Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK SHART-SHA­ROITLARI



Download 27,87 Mb.
bet115/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK SHART-SHA­ROITLARI
Bekboyeva Nafiza Jaxongirovna
Sirdaryo viloyati Bovovut tumani 34-umumta’lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi.
Ma’lumki, maktab bu–o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish o`chog`idir. Ammo, o`quvchilarning ijodiy fikr­lash qobiliyatlarini shakllantirish jarayonlari asosan odobno­ma darslari yoki darsdan tashqari sharoitlarga mo`ljallab amalga oshiriladi, to`g`ri, bu pedagogik shart-sharoitlar sifa­tida o`quv­chi­larning ijodiy fikrlash qobiliyat­larini shakl­lantirish vositalari sifatida muhim ahamiyatga ega jarayondir. Vaholan­ki, o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllan­tirishning maqsad va vazifalarini hal etishda asosiy tashkiliy shakl – bu darsdir.
Ko`zlangan maqsadni faqat odobnoma darslarida emas, har qanday fanni o`tish jarayonida ham amalga oshirish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim va o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bu yaxlit, bir butun pedagogik jarayondir.
3-4-sinflarda barcha fanlarni o`qitishda didaktik maq­sadlar bilan bir qatorda o`qituvchi o`quvchilarning ijodiy fikr­lash qobiliyatlarini shakllantirish maqsadini ham aniq bel­gilab olishi va ularni hal etishi lozim. Masalan, matematika-o`quvchilarning aqliy jihatdan ijodiy fikrlash qobiliyat­larini, o`qish, ona tili-boshlang`ich sinf o`quvchilarida ijodiy fikrlash qobiliyatlarni aniqlashning, tabiatshunoslik–o`quvchi­larning ekologik jihatdan, texnologiya darsi-o`quvchilarning iqtisodiy va mehnatga oid ijodiy fikrlash qobiliyatlarining, musiqa-estetik tasviriy san’at-o`quvchilarning badiiy jihatdan ijo­diy fikrlash qobiliyatlarining asosiy vositalari bo`lib xizmat qiladi. Amaliyotda ko`pchilik 3-4-sinf o`qituvchilari nafaqat o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllan­tirish, hattoki ta’limiy maqsadlarni ham oldindan aniq bel­gilay olmaydilar. Ularning dars-reja ishlanmalarida o`quvchi­larning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish maq­sadlari qo`yilmaydigan hollar ham uchrab turadi. Ular belgilab olingan taqdirda ham umumiy xarakterga ega bo`ladi. Masalan, darsning o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida «boshlang`ich sinf o`quvchilarining ijodiy fikrlash qobiliyatlarini aniqlash», «o`quvchilarning ekologik ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish» kabi umumiy tushunchalar bilan cheklanadi. Bir soatlik dars davo­mida bu borada ko`zlangan maqsadga erishish mumkin emasligini har qanday pedagog tushunadi. Demak, o`quvchilarning ijodiy fikr­lash qobiliyatlarini shakllantirishdan ko`zlangan maqsad aniq qo`yilishi, u darsning o`quv materiali mazmunidan kelib chiqib oldindan aniq belgilanishi lozim.
O`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakl­lan­­tirish maqsadi dars jarayonida qanchalik aniq bo`lsa, unga erishish yo`llarini tanlash ham shunchalik qulay bo`ladi. Yuqo­rida o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllan­tirish maqsadlariga erishish uchun 3-4-sinf o`qituvchisi suhbat, hikoya, namuna, uyaltirish, topshiriq, mashq, rag`batlantirish kabi o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlari usullaridan foydalanishi mumkin. Masalan, «Sen ham o`rtog`ingga yoki ukangga sumkangdan, qo`lingdagi shirinliklardan berasanmi yoki bermaysanmi?», degan savol bilan murojaat qilib, o`qituvchi ayrim boshlang`ich sinf o`quvchilaridan aniq javob olishi, ayrimlarini uyaltirishi mumkin.
Ma’lumki, o`qish, ona tili darslari o`z mazmun va mohiya­tiga ko`ra kuchli boshlang`ich sinf o`quvchilarida ijodiy fikrlash qobiliyatlari aniqlash vositalaridan sanaladi. Ushbu fanlar dars mavzulari, Vatanni madh etuvchi, do`stlik, to`g`rilik, halol­lik, jasurlik, mardlik, ezgulik singari g`oyalarni ilgari suruv­chi o`quv materiallariga boydir. Undagi ertak, doston, hikoya, rivoyat, maqol, topshiriq, she’r, badiiy asar matnlarida kishi­ning insoniy fazilatlari yuksaklarga ko`tarilib, salbiy fazi­latlar esa qoralanadi. O`qituvchi bolalarning badiiy qahra­monlarining ijobiy fazilatlaridan namuna olishlari, salbiy fazilatlaridan esa nafratlanishlari, ularning qarashlarini chuqur tushunib etishlari uchun o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning milliy usullaridan ham foydalanish kerak.
Kichik yoshdagi maktab o`quvchilarini o`quv jarayoniga mos­lash­tirish, ularning fanlarni yaxshi o`zlashtirishlarini ta’min­lash uchun maktab psixologlari o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish borasidagi ishlarni hamda yakka holda yondashuv uslublarini amalga oshirishsa ma’qul bo`lardi. Kichik yoshdagi bolalarning oila a’zolari bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlarini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun ayniqsa, qishloq oilalaridagi o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobili­yatlarini rivojlantirishga o`g`il bolalarning ham otasiga, ham onasiga nisbatan bo`ladigan munosabatlariga alohida e’tibor berish, o`z navbatida ota-onalarning o`g`illariga nisbatan hissiy munosabatini oshirish, ular bilan ko`proq amaliy muloqotda bo`lishliklarini ta’minlash zarur.
Demak, ta’lim mazmunida kichik yoshdagi maktab o`quvchi­lari ongiga milliy g`urur, inson sha’ni, insonga mehr-muhabbat, vatanparvarlik, odamiylik, to`g`rilik, mardlik kabi inson­parvarlik g`oyalarini singdirish muhim ahamiyatga ega. Ma’lum­ki vatanparvarlik iymon, e’tiqod va vijdon amri bilan vatan oldidagi mas’uliyat hissini, muqaddas burchni anglashdir. Vatan­parvarlik, Vatanga hurmat va muhabbat bilan bog`langan tuyg`u sifatida shakllanadi. Kichik yoshdagi o`quvchilarning ijo­diy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashda o`zbek xalq maqol­lari va she’riyat ham muhim o`rin tutadi. Birinchi sinfga kelgan o`quvchi savod o`rgatish davridayoq, dastur talabiga muvofiq at­rof-muhitni kuzatishi va sayohatlar vaqtida tevarak-atrof haqida jonli taassurotlar olishi kerak. Bu bolalar tasavvuri­ni kengaytiradi, so`z boyligini oshiradi, nutqini o`stiradi.



Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish