Quyi zarafshon vohasi landshaftlarini kartografiyasini tadqiq qilish masalalari


Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari



Download 84,44 Kb.
bet2/4
Sana23.07.2022
Hajmi84,44 Kb.
#841814
1   2   3   4
Bog'liq
1 chi maqolam

Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Quyi Zarafshon okrugi tektonik botiqda joylashib, negizi paleozoy erasi ohaktosh slaneslaridan iborat bo‘lib, uning ustini mezozoy va kaynazoy eralarining cho‘kindi jins hamda mergellari, gillari va qumtoshlari qoplab olgan. Mezozoy erasining yura va bo‘r davr jinslari (ohaktosh, dolomit va boshqa) ko‘proq okrugning sharqida joylashgan balandliklarda uchraydi.
Quyi Zarafshon okrugida nisbatan ko‘p tarqalgan jinslar — bu kaynozoy erasining neogen va paleogen yotqiziqlari hisoblanib, ular asosan, Gazli atrofida, Jarqoq, Saritosh, Qiziltepa balandliklarida, Buxoro vohasining janubida, Qorako‘l vohasida, Dengizko‘l atrofida joylashib, sarg‘ish, sur, jigarrang qum va qumtoshlardan iborat.
Quyi Zarafshonda eng ko‘p tarqalgan jinslar to‘rtlamchi davrga xos bo‘lib, ular genetik jihatdan Zarafshon daryosi, vaqtincha oqar suvlar, ko‘l va shamol natijasida vujudga kelgan shag‘al, qum, qumoq, lyoss gillaridan iborat.
Quyi Zarafshon okrugidagi Dengizko‘l va boshqa ko‘llar atrofida ko‘l yotqiziqlari — to‘q surrangli gil, qumoq, Buxoro va Qorako‘l vohalari atrofida esa eol yo‘l bilan vujudga kelgan qumliklar joylashgan.
To‘rtlamchi davr boshlarida Qashqadaryo va Sangzor daryolari Zarafshonga quyilgach, sersuv bo‘lib, Qoraqum tomon oqqan.
To‘rtlamchi davr o‘rtalarida Amudaryo shimoli g‘arb (Orol tomon)ga oqishi tufayli Zarafshon daryosi Amudaryoga quyila boshlagan. To‘rtlamchi davr oxirida ham Zarafshon vaqt-vaqti bilan Amudaryoga quyilib turgan. Lekin, so‘ngra Qashqadaryo va Sangzor daryolarining Zarafshonga quyilmay qo‘yishi natijasida Zarafshon tarmoqlanib oqib, Qorako‘l deltasini hosil qilgan. Qashqadaryo esa janubga burilib, tarmoqlanib, katta delta hosil qilgan bo‘lsa, Sangzor daryosi shimol tomon burilib, Mirzacho‘l tomonga oqa boshlagan, natijada Zarafshon suvi kamayib, Amudaryoga yetib bormagan.
Quyi Zarafshon okrugida daryolarning tarmoqlanib oqishi va zilzilalar sodir bo‘lib turishi neotektonik jarayonlar bilan bog‘liq. Yaqin davrgacha O‘rta Osiyoning tekislik qismi, shu jumladan, Quyi Zarafshon okrugi ham seysmik jihatidan birmuncha tinch deb hisoblanar edi. Lekin Zarafshon okrugi hududida so‘nggi yillarda zilzilalar (Buxoroda 1821-1822-yillarda 8 balli, Gazlida 1976- va 1987-yillari 9-10 balli) bo‘lib turishi bu hududni ham seysmik rayonga kiritilishiga asos bo‘ldi.
Quyi Zarafshon okrugi va uning atrofi neft-gaz zaxirasiga boy hudud hisoblanib, eng muhim konlari Gazli, Jarqoq, Qorovulbozor, Shodi, Dengizko‘l va boshqalar hisoblanadi. Shuningdek, okrug hududida bir nechta tuz hamda har xil qurilish xomashyo konlari mavjud.

Download 84,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish