Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati



Download 27,87 Mb.
bet109/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. Otaqulova G. “Vatanni sevmoq iymondandir” Boshlang`ich ta`lim jurnali 2001- yil №2 mart-aprel 12-13-bet
2. Azimova “O`zbekistonim mening” Boshlang`ich ta`lim jurnali 2003-yil №15 mart-aprel 4-5-bet
3.Q.Rahimboyeva vatanim –yorug` maskanim Boshlang`ich ta`lim jurnali 2001- yil №1 mart-aprel 6-7-bet
4. Azimova Istiqlolim – istiqbolim Boshlang`ich ta`lim jurnali 2003-yil №5 martaprel 6-9-bet
TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ROLI
Abdullayeva Nazira Payzullayevna,
Mirzaobod tumani 5-umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Inson tomonidan borliqni bilishning turli yo`llari, vaqtlari mavjud bo`lishiga qaramasdan, bu o`rinda ko`rgazmalilik, yaqqol alohida ahamiyat kasb etadi. Ma`lumki, tevarak-atrofni, umuman olganda borliqni bilish insonlar to`g`risida muayyan ma`lumotlarni egallash va tasavvurlarni hosil qilish dastavval yaqqol ko`zga tashlanadigan, tashqi ko`rinishi bilan o`ziga tortuvchi, jozibador, maftunkor ko`rgazmali hissiy yo`l bilan o`ziga tortuvchi obrazlarni idrok qilish ulardagi yangiliklarni yangi ko`rinishi, alomati, rang-barangligi singari unsurlarga ahamiyat berishda namoyon bo`ladi. Tuzilishi jihatdan murakkab, mazmun va mohiyatan mavhum bilimlarni ilmiy tushunchalar va atamalar ma`nosini yengilroq tushunish maqsadida odamlar ularni o`zlashtirish uchun yaqollashtirish uslubini tadbiq etishga odatlanganlar. Ushbu ijtimoiy voqelik (realiya) hodisa bir tomondan ularni tasavvur qilish yoki anglashni tezlashtiradi, ikkinchi tomondan esa aqliy zo`r berishlikni shaxsiy faollik darajasini susaytiradi.


Hozirgi davr pedagogika fani ma‘lum bir yuksalish bosqichiga ko‘tarilmoqda. Buning albatta, ob‘ektiv sabablari mavjud. Tarbiya maqsadining har bir davrda turlicha bo‘lishi ijtimoiy tuzum, mafkuraviy qarashlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy rivojlanish davomida tarbiya maqsadiga erishish jarayoniga nisbatan pedagogik yondashuvlar ham turlicha bo‘lgan. Demak ta’lim-tarbiyaning maqsadi, uning amalga oshirish jarayoni nazariy va amaliy jihatdan takomillashib borishi bilan pedagogika fani zamonaviy tus ola boshlaydi. Zamonaviy pedagogika bugungi kunda aynan shunday holatni boshdan kechirmoqda.
Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun uzluksiz ta’lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Ta’lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv zamonaviy pedagogika fani oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda. Masalan, ushbu o‘quv muassasalari uchun davlat ta’lim standartiga muvofiq keluvchi kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv dasturlari va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar bugungi kun talablariga javob bermog‘i lozim.
O‘quv –tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an‘anaviy usullardan farqli o‘laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va ta’lim jarayonida qo‘llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e‘tibor berilgan. Albatta, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib kelmoqda. Aslida esa ta’limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan horijiy davlatlarda bundan 30-yillar muqaddam paydo bo‘lgan va ular bu sohada katta yutuqlarni qo‘lga kiritganlar.
Bugungi kunda ta’lim sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni kengroq va chuqurroq o‘zlashtirish, ularni o‘z mintaqamizga mos holda qayta ishlab chiqish zarur muammoga aylandi. Bu muammoni hal etish hozirgi kungacha shakllanib kelgan ta’lim-tarbiya sohasidagi nazariy va amaliy tajribalarni o‘rganishni taqozo etadi.
Pedagogik texnologiyaning ta‘lim sohasidagi mexanizmlari quyidagilardir:
- ta‘lim muassasalarida ijodiy muhit yaratish, pedagoglar orasida tashabbuskorlik va yangilikka bo‘lgan qiziqishni orttirish;
- ta‘lim sohasidagi ijodkorlikni ,yangiliklarni qabul qilish va keng yoyish uchun ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish;
- izlanuvchanlik faoliyatini rag‘batlantirish, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishga solish;
- nisbatan istiqbolli yangiliklarni, samarali loyihalarni amalda harakatdagi ta‘lim tizimiga joriy etish, to‘plangan yangilik va tajribalarni doimiy haraktadagi umumta‘lim tizimi rejimiga singdirish. 5
Shu bois mamlakatimizda ta‘lim tizimini takomillashtirish va uni hozirgi zamon talablariga moslashtirish, zamonaviy informatsion texnologiyalarga asoslangan jahon andozalari darajasidagi tizimni yaratish umumdavlat siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanmoqda.“O’zbekiston respublikasi xalq ta’limini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da uzluksiz ta‘lim tizimini isloh etish asosida, jamiyatning rivojlanishi talablarini hisobga olish, yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga katta e‘tibor berilgan. Bu vazifalarni hal qilish uchun esa birinchi navbatda o‘quv jarayonini tubdan isloh qilish, unga jahonning rivojlangan davlatlarida keng qo‘llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni izchillik bilan tadbiq etish zarur.
Ta‘lim – insonlar faolligini belgilaydigan muhim bir tarmoqqa aylanmoqda. Shuning uchun ta‘lim tizimida inson faoliyati bilan bog‘liq ko‘pgina muammolarni hal etish zarur.
Ta’limning mazmuni darsliklarda konkretlashtiriladi. Darslik ma’lum predmet buyicha dasturda ko‘zda to‘tilgan o‘quv materialini o‘z ichiga olgan, ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga imkon beradigan vositadir. Darsliklar o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlarida bosh manba, o‘qituvchining o‘quv jarayoniga raxbarlik qilishining muhim qo‘llanmasi, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, bilimga qiziqishni rivojlantirishi, mustaqil ishlash malakasi, xotira, tafakkur, nutk va til estetik tarbiya kabilarning muhim vositasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan maktab iste’dodli olimlar tomonidan yozilgan, muqobil darsliklarga ega bo’lmoqda. Fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi darsliklarning mazmuniga, so‘zsiz ta’sir etadi, darsliklar to’ldiriladi, qaytadan ishlanadi, yangidan yaratiladi. Lekin darsliklarning stabillik printsipi saqlanib koladi. Darsliklarga qo‘yiladigan pedagogik talablar quyidagilardan iborat:
1.Material bayonining qat’iy ilmiyligi va hozirgi zamon fan va texnika rivojiga mosligi.
2.Yuksak g‘oyaviylik va o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalash vazifalariga bo‘ysunishi.
3.Darslik mazmunining hayot bilan bog‘liqligi har bir nazariy masalalar yetarlicha asosli misollar, ko‘rsatmalar bilan bo‘lishi va ularning hayotiy ahamiyati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
4.O‘quvchilarning yosh va bilish xususiyatlarini hisobga olib, materialni izchil va tizimli joylashtirilishi.
5.O‘quvchilarning mustaqil ishlash malakasiga muvofiq ko‘rsatma va ma’lumotlarning mavjudligi, darslik mazmuniga kuzatish va mashq uchun topshiriqlar, o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar, takrorlash uchun savollar bo‘lishi.
6.Materialni o‘zlashtirishni yengillashtirish uchun bayonning oddiy, badiiy va obrazli bulishi.
7.Materialni o‘zlashtirishni yengillashtirish uchun chizma, diagramma, rasm va illustratsiyalarning mavjudligi.
8.Darsning tashkiliy ko‘riniishi yaxshi bo‘lishi.
Boshlang‘ich ta’lim sharoitida darsliklar tuzishda o‘ziga xosliklar va qiyinchiliklar bo‘ladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning, ayniqsa 1-sinf o‘quvchilarining darsliklarida boshlang‘ich ilmiy bilimlar beriladi, ular Bolaning hayotiy tajribasi bilan, unga odat bo‘lib qolgan fikr yuritish mantiqi bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. Shuning uchun darslikda tushuntirishlar, misollar, topshiriqlar, mashqlar, rasm va suratlar ko‘p bo‘ladi, unga mumkin bo‘lgan o‘yin vaziyatlari, topshiriqlar kiritiladi. O‘quvchining nazariy bog‘liqliklarni topishi va o‘zlashtirishi mashqlarning harakteri va sismavzusiga bog‘liqdir. Bir fanning o‘zi turli sismavzuda muxokama, dalil, isbot va mashqlar yordamida bayon qilinishi mumkin.
Hozirgi maktablarda yangi pedagogik texnologiya asosida yaratilgan darsliklardan ham keng foydalanilmokda. Bu darsliklarning asosiy xususiyati shundaki, har bir informatsion materialdan keyin o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar beriladiki, bo‘lar o‘quvchilarni bilim, ko‘nikmalarini mustaqil egallashlariga yordam beradi. O‘quv darsliklariga yordamchi o‘quv qo‘llanmalari chiqariladi. Bular darslik materiallarini kengaytiradi, o‘zlashtirishni yengillashtiradi.O‘quv qo‘llanmalariga ham darsliklarga qo‘yilgan talablar qo‘yiladi. Bunday o‘quv qo‘llanmalari o‘quvchilarda mustaqil ishlash malakasini hosil qilishda muhim o‘rin tutadi.
O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu vazifalarni ilmiy-texnik jarayonning o‘zgarishi bilan bog‘liq holda ta‘lim nazariyasini yaratish, ya‘ni fanni jamiyatning faol, samarali ishlab chiqarish kuchiga aylantirish orqali amalga oshirish mumkin.
Pedagogik texnologiyaning ta‘limdagi amaliylik hamda tashkiliy-uslubiy imkoniyatlarini amalga oshirishga yo‘naltirilganligi, uning aniq vositalar yordamida hayotga tadbiq etilishi butun jahon pedagoglarining unga e‘tiborini kuchaytirmoqda. Bu yo‘nalishga turlicha qarashlar mavjud, ba‘zi pedagoglar pedagogik texnologiyada ta‘limni tabaqalashtirish vositasini ko‘rmoqdalar, boshqalari undan kam mehnat sarflab yuqori natijalarga erishish imkoniyatlari, pedagogik texnologiyada barcha ta‘lim oluvchilarni oldindan belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasiga etkazish mumkinligi qiziqtirmoqda.Ba‘zi pedagoglar ta‘limni “texnologiya” lashtirish yordamida ommaviy ta‘lim amaliyotida tub burilish yasashga umid bog‘lagan edilar.
Ta‘limni “texnologik” yo‘nalishda ko‘rishning umumiy mezoni uning aniq va batafsil belgilangan maqsadga yo‘naltirilganligidadir. Bu holada har bir maqsadni amalga oshirish uchun alohida qonuniyat, jarayon, ketma-ketlik va unga mos amallar majmui mavjud bo‘lishi asos sifatida olinadi.“Pedagogik texnologiya” ning vositaviy yo‘naltirilganligi unng turli uslublar asosida turli ta‘lim tizimlarini ko‘rishdagi keng imkoniyatlarini belgilab beradi.Bunda ta‘limning tashkiliy jihatlari olinadi.Faqatgina “pedagogik texnologiya” doirasida aniqlab olinadigan maqsadlar-ning empirik (amaliy) tahlili beriladi.
O‘quv jarayonining har qanday qismi uning loyihalanishiga texnologik jihatdan yondashilganda quyidagi asosiy bosqichlarga ega bo‘ladi:
-ta‘lim bosqichining umumiy maqsadini belgilab olish:
-umumiy maqsadni shakllantirishdan uni ixtisoslashtirishga o‘tish;
-o‘quvchilarning bilim darajasini tashxis qilish;
Bosqichlar ketma-ketligi tavsifi o‘qituvchi harakatlarining davriy takrorlanuvchi ketma-ketligi bo‘lib, u ko‘p marotaba mos ravishda maqsadlar, aniq nazorat usullari va ta‘lim jaaryoni turlari bilan takrorlanib, ta‘lim jarayonini nihoyasiga yetkazadi.
Pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqadigan uning metodikasiga qo‘yiladigan talablar, printsiplar mavjud.Ayrim tadqiqotchilar, “pedagogik texnologiyaning tamoyillari: kafolatlangan yakuniy natija, ta‘limning mahsuldorligi, teskari aloqaning mavjudligi,ta‘lim maqsadining aniq shakllanganligi” kabilar deb talqin qilinadi. Pedagogik texnologiyaning printsiplari:
-pedagogik jarayonni loyihalashda pedagogik tizimning optimalligi, maqbulligi;
-ta‘lim-tarbiya natijasining kafolatligi;
-pedagogik jarayonning bir butunligi va tarkibiy qismlarning o‘zaro bog‘liqligi;
-o‘qituvchi va o‘quvchi faolligining uyg‘unligi, tarbiyalanuvchi faoliyatini tashkil qilish;
-inson va texnika resurslari, optimal vositalarni qo‘llash;
-pedagogik jarayonni modellashtirish kabilar.
Ta`limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta`limning mazmuni deganda, o`quvchilarni o`qish jarayonida egallab olishi lozim bo`lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko`nikmalarni aniq doirasi tushuniladi.

Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish