Reja: O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi


O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi



Download 136,63 Kb.
bet5/8
Sana19.11.2022
Hajmi136,63 Kb.
#868491
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekiston yangi tarixi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (MTDP) 1995 yil 3 iyunda tashkil topdi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining asosiy maqsad-vazifasi milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat. Partiya huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, fan-texnika taraqqiyotini va O‘zbekistonning globallashib borayotgan jahonda munosib o‘rin egallashini ta’minlashni yoqlaydi. U biz faxrlanadigan milliy an’analar va qadriyatlarimizni saqlab qolish tarafdorlari bo‘lgan insonlar manfaatlarini himoya qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bunday shaxslar – partiyaning asosiy ijtimoiy qatlamidir. Partiya mustaqillik yillarida boshlangan milliy qadriyatlarni tiklash, o‘zlikni anglash, milliy g‘oyalarni shakllantirish va milliy mustaqillik mafkurasini mustahkamlash, xalqning ma’naviy hayotida diniy an’analarni tiklash kabi xayrli ishlarni izchil, bosqichma-bosqich va tizimli ravishda davom ettirish tarafdoridir. Ushbu ishni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, uning samaradorligini oshirish zarur.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining yangilangan asosiy siyosiy shiori: “Maqsadimiz – O‘zbekiston fuqarosi ongida o‘z mamlakatining tarixiy o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi uchun faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalash va mustahkamlash!”. Partiyaning asosiy maqsadi:
Davlatning yangi xalqaro sharoitlarda va geosiyosiy voqelikda milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish va himoya qilish yuzasidan amaliy qadamlarining taktik va strategik maqsadlari va vazifalari zamirida milliy tiklanish va rivojlanishning umumiy mafkurasi va keng qamrovli dasturi mavjudligi – bizning muqaddas orzumiz va strategiyamiz bo‘lgan - yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi – umummilliy g‘oyasi atrofida jamiyatimizni birlashtirishga asoslangan yo‘lini O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (O‘zMTDP) qo‘llab-quvvatlaydi.
Partiyaning oliy rahbar organi Partiya Qurultoyi bo‘lib, u kamida besh yilda bir marta chaqiriladi. Partiyaning matbuot nashri - "Milliy tiklanish" ijtimoiy-siyosiy gazetasi15.
SHuningdek, partiya amal qiladigan asosiy siyosiy prinsiplar sifatida quyidagilar e’lon qilindi: MA’NAVIYAT, VATANPARVARLIK, UMUMMILLIY BIRDAMLIK, XALQ HOKIMIYATI, ADOLATLILIK va BAG‘RIKENGLIK16.
Partiya tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tuman kengashlari 5578 ta boshlang‘ich tashkilot va 190000 partiya a’zolarini birlashtirib turadi. Partiyaning matbuot nashri – “Milliy tiklanish” gazetasi hisoblanadi.
Fidokorlar” Milliy Demokratik partiyasi (FMDP) 1998 yil 28 dekabrdagi ta’sis qurultoyida tashkil topib, 1999 yilning 3 yanvarida Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tdi.
Partiyaning asosiy maqsadi sifatida quyidagilar e’lon qilindi: bozor iqtisodiyotiga asoslangan, mulkchilikning turli shakllari amal qiladigan jamiyatga o‘tish; Partiyaning ijtimoiy ideali - bu insonning o‘z-o‘zini kamol toptirish, shaxs manfaatlari uning huquq va erkinliklarini to‘la darajada ro‘yobga chiqarish uchun siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy shart - sharoitlarni kafolatlovchi fuqarolik jamiyatini barpo etishdir17.
Partiyaning vujudga kelishi va faoliyat ko‘rsatishidan maqsad mamlakatda yangi shakllanayotgan kichik va o‘rta mulkdorlar ijtimoiy tabaqasining siyosiy manfaatlarini ifoda etishdir. SHuningdek, partiya o‘z faoliyatida ko‘proq yoshlarga tayanib ish olib borishi ta’kidlandi.
Partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, barcha viloyatlar, shaharlar va tumanlarda mahalliy organlari tuzildi. Partiya a’zolarining soni 60 mingga etdi. Partiyaning markaziy organi sifatida “Fidokor” gazetasi ta’sis etildi18.
2008 yil iyun oyida “Fidokorlar” Milliy Demokratik partiyasi bilan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining bir partiyaga birlashishiga doir tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Mazkur ikki partiyaning qurultoylari o‘zlarining saylovlar davrida va parlament faoliyatida o‘z ta’sirlarini oshirish, elektoratning ko‘proq qismini jalb etish maqsadlarida yagona partiyaga birlashdi. Tuzilgan yangi partiyaning nomi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deb atashga qaror qilindi. Partiyaning markaziy, mintaqaviy va boshlangich tashkilotlari har ikki partiya vakillaridan iborat holda qaytadan tashkil etildi. Partiya dasturi endi jamiyatdagi ko‘proq ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini ifoda eta boshladi.
O‘zbekistonda qisqa davr ichida siyosiy partiyalarning siyosiy tizim sub’ektlari sifatida faoliyat ko‘rsatishlari, ularning siyosiy tizimga ta’sir eta olish qobiliyatlarining shakllanishi natijasida demokratik tamoyillardagi ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllandi. Siyosiy partiyalar jamiyatning instituti sifatida har bir partiya o‘zi tayangan ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini birlashtirish va ifodalash, shuningdek fuqarolar siyosiy madaniyatini oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolliklarini yuksaltirish sohasida katta ishlarni amalga oshira boshladilar.
Mamlakatda parlament islohotlarining boshlanishi, ikki palatali parlamentni shakllantirish uchun huquqiy asoslarning ishlab chiqilishi munosabati bilan siyosiy partiyalarning jamiyatdagi va davlat qurilishidagi o‘rni yanada yuksaldi. 2004 yil dekabrdagi parlament va mahalliy vakillik organlariga bo‘lgan saylovlarda parlamentning quyi palatasi - Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqining siyosiy partiyalarga berilishi, mahalliy vakillik organlaridan parlament deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqining bekor qilinishi munosabati bilan partiyalarning qonun chiqaruvchi hokimiyatni shakllantirish sohasidagi yangi davri boshlandi.
2003 yil 15 noyabrda O‘zbekiston siyosiy tizimida yana bir siyosiy partiya - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDep) tashkil topdi. Partiyani tuzish tashabbuskorlari asosan mamlakatdagi o‘rta qatlam - tadbirkorlar va ishbilarmonlarning ilg‘or vakillari bo‘lib, partiya o‘rta ijtimoiy qatlam siyosiy manfaatlari va irodalarini ifoda etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. O‘zLiDepning tashkil etish mamlakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish islohotlarining chuqurlashib borish jarayonlari tarixiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo‘yildi.
O‘zLiDePning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Birinchi maqsad. Siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning mazkur qatlami manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini ta’minlash. SHu ijtimoiy toifa nomidan O‘zbekistonnning siyosiy sahnasiga chiqish va o‘zining munosib o‘rnini egallash.
Ikkinchi maqsad. Mamlakatning milliy manfaatlari va taraqqiyotining strategik istiqbollariga javob beradigan dasturni Konstitutsiya tamoyillariga suyanib, boshqa siyosiy partiya va harakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish va amalga oshirish uchun partiyaning kuch va imkoniyatlarini safarbar etish. O‘zbekiston tanlagan ochiq, bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojiga keng yo‘l ochib berish va demokratik qadriyatlarni xalq, avvalo yoshlar ongi va hayotiga singdirish.
Uchinchi maqsad. Davlatni boshqarish, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta’sir o‘tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish, ijtimoiy muammolarni hal etishda ko‘maklashish, O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishda, yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish. 
YOshlarni milliy g‘oyaga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat, o‘z elim, o‘z yurtim, jon O‘zbekistonim deb g‘ururlanib yashash ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shish, har qanday sharoitda mustaqillik yo‘lini, qadriyatlar, milliy va diniy an’analar va urf-odatlarni qadrlash barobarida, barcha millat va elatlar qadriyatlarini kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, bunday xurujlarga qarshi kurash olib borish.
To‘rtinchi maqsad. Partiyaning siyosiy platformasi - liberal-demokratik g‘oya va qadriyatlarni keng omma ongiga singdirish, bu borada har tomonlama chuqur o‘ylangan tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borish, o‘z safini kengaytirish. SHu g‘oyalarni hayotga tatbiq qilishda fidoyilik ko‘rsatgan faollarni deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatish va saylovchilar ishonchini qozongan o‘z deputatlari zimmasiga davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarida vakillik vazifasini yuklash hamda ularning faoliyatini boshqarish19.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasini tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatdagi mulkdorlar ijtimoiy qatlamini siyosiy kuch sifatida integratsiya qilish, ularning har birida sochilib yotgan siyosiy manfaatlarini partiya timsolida bir joyga to‘plash, ana shu paydo bo‘lgan katta siyosiy kuch yordamida mulkdorlarning muammolarini bartaraf etishga har tomonlama ko‘maklashishga qaratildi.
Partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyat, shahar va tumanlarda partiya kengashlari, 10228 boshlang‘ich tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Partiya a’zolarining soni 250000 dan oshdi. Ularning ichida tadbirkorlar va ishbilarmonlar soni tobora ko‘payib bormoqda. Partiyaning bosh nashri - “XXI asr” gazetasi 2003 yil 15 noyabrdan boshlab chiqmoqda.
SHu tariqa, mamlakatda mustaqillik yillarida siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda rivojlanishi va keng faoliyat ko‘rsatishi uchun ijtimoiy-siyosiy kengliklar yaratildi. SHu bilan birga, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi “hududiy, bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan bir yuz yigirma deputatlardan iborat”20 bo‘lishi bu qoidani O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonunda mustahkamlab qo‘yilishi siyosiy partiyalarning mamlakat qonun chiqaruvchi hokimiyatini shakllantirishdagi rolini yanada oshirdi.
Mamlakatda milliy mustaqillikning ilk davrida davlat tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasi o‘laroq, fuqarolik jamiyatining muhim instituti bo‘lgan siyosiy partiyalarning demokratik qadriyatlar asosida faoliyat yuritishlari uchun huquqiy asoslar yaratildi. Qisqa davr ichida mamlakatda to‘rtta siyosiy partiya tashkil etilib, ko‘ppartiyaviylik tizimi siyosiy hayotga kirib keldi. Parlament, Prezidentlik saylovlari va mahalliy vakillik organlariga saylovlar asosan ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishi an’anaga aylandi.



Download 136,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish