2.10-rasm. Narxlarning «sehrli uchburchagi».
Shunday qilib, talab grafigini, xarajatlarning hisoblangan summasini va
raqobatchilarning narxlarini bilgan holda korxona o‗z tovarining narxini
aniqlashga kirishishi mumkin. Ehtimol, narx foydani ta‘minlamaydigan juda
past chegara va talab shakllanishiga to‗sqinlik qiladigan juda yuqori chegara
orasida bo‗ladi (2.9-rasm).
Mumkin bo‗lgan minimal narx mahsulot tannarxibilan belgilanadi,
maksimal narx esa tovardagi noyob xususiyatlarning mavjudligi (talab) bilan
belgilanadi. Raqobatchi va o‗rinbosar tovarlarning narxlari korxona narxni
belgilashda rioya etishi mumkin bo‗lgan o‗rta darajani beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |