Reja: O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentabrdagi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati



Download 478,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana05.01.2022
Hajmi478,58 Kb.
#319735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
11-maruza

2009 yil 30 sentabrida 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Yong‘in  xavfsizligi  to‘g‘risida”gi  O‘RQ-226-sonli  qonuni 

qabul qilindi

. Qonun 6 bob va 40 moddadan iborat bo‘lib,  yong‘in xavfsizligini ta’minlashdan 

ko‘zlangan  maqsad  yong‘inlarning  oldini  olish  hamda  ularni  o‘chirishga  qaratilgan  huquqiy, 

tashkiliy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  ilmiy-texnik  chora-tadbirlar,  shuningdek  kuchlar  va  vositalar 

majmui  tushuniladi.  Bugungi  kunda  ijtimoiy  hayotning  qaysi  bir  sohasini  olmaylik  sanoat, 

qurilish,  maishiy  hayot,  ishlab  chiqarish  korxonalari  va  hokazolar  bo‘ladimi,  ularda  yong‘in 

xavfsizligini ta’minlamasdan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Ayniqsa, yaratilgan noyob 

zamonaviy ishlab chiqarish muassasalari, zamonaviy texnologiya asosida faoliyat ko‘rsatadigan 

turli ob’yektlarda yong‘in sodir bo‘lganda uning kelib chiqish sababi va oqibatlari unga nisbatan 

javobgarlik  masalasi  albatta  qonunchilik  asosida  hal  etiladi.  Bu  borada,  O‘zbekiston 

Respublikasining  “Yong‘in  xavfsizligi  to‘g‘risida”gi  Qonunning  3-moddasida  “yong‘in  - 

odamlarning  hayoti  va  (yoki)  sog‘ligiga,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  mol-mulkiga, 

shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish deb ta’rif 

berilgan.  O‘zbekistonda  Yong‘in  xavfsizligini  ta’minlash  tizimi  subektlari  davlat  va  xo‘jalik 

boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 

organlari,  shuningdek  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar  va  fuqarolar  bo‘lib  ular  Yong‘in 

xavfsizligini  ta’minlash  borasidagi  huquqiy  bilimlarni  mukammal  darajada  bilishlari  zarur. 

 

Bugungi kunda mamlakatimizda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish 



— davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek 

fuqarolarning yong‘in xavfsizligi talablarini bajarishlari ustidan davlat yong‘in nazorati organlari 

tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan nazorat qilish shakli va 

aniqlangan qoida buzishlarni bartaraf etish va (yoki) ularning oldini olish choratadbirlari ko‘rilishi 

ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu vazifa qonunda belgilanganidek Davlat yong‘in nazorati 

O‘zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligining  davlat  yong‘in  nazorati  organlari  bo‘lgan 

tegishli bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 

 O‘zbekiston 

Respublikasida 

Yong‘in 


xavfsizligini 

ta’minlash 

O‘zbekiston 

Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning 12 moddasidan 25 moddasigacha 

bo‘lgan huquqiy jihatni o‘z ichiga oladi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish Yong‘in 



xavfsizligini  ta’minlash  tashkilotlarning  mansabdor  shaxslari  va  boshqa  xodimlari,  shuningdek 

yakka tartibdagi  tadbirkorlar faoliyatining tarkibiy qismidir. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga 

doir  talablar  mansab  yo‘riqnomalarida  va  boshqa  yo‘riqnomalarda,  zarur  hollarda  esa  tegishli 

shartnomalarda  aks  ettirilishi  kerak.  Tashkilotlarning  yong‘in  xavfsizligini  ta’minlash,  agar 

tegishli  shartnomada  boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  mazkur  tashkilotlarning 

rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar zimmasiga yuklatiladi. 

 Yong‘in  xavfsizligini  ta’minlashga  doir  vazifalarning  vakolatli  shaxslar  zimmasiga 

yuklatilishi  rahbarlarning  zimmasidan  mas’uliyatni  soqit  qilmaydi.  Xususiy  va  davlat  uy-joy 

fondlarining turar joylari va boshqa binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, agar bu mulkiy 

ijara  (arenda)  shartnomasida  ko‘rsatilgan  bo‘lsa,  mulkdorlar  yoki  ijaraga  (arendaga)  oluvchilar 

zimmasiga  yuklatiladi.  Aholi  punktlarini  rivojlantirish  va  ularda  imorat  qurishni  rejalashtirish, 

binolar va inshootlarni loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish hamda texnik 

jihatdan  qayta  jihozlash  chog‘ida  yong‘in  xavfsizligini  ta’minlash  tegishincha  shaharsozlik 

faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, buyurtmachilar, imorat quruvchilar, loyiha va 

qurilish tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi.  

O‘zbekiston  Respublikasida  Yong‘in  xavfsizligini  ta’minlashning  huquqiy  asoslari 

quyidagilardan iborat

 1. O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qoununi 2009 yil 30-



sentabr O‘RQ-226. 

 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 3 fevraldagi “Yong‘inlarni 

va  ularning  oqibatlarini  hisobga  olish,  shuningdek  yong‘inlarga  doir  axborotni  to‘plash  hamda 

o‘zaro almashish tartibi haqidagi Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida” 13-sonli Qarori. 

 3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2013  yil  4  oktabrdagi  “Davlat 

yong‘in nazorati to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash haqidagi” 272-sonli Qarori.  

4.  O‘zbekiston  Respublikasi  IIVning  2013  yil  21  noyabrdagi  “Tadbirkorlik  subektlariga 

tegishli  bo‘lgan  ob’yektlarni  yong‘in-profilaktika  ko‘rigidan  o‘tkazish  tartibi  to‘g‘risida”  136-

sonli buyrug‘i.  

5.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  23  maydagi  “Ichki  ishlar  organlari 

yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 

PQ-2992-sonli Qarori.  

Shuni  ta’kidlash  joizki,  bugungi  kunda  har  bir  korxona,  tashkilot  va  muassasa  rahbarlari 

yong‘in  xavfsizligi  qoidalarini  mukammal  darajada  bilishlari  bilan  birga  uni  ta’minlashlari 

maqsadga muvofiq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi “Ichki ishlar 

organlari  yong‘in  xavfsizligi  bo‘linmalari  faoliyatini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi  PQ-2992-sonli  Qarorida  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruv  organlari,  mahalliy  davlat 

hokimiyati  organlari,  fuqarolarning  o‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari  va  boshqa  tashkilotlar 

rahbarlari zimmasiga ularga qarashli ob’yekt va hududlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya 

etilishi  uchun  shaxsiy  javobgarlik  yuklatilgan.  Yuqorida  ko‘rsatilgan  mansabdor  shaxslar  har 

chorakda  yong‘in  xavfsizligini  ta’minlash  masalalari  bo‘yicha  yig‘ilishlar  o‘tkazilishi,  ular 

doirasida o‘ziga qarashli ob’yekt va hududlarning yong‘inga qarshi holatini tanqidiy tahlil qilib 

borishi  shartligi  belgilab  qo‘yilgan.  Shu  munosabat  bilan  yong‘in  xavfsizligi  tizimida  ilk  bor 

haftaning har chorshanba kuni “Yong‘inlar profilaktikasi kuni” deb belgilandi. 




Download 478,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish