R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Фойницкий И.Я. Курс уголовного судопроизводства. Т. 1. СП. б



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

120 Фойницкий И.Я. Курс уголовного судопроизводства. Т. 1. СП. б.
1996. С. 158.
296


bo‘lib, masalan, oila, mehnatga oid ishlar, voyaga yetmagan- 
larning ishlari va shu kabilar bo'yicha tabaqalashtirilgan. 
0 ‘zb ek isto n R esp u b lik asi ham sud fa o liy a tin i y an ad a 
ixtisoslashtirish yo‘lidan ildam bormoqda.
«Sudlar to ‘g‘risida»gi qonundagi asosiy yangiliklardan biri 
umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashuvi — fuqarolik va 
jinoyat ishlari bo‘yicha mustaqil sudlar tashkil etilishini joriy 
qilishdan iborat bo‘ldi. Qonun ilk marta umumiy yurisdiksiya 
sudlarida protsessual qonunchilikning eng muhim institut- 
laridan biri — ishlarning apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilishi- 
ning joriy etilishini nazarda tutadi.
Bunday institut xalqaro am aliyotda sinovdan o ‘tgan va 
Respublikada xo‘jalik sudlari tizimida q o ‘llanib kelinadi. Ish­
larning apellyatsiya ta rtib id a k o ‘rib chiqilishi yuqori sud 
instansiyasiga dalillarni bevosita tekshirib chiqish va ishning 
mohiyati bo‘yicha qaror qabul qilish imkonini beradi, bu esa, 
fuqarolar huquqlari va qonuniy m anfaatlari him oyasining 
k a fo la tla rin i anch a k u c h a y tira d i, sud ish la rin i y u ritish
samaradorligi va operativligini oshiradi, davlat m ablag‘lari- 
ning jiddiy tejalishiga olib keladi.
Jinoyat-protsessual va fuqarolik protsessual qonunlariga 
o ‘zgartirishlar kiritilish sudlar ixtisoslashuvi joriy etilishining 
mantiqiy davomi bo‘ldi, bunday o ‘zgartirishlar tufayli protsess 
ishtirokchilari huquqlariga rioya qilinishining protsessual 
kafolatlari kengaydi, sudda himoyalanish huquqini amalga 
oshirishga doir qonuniy mexanizm kuchaytirildi, sud protsessida 
tortishuv tamoyili ta ’minlanishi tomon keskin qadam qo‘yildi.
Bundan tashqari, sud ishlarini apellyatsiya va kassatsiya 
tartibida ko‘rib chiqish institutlarining joriy etilishi sudda yo‘1 
qo‘yilishi mumkin b o igan xatolarni o ‘z vaqtida tuzatish uchun 
qo‘shimcha kafolat hisoblanadi.
«Sudlar to ‘g ‘risida»gi qonunning yangi tah rird a qabul 
qilinishi davr talab i edi. Bu qonun su d lar m ustaqilligini 
mustahkamladi, sudyalik lavozimiga tavsiya qilishning yangi 
tartibini belgiladi. Qonunning ushbu talabi ijrosini ta ’minlash 
uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farm oniga 
binoan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalik 
lavozimiga nomzodlarni tanlash va tavsiya qilish bo‘yicha Oliy 
m alaka komissiyasi to ‘g‘risidagi N izom ning yangi tah riri 
tasdiqlandi.
Sudyalarning m ustaqilligiga erishish, sudlar faoliyatini 
tashkiliy, moddiy-texnika va mablag‘ bilan ta ’minlash masala-
297


larini takomillashtirish maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi 
V azirlar M ahkam asining 2001-yil 22-sentabrdagi qaroriga 
binoan 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida 
maxsus vakolatli organ-sud qarorlarining ijro etilishi, sudlar 
faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta ’minlash 
Departamenti, uning joylardagi bo‘linmalari tashkil etildi.
Departamentning asosiy vazifasi sud hujjatlarini ijro etish, 
sudlar faoliyatini moddiy-texnika va mablaq‘ bilan ta ’minlashga 
doir ishlarni tashkil etishdan tashqari, sudlar binolarini qurish 
va ta ’mirlash uchun ajratilgan kapital m ablagiarning samarali 
o ‘zlashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirishdan iborat. 
Sudyalar va sud protsesslari xavfsizligini ta ’minlash, sud ijrochi- 
lari kadrlarini tanlash va joy-joyiga q o ‘yish ham Departament 
vazifalariga kiradi.
Sud-huquq islohoti yangi bosqichining boshlang‘ich nuqtasi, 
shubhasiz, ikkinchi chaqiriq 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
M ajlisining oltinchi sessiyasi b o ‘ldi. D avlatim iz rah b ari
I.A.Karimov sessiyada so‘zlagan nutqida 0 ‘zbekiston mustaqil- 
likka erishganligining g‘oyat katta ahamiyatini, mamlakatning 
o ‘n yil davomida demokratiya va taraqqiyot y o iidan mustaqil 
rivojlanishi sharoitida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida 
amalga oshirilgan.
Tub o ‘z g artirish lar m uhim ligini t a ’kidlab, sud-huquq 
tizimini takomillashtirish, jinoyat qonunchiligini insonparvar- 
lik, adolatparvarlik, huquqiy fuqarolik jamiyati tamoyillariga 
mos ravishda liberallashtirish m asalalari xususida alohida 
to ‘xtalib o ‘tdi.
U shbu sessiyada R espu blika p arla m en ti 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tom onidan qonunchilik tashabbusi 
tartibida taqdim qilingan «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi 
m u n osabati bilan 0 ‘zbekiston R espublikasining Jinoyat, 
Jinoyat-protsessual kodekslari hamda M a’muriy javobgarlik 
to ‘g‘risidagi kodeksiga o ‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish 
haqida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.
Oliy Majlis tomonidan sud-huquq islohotlarining ikkinchi 
bosqichini boshlab bergan qonunning qabul qilinishi natijasida 
jin o y at qonun hujjatlarining umumiy y o ‘nalishi butunlay 
o ‘zgarib, huquqiy dem okratik davlat qoidalariga, fuqarolik 
jamiyatini shakllantirish shart-sharoitlariga yanada ko‘proq 
darajada muvofiq b oidi.
Sud-huquq tizimining demokratik asoslarini yaratishdan, 
umuman olganda, xususan, sudyalar va huquqni muhofaza
298


qilish organlari xodim larining mentalitetini o ‘zgartirishdan 
ib o rat b o ‘lsa, hozirgi asosiy vazifa erishilgan n atijalarn i 
mustahkamlash, ularning samaradorligi va mavjudligini «so‘zda 
emas, qog‘ozda emas, balki amaliy hayotda fuqarolarning 
huquqiy va erkinliklarining zarur kafolatlarini ta ’minlovchi 
demokratik prinsiplarni» ro ‘yobga chiqarishdan iborat bo‘lib 
qoldi. Bularning hammasini jam lab olganda oldimizda sud- 
hu q u q islo h o tla rin i riv o jlan tirish n in g yangi istiq b o lla ri 
ko‘ndalang b o ‘ladi, eng avvalo, ularni nazariy jihatdan chuqur 
o ‘rganish, ularga har tomonlama yondashish va izchil ravishda 
amalda ro ‘yobga chiqarish taqozo etiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2005-yil
28-yanvarda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
p ala tasi va S enatning q o ‘shm a m ajlisida «Bizning bosh 
maqsadimiz — jam iyatni dem okratlashtirish va yangilash, 
mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» nomli m a’ru- 
zasida davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi eng muhim 
vazifa sifatida hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoq- 
lari o ‘rtasida yanada m utanosib va b arqaror muvozanatga 
erishish, sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberal- 
lashtirish, shaxsni ushlab turish, hibsga olish, shuningdek, 
boshqa protsessual majburiy choralarni qo‘llash uchun sanksiya 
berish huquqini sudga o ‘tkazish, jazolash tizim idan o ‘lim 
jazosini chiqarib tashlash vazifalarini qo‘ydi va ularni bugungi 
ijtim o iy -iq tiso d iy , siyosiy va m a ’naviy so h a la rd a olib 
borilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari ekanligini 
ta ’kidladi.
Shuni aytish kerakki, mamlakatimizda amalga oshirilayot- 
gan sud-huquq tizim idagi tub islo h o tlar yangi bosqichga 
k o ‘tarildi. Bu islohotlarning asl mohiyati xalq farovonligini 
oshirish, jam iyatda ijtimoiy adolat va demokratiya tamoyil- 
larining ustuvorligini ta ’minlashga qaratilgan bo‘lib, ularning 
sur’ati va natijalari har birimizning bugungi kundagi shijoatimiz 
va harakatimizga bog‘liqdir.
Sud-huquq tizimini isloh qilishning mohiyati va m a’nosi 
«Adolat qonunni og‘ishmay ro ‘yobga chiqarishdadir» degan 
qoidadan iborat bo‘lmog‘i lozim. Ayni mana shu g‘oya sud- 
hu q u q islo h o tlari ta m oy ilin in g o ‘zagiga, uning ru h i va 
mohiyatiga aylanishi, sud-huquq tizimini isloh qilishning butun 
jarayoniga daxl qilib qolmay, balki jamiyat, davlat qurilishini 
bu tu n lay isloh qilish jara y o n in in g tark ib iy qismiga ham
aylanishi kerak. Shu m unosabat bilan m odernizatsiyalash
299


qonunning shak-shubhasiz ustuvorligi qoidasiga q at’iy rioya 
etgan holda amalga oshirilishi lozim.
Sudyalar va sudlarning ixtisoslashuvini davom ettirish, shak- 
shubhasiz, sud hokimiyati faoliyatining samaradorligini oshirish 
borasida tashlangan muhim va amaliy qadam bo‘ldi.

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish