R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Баглай M .B. К онституционное право зарубеж ны х стран. —



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

107 Баглай M .B. К онституционное право зарубеж ны х стран. —
Москва: «Норма», 2001, 278-287-стр.
240


— Vazirliklar, davlat q o ‘mitalari, idoralar hamda davlat 
budjetida b o ‘lgan davlat boshqaruvi boshqa organlarining 
markaziy apparati xodimlarining soni va ularga sarflanadigan 
mablag‘lar miqdorini belgilaydi;
— Vazirliklar, davlat qo‘mitalari raislarining o ‘rinbosarlari, 
bosh boshqarmalar ham da davlat boshqaruvi boshqa organ­
larining ra h b a rla ri, ularn in g o ‘rin b o sa rla rin i lavozim ga 
tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
— X o‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari va vazirlik­
lar, davlat q o ‘m italari, id o ralar h a y ’atlari a ’zolari, sh u ­
ningdek, 0 ‘zbekiston R espublikasi H ukum ati tom onidan 
tashkil etiladigan x o ‘jalik boshqaruvi organlari a ’zolarini 
tasdiqlaydi;
— 0 ‘zbekiston R espublikasining davlat xavfsizligi va 
mudofaa qudratini oshirish, davlat chegaralarini qo‘riqlashni 
ta ’minlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jam oat tartibini 
saqlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta ’minlash 
va him oya qilish c h o ra -ta d b irla rin i am alg a o sh irish g a 
ko ‘maklashadi;
— Davlat boshqaruv organlarining tabiatni muhofaza qilish 
tadbirlarini birgalikda o ‘tkazish hamda Respublika va xalqaro 
aham iyatga ega b o ‘lgan yirik ekologik dasturlarni am alga 
oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi, katta avariya- 
lar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibat- 
larini tugatish chora-tadbirlarini ko ‘radi;
— 0 ‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro 
ta sh k ilo tla rd a g i v akilligini t a ’m inlaydi, h u k u m a tla ra ro
shartnom a va bitimlar tuzadi ham da ularni bajarish chora- 
tadbirlarini ko‘radi.
Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy sohadagi asosiy vakolat­
lari quyidagilarda namoyon boiadi:
— Iqtisodiy jarayonlarni boshqaradi: mulkchilikning barcha 
shakllarini uyg‘unlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni 
m onopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining 
hu q u q iy m exanizm ini r o ‘yobga ch iq arish aso sid a erkin 
tadbirkorlik uchun shart- sharoitlar yaratish;
— X o ‘jalik yuritishning yangi shakllari - konsernlar, 
konsorsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va 
boshqa ana shunday tashkilotlarni barpo etishga va mustah- 
kamlashga ko‘maklashadi, xalq xo‘jaligi va aholi talablarini 
qondirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ular faoliyatini 
yo‘naltiradi va muvofiqlashtiradi;
241


— 0 ‘zbekiston R esp u blik asid a pul va kred it tizim ini 
m u sta h k am lash c h o ra -ta d b irla rin i am alga o sh irishg a 
ko‘maklashadi, yagona narx siyosatini o ‘tkazish, mehnatga haq 
to ‘lash m iqdorining belgilangan k afolatlarin i va ijtim oiy 
ta ’minot darajasini ta ’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi 
va amalga oshiradi;
— Respublika budjeti, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respub- 
likasini iqtisodiy, ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng 
muhim dasturlarini ishlab chiqishni hamda ularning ijrosini 
tashkil etadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasi ijtimoiy- 
madaniy sohada ham keng vakolatlarga ega. Xalq ta ’limiga 
rahbarlik, ilmiy, m adaniyat-m a’rifat m asalalari, sog‘liqni 
saqlash, ijtimoiy ta ’minot, mehnatni tashkil etish va kadrlar 
tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha vakolatlar yig‘indisi Vazir­
lar M ahkam asining ijtim oiy-madaniy sohadagi vakolatlari 
sirasiga kiradi.
Bu borada Vazirlar Mahkamasi o ‘z vakolatlari doirasida:
— Fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga 
oshiradi;
— Fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qiladi, 
ularning mehnat qilish huquqini ta ’minlash chora-tadbirlarini 
k o ‘radi, ijtimoiy ta ’minot tizimini takomillashtiradi;
— S og‘liqni saq lash , X alq t a ’lim ini riv o jla n trish va 
ta k o m illa sh tirish n in g asosiy y o ‘n a lish la rin i belgilaydi, 
madaniyatni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Yangi tahrirdagi qonunning 6-moddasiga binoan esa ushbu 
ikkala vakolat quyidagicha belgilangan:
— Vazirlarning o ‘rinbosarlari, davlat qo‘mitalari raislari- 
ning o ‘rinbosarlari hamda davlat boshqaruvi boshqa organ­
larining rahb arlari va ularning o ‘rinbosarlari 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va 
lavozimidan ozod etiladi;
— 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil 
etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini hamda 
ularning boshqaruvlarining a ’zolarini, shuningdek, vazirliklar, 
davlat qo‘mitalari idoralar hay’atlarini 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Prezidenti bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
Vazirlar Mahkamasi majlislarida davlat boshqaruvi, xo‘ja- 
lik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng muhim masalalari hal 
etiladi.
242


Vazirlar Mahkamasi majlislarida quyidagilar ko‘rib chiqiladi:
— 0 ‘zbekiston Respublikasi budjetini tayyorlash va ijro 
etish, shu ningdek, 0 ‘zb ek iston R esp u blik asi H u k u m ati 
ix tiy o rid a g i b u d je td an ta sh q a ri d av lat ja m g ‘a rm a larin i 
shakllantirish va ulardan foydalanish masalalari;
— B oshqaruv tuzilm asini takom illashtirish m asalalari, 
0 ‘zbekiston R espublikasi va uning ayrim m in taq alarin i 
iqtisodiy, ijtimoiy madaniy rivojlantirish dasturlari loyihalari;
— Davlatning qim m atbaho qog‘ozlarini chiqarish hajmi 
hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat ichki va tashqi qarzi 
k o ‘lamlari to ‘g‘risidagi takliflar;
— Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish dasturlari- 
ning loyihalari va xususiylashtirishdan olingan mablag‘lardan 
foydalanishning asosiy yo‘nalishlari to ‘g‘risidagi takliflar;
— Belgilab q o ‘yilgan d av lat n arx la ri q o ‘llan ilad igan 
mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar ro‘yxati;
— Qonunchilik tashabbusi tartibida Oliy Majlisga kiritiladi­
gan 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari;
— D av latlararo sh artn o m alar va b itim larn i im zolash 
to ‘g‘risida takliflar.
Vazirlar Mahkamasining ayrim vakolatlari boshqa qonun- 
larda ham o ‘z aksini topishi mumkin. Masalan, 0 ‘zbekiston 
R espublikasining 1997-yilda qabul qilingan «O 'zbekiston 
Respublikasi qonunlarini tayyorlash to ‘g‘risida»gi Qonunning
11-moddasi V azirlar M ahkam asining qonun loyihalarini 
tayyorlash bordsidagi faoliyatiga bag‘ishlangan b o ‘lib, unda 
V azirlar M ah kam asining qonunchilik tash ab bu sig a doir 
vakolatlar belgilangan.
o^Vazirlar M ahkamasining majlislari yilning har choragida 
kamida bir marta o ‘tkaziladi. Vazirlar Mahkamasining majlis- 
larini Bosh vazir o ‘tkaza^Jj, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining majlislarini tayyorlash va o ‘tkazish 
tartib i 0 ‘zbekiston Respublikasi V azirlar M ahkam asining 
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish tartibi 
to ‘g‘risida»gi qarori bilan belgilanadi.
/
Bosh vazirning vakolatlari quyidagilardan iborat:
— 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan 
h o lda Bosh vazirning o ‘rin bosarlari o ‘rtasida vazifalarni 
taqsimlaydi;
— Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi;
— Vazirlar Mahkamasining qarorlarini imzolaydi;


— 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga 
binoan xalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan 
ish ko‘radi hamda hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni 
imzolaydi;
— Davlat va xo‘jalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi 
majlisida ko‘rib chiqish talab etilmaydigan masalalari bo‘yicha 
qarorlar qabul qiladi;
0 ‘zbek isto n R esp u b lik asi q o n u n la rid a , 0 ‘zb ek isto n
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyish- 
larida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
y#Bosh vazir o ‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan 
farmoyishlar chiqaradi. Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi 
to ‘g‘risida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam 
ravishda axborot berib boradi. Bosh vazir yo‘qligida uning 
vazifasini Bosh vazir o ‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
Bosh vazirning o ‘rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq 
o ‘zlari rahbarlik qiladigan tarm oqlardagi ishlarning ahvoli 
uchun javob beradilar, ular tegishli vazirliklar, davlat qo‘mita- 
lari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa 
organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni, ularning ishini nazorat 
qilishni amalga oshiradilar va ularga topshiriq beradilar, Vazirlar 
Mahkamasiga kiritilgan takliflarni hamda qaror va farmoyish­
lar loyihalarini dastlabki tarzda ко ‘rib chiqadilar.
Vazirlar Mahkamasining a ’zolari:
— 0 ‘zlariga topshirilgan faoliyat sohalari uchun javob 
beradilar;
— V azirlar M ahkam asi m ajlislarida m asalalarni k o ‘rib 
chiqishda ishtirok etadilar;
— Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalarini 
ko‘rib chiqish haqida takliflar kiritishlari, Vazirlar Mahkamasi 
qarorlarini ishlab chiqishda tashabbus ko‘rsatishlari mumkin;
— Korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda boshqa 
pul to ‘lanadigan lavozimni egallash, shuningdek, tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega emaslar.
Vazirlar Mahkamasi majlislarida muhokama etish uchun 
m asalalar vazirlar, davlat q o ‘mitalarining raislari, idoralar, 
korporatsiyalar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalarning 
rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 
raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ular bo‘lmagan 
hollarda ularning birinchi o‘rinbosarlari tomonidan kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatidagi Rayosat 
majlislari muntazam, har oyda kamida bir m arta o ‘tkaziladi.
244


Majlislarni Vazirlar Mahkamasining raisi yoki uning topshi- 
rig‘iga k o ‘ra 0 ‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri olib 
boradi.
Zaruriyat tug‘ilganda shoshilinch masalalarni ko‘rib chiqish 
uchun Vazirlar M ahkamasi va uning Rayosatining rejadan 
tashqari majlislari o ‘tkazilishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan har haftada 
Bosh vazir o ‘rinbosarlari, Axborot - tahlil boshqarmasi boshlig‘i 
va A pparat rahbari ishtirokida yig‘ilishlar o ‘tkaziladi. Ularda 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining ijrosini 
tashkil etish va hukumat apparatining joriy faoliyati masala- 
lari k o ‘rib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosatini k o ‘rib chiqishi uchun Vazir­
lar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi har qanday masalalar 
kiritiladi (qonunga muvofiq faqat Vazirlar Mahkamasi majlis- 
larida k o ‘rib chiqiladigan masalalar bundan mustasnodir).
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ko‘rib 
chiqish uchun masalalarni tayyorlash Bosh vazir o ‘rinbosar- 
larining kotibiyatlari, Axborot - tahlil boshqarmasi, departa- 
mentlar, boshqa b o ‘linm alar Bosh vazir o ‘rinbosarlarining 
hamda A pparat rahbari boshchiligida tegishli vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, konsern- 
lar, uyushm alar, Q o raq alp o g ‘iston R espublikasi V azirlar 
K engashi, v ilo y a tla r va T o sh k en t sh a h a r h o k im lik lari, 
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish tartibi 
to ‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga masala­
lar kiritish huquqiga ega b o ‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi- 
ning boshqa organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Zarur 
hollarda masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki u- 
ning R ayosati tom onidan tuziladigan komissiyalar amalga 
oshiradilar.
V az irlar M ah k am asi yoki u ning R a y o sati m ajlisiga 
kiritiladigan m asalalar b o ‘yicha m ateriallar Bosh vazirning 
tegishli o ‘rinbosari - kom pleks rahb ari, A xborot - tahlil 
boshqarm asi boshlig‘i, A pparat rahbari tom onidan k o ‘rib 
chiqiladi, ular tayyorlangan masalalarning sifati uchun javob 
beradilar.
Vazirlar M ahkamasi yoki uning Rayosati majlisiga taklif 
etiladigan mansabdor shaxslar ro ‘yxati Vazirlar Mahkamasi­
ning Raisi yoki uning topshirig‘iga binoan Bosh vazir yoki 
Apparat rahbari bilan kelishiladi.
V azirliklar, davlat q o ‘m italari va idoralar, korxona va
245


korporatsiyalar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar, davlat 
va x o ‘ja lik b o sh q aru v i bo sh q a o rg a n la ri ra h b a rla rin i, 
Q oraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisini, 
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini hamda majlisga taklif 
etiladigan boshqa shaxslarni xabardor qilish, shuningdek, u- 
larning m ajlisga kelgan-kelm aganliklarini n a zo ra t qilish 
tegishliligi bo‘yicha Bosh vazir o ‘rinbosarlarining kotibiyat- 
lari, departamentlar va bo‘limlar tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining majlislariga 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Bosh prokuror, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudining Raisi, Oliy xo‘jalik sudi Raisi, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni nazorat inspeksiyasi 
rahbari, « 0 ‘zdavteleradio» kom paniyasi, M arkaziy Bank, 
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvlarining Rais- 
lari, 0 ‘zbekiston A x b o ro t A gentligining bosh d irek to ri, 
iqtisodiyot vazirining o ‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respub­
likasi Vazirlar Kengashining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
doimiy vakili, 0 ‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi 
kengashi raisi doimiy ravishda, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimlari, ularning o ‘rinbosarlari ham da ommaviy axborot 
vositalari vakillari esa zaruriyatga ko‘ra taklif etiladilar.
Boshqa mansabdor shaxslar majlisga faqat ularga daxldor 
masalalar bo‘yicha taklif etiladilar108.

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish