markaziy gumbazda darchalari bor. Toqi telpakfurushon ilgari Toqi kitobfurushon
deb atalgan, chunki bu erda kitoblar sotilgan. Toqi sarrofon ikki ko'cha
chorrahasida bo'lib, ulardan biri Registon tomonga qarab ketgan. U shuning uchun
Toqi sarrofon deb atalganki, unda ko'pincha sarroflar o'tirib, chet el pullarini
almashtirganlar va pul maydalaganlar. Buxoronning Abdullaxon timi va toqlari
qadimiy shaxar qurilishining obod, yirik ko'chalarida saqlanib qolgan
elementlarigina, xolos. O'rta Osiyo va SHarq mamlakatlaridagi birorta shaharda
bunchalik mahobatli (ulug'vor) me'morchilik inshootlari yo'q, desa bo'ladi.
Devonbegi xonaqosining old tomoni Labihoiul suvida oynadek aks etib
turadi. SHuning uchui
bu yodgorlikni Labihovuz deb ham ataydilar.
SHarq tomonda, masjid ro'parasida Nodir
devonbegi madrasasi (1622 yil)
qad ko'targan. U karvonsaroy sifatida qurila boshlagan bo'lsada, keyin qurilish
davomida madrasaga aylantirilgan. SHuning uchun uning rejasi oddiy va
madrasalar rejasiga o'xshamaydi.
Ko'kaldosh madrasasi (1578 yil) — Labihovuz maydonida joylashgan binolar
jumlasiga kiradi. Bu yodgorlik Abdullaxon hukmronlik qilgan davrda (1557 1558)
qurilgan bo'lib, O'rta Osiyodagi eng katta madrasalardan biri hisoblanadi.
Madrasaning 160 xujrasi bor. Madrasaning eshigi alohida e'tiborga sazovordir.
eshik tabaqalari yog'och pilakchalardan yig'ilib, elim va mixsiz cho'p pona bilan
biriktirilgan, taxta pilakchalarga nozik va mayda o'ymakor gul solingan.
Madrasalarning devori odatda yaxlit bo'ladi. Bu madrasaning esa ochiq ayvonchali
boloxonalari bo'lgan va ular durustgina bezatilgan. Hozir bu erda viloyat davlat
arxivi joylashgan.
SHaharning g'arbiy qismida, shahar madaniyat va istirohat bog'i
darvozasining chap tomonida bir-biriga ro'para turgan ikkita katta madrasa bor.
Ular Qo'sh madrasa nomi bilan mashhur Qo'sh madrasa Buxorodagi xdshamatli
me'morchilik komplekslaridan biridir. SHarqiy tomondagi Madori xon madrasasi
(1566) g'arbiy tomondagi Abdullaxon madrasasidan 22 yil ilgari qurilgan. Madori
xon madrasasining hajmi kichikroq, bezaklari soddaroqdir. Abdullaxon madrasasi
kattaroq, ayniqsa uning sal qiyshaygan baland old peshtoqi serhashamdir. Hovli
to'rt peshtoqdan iborat. Uning eshik tabaqalari Ko'kaldosh madrasasining eshigi ga
o'xshatib taxta pilakchalaridan yasalgan. SHaharning sharqiy qismida, vokzalga
yaqin joyda ikki maqbara: Sayfuddin Boharziy va Buyonqulixon maqbalari bor.
Sayfuddin Boharziy maqbarasi din aqidalari to'g'risida asarlar yozgan va 1262
yilda vafot etgan shayxning nomi bilan bog'liqdir. Bu yodgorlik ikki binodan, ya'ni
ziyoratxona va go'rxonadan iborat. Ilgari ikkinchi xonada badiiy o'ymakorlik va
sirli bezaklarning noyob namunasi bo'lgan yog'och sag'ana bo'lgan (XIV asr).
Maqbaraning ichiga baland minoralar gumbazidagi darchalardan yorug'lik tushib
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: