2 9
Mana shu karioz kovagidagi chirigan to‘qimani sog‘lom tish
to‘qimasigacha olib tashlash va geometrik shakl berilsa, mana shu shakl
berilgan karioz bo‘shlig‘ida plomba yaxshi o‘rnashadi va uzoq vaqt turadi.
Chirigan to‘qimalarni jarrohlik va kimyoviy usullar bilan olib tashlanadi.
1. Kovak quruq bo‘lishi kerak. Kovak yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishi
kerak. Dentinni, chuqur kariyes va pulpani zararsizlantirishdan saqlab
qolish kerak. Ba’zi bir bemorlarda og‘riqsizlantirish usuli ishlatiladi.
1. Mahalliy og‘riqsizlantirish shimdirish usuli bilan.
Og‘riqsizlantirish suyuqligi. Agar mahalliy og‘riqsizlantirish natija
bermasa ikkinchi usul ukol yordamida quyidagi dori eritmalari ishlatiladi.
2. Nerv tolalarini og‘riqsizlantirish usuli bilan quyidagi dorilar
ishlatilinadi.
Piromekain eritmasi 2% li
Lidokain eritmasi 2% li.
Piromekain eritmasi 2% li.
Ksilokain eritmasi 1-2% li
Novokain eritmasi 2% li.
3. Ignasiz og‘riqlantirish BI-8 "Pchelka"
4. Elektr og‘riqsizlantirish asbobi bilan. INAAN-3, Eloz-1.
5. Apupunktura (igna sanchish bilan)
6. Narkoz. Sombrevinni vena tomiriga yuborib davolash, zakis azot,
ftorotan va boshqalar.
Karioz kovakni charxlab ishlash bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi.
1. Karioz kovakni ochish.
Bu bosqichda osilib turgan emal olib tashlanadi. Bu bosqichni bajarish
uchun fissir va sharsimon bor ishlatiladi. Chirigan va osilib qolgan emal
sharsimon, u silindirsimon bor bilan kovak tubiga tushirib emal olib
tashlanadi, natijada kovak ochiladi.
2. Kovak kengaytirish.
Bu bosqichning maqsadi chirigan, rangi o‘zgargan dentin to‘qimasini
olib tashlash.
Ekskavator, sharsimon
va teskari konussimon borlar
yordamida bajariladi.
Kovakni ochish paytida ko‘pincha biroz sog‘lom to‘qimani ham
kesishga to‘g‘ri keladi, chunki karioz kovakda qulay bo‘shliq hosil bo‘lishi
kerak, kovak yaxshi ko‘rinishi kerak va asboblar bilan yaxshi ishlanishi
kerak. Frontal tishlar guruhida karioz kovaklarini ochish biroz boshqacha
bo‘ladi, bu yerda xusn nuqtayi nazaridan tishning oldingi yuzasi, devori
yupqa bo‘lsa ham qoldiriladi.
3. Nekroektomiya — bu uchinchi bosqich.
Bu bosqichda hamma
karioz bo‘shlig‘ida chirigan va yumshab qolgan dentin olib tashlanadi.
Karioz tubida ishlaganda tasodifan tish pulpasini ochib qo‘yish mumkin.
Bu holatni aniqlashda zond va ekskavator asboblari ishlatilinadi. Bunday
hodisa bo‘lmasligi uchun biroz pigmentli dentin qoldiriladi. Karioz ko-
vakdan chirigan to‘qimani ekskavator va sharsimon bor bilan olib tashla-
nadi. Karioz bo‘shlig‘ida chirigan to‘qimaniolayotganda borni to‘g‘ri