Ne qilib qo'yding sen, bevafo dildor,
Ne qilib qo'yding sen ?! Alvido demak,
Nahot ,shuncha oson sevgan ko'ngilga?!
Xayr deyman men ham va lek noiloj.
"Ayriliq qo'shig'i "nomli ushbu she'rda taajjubni ifodalovchi ritorik so'roq gapdan foydalanilgan.
Zarragina rahm etgali
Sabring menga yo'qmidi?
Onajonim ,bundan o'zga ,
Jabring menga yo'qmidi?
Barchamizga ma'lum va mashhur bo'lgan ,har bir insonning qalbini junbushga keltiruvchi ushbu "Onajon" nomli she'rda ham ritorik so'roq gapdan foydalanilagan misralar mavjud. Bunda inkorni ifodalovchi ritorik so'roq gap ishtirok etgan.
O,inson qismati, bunchalar chigal ,
Bunchalar xilma -xil foje va aza .
Qismatim,o'zimman gunohkor bu gal,
Nahot,gunohkorga qo'shiqdir jazo?
Shoirning "Xayr endi..." she'rida taajjubni ifodalovchi ritorik so'roq gap ishtirok etgan.
Qancha zot dunyoga keldi-yu ketdi ,
Birin dushman etsa ,birin do'st etdi.
Birining boshiga shon-shuhrat yetdi,
Axir ,u men uchun armon emasmi?
Shoirning " Armon emasmi" deb nomlanga she'rida ham ritorik so'roq gapdan unumli foydalanilgan.
Abdulla Oripovning ijodini ,she'rlarini o'rganish jarayonida shuni tushindimki,shoir har bir she’rini yuksak mahorat bilan o'quvchi tushinishiga qulay tarzda yozgan. Har bir she'rida Vatanga bo'lgan muhabbati yaqqol aks etib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |