. Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Maxmud az-3amaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Baxovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng kоʻlamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.
Ma’naviy xayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga bagʻishlab, Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi оʻrinda turadigan «Al-jome’ as-saxih» (Ishonarli tоʻplam), «Al-adab al-mufrad» (Adab durdonalari) оʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chikarildi.
1998 yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmadal-Fargʻoniy tavalludining 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bagʻishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy kоʻrgazmalar ochildi.
YUrtimiz hali ittifok tarkibida bоʻlgan, Kremlning hukmronlii xali kuchini yоʻkotmagan bir paytda - 1990 yil iyun oyida Respublika Prezidenti Islom Karimov «Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj kilishi tоʻgʻrisida»gi farmonga imzo chekdi. Оʻzbekiston hukumatining xar tomonlama qоʻllab-quvvatlashi bilan 1991 yilda haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bоʻlgan bоʻlsa, 2001 yili xojilarning soni 3801 kishiga etdi. Jami mustaqillik yillari xaaj ibodatini ado etishga muvaffaq bоʻlganlarning soni 31.057 kishini tashkil qildi.
«Movarounnaxr» diniy boshqarmasi faoliyati respublikamiz hayotida оʻz оʻrnini egalladi. Din inson ruhini poklashi, odamlar оʻrtasida mexr-oqibat tuygʻularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan jamiyat hayotida muhim оʻrin tutib kelgan. Barchamizga ma’lumki,
4.Оʻzbekiston aholisi kоʻpmillatli davlatlar qatoriga kiradi. Xozir Оʻzbekistonda 136 ta millat va elatlarning vakillari yashaydi. Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga оʻz qadriyatlari ham bor. Оʻzbekiston kabi kоʻpmillatli mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uygʻunlashtirish, ular orasidatotuvliknita’minlashtaraqqiyotninghalqiluvchiomillaridanbirihisoblanadi. Bu borada Оʻzbekiston respublikasi Prezidentining 2017 — 2021-yillarda Оʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yоʻnalishi bоʻyicha Harakatlar strategiyasi tоʻgʻrisidagi Farmonning qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etadi. Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yоʻnalishida fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlashga alohida urgʻu berilgan.Оʻzbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makondir. Bugungi kunda mamlakatimizda turli e’tiqodga mansub diniy tashkilotlar оʻrtasida оʻzaro hurmat va bagʻrikenglik muhiti оʻrnatilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Оʻtgan 30 yil mobaynida bu yоʻnalishda muayyan natijalarga erishildi. Eng asosiysi – bagʻrikenglikning muhim omillaridan biri bоʻlgan millatlararo va dinlararo totuvlik tоʻla ta’minlandi. Bugun mamlakatimizda17diniy konfessiyaga mansub 2224 ta diniy tashkilot va 140 ga yaqin milliy madaniy markazlar faoliyat kоʻrsatmokda.
1995 yili rus pravoslav cherkovi Toshkent vaОʻrta Osiyo eparxiyasi tashkil etilganligining 125 yilligi yubileyi, Оʻzbekistanevangel-lyuteran jamoasi tashkil etilganining 100 yilligiga bagʻishlangan «Birosmonostida» shiori bilan musulmon va xristian dinlari vakillari оʻrtasida оʻtkazilgan muloqot kattaa hamiyat kasb etdi. Toshkentda 2000 yilning sentyabrida YUNESKO rahnamoligida «Jaxon dinlari tinchlik madaniyati yоʻlida» mavzuida dinlararo muloqot, xalqaro anjuman bоʻlib оʻtdi. Unda AQSH, Fransiya, Rossiya, Eron, Isroil, Xindiston, Xitoy, Vatikan kabi оʻttizga yaqin mamlakat, shuningdek, xalqaro diniy muassasalar vakillari qatnaщdilar. Anjumanni оʻtkazish uchun aynan Оʻzbekiston tanlangani bejizemas. Zero, bu ulkadan dunyoga dongʻi ketgan buyuk allomalar, islom olamida kata hurmatg aeg abоʻlgan buyuk zotlar etishib chikkan.SHunidek, Islom konferensiyasi tashkilotining tuzilmalaridan biri bоʻlgan Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bоʻyicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan Toshkent shahrining 2007 yilda islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi Оʻzbekiston, xususan uning poytaxti islom sivilizatsiyasi tarixida оʻziga xos оʻringa ega ekanidan yana bir dalolatdir.
Оʻzbekiston mustaqilligi sharofati bilan arxitektura ilgarigi cheklovlar iskanjasidan qutildi, odat bоʻlib qolgan tizginlar kesib tashlangan edi. Arxitektura ustidan оʻrnatilgan davlat monopoliyasi оʻz kuchini qisman yоʻqotdi, ayniqsa, xususiy uy-joy qurilishida yangi sifat va sur’at darajasi tez kоʻtarildi. Оʻzbekiston shaharlari, ayniqsa, poytaxt Toshkent qisqa muddat ichida me’moriy jihatdan juda оʻzgarib ketdi, zamonaviy talablarga javob beradigan kоʻrkam, obod, sarishta bogʻ shahriga aylandi. Istiqlol davrining qaldirgʻoch binolari qatorida Oliy Majlis, Oqsaroy qarorgohi, Toshkent hokimiyati, Turkiston saroyi, Milliy bank, Interkontinental, «Markaziy mehmonxona» kabi mehmonxonalar diqqatga sazovor. Оʻzbek Milliy akademik drama teatri binosi juda ulugʻvor kоʻrinishli sifat bilann ta’mir etildi, Оʻzbekiston konservatoriyasiga muhtasham yangi bino qurildi, Temuriylar muzeyi barpo etildi.Оʻzbek xalqi tarixiy xotirasini tiklash yоʻlida juda muhim me’moriy tadbirlar amalga oshirildi. Ayniqsa, Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati Xartang qishlogʻida ulkan me’moriy majmuot (maqbara, masjid, me’moriy idora, kutubxona va oshxona) yangi loyiha asosida tiklanishi (1998) musulmon dunyosida gʻoyat minnatdorlik va katta olqish bilann kutib olindi. Ahmad al-Fargʻoniyning 1200 yilligi munosabati bilan Quva va Fargʻona shaharlarida haykal va saylgoh bogʻlar barpo etildi. Samarqandda Imom Moturidiy qabri ustiga me’moriy yodgorlik tiklandi, Burhoniddin Margʻinoniy xotirasiga bagʻishlangan me’moriy majmuot Margʻilon shahrida bunyod etildi. Toshkentda qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan me’moriy muzey bogʻ tashkil qilindi, u «SHahidlar xotirasi» muqaddas ziyoratgohiga aylandi.
Mustaqillik davri dramaturgiyasida оʻzbek xalqining tarixiy takdirida katta rol оʻynagan, ammo sovet davrida qoralanib kelingan Amir Temur, Bobur, shuningdek, Ulugʻbek va Jaloliddin Manguberdi singari davlat arboblari obrazini yaratishga alohida e’tibor berildi. YUbileylari xalqaro miqyosda nishonlangan Alpomish, Ahmad al-Fargʻoniy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlarga haykallar оʻrnatildi, ularga bagʻishlangan rasmlar ijod qilindi. Nafis mоʻ’jaz rasm, xattotlik va kitob naqqoshligi qayta tiklandi. Ayniqsa, Kamoliddin Behzod yubileylari nishonlanishi, bu sohaga katta e’tibor natijasida respublikada miniatyura, naqqosh va xattotlar guruhi yuzaga keldi. H.Soliev xattotlik asarlari xalqaro miqyosda tan olindi. Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilib, T.Boltaboev, H.Nazirov, Gʻ.Kamolov uning birinchi sohiblari bоʻldilar.
1999 yil Toshkentda Mirkaziy Osiyodagi birinchi Islom Universiteti ochildi. Mamlakatimizda 10 ta diniy ta’lim muassasasi, jumladan, Toshkent islom instituti, 9 ta оʻrta maxsus оʻquv yurti faoliyat kоʻrsatmoqda. Ularning ikkitasi xotin-qizlar оʻquv muassasasidir.
Ma’naviy sohadagi оʻzgarishlarning keng kоʻlami ayniqsa sоʻnggi uch yilda yanada aniq namoyon bоʻla boshladi. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajaruvchi, Bosh Vazir SH.Mirziyoyev 2016 yil 16 oktyabrda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilishi marosimida nutq sоʻzlar ekan “anjumanning “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yоʻl” shiori bizning ustivor yоʻnalishlarimizni aniq ifoda etadi” deb alohida ta’kidladi. Shuningdek, Оʻzbekiston rahbari “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarda namoyon bоʻladi. SHuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab avaylash, оʻrganish va avlodlardan-avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustivor yоʻnalishlaridan biridir. YAngi tahdidlar, jumladan “ommaviy madaniyat” xavfi va boqimandalik kayfiyati paydo bоʻlayotgan, odob-axloq, qadriyatlarning yоʻqolishi xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida bu gʻoyat muhim ahamiyat kasb etmoqda.” deb fikr bildirdilar. 66
Diniy qadriyatlarga bоʻlgan munosabat tubdan оʻzgardi. Diniy qadriyalardan xavfsirash emas, undan ilmu ma’rifat yоʻlida, yosh avlodlning tarbiyasi yоʻlida foydalanish оʻz natijalarini bera boshladi. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev diniy qadriyatlarga оʻziga xos yondashuv, ya’ni xalqimiz kelajagi va yoshlarimiz tarbiyasidagi beqiyos оʻrinni teran anglash lozimligini doimo uqtirib keldi. Jumladan, “Azaliy qadriyatlarimiz va axloqiy fazilatlarni оʻzida mujassam etgan muqaddas dinimizni asrash va qadrlash har birimizning sharafli burchimizdir. Islom haqiqatni anglash demokdir, u odamzodni ezgu amallarni bajarishga undaydi, har birimizni yaxshilik va tinchlikka chorlaydi, haqiqiy inson bоʻlishni оʻrgatadi”.
Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent shahrida Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilishi boshlandi. Bundan maqsad – islom dinining haqiqiy insonparvarlik mohiyatini, ma’rifiy islomni bolalarimiz ongiga singdirish uqtirib оʻtildi. SHu yоʻlda bizning buyuk ajdodlarimiz qanday ulugʻ ishlarni amalga oshirganliklari haqida ular ana shu maskanlarga kelib оʻzlari uchun kerakli, eng muhim bоʻlgan bilim va tasavvurlarga ega bоʻladi. Eng asosiysi ularning qalbida boy tariximiz, madaniy merosimiz bilan faxrlanish tuygʻusi kamol topadi (Оʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda sоʻzlangan nutq, 2017-yil 7 dekabr).
SHuningdek, Imom Termiziy nomlaridagi ilmiy tadqiqot markazlari, islom akademiyasi kabi ilmiy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini yоʻlga qоʻyish ishlari boshlandi. Toshkent shahrida Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilishi, “Jagʻolatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida kurash olib borishga imkoniyat yaratildi. Demak, Prezidentimiz tashabbusi bilan Samarqandda Imom Buxoriy ilmiy markazida xadisshunoslik, Imom Motrudiy markazi qoshida Kalom ilmi, Fargʻonada - Margʻiloniy markazida Islom huquqi maktabi, Buxoroda – Bahouddin Naqshband markazida Tasavvuf, Qashqadaryoda Abu Muin Nasafiy markazida Aqida ilmi maktablari tashkil etildi.67
5.Оʻzbekistonda milliy adabiyotni va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targʻib qilish davlat siyosati darajasiga kоʻtarildi. Kitobxonlik xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz оʻrtasida keng targʻib qilindi. Bunda yangicha, ta’sirchan uslublardan, moddiy ragʻbatlashtirishdan unumli foydalanildi. SHunisi bilan quvonarliki, ilmga chanqoq millatimiz yoshlari orasidan yuzlab badiiy, tarixiy asarlarni оʻqigan, taxlil qilgan, minglab misra she’rlarni yod olib uni xalqimiz ma’naviy kamoloti yоʻlida foydalanayotgan yosh avlod shakllandi.
SHoir, yozuvchi, ilm axliga bоʻlgan ehtirom hali bu sohadagi ulkan siljish bоʻldi. YUrtboshimiz SH.Mirziyoyev bu sohadagi davlat siyosatini shunday izohlaydilar: “Оʻzining noyob iste’dodi va mohoratini xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga bagʻishlagan, inson qalbining muxandislari bоʻlgan ijodkor ziyolilar doimiy gʻamxоʻrlik masalasi bizning dasturimizda alohida оʻrin egallaydi”.
Ijodiy tashkilotlar, badiiy uyushmalar faoliyatini qоʻllab-quvvatlash, ularning moddiy texnik bazasini, infratuzilma tarmoqlarini mustahkamlash ishlariga e’tibor yanada kuchaytirildi. Ayniqsa, madaniyat, san’at, adabiyot va matbuot olamiga kirib kelayotgan iqtisorli yoshlarni moddiy va ma’naviy jihatdan ragʻbatlashtirishga, ularni uy-joy sharoitlarini yaxshilashga e’tibor qaratildi. Оʻzbekiston Milliy bogʻining eng sоʻlim gоʻshasida Adiblar xiyoboni, yozuvchilar uyushmasi binosi barpo etildi. Ijodkorlar uyi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning halqchilligini, insonparvarligi, ijtimoiy adolat mezonlarining muvozanati jamiyatda ayollarga munosabat, ularni qоʻllash borasidagi davlat siyosatini samarasiga bogʻliq. 2017-yilda mamlakatimiz xotin-qizlari orasida 514 nafar fan doktori, 6 nafar akademik, 15 nafar Оʻzbekiston Qahramoni, 17 nafar senator, 154 nafar Qonunchilik palatasi deputati borligi, shuningdek, mahalliy kengashlar deputatlarining 23 foizidan ziyodini aynan ayollarimiz tashkil etdi.
Оʻnlab xotin-qizlarimiz “Оʻzbekiston fan arbobi”, “Оʻzbekiston xalq shoiri”, “Оʻzbekiston xalq оʻqituvchisi”, “Оʻzbekiston xalq artisti” singari davlatimizning yuksak faxriy unvonlariga sazovor bоʻlganlar. Shular qatorida 240 nafar yosh iste’dod egalari “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Bu sohada Оʻzbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlarining beminnat xizmatlarini ham ta’kidlab оʻtish lozim. Misol uchun, Оʻzbekiston “Olima ayollar uyushmasi” tomonidan xotin-qizlarimiz orasida ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlardan innovatsion gʻoyalarni rоʻyobga chiqarish, ilmiy natijalarni chop etish, ayniqsa, yosh tadqiqotchilar оʻrtasida turli tanlovlar tashkil etish, gʻoliblarni munosib taqdirlash kabi xayrli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
2017-yilda madaniyat, adabiyot va san’at, ommaviy axborot vositalari sohasiga taalluqli 12 ta muhim xujjat qabul qilindi.
YUrtimizdagi ijodiy uyushmalarning ijtimoiy hayotimizdagi оʻrni va nufuzini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkalash maqsadida Оʻzbekiston ijorkorlarini qоʻllab-quvvatlash “Ilxom” jamoat fondi, shuningdek, madaniyat sa san’at muassasalari hamda yirik kompaniya va boshqalar hamkorligida “Dоʻstlar klublari” tashkil etildi.
2017-yil 3 fevral kuni Prezident SHavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi Оʻzbekiston Milliy bogʻiga tashrif chogʻida Adiblar xiyoboni majmuasini barpo etish begilangan edi. SHu yili 18 aprelda davlatimiz rahbarining tegishli qarori qabul qilinib, xiyobonning me’moriy-gʻoyaviy loyihasi ishlab chiqildi va Toshkent shahridagi Milliy bogʻ hududida 8 gektardan ziyod maydonda Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, CHоʻlpon, Qodiriy, Tоʻlepbergen Qayipbergenov, Ibroyim YUsupov, Aleksandr Faynberg singari atoqli namoyandalar xotirasiga bagʻishlangan yangi yodgorlik majmualari iborat Adiblar xiyoboni barpo etildi. Hazrat Navoiy bobomizning muhtasham haykali atrofida 20 dan ziyod atoqli shoir va adiblarning haykallari yaxlit me’moriy va badiiy kompozitsiya asosida yaxlit me’moriy ansambli yaratildi. SHuningdek, bu erda YOzuvchilar uyushmasining yangi binosi barpo etilgani ham hamohanglik kasb etdi.
Qoraqalpogʻistonda va bir qator viloyatlarimizda ulugʻ adiblarimizning nomlari bilan atalgan ijod maktablari barpo etildi. SHuningdek, Qоʻqon shahri, Jizzax va Xorazm viloyat teatrlari qayta rekonstruksiya qilindi. Оʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filiali tashkil etildi.
Mamlakatimizda sоʻnggi yillarda olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar, ma’naviy barkmollik sari yоʻl оʻziga xos kechmoqda. Bu boradagi davlat siyosatini, zamon ruhini anglashda Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2017-yil 3 avgustda ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi ahamiyatga molikdir. Mamlakatimiz rahbarining chiqishlari bu boradagi yutuqlarni e’tirof etishlari va shuning barobarida sohadagi muammolarni chuqur taxlil etilari zamirida kechdi. Zero ma’naviy taraqqiyot mamlakat va millat taraqqiyotining оʻziga ekanligi asrlar davomida оʻz tasdigʻini topgan.
Ochiq muloqot, madaniyatimiz va san’atimizning rivojlanish jarayonlarini xolisona va tanqidiy takomili, muammolar yuzasidan atroflicha fikrlashning ohangida kechgan uchrashuv kоʻplab masalalarni оʻz echimini topishga xizmat qildi. Prezidentimiz ijodkor ziyolilarga qarata: “Albatta biz xalqimizning ma’naviy kamol topishida madaniyat namoyondalarining ulkan xizmatlari borligini doimo minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.
Lekin, qоʻlimizni kоʻksimizga qоʻyib xolisona aytaylik: ijodkor ziyolilarimizning bugungi faoliyati jamiyatimizni, eng avvalo el-yurt taqdiri ulun doimo kuyunib, yonib yashaydigan, bedor qilib egalari bоʻlgan sizlarning оʻzingizni qoniqtiradimi?
Оʻylaymanki, hozirgi kunda madaniyat va san’at axlida, yangi-yangi ijodiy gʻoya va tashabbuslar bilan yashash, izlanish ruhi etishmayotganini оʻzlaringiz ham xis qilib turibsiz”. Biz ushbu fikrlarni keltirar ekanmiz, bugungi kunda mamlakat taraqqiyotiga barcha fuqarolar birdek daxldor ekanligi, befarqlik va loqaydlik bugungi kundagi eng dolzarb odatlar ekanligi tinimsiz uqtirib borilayotgani, ijtimoiy faollik bugungi tezkor xalqaro jarayonlarda barqaror ishtirok etishning muhim omili ekanligini teran anglashimiz kerak.
Yigʻilishda bugungi kunda Оʻzbekiston ulkan qurilish va bunyodkorlik makoniga aylanib borayotgan davrda adabiyot va san’at, ommaviy axborot vositalari ma’naviyatning turli jabhalari oldiga muhim vazifalar belgilandi.
Оʻzbekistondagi eng katta ma’naviy hodisalardan biri 1997 yildan beri оʻtkazib kelinayotgan “SHarq taronalari” musiqali festivalidir. Оʻzining betakror ruhi bilan takrorlanmas, haqiqiy san’at bayrami bоʻlmish ushbu musiqa festivalida 1997 yil 31 ta ta davlatdan 57 nafar san’atkor ishtirok etgan bоʻlsa, 2018-yilda 58 nafar davlatdan 241 nafar mohir xonanda va sozandalar ishtirok etdi.
Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, engilmas sarkanda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytirish maqsadida Оʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida “Оʻzbekiston tarixi” kanali оʻz faoliyatini boshladi.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Оʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvonini belgilash tоʻgʻrisida» 2000 yil 14 mart Farmonidagi baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va оʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotini keng targʻib etishdagi, оʻz ijodi va ijrochilik faoliyati bilan xalqimizni, ayniqsa yoshlarni kоʻp ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishdagi salmoqli hissalari hamda Vatan istiqloli va shon-sharafini ulugʻlash yоʻlida Оʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ragʻbatlantirishning maqsadida “Оʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni ta’sis etildi.68 SHuningdek, 2019-yil 5-10 aprel kunlari Termiz shahrida xalqaro baxshichilik san’ati festivali оʻtkazildi. Termiz shahrida baxshilar maktabi yangidan tashkil etildi. Respublikasiz bolalar musiqa va san’at maktablarida yuzlab yoshlarimiz folklor san’atini оʻrganmoqdalar. Оʻzbekistonda 100 tomlik “Оʻzbek xalq ijodi yodgorliklari” nashr etilmoqda.
YOshlarimizga bоʻlgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish kоʻnikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari оʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik tomonidan, ayniqsa, yoshlarimiz katta qiziqish bilan kutib oldi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, 5 ta muhim tashabbusning har bir yоʻnalishi ma’lum bir sohani оʻz ichiga qamrab oladi.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish