Mahsulot tannarxi
- pul shaklida ifodalangan mahsulotni ishlab
chiqarish va Iste‘molchiga etkazib berish bilan bog‗liq harajatlardir.
Mahsulot
tannarxi
-
korhonalar
va
birlashmalarning
ish
samaradorligini belgilovchi ko‗rsatkich. Xalq ho‗jaligi sohalarining o‗ziga
hos hususiyatlarini aks ettiruvchi harajat ayrim elementlarining o‗zaro nisbati
mahsulot tannarxining tuzilishini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish tannarxi
sexning mahsulot tannarxini va umumzavod chiqimlarini o‗z ichiga oladi.
Ayrim korxonalar harajatlarini ifodalab, yakka bo‗lishi, shuningdek,
tarmoqlarda mahsulot tayyorlashga ketgan o‗rtacha harajatlarni belgilovchi
tarmoqning o‗rtacha tannarxi mahsulotning ulgurji baxosini o‗rnatish uchun
asos bo‗ladi.
Tannarxning
kamayishi
moddiylashgan
mexnat
iqtisodini
ifodalaydi,foydaning
ko‗payishini
ta‘minlaydi, ulgurji va chakana
baxolarning kamayishi imkoniyatlarini keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish
xajmlarining ortib borishi bilan tannarxning kamayishi muqim axamiyat kasb
etmoqda vakatta samara bermoqda.
64
Tannarxni kamaytirishning asosiy yo‗llari: meqnatni tashkil qilish
usullarini takomillashtirish, ishlab chiqarish kuchlari va jamg‗armalaridan
foydalanishni yahshilash, xar bir ish joyida, bo‗limlarda moddiy manbalarni
iqtisod qilish, boshqarish va hizmat ko‗rsatish harajatlarini kamaytirish
hamda yo‗qotish, ishlab chiqarishdan tashqari sarflanadigan harajatlarni
qisqartirish. Shuningdek:
1.
Zarar
bo‗lgan
ishlab
chiqarish
harajatlari
darajasi
va
dinamikasinianiqlash.
2. Tannarx darajasining tarkibi va dinamikasini o‗rganish.
3. Tannarx tarkibini taxlil qilish va uning darajasiga ta‘sir
etuvchiomillarni statistik baxolash.
Quyidagi 5.1.-rasmda talab va taklifning klassik modeli ko‗rsatilgan.
Bunda ko‗rinib turibdiki, talab narxining o‗sishi bilan kamayadi, aksincha
taklif ortadi. Ishlab chiqaruvchi narx orhali uning mahsuloti qanchalik
darajada kerakligi haqida axborotga ega bo‗ladi.
Erkin raqobat mavjud bo‗lgan bozorning o‗ziga xos-xususiyatlari
shundan iboratki, taklif etilgan mahsulotning ma‘lum darajasida bozor o‗z-
o‗zidan muvozanatga harakat qiladi. Masalan, ishlab chiqaruvchi o‗z tovarini
muvozanat narxdan (Nm) baland narxda taklif etdi deyaylik. Unda xaridorlar
bunday bahoni juda yuqori deb biladi va natijada ma‘lum bir miqdordagi
tovar xaridorini topa olmaydi. Bunday holatda taklif talabdan yuqori bo‗ladi.
Natijada, bozor bu tovar bilan to‗yinadi, oqibatda tovar egasi tovar narxini
pasaytirishga majbur bo‗ladi. Sotuvchi tovarga yangi narx belgilaganda talab
oshadi va bu holda narx talab egri chizig‗i bo‗yicha yuqoriga ko‗tariladi. Bu
jarayon to talab va taklif muvozanatigacha davom etadi. Albatta, narx
shakllanishining bu modeli sof raqobatga asoslangan bozorlar uchun ishlab
chiqilgan bo‗lib, bu modelda ko‗pgina omillar hisobga olinmaydi. Shu
sababli ham bu model narx shakllanishida umumiy orientir bo‗lib xizmat
qiladi.
65
Do'stlaringiz bilan baham: |