10
KIRISH
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‗rsatmoqdaki, monopoliyaga qarshi
qonunlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bozor munosabatlariga o‗tgan har bir
mamlakat uchun hayotiy zaruratdir, chunki erkin raqobatga yo‗l bermay iqtisodiyotda
raqobat munosabatlarini rivojlantirmay turib bozor munosabatlarini
shakllantirib
bo‗lmaydi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning hozirgi sharoitida mamlakatimizda korxonalar
faoliyatini rivojlantirish uchun qulay tadbirkorlik muhitini yaratish va uni
rivojlantirishni rag‗batlantirish bo‗yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Qonunlari, mamlakatimiz Prezidenti Farmonlari va
Vazirlar Mahkamasining kichik biznes subyektlari faoliyatini
rivojlantirishga oid
qarorlari hamda boshqa me‘yoriy hujjatlar orqali ushbu jarayonni rivojlantirish
konsepsiyalari ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, ―Biz
2018-yilga «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni qo‗llab-
quvvatlash yili» deb nom berib, Davlat dasturi doirasida 21 trillion so‗m va 1 milliard
dollarga teng 76 mingta loyihani amalga oshirganimiz o‗tgan yili yaxshi niyat bilan
boshlagan ishlarimizning natijasini ko‗rsatib turibdi‖
1
.
Bugungi kunda ko‗plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‗rin
tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‗zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka
erishish
va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh
etish, tarkibiy jihatdan o‗zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish,
yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining
jadal rivojlanishini ta‘minlash, faoliyat ko‗rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya
qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi
mumkin.
O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‗ljallangan
1
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. –T.: O‗zbekiston, 2019, -
84 b.
11
Harakatlar
strategiyasiga muvofiq, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va
raqobatdosh mahsulotlarning yangi turlarini o‗zlashtirish bo‗yicha qabul qilingan
birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, investitsiya loyihalarini,
shuningdek, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta
jihozlash bo‗yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko‗zda tutilmoqda.
Mazkur o‗quv
qo‗llanmada
korxonalar
raqobatbardoshligini baholash
mexanizmini tashkil etishning nazariy asoslari, Moliyaviy tahlil va korxonani
boshqarishda
uning usullari, korxonalarni raqobatbardoshligini oshirishda aktivlarni
boshqarish, korxona kapitalni boshqarish, korxona investitsiyalarini boshqarish
to‗g‗risidagi mavzular berilgan. Bundan tashqari korxonalarni raqobatbardoshligini
oshirishda pul oqimlarini boshqarish tartibi hamda korxona
xarajatlari va faoliyati
natijalarini boshqarish tartibi yoritilgan.
Ushbu o‗quv qo‗llanma iqtisodiyot yo‗nalishi bo‗yicha ta‘lim olayotgan oliy
o‗quv yurtlari talabalari, ilmiy xodimlar, korxona va tashkilotlar xodimlari,
kollej
o‗quvchilari hamda shu sohaga qiziquvchilarga mo‗ljallangan.