Reja. Sssr da turg’unlik holatining vujudga kelishi O’zbekistonning ijtimoiy–siyosiy hayoti O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi


 O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana30.06.2022
Hajmi0,49 Mb.
#719727
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 (1)

3. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi 
Yangi yo’l 1989 yil 23 iyun kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Kompartiyasi MQning XIV 
Plenumida Islom Abdug’anievich Karimov O’zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib 
saylandi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o’zbek xalqining milliy o’zligini 
anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-
qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo’l olindi. Respublikada kadrlarni 
tanlash, joy-joyiga qo’yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustivorligi 
ta’minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o’z mavqeini yo’qotdi. Anishev, Ogarek, 
Satin va boshqa «kazo-kazolar» Respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik 
lavozimlariga ko’tarildi. Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o’zgarish shundan iborat bo’ldiki, endi 
O’zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva 
orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko’tarish ammaliyotiga chek qo’yildi, bu 
masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o’z qo’liga oldi. Bu vaziyatni teran anglagan 
rahbarning jasorati bo’lib, siyosiy mutelikdan qutilish tomon tashlangan muhim qadam bo’ldi. 
O’zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko’rildi, to’qib chiqarilgan «o’zbek ishi», «paxta 
ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog’liq ishlar qayta ko’rildi, aybsiz qamalgan 
minglab kishilar oqlandi, o’z oilasiga qaytarildi, adolat tiklandi. O’zbek tili – davlat tili Respublika 
ja moatchiligi tomonidan allaqachon o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko’tarilgan 
edi. O’zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik deb 
qarardi, keyinchalik o’zbek va rus tilini teng mavqega ko’tarishga urindi, shu yo’sinda ikki tillik 
haqidagi qonun loyihasini o’tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik 
fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo’lini tanladi. O’zbekiston SSR Oliy 
Sovetining 1989 yil 21 oktyabrda bo’lgan o’n birinchi sesiyasida «O’zbekiston SSRning davlat tili 
haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda O’zbekistonning davlat tili o’zbek tilidir, o’zbek tili 
Respublikaning siyosiy–ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to’liq amal 
qiladi, deb belgilab qo’yildi. 1990 yil 19 fevralda «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi 
qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat 
jamoalari, o’quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish 
yuritish rus tilidan o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning 
amalga oshirila boshlanishi Respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo’lib, mustaqillik 
sari tashlangan yana bir muhim qadam bo’ldi. Respublika iqtsodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona 
tahlil etish, baholash va ko’tarishga qaratilgan dastlabki sa’y-harakatlar qilindi. Qishloq 
aholisining shaxsiy tomorqalari uchun er ajratildi. Erga muhtoj 381 ming oilaga tomorqa erlari 
berildi, 372 ming oila o’z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming 
gektar er ajratildi. Respublikada «Ish bilan ta’minlash» dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dasturga 
binoan 1990 yilda 300 ming kishi, asosan yoshlar ish bilan ta’minlandi. Aholining kam daromadli 
qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990 yilda byudjetdan va korxonalr hisobidan 142 
mln. so’m qo’shimcha mablag’ ajratildi. 1990 yil 18 fevralda O’zbekiston Oliy Sovetiga saylov 
bo’ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo’ldiki, 500 saylov okrugining 326 
tasida muqobil nomzodlar ko’rsatildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi 
turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo’lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur 


ovozlarni to’play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo’lib o’tdi. 1990 yil 24-31 mart 
kunlari Toshkentda o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sesiyasi bo’lib 
o’tdi. 24 mart kuni sessiya respublikalar orasida birinchi bo’lib «O’zbekiston SSR Prezidenti 
lavozimini ta’sis etish to’g’risida» Qonun qabul qildi. 1990 yil 24 mart kuni Oliy Sovet sessiyasida 
yashirin ovoz berish yo’li bilan Islom Abdug’anievich Karimov O’zbekiston Prezidenti etib 
saylandi. Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so’zlab, O’zbekistonning siyosiy mustaqilligini
o’zini-o’zi idora qilishga va o’zini-o’zi pul bilan ta’minlashga o’tishni ta’minlashni o’zimning 
asosiy vazifam deb bilaman, deb ta’qidladi. Hali SSSR va Markaziy hokimiyat mavjud bo’lgan 
sharoitda O’zbekistonda o’z Prezidentining saylanishi muhim vaqea bo’ldi, mamlakatimiz 
mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil qadam bo’ldi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 
O’zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi 1990 yil 20 iyun kuni «Mustaqillik 
Deklaratsiyasi»ni qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash 
huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va 
demokratiya tamoyillariga asoslanib O’zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. 
Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo’lib, quyidagilar bayon etilgan: 
O’zbekiston SSR davlat suvereniteti 
• O’zbekiston SSR demokratik davlatining o’z hududida barcha tarkibiy qismlarda va 
barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir. 
• O’zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga 
qo’yilmay turib o’zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar 
O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan 
tasdiqlangandan keyingina O’zbekiston hududida kuchga ega bo’ladi. 
• O’zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O’zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga 
tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo. O’zbekiston mustaqilligi to’g’risidagi Deklaratsiya 
muhim tarixiy hujjat bo’lib, mamlakatimizning o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritish yo’lida 
yana bir yangi qadam bo’ldi. Prezident lavozimining ta’sis etilishi

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish