Referat " O’pka haqida ma’lumot" O’pkadan qon ketganda shoshilinch tibbiy yordam reja: kirish


Infeksion plevritga quyidagilar sabab bo’ladi



Download 51,4 Kb.
bet2/7
Sana19.06.2021
Hajmi51,4 Kb.
#70664
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MATLUBA REFERAT

Infeksion plevritga quyidagilar sabab bo’ladi:

— bakterial tayoqchalar (pnevmokokk, stafilokokk va boshqalar);

— virus, rikketsiy, mikoplazmalar;

— zamburug’lar; — sil;

— zaxm, brutselloz, ich terlama va toshmali terlama.

Infeksiya bilan bog’liq bo’lmagan plevritga quyidagilar sabab bo’ladi:

— o’smalar;

— biriktiruvchi to’qimaning sistem kasalliklari;

— shikastlanish va jarrohlik yo’li bilan davolash bilan bog’liq rivojlangan plevrit;

— o’pka arteriyasining tromboemboliyasi, o’pka infarkti sababli rivojlangan plevrit;

— boshqa sabablarga ko’ra (o’tkir leykozlar, gemorragik diatezlar, infarktdan keyingi Dressler sindromi va boshqalar).

Quruq plevritlar

Quruq plevritning sabablariga ko’pincha plevra pardalarining yallig’lanishi, u esa o’pka yoki ko’krak ichidagi limfa tugunchalaridagi sil kasalligiga bog’liq bo’ladi.

Quruq plevrit revmatizm, kollagenoz, o’pka infarkti va o’sma kasalliklarida ham rivojlanishi mumkin. Quruq plevritda plevraning parietal va visseral qavatlari yallig’lanadi, giperemiya, shish paydo bo’lib, qalinlashadi.

Sil kasalligi bilan bog’liq bo’lgan quruq plevrit plevra ostida sil o’chog’i joylashganda yoki u plevra bo’shlig’iga yorilib tarqab ketganda, yoki qon orqali tarqalganda yuzaga kelishi mumkin. Ko’pincha quruq plevrit ekssudatli plevrit rivojalanishidan oldin paydo bo’ladi

Klinik manzarasi. Kasallik birdan qattiq og’riq bilan boshlanishi mumkin. Og’riq parietal plevraning qovurg’a sohasi shikastlanganda ko’krak qafasining yallig’lanishi rivojlangan joyida bo’ladi. Plevraning boshqa qismlari yallig’langanda esa og’riq ko’krak qafasidan tashqari sohalarda bo’ladi. Diafragma sohasi plevrasi shikastlanganda og’riq o’ng qovurg’a ostida bo’ladi. Ba’zi hollarda „o’tkir qorin belgilari”ga o’xshaydi. Og’riq chuqur nafas olganda, yo’talganda, so’zlashganda kuchayadi. Eng kuchli og’riq kasallikning boshlanishida kuzatiladi. Visseral plevraning shikastlanishi og’riqsiz o’tadi. Ekssudat paydo bo’lib, plevra qavatlari bir-biridan ajralganda og’riq kamayishi mumkin, ba’zi hollarda quruq yo’tal bo’ladi. Kasal umumiy ahvolining o’zgarishi asosiy kasallikka bog’liq bo’lib, umumiy ahvol qoniqarli bo’lishi yoki bemor o’zini noxush sezishi mumkin. Tana harorati o’zgarmagan, gohida subfebril bo’lishi mumkin. Nafas olganda ko’krak qafasining yallig’langan tomonidagi harakat sog’ tomoniga nisbatan sustroq bo’ladi. Kasal ko’proq sog’ tomonida yotishga harakat qiladi. Ko’krak qafasi paypaslab ko’rilganda shikastlangan tomonda og’riq va mushaklarning qattiqlashganligi aniqlanadi. Perkussiya qilib ko’rilganda o’pka pastki chetining harakati (ekskursiyasi) cheklangan bo’ladi. Auskultatsiyada shikastlangan tomonda asosiy nafas shovqini sustlashadi, plevraning ishqalanish shovqini eshitiladi.

Rentgen usulida tekshirilganda yallig’langan tomonda diafragma harakatining chegaralanganligi kuzatiladi.

Qonni tekshirib ko’rganda neytrofilli leykotsitoz va eritrotsitlarning cho’kish tezligi biroz oshganligini aniqlash mumkin. Kasallik 1—3 hafta davom etib, keyin tuzalishi yoki ekssudatli plevrit rivojlanib ketishi mumkin. Uzoq davom etadigan plevrit o’pka yoki limfa tugunchalarida faol sil kasalligi mavjudligidan dalolat beradi.

Chuqur nafas olganda kuchayadigan og’riq va plevra ishqalanish shovqiniga asoslanib tashxis qo’yiladi. Lekin quruq plevritning kelib chiqish sabablarini aniqlash murakkab jarayon.

Davolash choralari asosiy kasalliklarni (sil, zotiljam, o’pka abssessi va boshqalar) tugatishga qaratiladi va umumiy davolash prinsiplari bo’yicha olib boriladi. Kasallikning belgilariga qarab analgetiklar, yo’talga qarshi dorilar buyuriladi. Kasallikning oqibatlari va bemorning ish qobiliyati asosiy kasallikning kechishiga bog’liq bo’ladi.


Ekssudatli plevrit

Ekssudatli plevrit plevra pardalarining plevra bo’shlig’iga yallig’lanish suyuqligi (ekssudat) yig’ilishi bilan kechadigan kasallikdir. Ekssudat sifatiga ko’ra seroz, fibrinoz, gemorragik (qon aralash), yiringli, xilyoz va aralash bo’lishi mumkin.

Ekssudatli plevritning yuzaga kelish sabablari yuqorida keltirildi. Plevra pardalari yallig’lana boshlashi bilan ulardagi tomirlar devorining o’tkazuvchanligi o’zgaradi. Tomirlardagi qon bosimi ko’tariladi, visseral plevraning kollagen qavati o’zgarib, plevra bo’shlig’ining pastki yonboshlarida manfiy bosim ta’sirida ekssudat to’planadi. Ekssudat asta-sekin o’pkadagi havoni siqib chiqarib, uni zichlaydi. Suyuqlik miqdori ko’p bo’lganda esa ko’ks oralig’idagi a’zolar sog’ tomonga suriladi, oqibatda nafas olish hamda qon aylanish a’zolarining ish faoliyati buziladi.

Klinik manzarasi. Kasallik ba’zi hollarda asta-sekin, ba’zida tana haroratining to’satdan ko’tarilishi, ko’krak qafasida sanchiq, qiynaydigan yo’tal bilan birdaniga boshlanadi. Bemor tekshirib ko’rilganda uning, majburiy holatda, ba’zan kasallangan yonboshida yotganligi, unga havo yetishmayotganligi, ko’karganligi, ko’krak qafasining kasallangan tomonini nafas olishda sust qatnashayotganligini kuzatish mumkin. Ko’krak qafasi paypaslab ko’rilganda kuchsizroq kasallangan tomonda tovush titrashini sezish, perkussiya qilib ko’rilganda esa shu tomonda perkutor tovushning bo’g’iqlashganligini aniqlash mumkin. Ekssudat avvalo qovurg’a-diafragma sinusida yig’iladi. Suyuqlik ko’paygan sayin bo’g’iqroq perkutor tovush dastlab ko’krak qafasining orqa yonbosh tomonlarida aniqlanadi. Shundan so’ng ekssudatning yuqori chegarasi o’ziga xos parabolik qiyiq chiziq, ya’ni asta-sekin pastlashib boradigan Damuazo chizig’i bo’ylab joylashadi. Rentgen usulida tekshirilganda zich, yuqori chegarasi bir tekis qiyiq soya ko’riladi.

Ekssudatli plevrit zotiljam asorati sifatida rivojlanganda, qonda leykotsitoz, ECHT oshishi kuzatiladi. Tana harorati yuqori bo’lganda siydikda oqsil ajralganini (proteinuriya) aniqlash mumkin.

Ekssudatli plevritning kechishi 1,5—2 oy davom etishi mumkin.

Yiringli plevrit juda og’ir o’tadi, qo’shni a’zolarga yorilishi va oqma hosil bo’lishi mumkin.

Davolash. Ekssudatli plevrit asosiy kasallikka qarab davolanadi. Yiringli plevritlarda muntazam ravishda yiringni olib, o’rniga— plevra bo’shlig’iga antibiotiklar yuborib turiladi. Yiringli plevritlarni maxsus torakal bo’limlarda davolash maqsadga muvofiq.

Hamma hollarda ham, kasallikni qo’zg’atgan sababdan qat’iy nazar, yallig’lanishga qarshi dorilar (salitsilatlar, pirazolon guruhidagi dorilar, indometatsin), analgetiklar, o’ta sezgirlikni kamaytiruvchi va yo’talga qarshi dorilar qo’llaniladi.

Suyuqlik miqdori ko’p bo’lib, ko’ks oralig’i a’zolari siljib, o’pka-yurak yetishmovchiligi belgilari paydo bo’lganda plevrani punksiya qilib, ekssudat olib tashlanadi. Oltinchi qovurg’alar orasida kurakdan pastga tomon boradigan chiziq bo’ylab maxsus yo’g’on igna bilan teshik ochiladi. Igna uchi plevra bo’shlig’iga tushgan bo’lsa, u vaqtda ignadan tashqariga ekssudat chiqib keladi. Plevra punksiyasi uchun Poten apparatidan foydalaniladi. Punksiyani shifokor bajaradi, bu vaqtda hamshira stulda o’tirgan bemor yonida turib, shifokorga qarashadi. Olingan suyuqlik shprisdan probirkalarga quyiladi va mikroskopiya uchun surtmalar qilinadi.

Plevrit bilan og’rigan bemor o’rnidan turmasdan yotishi kerak. Ekssudat so’rilayotgan davrda nafas gimnastikasi tavsiya etiladi.

Kasallik oqibati va bemorning mehnatga layoqatliligi, ekssudatli plevritga sabab bo’lgan asosiy kasallikka, bemorning yoshiga, nafas olish va yurak-tomirlar a’zolarining ish faoliyatiga bog’liq.

Plevritning oldini olishga taalluqli muhim tadbir asosiy kasallik (pnevmoniya, o’pka sili, revmatizm) ni davo qilishdir.

Plevrit bilan og’rigan bemorlarni parvarish qilishda tibbiyot hamshirasi kasallikni keltirib chiqargan asosiy sababga e’tibor berishi, bemorning o’rin-ko’rpalari qulay bo’lishi, og’ir hollarda yotoq yaralarining oldini olish uchun chora-tadbirlar ko’rish kerak.

Plevra punksiya qilinayotgan paytda tibbiyot hamshirasi hushyor turishi stulda o’tirgan bemor yonida turib shifokorga ko’maklashishi lozim. Mana shu muolaja vaqtida bemor o’zidan ketishi mumkin. Bunda zudlik bilan yurak-tomirlarni quvvatlaydigan dori-darmonlar (kamfora, kofein) inyeksiya qilinadi va bemor doimiy kuzatuvda bo’ladi.


O’pka sili

Sil surunkali yuqumli kasallik bo’lib, o’pka, turli a’zo va to’qimalarda o’ziga xos o’zgarishlar paydo bo’lishi bilan kechadigan kasallik. Sil kasalligi qadim zamonlardan ma’lum. Silning kelib chiqishida, asosan, ikkita omil: kasallikning yuqumli turi bilan og’rigan odam va shu kasallikka chalingan hayvon, asosan, qoramol epidemiologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Sil mikobakteriyalarining qushlarga oid turi kamdan kam hollarda uchraydi. Sichqonlarga xos sil mikobakteriyalari esa odamda umuman kasallik chaqirmaydi.

Sil mikobakteriyalari turli xil fizik va kimyoviy ta’sirlarga, issiqsovuqqa, yorug’lik va namlikka ancha chidamli. Quyosh nuri tushmaydigan tabiiy sharoitda ular bir necha oygacha yashashi mumkin, ko’cha changida 10 kun, kitob sahifasida 3 oygacha tirik turishi mumkin, yorug’lik ta’sirida 1—1,5 oy mobaynida halok bo’ladi, suvda esa 150 kun saqlanadi. Sil mikobakteriyalari chirish jarayonlariga ham chidamli bo’lib, murda ko’milgandan keyin ham bir necha oygacha saqlanib turadi.



Etiologiyasi. O’pka silini qo’zg’atuvchisi — sil mikobakteriyasi, Koh batsillasi (BK) dir (Koh nomli nemis olimi nomiga qo’yilgan). Asosiy infeksiya manbayi o’pka sili bilan og’rigan bemor. Sil mikobakteriyalari bemorlarning balg’ami, siydigi, axlati bilan ajralib chiqadi.


Download 51,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish