R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


Qarang: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

86 Qarang: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Spikerining « 0 ‘zbekiston R espublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasining Devoni to ‘g ‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 2005-
yil 7-apreldagi 73-sonli Farmoyishi.
193


0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlis­
lari, agar ular ishida barcha deputat va Senatorlar umumiy soni­
ning k am ida yarm i ish tiro k etay o tg an b o ‘lsa, v ak o latli 
hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda barcha deputat­
lar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi 
shart.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisining Qonunchilik 
palatasi majlislarida, shuningdek, ularning organlari majlislarida 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, V azirlar 
M ahkamasining a ’zolari, Respublika Konstitutsiyaviy sudi, 
Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi raislari, Bosh prokurori, Markaziy 
bank boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin. 0 ‘zbekis- 
ton Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va u- 
ning organlari majlislarida Senat Raisi, 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Oliy Majlisining Senati va uning organlari majlislarida 
Qonunchilik palatasi Spikeri ishtirok etishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
va Senatining qarorlari Qonunchilik palatasi deputatlari yoki 
Senat a ’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul 
qilinadi. Shuning uchun deputatlarni majlislarda muntazam 
va samarali ishtirokini ta ’milash dolzarb m asalalardan biri 
hisoblanadi. Zero, Qonunchilik palatasi kollegial organ bo‘lib, 
uning vakolatlariga doir m asalalar, albatta, deputatlarning 
birgalikdagi muhokamasi uning faoliyatining asosiy prinsip- 
laridan biri hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi majlislaridagi masalalar bo‘yicha ovoz 
berish shakl va uslublarini belgilash k atta aham iyatga ega. 
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
Reglam enti to ‘g ‘risida»gi qonunning 11-moddasiga k o ‘ra 
Qonunchilik palatasining qarorlari uning majlislarida ochiq 
yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ochiq ovoz 
berish nomma-nom, ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan 
foydalangan holda yoki yashirin ovoz berish bulletenlaridan 
foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Qoida tariqasida, Qonunchilik palatasi majlisida ovozlarni 
hiso b la sh n in g elek tro n tizim idan fo y d alan ilish i u stid an
nazoratni Qonunchilik palatasi deputatlaridan bo‘lgan guruh 
amalga oshiradi. Bu guruh ovozlarni to ‘g‘ri tashkil etish uchun 
javob beradi. Agarda deputatlarda elektron tizimning to ‘g‘ri 
ishlashi haqida shubha paydo b o ‘lsa, ular bulletenlardan 
foydalangan holda ovoz berishni tanlashlari mumkin.
194


« 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
to‘g‘risida»gi qonunning 17-moddasiga ko‘ra Qonun loyihalarini 
tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga 
kiritiladigan m asalalarni dastlabki tarzda k o ‘rib chiqish va 
tayyorlash, 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda palata 
tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish 
uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchi­
lik palatasi deputatlari orasidan rais, uning o‘rinbosari va a’zo- 
lardan iborat tarkibda qo‘mitalar saylanadi.
Milliy qonunchiligimizda bu vazifalarni amalga oshirish 
uchun qo‘mitalar tashkil qilinsa, bir qancha xorijiy mamlakat- 
lar (Yaponiya, Fransiya, Italiya)da bu vazifalar komissiyalar 
tomonidan amalga oshiriladi87.
Q o‘mita raisi, uning o ‘rinbosari va qo‘mita a ’zolari lavozim- 
lari deputatlarning qaysi partiya yoki guruhga mansubligi 
ham da saylovda saylovchilarning qancha ovozini olganligini 
inobatga olgan holda yaxlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi.
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Reglamenti 
to ‘g‘risida»gi qonuni 7-moddasining uchinchi qismiga k o ‘ra 
Qonunchilik palatasida reglament; budjet, bank va moliya 
masalalari; iqtisodiy masalalar va tadbirkorlik; qonunchilik va 
sud-huquq masalalari; mehnat va ijtimoiy masalalar; mudofaa 
va xavfsizlik masalalari; xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqa- 
lar q o ‘mitalari tuzilishi shart. Qonunchilik palatasida boshqa 
q o ‘m italar ham tuzilishi m um kinligi k o ‘rsatilib, ularning 
umumiy soni, qoida tariqasida, o ‘ntadan oshmasligi kerakligi 
mustahkamlangan.
Mazkur qoidaga asosan Qonunchilik palatasida budjet va 
iqtisodiy islohotlar, qonunchilik va sud-huquq m asalalari, 
mehnat va ijtimoiy masalalar, mudofaa va xavfsizlik masala­
lari, xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar, sanoat, qurilish 
va savdo masalalari, agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya, 
fan, ta ’lim, madaniyat va sport masalalari, demokratik institut- 
lar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish 
organlari q o ‘mitalari tuzilgan88.
S huningdek, Q o nunchilik p a la ta si n o rm ativ -h u q u q iy
atamalar komissiyasini tuzgan. Qonunchilik palatasi muayyan

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish