R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M



Download 0,7 Mb.
bet129/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

15-bob.
Ma’naviyat tarixini o’rganish sohasidagi muammolar.


1-fasl. Ijtimoiy fanlar metodologiyasi va ma’naviyat tarixiga yondashuv.


Inson ilmi hech qachon Borliq haqiqatining oxiriga eta olmaydi. Shunday ekan, harqanday ilm biror-bir aniq maqsad sari yo’nalmasa, cheksiz-chegarasiz, ibtido-intihosiz bo’lib qolib, biror samaraga muyassar bo’lishi qiyin. “Metodologiya” tushunchasi voqelikni ilmiy idrok etishning ayni shu muayyan maqsadga qaratilgan mantiqiy tizimini anglatadi. Ma’lumki, ajdodlarimiz - buyuk tasavvuf pirlari - Haqqa etishishning irfoniy yo’llarini ishlab chiqqanlar va ularni “tariqat” yoki “suluk” deb ataganlar. “Metod” atamasi ham aslida yunoncha “metodos” so’zidan bo’lib, “yo’l”, “haqiqatni anglab etish yo’li” ma’nolarini ifodalaydi. Arab tilida bu so’zning muqobili “tariq” yoki “tariqa” bo’ladi. “Tariqat” atamasining kelib chiqishi shundan. Alisher Navoiy XV asrda ayni shu an’anaga tayangan holda adabiyotda “badiiy metod” muammosini hal qilib berdi va “haqiqat tariqi”, “majoz tariqi” tushunchalarini ilmiy iste’molga kiritdi.
Sobiq Sho’rolar tuzumi davrida 70 yil davomida kommunistik aqidaparastlik ijtimoiy fanlarning mag’iz-mag’iziga singdirib yuborildi. Butun jahon ilmi marksistik “metodologiya” nuqtai nazaridan «andozalab» chiqildi. Ayniqsa ijtimoiy fanlar bu taziyqdan qattiq zarar ko’rishdi. Tarixda o’tgan har bir yirik allomaning ilmiy merosi «dialektik materializm»ning cho’yan qoliplariga moslanib, shu nuqtai nazardan uning «yutuq» va «kamchiliklari» sarhisob qilindi, agar uning mulohazalari marksizm aqidalarining biror-bir qirrasini «isbotlash»ga xizmat qilsa, bu o’sha allomaning merosining «progressiv», «haqiqatga muvofiq» tomoni, agar zid kelsa, mos tushmasa, bu uning «reaktsion», «adashgan» tomoni ekani ta’kidlandi. Bu ishlarni ancha-muncha iste’dodli olimlar «qotirib» bajargani tufayli, sovet davri “faylasuf”lari ular yozgan narsalarni o’z vaqtida sof ilmiy haqiqat sifatida qabul qilishdi. Bugun endi o’z xohishlaridan qat’i nazar xotiraga joylashib olgan bunday yarim yolg’onlardan xalos bo’lish ular uchun og’ir kechmoqda. Marksizmning og’ir jinoyatlaridan biri shuki, o’z davrida minglab qobiliyatli yoshlarni ilmda ana shunday boshi berk takabburlik ko’chasiga kiritib



154 Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. T., 1991, s.402 (nasriy bayon muallifi Sh. Sharipov)
216
qo’yib, ham ularga Alloh bergan tabarruk ne’matni elga sovurdi, ham jamiyat rivojiga ikki tomonlama zarar etkazdi.
Marksizm-leninizmga so’nggi haqiqat deb qaragan paytimizda ijtimoiy fanlar sohasi juda jo’nlashib ketgan edi. Chunki mutlaq haqiqatlar allaqachon aniqlangan, endi nisbiy, ikkinchi darajali masalalarni hal qilishgina qolganday tasavvur hukmron edi. Hozir ham yaqin o’tmishda marksistik falsafani yaxshi o’zlashtirib olganlar uchun eski andaza va qoliplardan kechish qiyin bo’lmoqda. Ammo bugun, ko’zimizni kattaroq ochib qarasak, birgina Evropa mintaqasida shuncha ko’p bir-biridan keskin farq qiluvchi falsafiy tizimlar yaratilgan ekan-ki, ularning har birini jiddiy anglab etish uchun bir insonning umri yo etadi, yoki etmaydi. Shunday sharoitda sobiq sovet davrida kimki marksistik dialektikaning targ’iboti bilan ilmiy darajalarga erishgan bo’lsa, bugun ham kechagi bilimlarini
«ilmiy falsafiy ta’limot» sifatida talabalarga taqdim qilishga urinishi, yumshoq qilib aytganda, insofdan emas, qolaversa, bunday “o’jarlik”ning oqibatini ham o’ylash kerak. Kechagi biz boshdan kechirgan “savdolar”dan bexabar yoshlarimiz bunday mas’uliyatsizligimiz tufayli yana yolg’on “haqiqat”larni chin deb o’zlashtiradimi? Bunday metodologik chalkashliklar faqat falsafa emas, boshqa qator ijtimoiy fanlarga ham oid bo’lib, 70 yillik marksistik mafkura asorati ularning barchasiga o’z “tamg’a”sini bosib ketganligi biz katta avlodga sir emas.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish