Absorbsiya jarayonini olib borish usullar
Xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida absorbsiya jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsipial sxemalar qoʻllaniladi:
- parallel yoʻnalishli;
- qarama - qarshi yoʻnalishli;
- bir pogʻonali, qisman retsirkulyatsiyali;
- koʻp pogʻonali, qisman retsirkulyatsiyali
Parallel yoʻnalishli sxema 1a-rasmda koʻrsatilgan. Bunda gaz oqim va absorbent parallel (bir xil) yoʻnalishda harakatlanadi. Absorberga kirishda, absorbtiv konsentratsiyasi katga boʻlgan gaz faza, absorbtiv konsentratsiyasi past boʻlgan suyuq faza bilan toʻqnashuvda boʻlsa, qurilmadan chiqishda esa absorbtiv konsentratsiyasi kichik boʻlgan gaz faza, absorbtiv konsentratsiyasi yuqori boʻlgan suyuqlik bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi.
Qarama - qarshi yoʻnalishlisxema 1 b-rasmda koʻrsatilgan:
5.15-rasm.Absorbsiya sxemalari va jarayonini y-x
koordinatalarda tasvirlash.
a-parallel; b-qarama-qarshi;v-absorbent rezirkulziyasi bilan;
g-absortiv rezirkulsiyasi bilan.
Ushbu sxemali absor berlarning bir uchida ab sorbtiv konsentratsiyasi yuqori gaz va suyuqlik toʻq nashuvda boʻlsa, ikkinchi uchida esa — konsentratsiyalari past fazalar oʻzaro taʼsirda boʻladi. Qarama-qarshi yoʻnalishli sxemalarda parallel yoʻnalishliga qaraganda, absorbentdagi absorbtiv eng yuqori qiymatiga erishsa boʻladi. Lekin, jarayonning oʻrtacha harakatga keltiruvchi kuchi parallel yoʻnalishliga nisbatan kam boʻlgani uchun,
qarama-qarshi yoʻnalishli absorberning gabarit oʻlchamlari katta boʻladi.
Absorbent yoki gaz fazaning rezilkulyasiyali sxemalari (1 v,g rasm).
Bunday sxemalarda absorbent koʻp marta oʻtadi.
1v-rasmda absorbent boʻyicha rezilkulyasiyali sxema keltirilgan.
Bunda, gaz faza absorberning tepa qismidan kirib, pasg qismidan chiqib ketsa, suyuq faza esa kurilmadan bir necha marta qaytarib oʻtkaziladi.Absorbent qurilmaning tepa qismiga uzatiladi va gaz fazasiga qarama - qarshi yoʻnalishda harakatlanadi. Yangi xбkonsentrasiyali absorbent absorberdan chiqayotgan suyuq faza bilan aralashishi natijasida uning konsentratsiyasi xcga koʻtariladi. Jarayonning ishchi chizigʻi y-x diagrammada AB toʻgri chizigʻi bilan ifodalanadi. Absorbtivning aralashtirishdan keyingi konsentratsiyasi xc ni moddiy balans tenglamasidan toppish mumkin.
Agar, absorberga kirishdagi absorbent mikdorini yangi absorbent miqdoriga nisbatini n deb belgilasak, modsiy balans tenglamasi ushbu koʻrinishda yoziladi:
(4)
Gaz fazasi rezsirkulyatsiyali absorbsiya sxemasi 5.15g-rasmda keltirilgan. Ishchi chiziq holati Ac (yo xox) va B (yo xб) nuqtalari bilan belgilanadi. ushbu konsentratsiya moddiy balans tenglamasidan aniqlanadi:
(5)
Absorbent harakat tezligi ortishi bilan massa berish koeffitsiyenti
koʻpayadi, bu esa oʻz navbatitsa massa utkazish koeffitsiyentini oʻsishiga olib keladi.
Qiyin eruvchan gazlarni absorbsiya qilish paytida absorbentni retsir kulyatsiya qilish usulini kullash maqsadga muvofikdir. Agar, absorbtiv resirkulyatsiya qilsa, gaz fazasida massa berish koeffitsiyenti koʻpayadi. Bu usul yaxshi eriydigan gazlarni absorbsiya qilishda yuqori samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |