Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar


O’zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga o’tish bo’yicha qilinayotgan chora tadbirlar



Download 64,27 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2022
Hajmi64,27 Kb.
#600495
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5377642819479408498

3.O’zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga o’tish bo’yicha qilinayotgan chora tadbirlar
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqaro hisob tizimi taraqqiy ettirilishida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (BHXS) muhim o’rin tutadi. BHXSlar mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni, jumladan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va mamlakatlarda investitsion muhitni yaxshilashda muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham kun sayin xalqaro standartlarni e’tirof etuvchi mamlakatlar soni oshib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi ham BHXSga o’tishning o’ziga xos yo’lini tanladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan, 2015-2018 yillarda barcha aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni o’tkazishi va aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi 2015 yilning 1 iyuliga qadar aktsiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlanishi lozimligi belgilangan.
Bundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-sonli “Aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga asosan, aktsiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitaliga 15 foizdan kam bo’lmagan miqdorda xorijiy investorlarning ulushi jalb qilinishi lozimligi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, aktsiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tuzilishiga to’g’ri keladi. Chunki, undan xorijiy investorlar aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviyviy hisobotlarini to’g’ridan to’g’ri tushunishiga va ishonch hosil qilish lozimligiga erishadi.
O’zbekiston respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (keyingi o‘rinlarda — MHXS) o‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida bir qator ustuvor vazifalar belgilab olindi:
1.O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020-yildan boshlab, ushbu bandda ko‘rsatilmagan davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashga o‘tish jadvali har yili tasdiqlanishi va 1-iyunga qadar rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini ta’minlasin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq moliyaviy hisobotni ixtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik subyektlari buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi MHXSni joriy etish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin va unga quyidagi funksiyalar yuklansin:
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda MHXSning joriy etilishini, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlar MHXS asosida o‘z vaqtida e’lon qilinishini monitoring qilish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
5. 4.MHXS sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha jahonning muvaffaqiyatli tajribalarini ommalashtirish, shu jumladan buxgalteriya hisobi va audit sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarini (keyingi o‘rinlarda — akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari) hamda sohaga oid oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar (Sertifikatlangan diplomli buxgaltyerlar xalqaro assotsiatsiyasi (Association of Chartered Certified Accountants — ASSA) va boshqalar) bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish;
6. Rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasi asosida o‘quv jarayonining sifatini, imtihonlarni o‘tkazish va natijalarini baholashning shaffofligini ta’minlovchi MHXS bo‘yicha sertifikatlashning samarali tizimini joriy etish, shuningdek, MHXS sohasida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida o‘qitish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashish;
7. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini MHXSga muvofiq uyg‘unlashtirish.


Xulosa
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda moliyaviy hisobot standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada yaxshilanishida muhim rol o’ynadi. Ulardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
- ko’pchilik mamlakatlarda hisob va hisobotga qo’yiladigan milliy talablar uchun asos bo’lib xizmat qilish;
- hisob va hisobotga nisbatan o’z talablarini ishlab chiqayotgan alohida mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi (sanoati rifojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda endi rivojlanib borayotgan bozorlar uchun, masalan, Xitoy, Osiyoning boshqa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari ham shular jumlasidandir);
- fond birjalari va tartibga soluvchi organlar tomonidan moliyaviy hisobotni Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga mos ravishda tuzilishini talab qilgan hollarda;
- kapital bozorlari uchun standartlar ishlab chiqishda to’lig’icha Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga asoslanishga qaror qilgan Yevropa Komissiyasi kabi milliy organlar tomonidan ishlatishi;
- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talab qilinmaydigan mamlakatlarda ham kompaniyalarp soni ortganligi tufayli foydalanilishi.

Yuqoridagilar tufayli Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda yanada kengroq foydalanilmoqda va tan olinmoqda. Hatto ba’zi mamlakatlar Moliyaviy Hisobotlar Xalqaro Standartlar (MHXS) ni o’z standartlaridek o’zgarishlarsiz ishlatishmoqda, ba’zilari esa mamlakat xususiyatidan kelib chiqib ba’zi o’zgarishlarni kiritmoqdalar. Ko’p millatli yirik kompaniyalar esa Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlaridan foydalanish ular uchun qulayligini ta’kidlashmoqda.


Mamlakatlararo tizimning shakllanishi bilan parallel holda xalqaro buxgalteriya hisobi tizimi, yagona hisob va hisobot berish xalqaro tizimiga milliy regional hisob tizimlarining yaxlit bir butun qilib birlashtirilishi bo’lib o’tdi.
Gap shundaki, XX asrning ikkinchi yarmi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning kuchayishi, mamlakatlararo va qit’alararo mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi, ixtisoslashuvi bilan xarakterlanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot natijalaridan foydalanish natijasida chet el investitsiyasini jalb qilish, ishlab chiqarishning internatsionalizatsiyashuvi transnatsional va multinatsional korporatsiyalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Transnatsionatsional korporatsiyalarga quyidagilar misol bo’la oladi: IBM (AQSh), Toyota Motor (Yaponiya), Djeneral Elektrik (AQSh), Toshiba (Yaponiya), Djeneral Motorz (AQSh), Dyupon (AQSh). Muhimi shuki, butun jahon miqyosidagi mahsulotlarining asosiy qismi 25 ta shunday yirik korporatsiyalarda ishlab chiqariladi. Shuning bilan birga ishonch bilan aytish mumkinki, XX asrda iqtisodni internatsionalizatsiya qilish bo’lib o’tdi va u bilan birga buxgalteriya hisobi internatsionalizatsiya kilindi. Bu bir qancha muammolarning paydo bo’lishiga olib keldi:
- xalqaro tajribalarga asoslanib moliyaviy hisobot tuzish;
- xalqaro yoki milliy hisob qoidalariga bo’ysunish;
- xalqaro biznes bilan moslikda informatsion-boshqaruv tizimini tashkil qilish;
- joriy hisobotlar uchun kreditlarni chet el valyutasida aks ettirish.
Respublikamizda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida tashkil qilish va yuritish uchun kechiktirmasdan hal qilinadigan muammolar mavjud. Mening fikrimcha, bular Buxgalteriya hisobini MHXS asosida yuritishning huquqiy asosini yaratish maqsadida buxgalteriya hisobi bo’yicha me’yoriy huquqiy hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish; Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini o’zbek va rus tilidagi rasmiy tarjimasini nashr qilish; Faoliyat ko’rsatayotgan professor o’qituvchi va buxgalterlarni qayta tayyorlash; Buxgalteriya hisobi mutaxasisligi bo’yicha kadrlar tayyorlayotgan oliy o’quv y urtlarining Davlat ta’lim standartlari o’quv rejalariga “Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari” nomli fanni kiritish asosida kadrlar tayyorlash(bakalavriyat bosqichidayoq).

Download 64,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish