Respublikasi oliy



Download 3,12 Mb.
bet13/114
Sana20.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#825921
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114
Bog'liq
Zoologiya (S.Dadayev, O.Mavlonov)

Nafas olishi va ayirishi. Tufelka ham barcha hayvonlar kabi tana yuzasi orqali suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan zararli mahsulotlar va ortiqcha suv tanasining oldingi va keyingi qismida joylashgan qisqaruvchi vakuolalar yordamida chiqarib tashlanadi. Har bir qisqaruvchi vakuola yig'uvchi uzun naychalar, suyuqlik saqlovchi pufakchalar va chiqaruv naychasidan iborat. Suv va moddalar almashinuvining keraksiz mahsulotlari dastlab yig'uvchi naychalarga, ulardan vakuola pufakchasiga o'tadi. Pufakcha devori qisqarishi tufayli suyuqlik chiqaruv naychasi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Tufelka tanasida nerv tolalari topilmagan. Lekin u harorat, kimyoviy, yorug'lik va turli mexanik ta'simi sezish xususiyatiga ega.
Harakatlanishi. Tufelka tanasi sirtida joylashgan kiprikchalaming eshkakka o'xshab bir me'yorda tebranishi natijasida suzib yuradi. Kiprikchalar tana sirtida spiral qator hosil bo'lib joylashganligi sababli tufelka o'z tanasi o'qi atrofida aylanma harakat qiladi.
Ko'payishi. Tufelka jinssiz va jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Jinssiz ko'payishi oziq mo'l bo'lgan qulay ob—havo sharoitida sodir bo'ladi. Bu ko'payish katta va kichik yadrolaming ikkiga bo'linishidan boshlanadi. Bo'linganyadrolarva boshqa hujayra organoidlari tufelka tanasining oldingi va keyingi qismiga teng ajralib ketadi. Shundan keyin tufelka tanasi o'rta qismidan ingichka tortib, ikkiga ajraladi va ikkita yosh tufelka hosil bo'ladi. Har qaysi yosh tufelkada yetishmagan organoidlar qaytadan tiklanadi.
Jinsiy ko'payishi ikkita tufelkaning og'izoldi chuqurchasi joylashgan tomoni bilan yaqinlashuvidan boshlanadi. Har ikkala tufelkada pellikula qobig'ining bir —biriga tegib turgan joyi eriydi va ular sitoplazmasi o'rtasida bog'lanish hosil bo'ladi. So'ngra katta yadro yemirilib, sitoplazmaga tarqaladi, kichik yadro esa bir necha marta bo'linadi. Dastlab kichik yadro 2 marta bo'linib, 4 tadan yadrocha hosil qiladi. Ulaming uchtasi yemirilib ketadi, qolgan bittasi esa mitoz usulida ikkiga bo'linadi. Hosil bo'lgan yadroning biri harakatchan, ikkinchisi harakatsiz bo'ladi. Infuzoriyalar harakatsiz yadrolar bilan almashinadi. Almashingan harakatchan yadrolar harakatchan yadrolar bilan qo'shiladi. Ana shundan so'ng infuzoriyalar ajralib ketadi. Ulardagi yadro ikkiga bo'linib, biridan kichik yadro, ikkinchisidan esa katta yadro hosil bo'ladi. Bu hodisa


18


www.ziyouz.com kutubxonasi




ko‘p hujayrali hayvonlaming urug'lanishini eslatadi. Jinsiy ko'payishdan so'ng infuzoriyalar yana jinssiz ko'payishga kirishadi. Bunda ko'payishning mohiyati ikkita har xil organizm o'rtasida irsiy belgilar almashinuvidan iborat. Jinsiy ko'payishda infuzoriyalar soni ortmaydi, lekin ulaming nasli yaxshilanadi, yashovchanligi oshadi. Ko'payishning bu usuli kon'yugatsiya deyiladi. Infuzoriyalar ham noqulay sharoitda sista hosil qiladi. Infuzoriyalar orasida ham bir qancha parazit turlari uchraydi. Ulardan balantidiy odam va cho'chqalaming yo'g'on ichagida parazitlik qilib, og'ir kasallik paydo qiladi.
Test topshiriqlariga javob bering

  1. Qaysi javobda bir hujayralilaming tiplari ko'rsatilgan?

  1. Sarkodalilar, xivchinlilar, qon sporalilar;

  2. Sporalilar, sarkomastigoforalar, infuzoriyalar;

  1. Sarkodalilar, infuzoriyalar, xivchinlilar;

  2. Xivchinlilar, sporalilar, infuzoriyalar;

  3. Sporalilar, sarkodalilar, infuzoriyalar.

  1. Qaysi sinflar sarkomastigoforalar tipiga kiradi?

  1. Sarkodalilar, kipriklilar;

  2. Sporalilar, kipriklilar;

  1. Sarkodalilar, sporalilar;

  2. Xivchinlilar, infuzoriyalar;

  3. Sarkodalilar, xivchinlilar.

  1. Qaysi hayvonlar sarkodalilar sinfiga mansub?

  1. Arnyoba, foraminifera, nursimon, quyoshsimon;

  2. Evglena, arnyoba, volvoks, nursimon;

  1. Nursimon, arnyoba, nozema, infuzoriya;

  2. Tufelka, volvoks, nozema, arnyoba;

  3. Volvoks, nozema, arnyoba, nursimon.

  1. Qaysi hayvonlar dengizlarda tarqalgan?

  1. Nurlilar, amyobalar;

  2. Foraminiferalar, amyobalar;

  1. Infuzoriyalar, sporalilar;

  2. Nurlilar, foraminiferalar;

  3. Foraminiferalar, sporalilar.


19


www.ziyouz.com kutubxonasi


  1. Qisqaruvchi vakuol qanday funksiyani bajaradi?

  1. Suv shimish, oziqlanish;

  2. Ayirish, oziqlanish;

  1. Nafas olish, ayirish;

  2. Suv shimish, ayirish;

  3. Himoya, nafas olish.

  1. Qaysi xivchinlilar o'simlik singar! fotosintez qiladi?

  1. Leyshmaniya, tripanosoma;

  2. Volvoks, evglena;

  1. Tripanosoma, evglena;

  2. Evglena, leyshmaniya;

  3. Volvoks, tripanosoma.

  1. Qaysi javobda parazit bir hujayralilar va ular qo'zg'atadigan kasalliklar juftlab ko'rsatilgan?

1—tripanosoma, 2 —plazmodiy, 3 — leyshmaniya; a —yomon yara, b —bezgak, d —uyqu.

  1. 1 a, 2 d, 3 b;

  2. 1 d, 2 a, 3 b;

  1. 1 d, 2 b, 3 a;

  2. 1 a, 2 b, 3 d;

  3. 1 b, 2 a, 3 d.

  1. Bir hujayralilaming hujayra organoidlari va ulaming vazifasini juftlab ko'rsating.

A — qisqaruvchi vakuol;
B — yadro;
D — hazm vakuoli;
E — xivchin yoki kipriklar;
1—ko'payish, irsiy belgilami saqlash, 2 — harakatlanish, 3 —hazm qilish, 4 —osmoregulyatsiya, nafas olish.

  1. Faqat jinssiz ko'payadigan bir hujayrali hayvonlami belgilang.

A — amyoba;
B — tufelka;
D — evglena;
E — lambliya;
F — bezgak paraziti.


20


www.ziyouz.com kutubxonasi


  1. TUBAN KO'P HUJAYRALILAR

Ko'p hujayrali hayvonlaming tanasi har xil tuzilishga ega bo'lgan ko'p sonli hujayralardan tashkil topgan. Har qaysi hujayralar guruhi muayyan bir vazifani bajarishga moslashgan. Masalan, muskul hujayralari qisqarish xususiyatiga ega bo'lib, harakatlanish vazifasini bajarsa, nerv hujayralari ta'sirlanish va ta'sirga javob berish vazifasini bajaradi. Ko'p hujayralilar organizmidagi ayrim hujayralar organizm uchun zarur bo'lgan muayyan vazifani bajarishga moslashgan. Shuning uchun organizmdan ajratib olingan ayrim hujayralar mustaqil hayot kechira olmaydi.
Ko'p hujayrali hayvonlar 17 dan ortiq tipga bo'linadi. Hamma ko'p hujayralilarni tana simmetriyasining rivojlanishiga ko'ra shu'lasimon, ya’ni radial va ikkiyonlama, ya’ni bilaterial simmetriyalilarga ajratish mumkin. Shu'lasimon simmetriyali hayvonlarni bo'shliqichlilar va ignaterililar tiplarining vakillari tashkil etadi. Ko'pchilik ko'p hujayralilar ikkiyoqlama (bilaterial) simmetriyali hayvonlar hisoblanadi. Bundan tashqari ko'p hujayralilar tana bo'shlig'ining va og'iz teshigining hosil bo'lish xususiyatlariga ko'ra birlamchi tana bo'shliqlilar va ikkilamchi tana bo'shliqlilar, birlamchi og'izlilarva ikkilamchi og'izlilarga bo'linadi.

    1. Plastinkasimonlar (Placozoa) tipi


Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish