2. Asosiy termodinamik holat parametrlari
Tashqi muhit bilan termodinamik sistemaning oʻzaro ta’sirlashuvi natijasida sistemaning holat parametrlari oʻzgaradi. Sistemaning holat parametrlarini ifodalashda holat parametrlari deb ataladigan fizik kattaliklar qabul qilingan. Solishtirma hajm, hosim va temperatura (P, V, T) sistemaning holat parametrlari deyiladi.
Bosim. Berilgan hajmdagi gazga tashqaridan issiqlik miqdori uzatilsa (yoki undan chiqarilsa), sistemaning birdaniga uchala parametri ( P, V, T) yoki ularning birortasi o ‘zgarishi mumkin. Gazga tashqaridan issiqlik kiritmasdan gaz egallagan hajmni kamaytirib (kengaytirib), uning holat parametrlarini o‘zgartirish mumkin. Ma’lumki, real gaz siqilsa isiydi, aksincha, kengaytirilsa soviydi. Qattiq jism, suyuq va gazsimon moddalar, albatta, o‘zi tayangan yuzaga va toʻldirgan hajm devori sirtiga tik (perpendikular) yoʻnalishda ta’sir etadi. Bu kuch modda zarralarining uzatgan impulsi hisobiga paydo boʻladi va u bosim kuchi deb yuritiladi. Gaz, suyuqlik molekulalarining idish devoriga bergan impulslari hisobiga bosim yuzaga keladi. Suyuqlik va gaz molekulalari, plazma yoki zarralar oqimining idish devorining yuza birligiga uzatgan ta’sir kuchi kattaligiga bosim deyiladi.
Bosim SI o ‘lchov birliklari sistemasida Paskalda oʻlchanadi.
1 Pa = 1 N /m 2; 1 kPa = I03 Pa; 1 MPa = 106 Pa teng.
Texnik atmosfera 1 atm = 9,81 * 104 Pa;
1 kgs/sm2= 9,81 * 104 Pa;
1 funt/dyuym = 6,89* 103 Pa;
Fizik atmosfera 1 atm = 1,013 * 105 Pa = 760 mm.sim.ust;
1 atm = 1013 gPa;
1 mm.sim.ust. = 133,32 Pa;
1 mm.suv ust. = 9,81 Pa;
1 bar = 105 Pa = 100 kPa = 0,1 MPa.
Termodinamik sistema parametri sifatida qabul qilingan bosim absolut bosimdir.
Temperatura (lot. temperatura — o ‘lchamdoshlik, normal holat) - makroskopik sistemaning termodinamik muvozanat holatini tavsiflovchi kattalik. Shuning uchun temperatura sistemaning issiqlik holatini tavsiflaydigan asosiy holat parametrlaridan biri hisoblanadi. Jismning isiganlik darajasi temperatura orqali ifodalanadi. Jism tarkibidagi zarralarning tezligi qancha katta bo‘lsa, ularning kinetik energiyasi ham shuncha katta bo‘ladi. Temperatura bu modda tarkibidagi zarralarning kinetik energiyasi oʻlchovidir, ya’ni
bunda k = 1,380662* 1023/K — Boltsman doimiysi;
Ek= — zarraning kinetik energiyasi.
Temperatura Selsiy yoki Kelvin shkalasida gradusda oʻlchanadi.
Termodinamik jarayonlardagi temperatura Kelvin (K) shkalasi bo‘yicha o ‘lchanadi. 1848-yili ingliz fizigi lord Kelvin tomonidan fanga «termodinamik temperatura» tushunchasi kiritilgan. Demak, zarraning oʻrtacha kinetik energiyasini absolut temperatura orqali ifodalash mumkin:
T =
Termodinamik temperatura shkalasining «nol» nuqtasi uchun ideal gaz molekulasining tartibsiz harakati go‘yoki toʻxtaydigan shunday temperatura qabul qilinganki, uni absolut nol deb ataymiz. Oʻzgarmas hajmdagi ideal gaz bosimi shu gazning absolut temperaturasiga mutanosib, ya’ni R » T boʻladi. Shu qonuniyatga muvofiq gaz va suyuqlik termometrlari yaratilgan. Temperatura boshqa fizik kattaliklarni oʻlchash yo‘li bilan topiladigan (bevosita olchanmaydigan) kattalik. Demak, sistema temperaturasini o‘lchash — bu gaz yoki suyuqlik hajmining o‘zgarishini yoki termojuft uchlari orasidagi potensiallar ayirmasini oʻlchash demakdir. Gaz va suyuqlik termometrlari hamda termojuftlar asosida yaratilgan termometrlar bunga misol boʻla oladi.
Kelvin (K) — termodinamik temperatura shkalasida absolut temperatura qiymati boʻlib, toza suvning uchlama nuqtasi, ya’ni muz, suv, va bug‘ o‘zaro muvozanatda boʻladigan holat temperaturasi T - 273,16 K deb qabul qilingan. Temperatura shkalasi qilib Selsiy (0°C), Kelvin (0 oK), Farengeyt (0°F) va Renkin (R) graduslaridagi temperaturalar olingan. Bu temperatura shkalalarida normal bosim ostidagi suvning qaynash temperaturasi qilib 100 oC, muzning eriy boshlash temperaturasi 0 oC nuqtalari temperatura shkalasining tayanch ( reper ) nuqtalari qilib tanlangan. Bu temperatura shkalalari orasida quyidagi bog'lanish mavjud, ya’ni
T = (t°C + 273,16)K;
tF= (l,8t°C + 32);
t°C = (t°F + 32)/1,8;
T° R= 1,8 T
Muhit temperaturasi simobli, spirtli termometrlar, fizik qonuniyatlar asosida yasalgan termojuft yordamida o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |