Rivojlanishi tarixidan


arxeologiya  jamiyatinyng



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/96
Sana09.08.2021
Hajmi1,33 Mb.
#143581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96
Bog'liq
urbanizatsiya majmua

arxeologiya  jamiyatinyng  SHarq  bo'limi,  shuningdek,  1903  yil  aprelda  tashkil 
qilingan  o'rta  va  SHarqiy  Osiyoni  tarixiy,  arxsologik,  lingvistik  va  etnografik 
lsihatdan o'rganish qo'mitasi ham e'tibor berdi. 
Rus  havaskor  kollektsiyachilari  Barshchevskiy,  Vyatkin,  Dobromnslov, 
Kastal’skiy, Komarov, Petrov-Borzna, Poslavskiy, Stolyarov, Terent’ev, Trofimov 
va boshqalarning to'plagan ko'pdan-Ko'p ma'lumotlari hammaga mashhur edi. 
Arxeologiya  yig'malari  1871,  1874,  1889  yillarda  Toshkent,  Samarqand  va 
Farg'onada ochilgan muzeylarda saqlanadi. 
O'rta  Osiyo  tarixiga  oid  eng  muhim  manbalardan  biri  Muhammad 
Narshaxiyning  «Buxoro  tarixi»  (X  asr)  asari  N.  S.  Likoshin  tomonidan  rus  tiliga 
tarjima  qilinib,  1897  yilda  nashr  etilishi  (V.  V.  Bartol’d  tahriri  ostida)  katta 
ahamiyatga ega bo'ldi. 
Qadimgi  me'morchilik  yodgorliklaridan  asosan  Samarqand  yodgorliklari 
o'rganildi.  1895  yilda  N.  I.  Veselovskiy  rahbarligi  ostida  va  me'mor  A.  V. 
SHchusev  va  boshqa  mutaxassislar  ishtirokida  Imperator  arxeologiya  komissiyasi 
Go'ri  Amirni  me'morchilik,  dekoratsiya  nuqtai  nazaridan  o'rganish  uchun  ilmiy 
safar  uyushtirdi.  Bu  ilmiy  safar  ishlarining  natijalari  1905  yilda  ajoyib  al’bom 
holida nashr etildi! 
O'rta Osiyo chor Rossiyasi tarafidan bosib olinganidan keyin O'zbekistonning 
tarixi  va  arxeologiyasini  o'rganish  bilan  birga,  butun  o'lkani  etnografik  jihatdan 
o'rganish  ishlari  ham  birmuncha  kengaytirildi.  Bu  ishlarda  sharqshunos 
mutaxassislar bilan bir qatorda, havaskor o'lkashunoslar  va  mansabdorlar, ko'proq 
harbiy-lar  orasidan  chiqqanlar  ham  qatnashdilar.  O'lar  Turkiston  o'lka  idora 
organlaridagi  xizmatlarining  bergan  imkoniyatidan  foydalanib,  xalq  turmushini 
o'rgandilar, turli joylarga borib mahalliy aholi bilan aloqa bog'ladilar. 
V.  V.  Bartol’d,  N.  I.  Veselovskiy,  V.  V. Radlov,  A.  N.  Samoylovich  singari 
mashhur  sharqshunoslarning  ayrim  asarlari  etnografiya  nuqtai  nazaridan  katta 
ahamiyatga  egadir.  Turkistonda  mahalliy  aholi  orasida  ishlab  kelgan  rus 
shifokorlarining  e'lon  qilgan  maqola  va  ma'lumotlarida  ham  etnografiyaga  oid 
ko'pgina qimmatli ma'lumotlar bor. 


Etnografik kuzatishlar bilan bir qatorda o'zbek xalqining turmushi va maishiy 
buyumlari 
(kiyim-bosh,zeb-ziynat,qurol-yarog',uy-ro'zg'or 
buyumlari, 
ishlab 
chiqarish qunollari)dan kollsktsiyalar to'plash ishlari ham olib borildi. 
Xalq  ho'jaligini  o'rganish  sohasida  ham  ba'zi  ishlar  amalga  Oshirildi,  L.  F. 
Middsndorfning  “Farg'ona  vodiysi”degan  asari  shunga  o'xshash  boshqajuda 
ko'plab asarlar hozirgacha ham o'zining ilmiy ahamiyatini yo'qotgani yo'q. 
Ozbekiston aholisi tarkibini o'rganishga  ham  ma  lum darajada e'tibor berildi. 
A.  I.  Pashino,  P.  S.  Nazarov,  I.  I.  Krauze  kabi  olimlarning'  kasb-hunar  ishlarini 
o'rganishga bag'ishlangan asarlari bosilib chiqdi. 
XIX  asr  oxiri  va  XX  asr  boshlarida  O'rta  Osiyo  gilamlariga  Rossiya  va 
Evropa mamlakatlari juda qiziqib qolishdi. 1908—1909 yillarda A. A. Bogolyubov 
tomonidan  tuzilgan  al’bom  bosilib  chiqdi.  Bu  al’bomda  juda  ko'p  xil  gilam 
nusxalari  (Ko'proq  turkman  gilamlari,  qisman  o'zbek  gilamlari  va  boshqalar) 
ko'rsatilgan  edi.  Bogolyubov  bu  al’bomda  birinchi  marta  ularni  ilmiy  asosda 
tasniflashga urinib ko'rgandi. Bogolyubov al’bomidan so'ng A. Fal’kerzam, 
S. M. Dudin va boshqalarning O'rta Osiyo gilamlarini mufassal ta'riflagan kitoblari 
chop etildi. 
O'lkani  o'rganishda  zarur  talablar  olimlar  oldiga  yangidan-yangi  vazifalarni 
ko'ndalang  qilib  qo'ydi.  Bu  vazifalarni  xal  qilish  uchun  katta-katta  mablag'  kerak 
edi.  Biroq  o'lkada  davlat  ilmiy-tekshirish  muassasalari  deyarli  butunlay  yo'q  edi. 
Bu  xam  o'lkadagi  olimlarni,  umuman  rus  ziyolilari  namoyandalarini  Moskva  va 
Peterburgdagi  yirik  olimlarning  qo'llab-quvvatlashi  bilan  o'lkada  ilmiy  jamiyatlar 
tuza  boshlashga  undadi.  Ilmiy  jamiyatlarning  paydo  bo'lishi  bu  erda  mahalliy 
turkistonshunos  xodimlar  paydo  bo'lganligidan  va  ularning  ishlarini  o'zaro 
muvofiqlash zarurligidan dalolat berardi. 
Qisqa  muddat  ichida  Turkiston  ilmiy  jamiyatlari  o'lkani  o'rganish  tarixida 
mustahkam  o'rin  oldilar.  Bulardan  ba’zi  birlari  faqat  mahalliy  axdmiyatga  ega 
bo'lgan jamiyatlar (masalan, O'rta Osiyo olimlar jamiyati,  ilmiy-tibbiyot jamiyati) 
bo'lsa,  boshqalari  Umumrossiya  ilmiy  jamiyatlarining  bo'limlari  (Rus  geografiya 
jamiyati,  Rus  texnika  jamiyatining  xamda  tabiiyot,  arxeologiya,  antropologiya  va 
etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston bo'limlari) edi. 
1870  yilda  O'rta  Osiyo  olimlari  jamiyati  paydo  bo'ldi.  Bu  jamiyat  o'z  oldiga 
O'rta  Osiyo  tarixi,  geografiyasi,  etnografiyasi,  statistikasi,  iqtisodiyotiga  oid 
ma'lumotlarni  to'plash,  ishlash  va  tarqatishni  maqsad  qilib  qo'ygan  edi.  O'ning 
birinchi ochiq majlisi 1871 yil 28 yanvarda bo'ldi. 
SHu  bilan  bir  vaqtda  A.  P.  Fedchenkoning  faol  ishtiroki  bilan  tabiiyot, 
arxeologiya,  antropologiya  va  etnografiya  havaskorlari  jamiyatining  Turkiston 
bo'limi  ochildi.  Bo'lim  a'zolari  orasida  N.  A.  Severtsov,  I.  V.  Mushketov,  V.  F. 
Oshanin  kabi  rus  olimlari  bor  edi.  Bo'lim  1879  yilda  «Tabiiyot,  arxeologiya, 
antropologiya  va  etnografiya  havaskorlari  jamiyati  Turkiston  bo'limining 
xotiralari»  degan  o'zining  birinchi  va  so'nggi  asarini  bosib  chiqardi.  Bu  to'plamga 
kirgan  maqolalar  orasida  N.  A.  Severtsovning  «Pomir  umurtqali  faunasidan 
ma'lumotlar»  maqolasi,  N.  B.  Teyxning  o'lka  iqlimi  ta'rifiga  bag'ishlangan  ishlari 
va  boshqalar  diqqatga  sazovordir.  Bo'lim  bu  jamiyatning  Moskvada  1872  yilda 
tashkil  qilingan  ikkinchi  politexnika  ko'rgazmasida  Turkiston  bo'limining  ishtirok 
etishiga  tayyorgarlik  ko'rish  yuzasidan  katta  ishlar  olib  bordi.  O'rta  Osiyo  olimlar 
jamiyatida  bo'lgani  singari,  bu  bo'lim  majlislarida  ham  qimmatli  ilmiy  axborotlar 
va  ma'ruzalar  tinglandi.  Jamiyatning  1878  yilda  V.  F.  Oshanin  rahbarligi  ostida 
tashkil qilingan ilmiy safari natij asida Buyuk Pyotr tizma tog'lari ochildi, Mug'suv 
daryosining  manbalaridagi  muzlik  topilib,  unga  A.  P.  Fedchenko  nomi  berildi. 
Mablag'  yo'qligi  tufayli  bo'lim  juda  katta  qiyinchiliklarni  boshidan  kechirdi  va 
taxminan 1893 yilda o'z faoliyatini to'xtatishga majbur bo'ldi. 
O'lkada ishlab turgan  havaskor arxeologlar 1895 yilda Turkiston arxeologiya 


havaskorlari  to'garagiga  birlashdi.  Fanning  boshqa  sohalarida  bo'lgani  singari 
bunda  ham  tadqiqot  ishlari  rejali  tashkil  qilinmasdi,  mutaxassislar  yo'qligi  tufayli 
tadqiqot  ishlarini  olib  borishga  imkor  ham  yo'q  edi.  Arxeologiya  ishlari  asosan 
yozuv  manbalariga  qarab  qadimgi  zamon  yodgorliklarini  o'rganishdan,  ayrim 
arxeologiyaga  oid  manzillarni  tekshirib,  aniqlashdan  iborat  bo'lardi,  ahyon- 
ahyonda  arxeologiyaga  oid  qazishmalar  o'tkazilardi.  Turkiston  arxeologiya 
havaskorlari 
to'garagi 
a'zolari 
tomonidan 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish