YAngi bozor — Buxoro viloyati Buxoro rayonidagi qishloq. Bu nomni
o'rganishda o'sha joyda yashab xizmat qilayotgan o'qituvchilarta, keksalarga va
arxiv hujjatlariga murojaat qilindi. Qishloqni nima uchun YAngi bozor deb
atashgan? Bunga sabab, YAngi bozor qishlog'idan bir oz naridagi qishloqda
boshqa kichik bir bozor bo'lgan, bu bozorga turli tomondan kishilar kelib savdo
sotiq qilganlar. Bozor kengayib borgan, eski bozor bilan birgalikda yangi bozor
ham rivojlangan. SHundan boshlab qishloq YAngi bozor deb atala boshlagan.
Sari kunda — Romiton rayonidan 15 kilometr naridagi qishloq. Urganch
cho'li etaklarida joylashgan. Keksalarning aytishlaricha, o'rta asrlarda qishloq
nihoyatda obod bo'lgan. Maydoni keng, bog'-chorbog'i ko'p bo'lgan. SHu erda
kunda boshi, ya'ni suv boshi bo'lgani uchun xam qishloqning nomini shunday deb
ataganlar. «Sari» — tojikcha (bosh), «kunda» — suv, suv taqsimlanadigan to'g'on
boshi demakdir. Vaqt o'tishi bilan xususiy boylik uchun olib borilgan kurashlar
natij asida qishloq xarobaga aylangan. 1920 yilda qishloqda jami 6 xo'jalik
istiqomat qilgan. Qishloq axolisining ko'pchiligi tojiklar. Keyingi yillarda qishloq
tanib bo'lmas darajada o'zgardi. Dastlab 10 gektar maydonda omoch bilan
dehqonchilik qilgan sarikundaliklar bugungi kunda 300 gektardan ortiq erga ekin
ekib, farovon hayot kechirmokdalar.
CHor rabot — Buxoro viloyati G'ijduvon rayonidagi qishloqning nomi.
CHor rabot, ya'ni to'rtta rabotdan iborat degan ma'noni anglatadi. Hozir xam
qishloq tort qismdan iborat bo'lib, ular xalq shevasi bilan quyidagicha nomlar bilan
ataladi: Sho'ro xo'rxo (sho'r ovqat iste'mol qiladiganlar) — yoki tuzlik ovqat
eydiganlar mahallasi; «Markaziy ko'cha» yoki mahalla; Poy luchho (oyoq
yalanglar), yoki kambag'allar mahallasi; Oshpazho (oshpazlar mahallasi).
Hozir ham CHor rabot qishlog'i va uning 4 mahallasi yuqoridagi nom bilan
atalib kelinadi. Buxoro viloyati G'ijduvon rayonidagi kolxozda quyidagi qishloqlar
bo'lib, ular
CHor rabot (to'rt rabot),
Qo'rg'on (qal'a),
Arrabon (suvi ravon
ketadigan ariq; suvi tez oqadigan ariq) deb nomlangan (arablar yashaydigan
qishloq bo'lishi ham mumkin).
Keskin terak — Karmananing nomi, hozir Navoiy deb ataladi. Bu
qishloqning ham o'ziga xos tarixi bor. Uning Keskin terak deb atalishi to'g'risida
shunday rivoyat bor: bu erda juda ko'p terak o'sgan. Teraklarni bir kishi kelib kesib
olib ketgan. SHundan beri bu joy Kesgan terak deb atalib kelar ekan. Erli xalq
tilida «Keskin terak» deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: