Reja: O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi


 Sertifikatlashtirish tashkilotlari



Download 226,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana27.04.2020
Hajmi226,75 Kb.
#47569
1   2   3   4
Bog'liq
20 маъруза

 

2. Sertifikatlashtirish tashkilotlari 

O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimining tarkibini 

quyidagilar tashkil qiladi: 

-  O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idora; 

-  bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar; 

-  sifat  tizimlarini  va  ishlab  chiqarishni  sertifikatlashtirish  bo’yicha 

akkreditlangan idoralar; 

-  akkreditlangan mustaqil sinov laboratoriyalari (markazlari). 

Yuqorida ta’kidlanganidek, Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 2 martdagi 

“O’zbekiston Respublikasida stan-dartlashtirish bo’yicha ishlarni  tashkil qilish 

to’g’risida” gi 93-sonli qaroriga muvofiq sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idora 

sifatida O’zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 

markazi O’zdavstandart belgilangan. 

Sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idora «Sertifikatlashtirish to’g’risida»gi 

qonunning 5-moddasiga binoan quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha o’zining 

faoliyatini olib boradi: 

-  respublikada sertifikatlashtirish tizimini qo’llash va takomillashtirish bo’yicha 

umumiy  siyosatni  ishlab  chiqish,  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi 

hokimiyatning tegishli idoralari bilan o’zaro hamkorlik qilish; 

-  sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha boshqa mamlakatlarning vakili bo’lgan 

idoralar  va  halqaro  tashkilotlar  bilan  o’zaro  hamkorlik  qilish,    O’zbeiston 

Respublikasining ushbu tashkilotlar faoliyatida qatnashishni ta’minlash; 

-  sertifikatlashtirishning umumiy qoida va tartibini aniqlash (belgilash) hamda 

ularga rioya qilinishini  ta’minlash, sertifikatlashtirish  hujjatlarini  ro’yxatdan 

o’tkazish ustidan nazorat olib borish.  



-  Respublika  va  xorijiy  ma’lumot  iste’molchilarini  ma’lumotlar  bilan 

ta’minlash. 

O’zdavstandart bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari bilan 

birgalikda quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 

-  Respublikada  sertifikatlashtirish  milliy  tizimining  talablari  bo’yicha 

sertifikatlashtiriladigan  mahsulot  turlarini  va  majburiy  sertifikatlashtirish 

uchun meyoriy hujjatlarni belgilaydi; 

-  respublikada  sertifikatlashtirish  bo’yicha  ishlarni  tashkil  qiladi  va  o’zaro 

muvofiqlashtiradi  hamda  ularning  to’g’ri  amalga  oshirilishi  ustidan  nazorat 

olib boradi; 

-  sertifikatlashtirish  milliy  tizimining  asosiy  tamoyillarini,  qoidalarini, 

to’zilmalarini,  shuningdek  muvofiqlik  belgisini  va  uning  qo’llanilishini 

belgilaydi; 

-  sertifikatlashtirish 

bo’yicha  idoralarni  va  sinov  laboratoriyalarini 

(markazlarini) akkreditlaydi; 

-  ekspert-auditorlarni  attestatlaydi  va  ularning  faoliyati  ustidan  nazorat  olib 

boradi; 


-  sertifikatlashtirish,  akkreditlash  va  sinovlar  bo’yicha  tizimning  davlat 

(ro’yxatini) olib boradi; 

-  tizimda  attestatlash,  sertifikatlashtirish,  akkreditlash  bo’yicha  baho  va 

tariflarni belgilaydi; 

-  sertifikatlashtirish  va  akkreditlash  natijalari  bo’yicha  norozilik  arizalarini 

(shikoyatlarini) ko’rib chiqadi; 

-  mahsulotning  ushbu  turiga,  sertifikatlashtirish  idorasi  bo’lmaganda,  uning 

vazifalarini o’taydi; 

-  sertifikatlashtirish  masalalari  bo’yicha  boshqa  mamlakatlarning  idoralari  va 

halqaro idoralar bilan o’zaro ishlar olib boradi; 

-  sertifikatlashtirish  bo’yicha  halqaro  tizimlarga  va  bitimlarga  qo’shilish 

to’g’risida qarorlar qabul qiladi; 

-  ekspert-auditorlarni, 

sertifikatlashtirish 

idoralarining 

va 


sinov 

laboratoriyalarining  xodimlarini  va  korxonalar  mutaxassislarini  tayyorlashni 

hamda  malakasini  oshirishni,  o’quv  muassasalari  uchun  sertifikatlashtirish 

sohasida o’quv dasturlarini ishlab chiqishni amalga oshiradi; 

-  tizimning  Davlat  reyestri  asosida  sertifikatlashtirish  bo’yicha  ma’lumotlarni 

chop  qiladi  va  manfaatdor  tomonlarning  ulardan  bemalol  foydalanishini 

ta’minlaydi.  Yuqorida  ko’rsatilgan  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun 

O’zdavstandart  ilmiy- tadqiqot, sinov tashkilotlarini, ilmiy-texnikaviy, jamoa 

tashkilotlarini va iste’molchilar jamiyatlarini jalb qiladi. 

Respublika hududlarida sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idora vazifalarini 

SMSMXlar bajaradi. Ular O’zdavstandart vakolati bo’yicha quyidagi ishlarni olib 

boradi: 


-  mahsulot  va  hizmatni  ishlab  chiqaruvchilarga  (bajaruvchilarga)  va  ularni 

yetkazib  beruvchilarga  sertifikatlashtirish  qoidalari  to’g’risida  rasmiy 

ravishda xabar beradi; 



-  sertifikatlashtirish  qoidalariga  rioya  etilish  ustidan  davlat  nazorati  va  ular 

tomonidan  sertifikatlashtirilgan  mahsulotlarning  inspeksion  tekshiruvini 

amalga oshiradi; 

-  ushbu hududda sertifikatlashtirilgan  mahsulotlar-ning reyestrini yuritadi; 

-  O’zdavstandart  topshirig’iga  ko’ra  sertifikatlashtirish  bo’yicha  hududiy 

idoralarni  va  sinov  laboratoriyalarini  (markazlarini)  akkreditlash  bo’yicha 

komissiyalarni  tashkil  qiladi,  ularning  ishida,  idoralar  va  laboratoriyalar,  

inspeksion tekshiruvida qatnashadi. 

Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari O’zdavstandart 

tomonidan akkreditlanadi. Ular quyidagi vazifalarni bajaradi: 

-  bir  turdagi  mahsulotlarni  sertifikatlashtirish  tizimlarini  yaratadi  va  ularning 

ishlab turishini ta’minlaydi; 

-  sertifikatlashtiriladigan mahsulot turlarini aniqlashda ishtirok etadi; 

-  sertifikatlashtirishni tashkil qiladi va o’tkazadi; 

-  mahsulotlarni serifikatlashtirish tartibini aniqlaydi; 

-  milliy  muvofiqlik  sertifikatlarini  rasmiylashtiradi,  beradi  va  xorijiy 

mamlakatlar sertifikatlarini tan oladi; 

-  bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarining tashkiliy va uslubiy 

hujjatlarini ishlab chiqadi va olib boradi; 

-  sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan nazorat tashkil qiladi; 

-  mahsulotni  sertifikatlashtirish  natijalari  bo’yicha  tegishli  ma’lumotlarni 

maxsus adabiyotlarda chop etib boradi. 

Bulardan tashqari, sertifikatlashtirish milliy markazi bilan kelishgan xolda 

uning ba’zi bir vazifalarini ham bajarishi mumkin.  

Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish idoralari ham 

O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idorasi 

O’zdavstandart tomonidan akkreditlanadi. Sifat tizimini va ishlab chiqarishni 

sertifikatlashtirish idoralarining asosiy vazifalari maxsus rahbariy hujjatda (O’zRH 

51-025-94 O’zbekiston Respublikasining  sertifikatlashtirish milliy tizimi. Sifat 

tizimlarini va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish. Asosiy qoidalar) 

ko’rsatilgan. Ular quyidagi asosiy vazifalarni bajarishadi: 

-  milliy  sertifikatlashtirish  idorasi  bilan  birgalikda  sifat  tizimlarini, 

sertifikatlashtirishning tartibini (majburiy sertifikatlashtirishda) tanlaydi; 

-  sifat tizimlarini yoki ishlab chiqarishni sertifikatlashtiradi; 

-  sifat tizimlariga yoki ishlab chiqarishga sertifikatlarni rasmiylashtiradi, beradi 

yoki tan oladi, ularning ustidan nazorat qiladi; 

-  sifat  tizimini  va  ishlab  chiqarishni  sertifikatlashtirish  natijalari  bo’yicha 

maxsus adabiyotlarda ma’lumotlar berib boradi. 

Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar 

sifatida O’zdavstandartning xududiy idoralari va instituti, assosiasiyalar hamda 

mahsulot ishlab chiqaruvchidan, iste’molchilardan mustaqil va qo’yilgan talablarga 

javob beradigan boshqa tashkilotlar ham akkreditlanishi mumkin. 




Download 226,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish