Eski jo'va — Toshkentdagi xon arkining chekkasida, eski harbiy aslahdlar
saqlanadigan omborxona — jevaxona bo'lgan. Haqiqatan ham jeba (jiba) deganda
sovut yoki umuman harbiy qurol-aslaha tushunilgan. Bu o'rinda yana shuni ham
aytish kerakki, tarixiy manbalarda, xususan vaqf hujjatlarida jo'ba «bozor»
ma'nosida uchraydi. CHunonchi, X asr yodgorligi Narshaxiyning «Buxoro tarixi»
asarida Buxoro bozorlaridan biri Jubai baqqolon, ya'ni Baqqollar bozori deb
atalganligi qayd qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |