R ye j a: “Dunyoning mafkuraviy manzarasi” tushunchasi


Imtiyozli hamkorni belgilash



Download 31 Kb.
bet7/7
Sana31.12.2021
Hajmi31 Kb.
#201208
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11 Mavzu

Imtiyozli hamkorni belgilash muayyan mintaqada geostrategik manfaatlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan yana bir tamoyildir. Albatta, muayyan sabablar, aytaylik, diniy, lisoniy birlik, madaniy yaqinlik yoki boshqa sabablarga ko‘ra har bir davlat qaysidir davlat bilan imtiyozli hamkorlik qilishi mumkin. Bu tabiiy holat. Ammo gap “imtiyozli hamkor”dan mintaqa davlatlari o‘rtasida ayirmachilikni shakllantirish, “nomaqbul” davlatlar imkoniyatlarini cheklash yo‘lida foydalanish, shu bilan birga “hamkor” davlatning mintaqadagi boshqa davlatlardan qaysidir jihatdan ustunligini ta’minlashga qaratilgan intilishlar haqida bormoqda. Aslida u yoki bu ko‘rinishdagi ustunlikni ta’minlash ham asosiy maqsad emas. Bosh maqsad – muayyan mintaqaga ta’sir o‘tkazish plasdarmga ega bo‘lishdir. Bunday plasdarmga ega bo‘lishga intilish o‘z navbatida ushbu mintaqaning geostrategik imkoniyatlari bilan belgilanadi, imtiyozli hamkorlikni belgilashda ana shunday uzoqni ko‘zlovchi g‘arazli geosiyosiy va geostrategik maqsadlar ham yotishi mumkinligini unutmaslik lozim. Shu nuqtai nazardan qaraganda, “imtiyozli hamkor” tamoyili “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” tamoyilining to‘ldiruvchisi sifatida yuzaga chiqadi.

Teng huquqli va o‘zaro hamkorlik tamoyiliga amal qilish – geostrategik manfaatlarni ro‘yobga chiqarish va davlatlararo aloqalarni mustahkamlashning eng oqilona va to‘g‘ri yo‘lidir. O‘zbekiston o‘z mustaqilligining birinchi kunlaridanoq ana shu tamoyilga amal qilib kelmoqda. Negaki, bu tamoyil geostrategik manfaatlardagi uyg‘unlikka erishish va jahon miqyosida taraqqiyotni ta’minlash omilidir.

3. Mafkuraviy himoyalanish shaxs tomonidan Vatan, millat uchun ko‘ngilli, g‘oyaviy asoslanib amalga oshiriladigan kundalik ishlarda namoyon bo‘ladi. Bu faollik milliy birlik, ma’naviy yuksalishga xalaqit berayotgan sifatlar, yot qarashlar, milliy xavfsizligimizga, ichki va tashqi tahdidlarga ochiq va mardona qarshi turishni ham o‘z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, - elim, yurtim deb yashashning har bir kishida, jamoada namoyon bo‘lishini anglatadi. Bu esa milliy g‘oyani amaliy kuchga aylantirish va buzg‘unchi mafkuraviy ta’sirlardan aholini, yoshlarni himoya qilishning shartlaridan biridir. Zero, “fikr va so‘z amaliyotga yo‘naltirilganda, ularning har ikkisi ham moddiyatga – narsaga aylanadi”.1

Yot va begona mafkuralar targ‘ibotining «mehribonligi”, “xolisligi” va “betarafligi”, “yoqimliligi”, “do‘stonaligi”ning ortida nima yotganini kishilar, yoshlarimiz doimo bilishlari lozim. Ya’ni, ularning zamirida O‘zbekistonning rivojlanib ketishiga qarab muntazam taktikasini o‘zgartirib turuvchi jonsarak aqidaparastlik targ‘iboti natijasi va amaliyoti yotganini, ularning an’anaviy fundamentalistik nazariya va g‘oyalarini zamonaviy usullarda “jonlantirayotganini” tushunishlari zarur.

Shu bilan birga, ayrim yoshlarimiz har xil yot g‘oyalarni xolis axborot manbai sifatida qabul qilayotganliklarini ham ta’kidlash kerak. Yot va begona mafkuralarni ko‘r-ko‘rona qabul qilish zararli oqibatlarni keltirib chiqarishi muqarrar. Shuning uchun har bir kishi, millat, xalq, davlat va jamiyatning ham aniq maqsadlari bo‘lishi shart. Shu bilan birga bu maqsad anglangan, uni amalga oshirishda sobitqadamlik darkor. Ana shunday aniq maqsad bo‘lmas ekan, xoh alohida inson, xoh millat yoki jamiyat bo‘lsin, goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berishi amrimaholdir.

Shunday ekan, voyaga yetayotgan yoshlarni, umuman, xalqimizni ma’naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun, kuchli mafkuraviy himoyaga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishning asosiy shartlaridan biri bo‘lib qolaveradi. Zero, ularni millat, davlat, Vatan sha’ni daxlsizligi uchun istagan paytda namoyon bo‘ladigan ishonchli fazilatlar bilan qurollantirish lozim.




11 Каримов И. «Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари, тараққиёт кафолатлари”. Т. 1997 й.

22 Ўша асар.

11 Каримов И. Жамиятимиз мафкураси халқни – халқ, миллатни миллат қилишга хизмат этсин. Т. 1998 й.

11 Ван Янмин. Ҳақиқат манзаралари: 96 мумтоз файласуф. Т. 2002 й., 230, 372-бетлар.




Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish