Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Karimov I.A. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. Toshkent «O'zbekiston
1996
2.
Arsixovskiy A B.«Arxeololgiya asoslari» Toshkent «O'qituvchi» 1970yil.
3.
Nabiev A. «Tarixiy o'lkashunoslik» Toshkent «O'qituvchi» !996 yil.
4.
Sa'diev A. «XIX asrda Turkistonda tarix fani» Toshkent 1960 yil
5.
G'ulomov YA.G. «O'zbekistonda arxeologiya» Toshkent 1956 yil.
2-MAVZU: O‘ZBEKISTONNING TARIXIY GEOGRAFIK O‘RNI VA
TABIIY IQLIM SHAROITLARI
REJA:
1. Oʻzbekistonning geografik joylashuvi.
2. Aholi va maʼmuriy- xududiy boʻlinishi.
3. Oʻzbekistonning iqlim-sharoitlari.
4. Asosiy foydali tabiiy boyliklari.
Oʻzbekiston Turkistonning Markaziy qismida joylashgan uning hududining
asosiy qismi Amudaryo bilan Sirdaryo orasida boʻlib, moʻtadil va subtropik iqlim
mintaqasida joylashgan. Oʻzbekistonning eng shimoliy nuqtasi bilan eng baland
janubiy nuqtalari orasidagi masofa 925 km, eng gʻarbiy nuqtasi bilan eng sharqiy
nuqtasi orasidagi masofa esa 1400 km. Maydoni jihatidan Oʻzbekiston Avstriya,
Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Shveytsariya davlatlari hududini qoʻshib
hisoblaganda ham ulardan yiriklik qiladi.
Oʻzbekiston janubida Tojikston bilan, sharqda Qirgʻizston bilan, shimoliy va
shimoliy-gʻarbda
Qozgʻiston bilan janubiy gʻarbda Turmaniston bilan
chegaradosh. Janubda Surxon-Sherobod vodiysida Afgʻoniston bilan chegaradosh.
Bu yerda Afgʻoniston bilan Oʻzbekiston chegarasi Amudaryo orqali oʻtadi.
Oʻzbekistonning geografik oʻrniga koʻra juda qulay. Chunki, uning hududi
Turkistonning markazidagi tabiyiy sharoiti qulay va tabiiy boyliklarga serob
boʻlgan yerlarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistonning koʻp qismi tekisliklardan iborat
boʻlishi hamda serunum vohalarining Chirchiq, Ohangaran, Fargʻona, Zarafshon,
Qashqadaryo,
Surxandaryo,
Quyi
Amudaryoning
mavjudligi
jumhuriyat
iqtisodiyotining rivojlanishida qulay sharoit yaratib berdi. Oʻzbekiston hududi
janub-sharqdan gʻarbga qarab choʻzilib, oʻsha tomonga qarab pasayib boradi.
Jumhuriyatimiz yer usti tuzilish jihatidan Tojikiston va Qirgʻizstondan keskin farq
qiladi.
Oʻzbekiston hududining koʻp qismi (71%), (78%) dehqonchilik uchun qulay
vodiylar, tekisliklar va togʻ oldi tekisliklaridan iborat. Tekislik yerlarimiz koʻp
boʻlishi va bu joylardan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, Qashqadaryo,
Surxandaryo va boshqa daryolarning oqib oʻtishi iqlimning qulayligi sugʻorma
dehqonchilikning va ayniqsa paxtachilikning juda qadimdan rivojlanishiga imkon
bergan. Oʻzbekistonning tabiiy sharoiti xilma-xil boʻlib, yozda ham qor va muz
bilan qoplangan balandligi 4688 (4643) ga yoruvchi Hazrati Sulton choʻqqisi bilan
birga dengiz sathidan 12 m past turuvchi Ming buloq botigʻi mavjud.
Oʻzbekistonning tekislik qismi Turon tekisligining bir qismi boʻlib, uning gʻarbiy
va shimoliy gʻarb chekkasini Ustyurt plotosi egallab yotadi. Orol dengizining
janubiy sharqiy qismida Qizilqum choʻli boshlangan. Yer yuzining tuzilishi xilma-
xildir. Bu yerga past togʻlar Bukontogʻ, Tomdi togʻ, Ovmirza togʻ, Kultuq togʻ,
Yetimtogʻ, uning gʻarbiy qismida Sulton Uvays togʻi qumli va tekisliklar orasida
qad koʻtarib turadi. Tomdi togʻning okean sathidagi eng baland qismi 922 m
yotadi. Qoʻshni respublikalar Fargʻona botigʻining cheka qismlari Qirgʻizston va
Tojikiston hududida joylashgan. Botiqning shimolida Chotqol sharqda Fargʻona va
janubda Oloy Turkiston togʻ tizimlari joylashgan. Zarafshon togʻ tizmasining
janubida Hisor togʻ tizmasining janubiy-gʻarbiy tarmoqlari (Yakkabogʻ,
Surxontogʻ, Kuxitang va boshqalar) uchraydi.
Oʻzbekiston aholisi koʻp millatliligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibini 130
dan ortiq millat va elatlar vakillari tashkil etadi. Aholi zichligiga koʻra 2-oʻrinni
Toshkent iqtisodiy nohiyasi egallaydi, - bu yerda har 1 km ga 275 kishi tugʻri
keladi. Aholi zichligi koʻp jihatdan vohani qadimdan xoʻjalik mintaqalaridan
boʻlib kelganligi va zich muhimi, Oʻrta Osiyoning yirik shahri-Toshkentning shu
yerda joylashganligi bilan izohlanadi. Quyi Amudaryo iqtisodiy nohiyasining
qadimgi dehqonchilik vohalaridan biri boʻlgan Xorazm viloyati Oʻzbekistonning
aholisi ancha zid viloyatlaridan hisoblanadi. Unda aholi har 1 km kv ga 169,5
kishidan toʻgʻri keladi. Zarafshon, Surxandaryo va Qashqadaryo mintaqalarida
aholining oʻrtacha zichligi 1 km.kv ga 60-65 kishini tashkil qildi. Bu mintaqalarda
keyingi yillarda yangi yerlarni oʻzlashtirish va sanoatni rivojlantirish ortib
bormoqda. Masalan: Qashqadaryoda 1959 -1981 yillar orasida aholi zichligi 1 km
kv ga 17,9 kishidan 59,1 kishiga (3,3 barovar), Surxandaryoda esa 20,3 kishidan
64,2 kishiga 13,2 barobar) koʻpaydi. Buxoro viloyati va Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Oʻzbekiston aholisi eng siyrak yashaydigan mintaqalar. Ularda
aholining oʻrtacha zichligi 1 km kv ga 12,0 kishi va 7,7 kishini tashkil qiladi.
Buning asosiy sababi hududning kata qismini egallab turgan Qizilqum choʻli va
Ustyurt platosining iqtisodiy jihatdan ancha kam oʻzlashtirilganligidir. 1960
yilgacha Mirzachoʻl iqtisodiy nohiyasi aholi siyrak joy lashgan mintaqalar
jumlasiga kirardi.
Keyingi yillarda Sirdaryo va Jizzax viloyatlarini birlashtirgan bu iqtisodiy
mohiyatdagi keng dashtlarning deyarli tamoman oʻzlashtirilganligi sababli unda
aholi zichligi tabora oshib bormoqda. 1991 yil (koʻrsatkichlaridagi) maʼlumotlariga
koʻra, bu iqtisodiy nohiyada aholining oʻrtacha zichligi 1 km.kv ga 52 kishidan
ziyod toʻgʻri keladi. Oʻzbekiston Respublikasining maydoni 447,4 kv km, xorijiy
davlatlar bilan taqqoslaydigan boʻlsak, uning maydoni Buyuk Britaniyadan 2
barovar, Shveytsariyadan 11, Belgiyadan 14, Armanstondan 15 barobar katta.
Oʻzbekistonning chegarasining koʻp qismi tekislikdan oʻtganligi sababli transport
va iqtisodiy alohalarni rivojlantirish keng imkoniyat beradi.
Respublikamiz maydonining kattaligi jihatidan Oʻrta Osiyo davlatlari va
Qozogʻiston Respublikasi orasida uchinchi oʻrinda tursa, aholi soni jihatidan u
yuqorida sanab utilgan davlatlar oʻrtasida eng oldingi oʻrinda turadi. Oʻzbekiston
aholisi 2002 yil boshida 25,2 millionga teng boʻlgan. Uning aholisi Saudiya
Arabiston aholisidan 2 barobar, Shveytsariya aholisidan 3, Mugʻilston aholisidan
10 baravor koʻp.
Oʻzbekiston respublikasi 1924 yilda sobiq SSSR tarixidagi ittifoqdosh
respublika tarzida tashkil topgan. 1991 y 31 avgustda esa mustaqil respublika deb
eʻlon qilingan. Poytaxti Toshkent shahri, unda 2 mln. 30000 dan ziyod aholi
yashaydi. Oʻzbekiston aholisining asosiy 75% ni oʻzbeklar tashkil qiladi.
Undan tashqari rus, tatar, tojik, qozoq, qoraqalpoq, koreys, yaxudiy, uygʻur
va boshqa xalqlar yashaydi(130 dan ortiq millatlar).
Oʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlaklari soni:
1. Viloyatlar-12 ta va bitta Qoraqalpogʻiston respublikasidan iborat.
2. Tumanlar- 18 ta
3. Shu jumladan qishloq tumanlari-163 ta
4. Shahar tumanlari- 18 ta
5. Shaharlar jami-12 ta
6. Respublikaga buysunuvchi shaharlar- 1 ta.
1. Andijon viloyati. Markazi Andijon (307,4 ming kishi yashaydi).
Viloyatning tuzilgan vaqti 1941 y, 6 mart, Hududi 4,24 ming kv.km. Aholisi 1993
yil 2 mln. va 14 tumandan iborat.
2. Buxoro viloyati. Markazi Buxoro (237,6 ming kishi yashaydi) 1938 y. 15
yanvarda tuzildi. Yer maydoni 40,32 ming kv.km. Aholisi 1315,2 kishi. 11
tumandan iborat.
3. Jizzax viloyati. Markazi Jizzax (122,7 ming kishi) 1973 y 29 dekabr. Yer
maydoni 20,49 ming kv.km. Aholisi 1315,2 kishi. 11 tuman.
4. Navoiy viloyati. Markazi Navoiy shahri. (112,7 ming kishi, 1982y 20
aprel maydoni 110,99 ming kv.km. Aholi 734 ming 8 tuman.
5. Namangan viloyati. Namangan shahri. (354 ming) 1941 y 6 mart.
6. Samarqand viloyati. Aholi 2431,3 ming. 16 tuman (363,4 ming).
7. Sirdaryo viloyati. 626 ming. 9 tuman (53,4 ming)
8. Surxandaryo viloyati. 1635,8 ming 14 tuman, Termez (106,0).
9. Toshkent viloyati 2239,8 ming 15 tuman
10. Fargʻona viloyati 2444,5 ming 15 tuman (182,0)
11. Xorazm viloyati 1198,4 . 10 tuman (136,9)
12. Qashqadaryo. Qarshi (190 ming) 1943 y 20 yanvar er maydoni 28,57
ming kv.km. Aholi 1917,9 ming 14 tuman
1960 y 25 yanvarda Qashqadaryo viloyati tugatilib hududi Surxandaryo
viloyatiga berilgan edi. 1969 y esa 7 fevralda u yana qayta tashkil topti.
13. Qoraqalpogʻsiton respublikasi. Nukus shahri. 188,9 ming suveren
demokratik respublika deb eʼlon qilingan vaqti 1992 yil 9 yanvar. Yer maydoni
166,59 ming kv.km. Aholi 1396,7. 15 tuman. Oʻzbekiston okean dengizlardan
uzoqda Yevro Osiyo materigining ichki qismida joylashganligi tufayli kontinental
iqlimga ega boʻlib, osmoni nihoyatda ochiq, seroftob, uzoq davom yetadigan
jazirama issiq va quruq yoz bilan, shu geografik kenglik uchun birmuncha sovuq
qish bilan tavsiflanadi. Oʻzbekistonda iqlimning barcha unsurlarining yillik
oʻzgarishi orasida katta tafovutlar mavjud boʻlib, ular eng avvalo iqlim hosil
qiluvchi omillarning xususiyatlariga bogʻliq.
Oʻzbekiston iqlimi uning geografik oʻrni va u bilan bogʻliq holda quyosh
radiatsiyasi, atmosfera sirkulyatsiyasi, relefi, yer yuzasining holati, iqlimga kishilar
xoʻjaligi faoliyatining (antrop) taʼsiri natijasida tashkil topadi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston choʻl zonasida asosan subtropik kenglikda, okeanlar
ichkarida joylashgan. Bu esa uning iqlimindagi baʼzi xususiyatlarni, chunonchi,
quyoshning ifqori baland turib uzoq vaqt, eritib va isitib turishini nom bulutli
boʻlishganligini shakllanishida muhim oʻrin tutadi. Oʻzbekistonning togʻli qismida
quyoshning nur sochib turishi davri tekislikka nisbatan 600-700 soat kam boʻladi,
togʻlarning 2000 metr balandlik qismida quyosh yiliga 2300-25 soat nur sochib
turadi.
Buning asosiy sabablari togʻ yonbagʻri boʻylab koʻtarilgan sari bulutli
kunlarning ortib borishi togʻ yonbagʻrining quyoshga nisbatan holatidir.
Oʻzbekiston iqlimining vujudga kelishida atmosfera sirkulyatsiyasining (havo
massalarining almashib turishi) ham ahamiyati kattadir. Jumxuriyat hududiga yil
boʻyi uchta quyidagi asosiy havo massalari tasir etib turadi.
Arktika moʻtadil (qutbiy) va tropik. Oʻzbekiston hududida atmosfera
sirkulyatsiyasining oʻzgarib turish xususiyati haqida yaxshi tasavvurga ega boʻlish
maqsadida yilding issiq (yoz) va sovuq (qish) fasliga boʻlib tavsif beramiz. Qishda
Oʻzbekiston hududi koʻproq arktika va moʻtadil (qutbiy) havo massalari tasirida
boʻlib, ular shimoliy gʻarbdan, shimoldan kirib keladi. Maʼlumki, Turkiston,
jumladan Oʻzbekiston qishda Sibir antisiklonidan vujudga kelgan yuqori bosim
barometrik oʻqdan yani shimoli sharqdan Oʻzbekiston hududiga havo massalari
kirib keladi. Baʼzi, issiq tropik havo massasi Eron-Afgʻoniston tomonidan kirib
keladi. Natijada Turkistonning janubiy qismida moʻtadil mintaqa sovuq havosini
Eron va Afgʻonistondan kirib kelgan iliq toropik havosidan ajjratib turuvchi qutb
fronti vujudga keladi. Yilning issiq faslida Oʻzbekistonda havo sirkulyatsiyasi
qish faslidan keskin farqlanadi. Chunki may oyidan boshlab Turon tekisligi havosi
tezda qizib ketishi oqibatida past bosimli markaz-termin repressiyasi vujudga
keladi. Oʻta qizib mahalliy kontinental Turon tropik havosi shakllanadigan va bu
davrda Oʻzbekistonda-harorat koʻtarilib, Termizda 50 gradusga yetishi kuzatilgan.
Bunday ob-havo (termin depressiyali kunlar) yoz davrining 15% ni tashkil qiladi.
Oʻzbekiston iqlimiga yana uning yer usti holati, yani qor qoplash, tuproqli
oʻsimliklari ham tavsif etadi. Chunki, qor qoplashning quyosh radiatsiyasini
qaytarish qobiliyati juda kata boʻldi. Oʻzbekiston havosining nomligi va bulutligi
eng avvalo havo massalariga xususiyati hamda almashinib turishiga havoning
haroratiga, yer usti holatiga va yogʻin bilan bugʻlanishining nisbatiga bogʻliq.
Havoning nisbiy namligi yil boʻyi oʻzgarib, yozda kamayib, qishda esa
haroratining
pastligi,
yogʻingarchilikning
ortishi
tufayli
koʻpayadi.
Jumxuriyatimizda qishda havoning nisbiy namligi tekislik qismida shimoldan
janubga qarab 70-80% atrofida oʻzgarsa, togʻlarda balandlashgan sari kamayib 55-
59% va undan pastga tushishi mumkin. Toshkentda 79%, Termizda 79% ni tashkil
etsa, mutloq balandligi 1438 metr boʻlgan. Chimyonda 59% ga mutloq balandligi
1545 m boʻlgan Shaharlarda 55% ga tushib qoladi. Oʻzbekistonda yorugʻlik va
issiqlik yetarli boʻlsa, aksincha, yogʻin miqdori juda kam holda hudud boʻyicha
nihoyatda notekis taqsimlangan. Eng kam yogʻin tushadigan joylar quyi
Amudaryo, Qizilqumning gʻarbi va Fargʻona vodiysining gʻarb qismi hisoblanadi.
Oʻzbekistonning togʻoldi va togʻlari tomon yillik yogʻin miqdori ortib boradi.
Chunki,
yuqoriga
koʻtarilgan
sari
haroratning
pasayishi
oqibatida
kondensatsiyalanish jaryoni sodir boʻlib, yogʻin vujudga keladi. Buning ustiga
yogʻinlarni asosan gʻarbiy havo massalarining olib kelganligi tufayli jumxuriyat
togʻlarining gʻarbiy, janubiy-gʻarbiy yonbagʻirlariga yogʻin shimoliy va sharqiy
yonbagʻirlarga nisbatan koʻp tushadi. Havo bosimi va shimolning Oʻzbekiston
hududi uning yer usti tuzilishiga, quyoshning isitishiga bogʻliq holda hudud va
fasllar boʻyicha bir xil joylashgan emas. Oʻzbekiston hududiga yozda iyul oyida
havo bosimining oʻzgarishi uning janubiy-sharqdan shimoliy gʻarbiga qarab
oʻzgarib ortib boradi. Agar Surxon Sherobod vodiysida 1001 mb boʻlsa, Qarshi
yoʻlida 1003 Mb, Quyi zarafshon va Fargʻona vodiysida 1004 Mb, Qizilqumning
markazida 1006 mb, Shimoli-gʻarbda esa 1008 Mb ni tashkil etadi. Oʻzbekistonda
shimoldan janubga borgan sari harorat koʻtarilib, fasllarni boshlanish muddati
oʻzgarib boradi, oradagi tafovut 20-25 kungacha etadi.
Shu sababli mahalliy iqlimshunoslar Oʻzbekistonni iqlimini 2 issiq va sovuq
davrga boʻladi. Oʻrtacha sutkalik harorati 50 dan oshgan kunlar issiq davrga
akchinsa 50 dan pasaygan kunlar sovuq davrga kiritiladi. Iqlim resurslariga issiqlik
resursi geliorusurs, shamol energiyasi va davolanishdagi ahamiyati kiradi.
Oʻzbekiston xoʻjaligi, xususan qishloq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan eng
muhim omillaridan biri bu issiqlik resursidir. Chunki qishloq xoʻjalik ekinlarining
pishib etilishi, mevalarning shirin boʻlishi uchun malum darajada issiqlik talab
etiladi. Bu jihatdan qaraganda Oʻzbekiston juda qulay issiqlikning resursiga ega.
Oʻzbekistonga yoʻl yaylovlarini suv bilan taminlashda kichik maydonlarni
sugʻorishda shamol energiyasi asosida ishlovchi nasoslar erdamida yer osti
suvlaridan foydalanishi mumkin. Oʻzbekiston hududida foydali qazilmalarning bir
qancha turlari borligi aniqlandi. Eqilgi energetik boyliklari. Bu foydali qozilmalar
guruhiga neft, gaz va koʻmir kiradi. Neft va gaz ionlari Fargʻona botigʻida Suh,
Alamushuk, Povontosh, Chimyon, Shoʻrsu va boshqa joylashgan, Oʻzbekiston
hududida Mendeleyev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar mavjud. Mis,
kumush, oltin, qurgʻoshin, Rux, volfram, tabiiy gaz va boshqa ayrim yer osti
boyliklari zaxiralari boʻyicha respublika jahonda oldingi oʻrinlardan birini
egallaydi.
Xisof tizmasining jonubiy gʻarbiy tarmoqlaridagi Odamtosh, Gumbulti,
Pachkamar, Qizil bayroq Omon ota kabi konlari topilgan. Neft Sherobod Surxon
botigʻidagi palegon ohak toshlari qatlamlarida havodog, Uchqizil, Koʻkayti va
boshqa joylarda olinmoqda. Gazning juda katta zakirasi Buxoroda Gazlida
Qashqadaryoda topilgan. Oʻzbekistonda koʻmirning 4 koni bor. Oxangaron,
Shorgʻun, Boysun, Quqitosh kabi konlari maʼlum. Angren koʻmir koni-
Oʻzbekistondagi zaxirasi boy boʻlgan konlardan hisoblanadi. Rudali foydali
qazilmalar, Oʻzbekiston hududida qora-metallar (temir, titan, morganets, xrom).
Nodir metallar (volfrom, molibdan, qolay) vismut, simob, Surma va boshqalar
topilgan. Kimyoviy xom ashyolardan Oʻzbekiston hududida osh va kaliy tuzlari
mavjud. Respublika hududida Boybichakan, Koʻjankon, Tyubegatong, Oqtosh,
Loymimkon va boshqalar bor. Bulardan tashqari respublikamiz hududida koʻplab
foydali qazilmalarai topib aniqlangan. Mana shundan koʻrinib turibdiki
respublikamiz foydali qazilmalarga boy ekanligi.
Respublika oltin zaxirasi asosan Novaiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax va
Namangan viloyatlari kiradi. Bundan boshqa ayrim hududlarida Olmaliqda mis
konlari ishga tushiriIgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |