8.4-rasm. Marketingda reklamani tashkil etish organlari.
Bu usul F.Kotlerning 1980 yilda chop etilgan "Marketingni
boshqarish" kitobida bayon etilgan. Unda yozilishicha reklama faoliyatining
boshida amalga oshirilgan tadbirlar va ko‗plab xarajatlar samarali ekanligini
va vaqt o‗tib borishi bilan ularning samarasi pasayib borishi isbotlanadi.
Vidal`-Vol`f modeli tovar oborotining o‗sishi reklama xarajatlariga bog‗liq
degan g‗oyaga asoslanadi. Shunday qilib, reklama va ishlab chiqarish
samaradorligi orasida uzviy bog‗liqlik mavjud bo‗lib, bu esa o‗z navbatida
reklama xarajatlarini ham aniq va har tomonlama hisobga olish zarurligini
taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |