Ro’yxatga olindi: n 2021-yil “ ” «tasdiqlayman»


Mustahkamlash uchun savollar



Download 3,16 Mb.
bet17/103
Sana19.02.2022
Hajmi3,16 Mb.
#457606
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103
Bog'liq
2 5371081960582025470

Mustahkamlash uchun savollar

  1. Taraqqiyotning “оʻzbek modeli” tamoyillari nimalardan iboratedi?

  2. Bozor iqtisodiyotiga оʻtilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi.

  3. Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash va yangilashni izchil davom ettirish.

  4. Agrar sektorni rivojlanishi.



7 Mavzu: ОʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY
ОʻZGARISHLAR (2 soat).
Reja

  1. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi.

  2. Оʻzbekistonda ijtimoiy siyosatning оʻziga xos xususiyatlari.

  3. Aholini turmush darajasini yuqori daraja ta’minlash.

  4. Оʻzbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tоʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati.

Tayanch sоʻz va iboralar:
Ijtimoiy soha, aholi daromadi, arzon uy-joy, korrupsiya, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, aholi turmush darajasi, ijtimoiy soha, kam ta’minlangan oila, ishsizlik nafaqasi.
Ijtimoiy himoya tizimi. XX asrning 90-yillari boshida Sovet Ittifoqidan ajralib chiqib, eski tuzumdan voz kechib, o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda ijtimoiy himoya siyosati ishlab chiqildi. CHunki, o‘sha paytda respublikada bunday kuchli ijtimoiy himoya siyosatini yo‘lga qo‘yishning bir qancha sabablari mavjud bo‘lib, ular quyidagi omillar bilan izohlanadi: Birinchidan, jahon tajribasidan ayonki, davlat boshqaruvi asoslangan sotsialistik tuzumdan, xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ko‘p hollarda davlat va jamiyat hayotida bir qancha ijtimoiy muammolar yuzaga keladi. YA’ni, bu jarayon hech qachon oson kechmagan. Bunga taraqqiyotning bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanlagan jahondagi ilgʻor davlatlarning tarixiy tajribasi guvohlik beradi. Bunday sharoitda aholini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarga etarli e’tibor bermaslik, aholining bir qismi turmush tarzining pasayishiga olib kelishi mumkin. SHu boisdan O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyaga olish tizimini joriy etdi; Ikkinchidan, o‘sha davrda respublikadagi mavjud ijtimoiy- iqtisodiy shart sharoitlar, ya’ni o‘tish davrida respublikaning ishlab chiqarish salohiyati, geografik o‘rni, tabiiy iqlim sharoiti kabilar, barcha joylarda aholining birdek ish bilan band bo‘lish imkoniyatini bermagan. CHunki, respublika aholisining katta qismi agrar soha bilan shugʻillangan. Ushbu sohalardan kelayotgan daromadlar chekka joylarida barcha aholi ehtiyojini to‘la ta’minlash imkoniyatini bermagan. SHu bois, ko‘p bolali oilalarda ijtimoiy himoyaga ehtiyoj tugʻilganligi bejiz emas edi; Uchinchidan, demografik omilga ko‘ra, ya’ni dunyodagi davlatlar orasida O‘zbekiston aholi soni muttasil o‘sib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. YA’ni, respublikada demografik vaziyat muhim bo‘lib, har bir oilaga o‘rtacha 4-5 ta kishi to‘gʻri keladi. O‘zbekistondagi demografik vaziyatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, aholi, ayniqsa, mehnatga qobiliyatli yoshlarning soni tez o‘sib bormoqda. Bugungi kunda mamlakat aholisining 32 % ni 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Mamlakat aholisi 2020-yilda 34 mln kishini tashkil qilgan, 2025 yilda esa 37 mln kishidan oshishi taxmin qilinmoqda. Agar aholining o‘sish dinamikasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, mamlakatda aholi soni so‘nggi 35 yil ichida 1,4 barobarga ko‘paygan. Aholining taqsimlanishi bo‘yicha bir kvadrat kilometrga o‘rtacha 56,1 kishi to‘gʻri keladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda ishchi kuchlarini ish bilan ta’minlash, ishsizlik masalasini hal etish — respublikadagi eng dolzarb muammolardan biridir. SHu bois bunday sharoitda aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, mamlakat aholisining salkam 60 % qishloq joylarida yashaydi. Bugungi kunda aynan qishloqlarda odamlarni ish bilan ta’minlash, daromad manbalarini oshirish keskin muammo bo‘lib turibdi. Bu muammo er va suv resurslarining cheklanganligi bilan bogʻliq. Tabiiyki, bu masalani qishloq xo‘jaligida o‘z holicha hal qila 340 olmaydi. Bu esa o‘z navbatida qishloq aholisini ish bilan ta’minlash borasida bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi. YUqorida qayd etilganidek, bunday sharoitda qishloq aholisi ijtimoiy turmushini yaxshilashga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Demak, aholi sonining muttasil o‘sishi, mamlakatda tugʻilishning yuqori ko‘rsatkichi saqlanib qolayotganligi (ayniqsa qishloq joylarida ko‘p bolali oilalar nufuzining yuqoriligi), respublikada aholini kuchli ijtimoiy himoyalash tizimini joriy etishni taqoza etadi; O‘zbekiston Sovet Ittifoqi tarkibidan ajralib chiqib o‘z mustaqilliginip qo‘lga kiritgandan so‘ng, aynan ushbu omillarni inobatga olingan holda, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ijtimoiy himoya tizimiga ko‘ra, farzand tugʻilganda beriladigan to‘lovlar saqlab qolinishi bilan birga, nafaqalar va imtiyozlarning quyidagi turlari ham amalga oshirildi. Masalan, bola boquvchi onalarga to‘lanayotgan nafaqaning miqdori ko‘paytirilib, uning muddati ham uzaytirildi. 1991 yildan boshlab bunday yordam bir yarim yilgacha to‘langan bo‘lsa, 1994 yildan e’tiboran bu muddat ikki yilga uzaytirildi. Ishlovchi onalar ham, ishlamaydigan onalar ham, bu nafaqani oladiga bo‘ldilar. Ma’lum muddat ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarni, ishsizlarni, daromadi cheklangan shaxslarni, maktab o‘quvchilarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi. Boshlangʻich sinf o‘quvchilari va yolgʻiz pensionerlar uchun bepul nonushtalar, ikki yoshga etmagan bolalar uchun, shuningdek, kamqonlik kasaliga duchor bo‘lgan homilador ayollar uchun bepul ovqat, barcha maktab o‘quvchilari va talabalarni imtiyozli ovqatlantirish kabi ijtimoiy imtiyozlar ham byudjet mablagʻlaridan to‘lab turildi. Kommunal xizmatlar to‘lovi, shahar transportida bepul yurish imtiyozlari “Qahramon onalar”, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, Afgʻonistonda urushda bo‘lgan internatsional jangchilarga nisbatan imtiyozlar ham saqlab qolindi. SHunday murakkab sharoitda rejali yondashuv tufayli sezilarli ijtimoiy ziddiyatlarga duch kelgan O‘zbekiston ayrim ijtimoiy muammolarni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Oldindan ko‘rilgan chora- tadbirlar ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash imkonini berdi. Aholida amalga oshirilayotgan islohotlarga va kelajakda ushbu inqirozlardan bemalol chiqib keta olishga nisbatan ishonch hissi paydo bo‘ldi. Ayniqsa bu borada amalga oshirilgan muhim islohotlardan biri, 1994 yil 28 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari to‘gʻrisida” gi qarorining qabul qilinganligi muhim voqea bo‘ldi. Ushbu qaror asosida “Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘gʻrisida” gi Nizom qabul qilindi. Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi va uning hududiy tuzilmalari joylarda ehtiyojmand va kam 341 ta’minlangan oilalar, yolgʻiz qariya va nogironlar uchun moddiy yordamlar tashkil qilishi belgilandi Masalan, 1995 yil ijtimoiy himoyaga ajratilgan mablagʻning 3% onalarga ikki yoshgacha farzandlarini parvarish qilish uchun ajratilganligi buni yaqqol isbotlaydi. Ushbu tizim respublikada nafaqa va ish haqining eng kam miqdori bilan bogʻliq holda shakllantiriladigan bo‘ldi. Bu, avvalo pulning qadrsizlanishi oshgan sharoitda nafaqalarning ushbu turining indeksatsiyalanishini ta’minlashga xizmat qildi. Ayniqsa bolalarga beriladigan yigirmadan ziyod turli nafaqalar o‘rniga 1994 yilning sentyabridan boshlab barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi. Bu borada 1995 yilda ijtimoiy himoyaga ajratilgan mablagʻlarning 51 % farzandlarning ikki yoshga to‘lgunlaricha parvarish qilish uchun ajratilgan. Albatta, aholining ijtimoiy muhofazaga eng muhtoj qatlamlaridan biri – bu kam ta’minlangan oilalardir. Agar yaqin o‘tmishga murojaat qilinsa, ularni davlat tomonidan moddiy ta’minlash doimiy ravishda takomillashtirib borilgan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 10 dekabrdagi “Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora- tadbirlari to‘gʻrisida”gi qaroriga asosan voyaga etmagan (16 yoshgacha bolalari bo‘lgan, shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bolalari bo‘lgan) oilalarga nafaqa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanib kelindi. 1995 yil 20 noyabrda “Bolali oilalarga davlatning ijtimoiy yordamini kuchaytirish to‘gʻrisida”gi Prezident Farmoni aholining zaif qatlamlariga moddiy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Unga muvofiq, 1996 yil 1 apreldan 16 yoshgacha bo‘lgan bolali oilalar uchun nafaqalar ota-onasining daromadlari miqdoridan qat’i nazar, barcha oilalarga to‘lana boshladi. YA’ni, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘gʻridan to‘gʻri davlat yordami beriladigan bo‘ldi. Farmonda 1996 yilning 1 yanvaridan boshlab 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan barcha oilalarga beriladigan har oylik nafaqalarning quyidagi miqdori belgilandi: - bir bolali oilalarga eng kam ish haqqining 30%; - ikki bolali oilalarga eng kam ish haqqining 60%; - uch bolali oilalarga eng kam ish haqqining 80%; - to‘rt bolali oilalarga eng kam ish haqqining 100%; - besh va undan ko‘proq bolali oilalarga eng kam ish haqqining 120%. Davlat tomonidan bolalarni boqish va tarbiyalashga qilinadigan sarf harjatlarning bir qismini oilalarga kompensatsiya tarzida berib turildi, ayni vaqtda ota-onalarning masuliyati kuchaytirildi. 5 va undan ko‘proq bolali oilalar uchun nafaqaning eng ko‘p miqdori eng kam ish haqining yarmi miqdorida, 1996 yilga kelib eng kam ish haqining to‘la stavkasi asosida belgilandi. 342 1997 yil 1 yanvardan boshlab kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularning muhtojlik darajasini aniqlash, serfarzand oilalarga nafaqa belgilash “Mahalla” uyushmasi zimmasiga yuklandi. Mahallalar ko‘magida birgina 1998 yilda respublikadagi 700 ming yoki umumiy oilalarning 11,8 foiziga kam ta’minlanganligi uchun moddiy yordam ko‘rsatilgan. Ko‘rsatilgan moddiy yordam miqdori har oilaga hisoblaganda har oyda 1730 so‘mdan ortiqni tashkil etgan. SHu asosda 1998 yilda bolali oilalarning 36% i nafaqa olgan. O‘rtacha nafaqa miqdori bitta oilaga deyarli 1483 so‘mga to‘gʻri kelgan yoki (1996 yilga nisbatan) besh barobar o‘sgan. Bu davrda bir oylik moddiy yordam miqdori 600 so‘mdan 8186 so‘mga, ya’ni 13,6 barobarga o‘sgan. Bu esa aholiga ijtimoiy moddiy yordam samaradorligining yildan yilga oshib borganligini ko‘rsatadi. Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 1992-1996 yillarda sobiq ittifoqning ko‘pgina mamlakatlarida aholining asosiy qismi yoppasiga qashshaoqlashgan bir paytda O‘zbekistona amalga oshirilayotgan tadbirlar muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu esa odamlarning islohotlarni jadallik bilan olib borishga ishonchini kuchaytirdi. Bu borada muhim yangiliklardan biri, xarajatlarning bir qismi byudjet mablagʻlari hisobidan qoplandi. SHu bilan birga qo‘shimcha imtiyozlar ham joriy qilindi. Masalan, boshlangʻich sinf o‘quvchilari va yolgʻiz pensionerlar uchun bepul nonushtalar, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul ovqat, maktab o‘quvchilari va va talabalar uchun ovqatlar arzonlashtirildi. SHuningdek, ko‘pgina toifadagi fuqarolarga turar-joy shaxsiy mulk qilib bepul berildi, ba’zi turdagi kommunal xizmatlar haqini to‘lashda engilliklar joriy etildi. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarining davlat tomonidan moddiy ta’minlash doimiy ravishda takomillashtirib borilmokda. 1997 yil sentyabr oyidan boshlab, har yili 1 sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi, kam ta’minlangan oilalarning boshlangʻich sinflarda o‘qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yo‘lga qo‘yildi. Masalan, 1998 yilda mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari orqali respublikadagi 700 ming yoki umumiy oilalarning 11,8 foiziga kam ta’minlanganligi uchun moddiy yordam ko‘rsatilgan. Ko‘rsatilgan moddiy yordamlar miqdori har oilaga hisoblaganda bir oyda 1730 so‘mdan ortiqni tashkil etgan. SHu asosda 1998 yilda bolali oilalarning 36% i nafaqa olgan. O‘rtacha nafaqa miqdori bitta oilaga deyarli 1483 so‘mga to‘gʻri kelgan yoki (1996 yilga nisbatan) besh barobar o‘sgan. Bu davrda bir oylik moddiy yordam miqdori 600 so‘mdan 8186 so‘mga, ya’ni 13,6 barobarga o‘sgan. Ayniqsa Respublika Prezidentning 1999 yil 13 yanvarda "Aholini aniq yo‘naltirgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘gʻrisida" gi Farmoniga asosan, 1999 yil 1 martdan boshlab aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaldagi chora-tadbirlar bilan bir 343 qatorda mahalla o‘zini-o‘zi boshqarish organlari orqali ishlamaydigan onalarga, bolasi 2 yoshga etgunga qadar parvarish qilish bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolgʻiz pensionerlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash vakolatlari berildi. Boshqa sohalardan farqli ravishda davlatning umumiy byudjetidagi katta qismi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilganligini ko‘rish mumkin. Aholining kommunal xizmatlar bilan ta’minlanish darajasi va o‘sish dinamikasi. (aholining umumiy soniga nisbatan foizda) Ko‘rsatkich 1990 yil 2000 yil 2010 yil Ichimlik suvi ta’minoti 64,0 80,4 82,6 shu jumladan, qishloq joylarda 55,0 72,3 75,8 Tabiiy gaz ta’minoti 44,6 76,1 83,7 shu jumladan, qishloq joylarda 19,3 65,9 77,7 Markaziy isitish tizimi 29,1 35,4 41,0 Oqovalashtirish xizmati (kanalizatsiya) 25,5 28,3 37,1 Bir kishiga to‘gʻri keladigan o‘rtacha uy-joy maydoni, kvadrat metr hisobida 12,1 13,8 15,2 Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2006 yilda qabul qilingan “Davlat byudjeti” to‘gʻrisidagi Qonunga asosan ijtimoiy himoya uchun 2007 yilda 39103,6 mln so‘m miqdorida, 2008 yilda esa 56730,2 mln so‘m miqdorda davlat byudjetidan mablagʻlar ajartilgan. Ushbu raqamlar keyingi yillarda ham o‘sgan. Masalan, faqatgina 2014 yilning o‘zida birgina ish haqi, pensiya va stipendiyalar hajmi 23,2 foiz, aholining real daromadlari 10,2 foizga ko‘paygan. Jumladan, 2016 yilgacha bo‘lgan so‘nggi besh yil ichida respublika bo‘yicha ehtiyojmand oilalarni qo‘llab- quvvatlash uchun 1 milliard 976,8 million so‘m, 6838 nafar fuqaroning salomatligini tiklashga 1 milliarda 272 million so‘m, 2336 nafar kishining uy-joyini ta’mirlashga 1 milliard 501 million so‘m yo‘naltirilgan. Ammo ushbu tizimda ayrim muammolarga yo‘l qo‘yilganligini ham qayd etish lozim. YA’ni, qator yillar aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatishda ko‘plab xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Bular, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga nafaqa belgilash va to‘lash tizimidagi kamchliklar, haqiqatdan ham muhtoj oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va to‘lashda lavozimini suiiste’mol qilish (bu ko‘rsatkich respublika bo‘yicha 0,3 1,4% darajasida) holatlari, muhtoj oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun ajratilgan mablagʻlarning ko‘zda tutilgan boshqa maqsadlarda ishlatilishi va hokazolardir. Masalan, 1996 yilda Moliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijasida respublika bo‘yicha 26 mahallada 262 ming so‘m mablagʻ qingʻir yo‘llar bilan boshqa maqsadlarga o‘zlashtirilgani aniqlangan. Mamlakatda hukumat tomonidan tuzilgan maxsus komissiyalarning 1998 yildagi tekshirishlari shuni ko‘rsatganki, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga nafaqa belgilash va to‘lash tizimida quyidagi kamchiliklar eng ko‘p uchragan. Haqiqatdan ham muhtoj oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishni asossiz rad etish va lavozimini suiiste’mol qilish, muhtoj oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun ajratilgan mablagʻlarning ko‘zda tutilgan boshqa maqsadlarida ishlatilishi shular jumlasidandir. Agar mazkur kamchiliklarni respublika miqyosida tahlil etadigan bo‘lsak, birgina 1997-1998 yillarda kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar tayinlash bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida 629 ta oilaga 2 mln. so‘m, Buxoro viloyatida 567 ta oilaga 1,5 mln so‘m, Samarqand viloyatida 194 oilaga 992 ming so‘m, Namanganda 249 ta oilaga 423 ming so‘m, Xorazm viloyatida 82 ta oilaga 304,6 ming so‘m pul mablagʻlari moddiy yordam tariqasida noqonuniy to‘langan. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish Boshqarmasi hisobotida davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlarning o‘z egalariga etkazilishi 1997 yilda 93,1 % ga, 1998 yilda 98,3 % ga, 2001 yilda esa 99,0 % ga bajarilgan, deb ko‘rsatilgan. 2016 yildan e’tiboran SHavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti etib saylanishi natijasida mamlakatda barcha sohalarda jadal yangilanishlar va islohotlarning yangi davriga qadam qo‘yildi. Ushbu yo‘nalishda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining moddiy ahvolini yaxshilanishiga, ularning murojaatlarini hal qilinishi uchun ko‘plab shart sharoitlar yaratib berishga erishildi. Ayniqsa qator yillar bu boradagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf qilish bo‘yicha amaliy qadamlar qo‘yildi. 2017-yildan boshlab joriy etilgan xalq bilan faol muloqot olib borish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida respublikamiz shahar va qishloqlariga tashriflar uyushtirilishi yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, 2018-yil 1 apreligacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika “Jamoatchilik nazorati ishchi guruhi” vakillari mahallalarda ijtimoiy holatni o‘rganish maqsadida respublika viloyatlarida bo‘lishib, aholini qiynayotgan va “Xalq qabulxona”lariga 345 kelib tushayotgan shikoyatlar echimi yuzasidan reydlar uyushtirilib, ko‘pgina muammolar o‘sha erlarning o‘zida hal etilgan. Ushbu tizim bugungi kunda ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada Prezident SHavkat Mirziyoyev 2018-yil 28 dekabrda Milliy parlament Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd qilganidek, “Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o‘zaro uzviy bogʻliq tushunchalar bo‘lib, ularni bir-biridan ajralgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, 2019-yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur”. Buning uchun quyidagi startegik vazifalarni amalga oshrish lozim, deya qayd etadi Prezident. Birinchidan, aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish lozim. Hukumat bir oy muddatda 2019-yil uchun bandlikka ko‘maklashishning yangi davlat dasturini tasdiqlashi kerakligi topshirildi. Bu borada ishsizlarni kasbga o‘qitish, ularga huquqiy va boshqa maslahatlar berish hamda boshqa ijtimoiy yordam usullaridan keng foydalanish kerak. Xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq to‘lash tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirishimiz zarur. Unga ko‘ra eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta ko‘rib chiqish, soliq va boshqa to‘lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bogʻliq bo‘lishiga barham berishligi hamda Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ushbu masalani hal etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Ikkinchidan, pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini qayta ko‘rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarurligi belgilandi. YAngi qabul qilingan Prezident farmoniga ko‘ra, 2019-yil 1 yanvardan boshlab, ishlaydigan barcha pensionerlarga ish haqi bilan birga, pensiyalar ham to‘liq miqdorda to‘lana boshlandi. Zero, ijtimoiy himoyaning yangi tizimiga ko‘ra, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi. O‘zbek xalqining milliy mentalitetiga muvofiq keksalarga, o‘z ota- onalariga gʻamxo‘rlik qilish, ularni parvarishlash azaldan milliy ma’naviyatimizning bir bo‘lagi bo‘lib kelgan. Masalan, 2013 yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo, Buxoro, Qashqadaryo, Fargʻona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida keksalarni ijtimoiy himoyalash, ularga ijtimoiy –ma’naviy ko‘mak berish va oilada hamda jamiyatdagi o‘rnini aniqlash maqsadida 1200 ta respodentlardan 99,9 foizi mahallada, o‘z farzandlari bilan birga yashayotgani, ularning yolgʻiz qolmasligi uchun barcha sharoitlar yaratilganini ma’lum qilganlar. Bu boradagi vazifalarni amalga oshirishda xalqimizga xos milliy madaniyat, oiladagi ta’lim tarbiya, ma’naviy – axloqiy tamoyillar muhim ahamiyat kasb etadi. SHarqda gʻarbdagi individualizm (o‘zlik) tushunchasidan farqli jamoa tuygʻusiga moyillik kuchliroq. YA’ni, kishilar inson mahalla- ko‘y, qo‘ni-qo‘shnilar, kattalar, kesalar fikri bilan ish tutishga ko‘nikkan. Har bir inson keksalar, nogronlarni asrab avaylash, ularga ko‘mak berishga odatlangan. SHu boisdan sohaning muhim normativ-huquqiy asosi sifatida keksalar, nogironlarni qo‘llab quvvatlash, ularni ijtimoiy himoyalash borasida qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ hujjatlar qatorida 2008 yil 11 iyuldagi “Nogrionlarni ijtimoiy himoya qilish to‘gʻrisida” gi qonun, 2011 yil 30 maydagi “2011-2015 yillarda yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘gʻrisida” gi Prezident qarori, “1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab quvvatlashni yanada kuchaytrish chora tadbirlari to‘gʻrisida” gi 2014 yil 13 oktyabrdagi PF 46-58 sonli kabi normativ-huquqiy hujjatlarni keltirish mumkin. Mazkur qonun hujjatlariga muvofiq mustaqillik yillarida Respublika “Mahalla” fondi, “Nuroniy” jamgʻarmasi hamda mahalladagi xomiylar ko‘magida ularga moddiy yordamlar ko‘rsatilgan. Bu borada xorijlik tadqiqotchilardan biri, Erik Sivers o‘z tadqiqotida “o‘zbek xalqining tarixiy an’analari va mentalitetidan kelib chiqib, qaralsa, mahalla odamlarni insonparvarlikka, ahil-inoq qo‘shnichilikka da’vat etuvchi hamda o‘z-o‘zini boshqarishni amalga oshiruvchi tashkilotdir. Mahalla qo‘mitalari yordamga muhtoj guruhlarning ijtimoiy himoyalashda muhim ahamiyat kasb etadi” deya baho bergan. Fikrimizcha, bizda ham gʻarb davlatlaridagi markazlarga o‘xshash, keksalar va nogrionlarga mo‘ljallangan Respublika “Xayriya-ehson” fondi tuzilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday hayriya fondlarining tashkil etilishida xususiy tadbirkorlar, biznes vakillari, turli jamoat va diniy tashkilotlar hamda “Mahalla” uyushmasi faoliyatidan samarali foydalanish zarur bo‘ladi. Olib borilgan kuchli ijtimoiy siyosatga muvofiq O‘zbekistonda 2019-yil 1 iyul holatiga ko‘ra, 225 ming nafar 80 yoshdan, 44 ming nafar 90 yoshdan, 8 ming 700 nafar 100 yoshdan oshgan insonlar mavjud. 10 mingga yaqin urush va front ortida xizmat qilgan shaxslar, 12 mingga yaqin ehtiyojmand nogironlar istiqomat qiladi. Mahallalarda keksalar hayotiga daxldor bo‘lgan, ko‘plab echilmagan muammolarni hal qilish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirishga doir kompleks masalalarni ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganishni taqozo etadi. Bu jarayonda rivojlangan davlatlar tajribasidan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Agar xorij, ayniqsa gʻarb mamlaktlari tarixiy tajribasiga e’tibor qaratilsa, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Avstriya, SHveysariya, AQSH, YAponiya va boshqa davlatlarda keksalar faoliyatini maxsus tadqiq etuvchi “Gerontologiya” markazlari faoliyat olib boradi. Mazkur markazlarda keksalar faoliyatiga doir Qonunchilik, pensiya ta’minoti va ijtimoiy himoya, 347 sogʻliqni saqlash hamda keksa avlod vakillarini sogʻlomlashtirish tadbirlarini yanada takomillashtirish, ularga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini shakllantirish va boshqa shu kabi bir qancha islohotlar olib borishni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ayni vaqtda respublikada nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning oila a’zolarini, boquvchisini yo‘qotganlarni va 16 yoshgacha bo‘lgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo e’tibor markazida turadi. Umrini nogiron farzandiga qarash, uni parvarish qilishga bagʻishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turini joriy etamiz, degan edi, Prezident. Ayniqsa so‘nggi yillarda fuqarolar farovonligini oshirish, ularning hayot tarzini yaxshilash uchun “Xalq davlat idoralariga emas balki, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan gʻoyani hayotga tatbiq etilmoqda. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, aholining yaxshi yashashi uchun har tomonlama shart sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham o‘z aksini topgan. Unda aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish, byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish masalalari ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-moddasida “Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi”, ― deb belgilangan. Davlatning ijtimoiy adolat va demokratiya qoidalariga sodiqligi Konstitutsiyaning “Muqaddimasi”da ham qayd qilingan. Lekin faqatgina davlatning kuchli ijtimoiy siyosati bilangina jamiyatda adolatni o‘rnatib bo‘lmaydi. Bunda nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoatchilik, siyosiy partiyalar ham adolat tamoyillari asosida ish olib borishlari muhim. Respublikamizda aholini ijtimoiy himoyalashning amaldagi o‘ziga xos tizimi quyidagi mezonlarda namoyon bo‘ladi: ― oilalarga, ayniqsa, ko‘p bolali oilalarga qaratilgan manzilli ijtimoiy yordam; ― muhtoj oilalarga o‘ynaltirilgan moddiy ko‘mak. 2020-yil 24 yanvarda O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoyev Milliy parlament Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida ijtimoiy masalalarga ham alohida ahamiyat qaratdi. YA’ni “Oxirgi uch yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash bo‘yicha olib borayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy islohotlarni davom ettirish xususida fikr bildirdi. Bunda, birinchidan, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini 348 kuchaytirish chekka hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi etarli daromad manbaiga ega emasligini inobatga olish lozim. “Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda kam ta’minlangan aholi taxminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu kichkina raqamlar emas, balki 4-5 million aholi vakillari haqida ketayapti, deydi Prezident. Ba’zi odamlar ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to‘lash yoki ular miqdorini oshirish orqali ushbu muammoni hal qilish mumkin, deb o‘ylaydi. Bu – bir tomonlama yondashuv bo‘lib, muammoni to‘la echish imkonini bermaydi. Kambagʻallikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uygʻotish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish zarur. SHuning uchun, Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambagʻallikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif qilaman. Bunda xalqaro me’yorlar asosida chuqur o‘rganishlar o‘tkazib, kambagʻallik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash uslublarini qamrab olgan yangi metodologiyani yaratish lozim”, degan edi davlat rahbari.
2.Оʻzbekistonda mustaqillik e’lon qilingandan sоʻng aholi turmush darajasini yuqori daraja ta’minlash, inson manfaatlarini rоʻyobga chiqarish va uni har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ijtimoiy yоʻnaltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun Оʻzbekistonda mustaqillikning dastlabki davridayoq, davlat ijtimoiy siyosatining asoslari yaratilib, amalga oshirila boshlandi. Оʻzbekistonda ijtimoiy siyosat ustuvor yоʻnalish hisoblanadi va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Оʻzbekistonda ijtimoiy siyosatning оʻziga xos xususiyatlari mavjud bоʻlib, ular quyidagilardan iboratdir:
♦ Ijtimoiy siyosatii оʻtkazishda davlatning boshqarish funksiyasiga egaligi;
♦ Ijtimoiy islohotlarning bosqichma-bosqichligi;
♦ Aholining yashash darajasini keskin tushib ketishiga yоʻl qоʻymaslik;
♦ Mahalliy оʻzini-оʻzi boshqarish idoralari mahallalar orqali aholiga aniq manzilli ijtimoiy yordam kоʻrsatish;
♦ Ijtimoiy islohotlarning iqtisodiy va huquqiy asoslarini yaratish.
Оʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilangan:
♦ Aholining iqtisodiy faolligini qоʻllab-quvvatlash;
♦ Mahsulot, xizmat va uy-joyning kuchli ichki iste’mol bozorini shakllantirish;
♦ Aholining tоʻlov talablarini keng miqyosda qondirish va uning оʻsishini ta’minlash;
♦ Aholining daromad va mulkka egalik darajasining keskin tabaqalashuvining oldini olish;
♦ Ijtimoiy xizmatlarga bоʻlgan zarur kafolatni ta’minlash.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy siyosati quyidagi asosiy yоʻnalishlarda olib borilmoqda:
♦ Davlat ijtimoiy iste’mol fondlarini tashkil etish va ulardan jamiyatning har bir a’zosining foydalanishini kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish;
♦ Davlatning markazlashgan ijtimoiy sugʻurta fondini tashkil etish;
♦ Kоʻrsatilgan xizmatlar va samarali mehnatlari uchun davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar;
♦ Ish haqi va pensiya minimumining davlat tomonidan kafolatlanishi;
♦ Kоʻp bolali oilalarga tоʻlanadigan nafaqalar;
♦ Kam ta’minlangan aholi tabaqalariga moddiy yordam kоʻrsatish;
♦ Bolalikdan nogiron va boshqa mehnat qobiliyatini yоʻqotganlarni ijtimoiy qоʻllab-quvvatlash;
♦ Talabalar uchun tоʻlanadigan davlat stipendiyalari;
♦ Ishsizlik nafaqasi;
♦ Eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari turlarini belgilangan narxlarda sotilishini ta’minlash;
♦ Ijtimoiy ahamiyatga ega bоʻlgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjet hisobidan qoplash;
♦ Ijtimoiy sohaning eng muhim tarmoqlari (sogʻliqni saqlash, ta’lim, jismoniy tarbiya, sport va madaniyat) moddiy bazasining rivojlantirishni qоʻllab-quvvatlash va mustahkamlash.
Demak, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar ijtimoiy yоʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan. Buni ijtimoiy sohadagi islohotlarni amalga oshirish orqali ta’minlash mumkin. CHunki, har qanday jamiyatning rivojlanganlik darajasi ijtimoiy masalalarning qay darajada hal etilayotganiga bogʻliq. Ijtimoiy masalalar mamlakat taraqqiyotining muhim omili sifatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etadi. Shuning uchun ham Оʻzbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy siyosati ijtimoiy islohotlarni davomli amalga oshirib borish orqali aholi turmush darajasini barqaror оʻstirib borishdan iboratdir. Mamlakatimizda aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi natijasida, aholi jon boshiga оʻrtacha tоʻgʻri kelgan pul daromadlari, ish haqi va pensiyalar оʻsishining ijobiy dinamikasi vujudga kela boshladi. Aholining daromadlar tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 2010-2017-yillarda 45,0% dan 34,3% ga kamaydi, mustaqil ravishda band bоʻlishdan olingan daromadlar ulushi 25,0% dan 34,5% ga оʻsdi.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF- 4848-sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qоʻshimcha chora-tadbirlar tоʻgʻrisida”gi farmoni doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish tоʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi. SHuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Davlat xaridlari tоʻgʻrisida”, “Davlat va xususiy sektor sherikligi tоʻgʻrisida”gi qonun loyihalari hamda 30 dan ziyod qonun va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash borasida faol ishlar olib borilmoqda.
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yоʻnaltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yоʻl-transport muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
Mamlakatnmizda ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj toifalarga kam ta’minlanganlar, kоʻp bolali onlalar, nogironlar, yolgʻiz qariyalar va boshqalar kiradi. Har qanday tuzum va jamiyatda aholining bunday toifalari u yoki bu darajada uchraydi. Adolatli jamiyat hamisha ularni himoya qilishni оʻz zimmasiga oladi. SHuning uchun ham Оʻzbekiston оʻz mustaqilligiga erishganidan keyin kuchli ijtimoiy siyosat yuritdi. Ijtimoiy sohaga muhim e’tibor hozirgi paytda ham davlat siyosatining ustuvor yоʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Оʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik kоʻrish va uni оʻtkazish tоʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilingan bоʻlib, bu yilgi bayram “Fidoying bоʻlgaymiz seni, Оʻzbekiston!” degan bosh gʻoyani оʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturi asosida amalga oshirilyapti. CHunki Qarorda ushbu Dasturni 2017-2021-yillarda Оʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yоʻnalishi bоʻyicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlash belgilangan edi. Bu beshta ustuvor yоʻnalishdan tоʻrtinchisida aynan ijtimoiy sohani rivojlantirish kоʻzda tutilgan. U quyidagicha bayon etilgan:
“Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yоʻnaltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sogʻligʻini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yоʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bоʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”.
Оʻtish davrining Оʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahonda “Оʻzbek modeli” deb nom qozongan beshta tamoyilning tоʻrtinchisi aynan aholining murakkab demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat qilib belgilangan edi. Hatto, mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar mohiyati xalqaro ekspertlar tarafidan aynan “ijtimoiy yоʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga оʻtish” deb ham nomlandi. Bu bejiz emas edi.
CHunki bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqasiga, ayniqsa, unga mohiyatan tamoman zid bоʻlgan ijtimoiy-siyosiy tuzumga оʻtish hamisha murakkab kechadi. Bu aholining muayyan qismi hayotida keskin tarzda aks etadi. Bir tuzumdan ikkinchi tuzumga оʻtayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud iqtisodiy integratsiya tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan shakllantirishga tоʻgʻri keladi. SHuningdek, mulkka egalik qilishning shakli оʻzgaradi, davlat korxonalari, hatto, ekin erlari egalari оʻzgaradi, ishchi kuchi ham bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Demak, ijtimoiy himoyaga muxtojlar safining оʻzgarib, ya’ni kamayib-kоʻpayib turishi ham tabiiy holdir.
SHuning uchun bozor iqtisodiyotiga оʻtish jarayonida aholining himoyaga muhtoj qismini ijtimoiy qоʻllab-quvvatlashning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu ogʻir ijtimoiy mushkulotlarga olib kelishi mumkin. Mustaqil Оʻzbekistonda avval-boshdan bu borada oqilona yоʻl tutildi.
Оʻzbekiston xalqining оʻziga xos xususiyatlari hamda ilgʻor jahon tajribalarini mujassamlashtirgan bu taraqqiyot modeli negizida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish maqsadi ham yotadi.
SHunday ekan, оʻzgarishlar mohiyati ham shaxs, uning manfaatlari bilan bevosita bogʻliq, islohotlar mas’uliyati ham tоʻgʻridan-tоʻgʻri fuqaro zimmasiga tushadi. Kоʻrinib turibdiki, kuchli ijtimoiy himoya doimo mustaqil Оʻzbekiston davlat siyosatining ustuvor yоʻnalishlaridan biri bоʻlib keldi. Mamlakatimizda davlat byudjetining asosiy qismi aynan ijtimoiy sohaga yоʻnaltirilgan va bu qat’iy qoidaga izchil amal qilib kelinyapti.
Birinchi Prezident I. Karimovning 1993 yili chop etilgan “Оʻzbekiston - bozor munosabatlariga оʻtishning оʻziga xos yоʻli” kitobida mazkur besh tamoyildan har birini sharhlash uchun bittadan maxsus bob ajratiladi. Jumladan, “Kuchli ijtimoiy siyosat - iqtisodiy оʻzgartirishlarning ishonchli kafolati” deb nomlangan ettinchi bobda tоʻrtinchi tamoyil har taraflama va batafsil tahlil etib berilgan.
Bu besh tamoyil Birinchi Prezident I. Karimov ta’limotida оʻz-оʻzidan yoki birdaniga shakllanib qolmagan. Bu - uning davlatchilik borasidagi tadrijiy tafakkuri mahsuli yangligʻ yuzaga keldi. Buning isboti shuki, uning 1992 yili yozilgan “Оʻzbekistonning оʻz istiqlol va taraqqiyot yоʻli” asarida ilgari surilgan ayrim qat’iy pozitsiyalarning ana shu tamoyillar bilan bevosita aloqadorligi bor.
Demak, islohotlardan kоʻzlangan bosh maqsad - xalq hayotini yaxshilash, fuqarolarning emin-erkin yashashi, rivojlanishi, bunyodkorlik ishlari bilan faol shugʻullanishi, umrni unumli оʻtkazishi, turmush mazmunining boyishiga erishishdan iborat.
1997 yildan yillarni muayyan yоʻnalish bоʻyicha nomlash an’anasi yоʻlga qоʻyildi. Оʻsha yili “Inson manfaatlari yili” bоʻlgan. Inson manfaatlari deganda esa, avvalo, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish ma’nosi kоʻzda tutilgan. E’tibor qilinsa, оʻshandan buyon har bir yilning yоʻnalishida u yoki bu tarzda aynan ijtimoiy masala оʻrtaga qоʻyiladi. 2007 yil esa maxsus ravishda “Ijtimoiy himoya yili” bоʻldi.
Istiqlol yillarida ijtimoiy muhofaza muayyan tizimga aylandi. Muhtoj qatlam va guruhlarga moddiy yordam kоʻrsatishning оʻziga xos, ya’ni miliy mexanizmi ishlab chiqildi. Buni adolatli amalga oshirishda qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarining mas’uliyati oshirildi. Inflyasiyani inobatga olgan holda har yili bir necha marotabadan davlat byudjetidan ajratiladigan maoshlar, pensiya va stipendiyalar oshirib borilyapti. Muhtoj qatlam va guruhlarga nodavlat va jamoat tashkilotlari tarafidan moddiy yordam kоʻrsatishning ham turli-turli shakllari paydo bоʻldi va bu jarayon tobora takomillashib boryapti.
2017-yilning aynan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi amalda davlat siyosatining izchilligidan dalolat beradi.
Bugunga kelib mamlakatimiz оʻz taraqqiyotining muhim bosqichiga kirdi. Ijtimoiy siyosat borasida istiqlol yillaridagi katta tajribalarga suyangan, mavjud an’analarni izchil davom ettirgan holda yangi-yangi qadamlar tashlanyapti.
Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar kоʻlami esa har kanday kishini mamnun etadi. “2017 - 2021-yillarda Оʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yоʻnalishi bоʻyicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”gi Prezident Farmoyishida muayyan ma’noda hozirgacha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Jumladan, ijtimoiy sohadagi eng muhim ishlar ham оʻz aksini topgan. Unda qayd etilishicha, “faqatgina 2020-yilning birinchi yarmida 2,7 ming kilometr avtomobil yоʻllari qurildi va ta’mirlandi, 84 ming 300 ta ish оʻrni yaratildi. 2017 - 2020-yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon kоʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmokda, uning doirasida 50 ming 286 ta xonadondan iborat 1 ming 136 ta kоʻp qavatli uylarni, bundan tashqari, namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish mоʻljallangan”.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtiri va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”gi (24.05) Farmoni qabul qilindi.
SHuningdek, Оʻzbekiston Respublika Prezidentining “Aholi bandligini ta’minlash bоʻyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksni hududiy organlari rahbarlarini shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora tadbirlari tоʻgʻrisida” (06.05), “Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun kulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida” (24.05), “Madaniyat san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish bоʻyicha qоʻshimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar tоʻgʻrisida” (14.08), “2018 - 2019-yillar, turizm sohasiki rivojlantirish bоʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar tоʻgʻrisida” (16.08) va boshqa Qarorlari chiqdi.
3. Ayniqsa, aholi ijtimoiy himoyasi va sogʻligʻini saqlash tizimini takomillashtirish bоʻyicha ham kоʻp ish qilindi.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “SHoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida” (16.03), “Uy-joy kommunal xizmat kоʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtiri chora-tadbirlari tоʻgʻrisida” (18.04), “Оʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish tоʻgʻrisida” (18.04), “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish tоʻgʻrisida” (21.04), “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida” (01.06) va boshqa Farmonlari qabul qilindi.
SHuningdek, Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida” (01.04), “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish tоʻgʻrisida” (04.04), “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik kоʻrish va uni оʻtkazish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida” (04.04), “2017 - 2021-yillarda Оʻzbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam kоʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirri tоʻgʻrisida” (04.04), “2017 - 2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi tоʻgʻrisida” (20.04), “2018 - 2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantir dasturi tоʻgʻrisida” (20.04), “2017 - 2021-yillarda kоʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida” (24.04), “2017 - 2021-yillarda er osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida” (04.05), “Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami kоʻrsatishni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda uning samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida” (06.06), “Оʻzbekiston Respublikasi aholisiga 2017 - 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam kоʻrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida” (20.06), “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimni takomillashtirish bоʻyicha qоʻshimcha chora-tadbirlar tоʻgʻrisida” (17.07) boshqa Qarorlari hamda “Nogironlarni davlat tomonidan kоʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida” (01.08) Farmoyishi chikdi.
Arzon uy-joylar barpo etish mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarning insonparvarligini kоʻrsatib turibdi. Uy-joylar arzon narxlarda qurilsa, uni sotib oluvchilar soni kоʻpayadi. Eng muhimi, bu birinchi galda aholining uy-joyga оʻta muhtoj qatlamining manfaatlarini оʻylagan holda yоʻlga qоʻyildi.
Hozirgi paytda mamlakatimiz barcha mintaqalarida ikki sotixli namunali qishloq uylarini, shuningdek, ikki-uch xonali kоʻp qavatli uylarni qurish jadal davom ettirilyapti. Bu borada, ayniqsa, imtiyozli kreditlar joriy etilganidan aholi bagʻoyat minnatdor.
Bugungi kunda poytaxtimiz katta uy-joy kurilishi maydoniga aylandi. Xususan, Sergeli tumani hududida jadal sur’atlar bilan bunyod etilayotgan har taraflama shinam, zamonaviy qulayliklarga ega arzon kоʻp qavatli uylar peshma-pesh bitkazipyapti.
Yоʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bоʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish yоʻnalishiga ham jiddiy e’tibor berilyapti.
Sergeli tumanini shaharning asosiy qismi bilan bogʻlashga xizmat qilishi mоʻljallangan er usti metrosining qurilayotganiga hammamiz guvohmiz. Metroga parallel ravishda Sergelini metroning Olmazor bekatini bogʻlaydigan avtomobil yоʻli ham kuriladi. SHuningdek, Sergelini bir tomoni shahar katta Halqa yоʻliga bogʻlaydigan, ikkinchi tomoni esa Bektemir tarafga yоʻnalgan yangi magistral yоʻlga ulaydigan yоʻl qurilishi ham jadallik bilan davom ettirilyapti. Shahrimizning yоʻl va kоʻchalariga yangidan asfal’t yotqizilyapti.
Ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish ijtimoiy sohaning muhim yоʻnalishini tashkil etadi.
Bu borada Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida” (20.04), “2017/2018 оʻkuv yilida Оʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga оʻqishga qabul qilish tоʻgʻrisida” (05.05), “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida” (03.06), “Ma’daniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish bоʻyicha qоʻshimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar tоʻgʻrisida” (14.08) va boshqa Qarorlari chiqarilganini alohida kayd etish lozim.
YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tub burilish yuz berdi.
2017-yilning 30 iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyi bоʻlib оʻtdi. Unda Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev qatnashib, nutq sоʻzladi. Davlatimiz rahbari yoshlar siyosatini chuqur tahlil etib, bu borada yangicha ishlash prinsiplarini bayon qilib berdi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati YOshlar ittifoqiga aylantirildi. Bundan buyon 30 iyun YOshlar kuni sifatida bayram qilinadigan bоʻldi.
Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “YOshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Оʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qоʻllab-quvvatlash tоʻgʻrisida”gi (05.07. 2017) Farmoni qabul qilindi. Boshqa kоʻp qonunosti hujjatlarida ham yoshlarni ijtimoiy faollikka undaydigan, ular hayotini yaxshilashga qaratilgan tartib-qoidalar belgilandi.
Siyosatdagi barqarorlik va izchillik har qanday davlatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili bоʻlib xizmat qiladi.
Poytaxtimizning mahallalarida, aholining baxtli yashashi uchun qulay sharoitlar yaratishga kirishilganiga guvoh bоʻlasiz. Kоʻp qavatli uylarning fasadlari ta’mirlanyapti. Bu uylar orasidagi yоʻl va yоʻlaklarga sement yotqizilyapti. Bolalar uchun оʻyingohlar yangidan jihozlanyapti. SHaharning bоʻsh turgan inshootlarida yangi-yangi ishlab chiqarish va xizmat kоʻrsatish shoxobchalari bunyod etilyapti. Bu kоʻplab yangi ish оʻrinlarini tashkil etish imkonini beryapti.
Bularning bari - ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining turmush darajasini kоʻtarishni kоʻzlab amalga oshirilyapti.
Оʻzbekistonda oxirgi uch yil mobaynida kambagʻallikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga real jami daromad 43,9 foizga, оʻrtacha hisoblangan nominal oylik ish haqi 79,7 foizga yoki 2016 yildagi 1293,8 ming sоʻmdan 2019-yilda 2324,5 ming sоʻmga oshdi.
Jahon bankining «Оʻzbekiston fuqarolarini tinglab» loyihasi doirasida, uy xоʻjaliklari orasida оʻtkazilgan sоʻrovnoma natijalariga kоʻra, 2020-yilning yanvar-mart oylari uchun оʻrtacha kambagʻal xonadonning oylik daromadi taxminan 1,5 million sоʻmni tashkil etib, taqqoslama narxlarda bu kоʻrsatkich оʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan.
Mazkur muammoni hal qilishga hukumat tomonidan katta hajmdagi sa’y-harakatlar qaratilgan. Jumladan, mamlakatda kambagʻallikka qarshi kurashish uchun zarur institutlar yaratildi. Bu avvalambor Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining tashkil etilishi, kambagʻallikka qarshi kurashish bоʻyicha davlat siyosatini belgilab beradi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qоʻllab-quvvatlash maqsadida yaqinda Mahalla va oilani qоʻllab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazirlik fuqarolarning оʻzini оʻzi boshqarish institutlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi sifatida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan qatlamlarini aniqlash va manzilli kоʻmak berish borasida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
SHuningdek, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va qishloq joylarini obodonlashtirish dasturlari amalga oshirilmoqda. Xususan, «Obod qishloq» dasturining amalga oshirilishi tufayli 1,7 mln qishloq aholisining yashash sharoitlari yaxshilandi. Birgina 2019-yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish uchun jami 600 million AQSH dollariga teng 6,1 trln sоʻm ajratildi.
Biroq, erishilgan natijalarga qaramay, hozirgi kunda Оʻzbekistonda 400 mingdan ortiq oila turmush sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj (Jahon banki mezonlariga kоʻra, 2015 yil oktyabridan boshlab Global kambagʻallik darajasiga kuniga 1,9 AQSH dollardan kam daromad olganlar kiritilgan). Norasmiy sektorning mehnat bozoridagi ulushi 40-50foizni tashkil etadi. Biroq, kambagʻal uy xоʻjaliklarining faqat 23 foizigina ijtimoiy nafaqa olishadi.
4.Prezidentimizning 2019-yil 28 maydagi “Оʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”gi Farmoni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kоʻlamli ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarga katta gʻov hisoblanmish korrupsiyaga yana bir bora qattiq zarba beradigan hujjat bоʻldi.
Ta’kidlash lozimki, 2016 yilning oktyabr oyida davlatimiz rahbari Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Оʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s’ezdidagi saylovoldi ma’ruzasida mahalliychilik va urugʻ-aymoqchilik kabi illatlar barobarida Оʻzbekistonning barqaror rivojiga xavf tugʻdirayotgan tahdidlar orasida aynan davlat hokimiyatini obrоʻsizlantirib, iqtisodiyotning оʻsishi va tadbirkorlik rivojiga jiddiy tоʻsiq bоʻlib kelayotgan korrupsiya masalasiga barchamizning e’tiborini qaratdi. Aynan shu davrdan boshlab mamlakatimizda bu salbiy illat bilan murosasiz kurash olib borish borasida barqaror qadamlar qоʻyildi.
Darhaqiqat, kоʻp vaqt оʻtmay, ya’ni 2016 yilning noyabr oyida Оʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tоʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi.
Mazkur qonun hujjatining samaradorligini ta’minlash maqsadida 2017-yil 2 fevral kuni Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tоʻgʻrisida”gi Оʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”gi qarori ham qabul qilindi.
Kuni kecha e’lon qilingan Farmon ana shu tizimli ishlarning mantiqiy davomi bоʻlib, unda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yaratilgan mexanizmlarni yanada takomillashtirish, ushbu illatni batamom bartaraf etish choralari ochib berilgan.
Eng muhimi, ushbu Farmonning aynan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi doirasida e’lon qilinishi diqqatga sazovordir. Aynan shuning uchun ham mazkur hujjatda iqtisodiyotni yanada ravnaq toptirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya kоʻrinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bоʻyicha yangi tizimli choralar kоʻrilishini ta’minlash alohida kоʻrsatib оʻtilgan.
Farmonning asl mazmun-mohiyati shundan iboratki, korrupsiyaga qarshi kurashish bu nafaqat davlatning vazifasi, balki jamiyat ham davlat bilan hamkorlikda bu salbiy illatga barham berishda faol ishtirok etishi lozim. SHuning uchun ham hujjatda aynan siyosiy partiyalarning bu boradagi rolini yanada kuchaytirish alohida kоʻrsatib оʻtilgan.
Darhaqiqat, partiyalarning saylovoldi dasturida ham aynan korrupsiya va uning har qanday kоʻrinishi bilan murosasiz kurash olib borish asosiy оʻrinni egallagan. CHunki, mazkur salbiy illatga barham berilmas ekan, iqtisodiyotni rivojlantirish, mamlakatda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, chet el investitsiyalarini mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish hamda davlatimizda оʻrta sinfni shakllantirish nihoyatda ogʻir kechadi. Korrupsiyaning yana bir salbiy tomoni shundaki, u mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijiga, reytingiga оʻzining salbiy ta’sirini kоʻrsatadi. Buning natijasida mamlakatning investitsiya jozibadorligiga putur etishi mumkin.
SHuning uchun ham partiyalarning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi mazkur Farmondan kelib chiqadigan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda bu borada tegishli nazoratni amalga oshirish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishni maqsad qilgan. Xususan, оʻz elektorat manfaatini himoya qilgan holda, davlat organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ishlab chiqiladigan tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish, “Davlat xaridlari tоʻgʻrisida” hamda “Davlat-xususiy sherikchilik tоʻgʻrisida”gi Оʻzbekiston Respublikasi qonunlari doirasida tegishli davlat organlari tomonidan mazkur qonun hujjatlarini bajarish borasida korrupsiya holatlariga yоʻl qоʻymaslik yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni monitoringini оʻtkazish, lozim bоʻlsa, parlament eshituvi darajasida mazkur masalalarini оʻrganishni kоʻzda tutmoqda.
SHuningdek, “Jamoatchilik nazorati tоʻgʻrisida”gi Qonun doirasida mamlakat hududlarida tadbirkorlik sub’ektlarining manfaatlarini himoya qilish borasida оʻz faoliyatini yuritib kelayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar vakillarini jalb etgan holda, davlat organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik eshituvlarini tashkil etishga kоʻmaklashishni kоʻzlamoqda. Farmonga asosan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jоʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish tashkil etiladigan komissiyalar tarkibigatadbirkorlik sub’ektlarining manfaatlarini himoya qilish borasida оʻz faoliyatini yuritib kelayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar vakillarini kiritish choralarini kоʻrish, har chorakda tadbirkorlik sub’ektlaridan kelib tushadigan va korrupsiya holatlari bilan bogʻliq murojaatlar tahlilini оʻtkazib, tegishli choralarini kоʻrish ham maqsadga muvofiq deb hisobaymiz.
Bundan tashqari, “Men korrupsiyaga qarshiman” shiori ostida endi faoliyatini boshlagan yosh tadbirkorlar ishtirokida seminarlar, davr suhbatlari va boshqa ommaviy tadbirlarni оʻtkazish ham foydadan xoli bоʻlmaydi. Umuman, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashda natija beradigan har qanday chorani kоʻrish, eng muhimi, parlament nazoratining ta’sirchan usullaridan foydalanish davlatimiz uchun ham, jamiyatimiz uchun ham birdek naf keltiradi.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish