Reja: Geografik о`rni va chegaralari


Tabiiy sharoiti va resurslari



Download 40,56 Kb.
bet2/17
Sana15.01.2017
Hajmi40,56 Kb.
#402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Afg‘oniston asosan tog‘li mamlakat. Mamlakat maydonining 4/5 qismining tog‘ tizmalari va yassitog‘liklar egallagan. Asosiy tog‘ zanjiri Hindiqush va uning kenglik yo‘nalishi bo‘yicha davomi bo‘lgan tizmalar Afg‘onistonning shimoliy va janubiy qismlari orasida transport, aloqalarida jiddiy to‘siq hosil qildi.

Hindiqushni odatda, Sharqiy va G‘arbiy (Markaziy) qismga bo‘linadi. Hindiqushning eng chekka sharqi Pomir bilan o‘xshash, nisbatan past, tizmalar bir-biri bilan daryo vodiylari bilan ajralgan. G‘arbga tomon Sharqiy Hindiqush ko‘tarilib borib, meridional yo‘nalishda vodiylar bilan ajralgan va tik qoyali tog‘ zanjirlari Afg‘oniston Badaxshoni va Nuristoni deb ataladi.

Sharqiy Hindiqushning asosiy cho‘qqilari granitdan tarkib topgan va 6000 m.dan ortadi. Aynan shu yerda Afg‘onistonning eng baland cho‘qqisi Naushak (7485 m) joylashgan. Mamlakatning boshqa qismlaridan farq qilib, muzliklar va doimiy qorlar 3000 km2 maydonni egallaydi. Sharqiy Hindiqushda davonlar ko‘p, lekin ular 4000 m. balandda joylashgan.

Markaziy Hindiqush Sharqiy Hindiqushdan pastda. U relyefning turli shakllari bilan farq qiladi, ular orasida keskin ko‘tarilgan, qirrali, alp tipidagi tog‘lar bilan birga o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar ham uchraydi. Daryo vodiylari uchun keng uzunasiga cho‘zilgan va ko‘ndalang uchastkalarning almashinib kelishi xosdir. Davonlar dengiz sathidan 3000 m. balandlikda bo‘lib, yil bo‘yi bu yerdan o‘tish mumkin, lekin qishda qorlardan yo‘llar to‘silib avtomashinalar uchun yo‘l yopiladi.

G‘arbga tomon Markaziy Hindiqush Afg‘onistonning markaziy qismini egallovchi o‘tish qiyin bo‘lgan tog‘ massivi Baba (5140 m) bilan almashinadi. U mamlakatning asosiy gidrologik tuguni hisoblanadi. Eron chegarasiga yaqin tizmalar sezilarli darajada pasayadi. Shimolga tomon Hindiqush tog‘ tizmasi o‘rtacha balandlikdagi tizmalar zanjiri bilan chegaralangan. Sekin-asta Baxtriya tekisligi boshlanadi (Janubiy Turkiston yoki Afg‘oniston-Turkistoni). Tekislikning tog‘lar bilan tutashgan qismi lyos yotqiziqlari bilan qoplangan Amudaryoga yaqin qumliklar bilan almashinadi. Tekislikning balandligi 600 metrdan Amudryo yaqinida 250 m gacha yetadi.

Shimoliy Afg‘oniston tog‘ tizmasidan janubda joylashgan Eron tog‘ligining ichki qismi cho‘l yassi togligi bilan, mamlakatning markaziy qismi esa Hazarajat tog‘ligi bilan ajralgan. Hazarajat cho‘qqilarining kо`pchiligi 3500 m ga, ba’zan 4000 m ga yetadi. Siyrak о simliklar bilan qoplangan Hazarajat tog‘ini shamol jarayoni doimo yemirib keladi. Shamol ta’sirida yig‘ilgan mahsulotlar yon bag‘irlarida va tizimlarining etakalarida to‘planib katta damomlarni hosil qiladi.

Janubiy Afg‘oniston uchun toshloq cho‘llar, dashtlar xosdir. Dashti-Noumid, Dashti-Margo va boshqalar. Ba’zan sho‘rxok cho‘llar - kevirlar uchraydi. Afg‘onistonda kevirlarga Namakzor va Go‘udi - Zirra botiqlari misol bo‘ladi. Pokiston chegarasi yaqinida qumli cho‘llar Garimsir va Registon cho‘zilgan. Taqirlar ham keng tarqalgan bo‘lib, yomg‘irli mavsumda yurishni qiyinlashtiradi.

Janubiy Afg‘oniston сһо`lli oblastining relyefi Afg‘oniston-Turkistoni tekisligiga nisbatan to‘lqinsimondir, bu yerda tez-tez alohida adrlar uchraydi.



Download 40,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish