Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Ona tili darslarida g`oyaviy-siyosiy tarbiyani shakllantirish



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/127
Sana08.07.2022
Hajmi2,22 Mb.
#758763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
Ona tili fanini o`qitish metodikasi. O`quv-uslubiy qo`llanma.

 
Ona tili darslarida g`oyaviy-siyosiy tarbiyani shakllantirish
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ona tili fanining maqsadi barkamol inson 
tarbiyasidir. Ona tili fani mantiqiy fikrlashga o`rgatuvchi fan hisoblanadi. 
Har bir shaxsni ilk yoshligidan boshlab mantiqiy fikrlashga o`rgatish 
hayot talabidir. Shunga ko'ra, unga har doim mantiqiy tafakkur yuritish 
tamoyillarini singdirib borish lozim. Yoshlarni sog'lom fikrlashga, ayniqsa, 
mustaqil fikr yuritishga o`rgatish zarur.
Mustaqillik sharoitida to'g'ri ma'nodagi mustaqil fikrlash har bir yoshning 
qobiliyati, olamga faol munosabatini, malakasini tarkib toptirishda muhim 
ma'naviy omil ekanligi ta'kidlanadi. Prezidentimiz I.A.Karimov «Tafakkur» 
jurnali muharriri bilan qilgan suhbatida ta'kidlagan edi: «Ta’limning yangi 
jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. 
O`zining qadr - qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda 
aniq maqsadga ega bo'lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo'lamiz. Ana 
shundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh mezoniga 
aylanadi. Shunda odam olomon bo'lib, har lahzada serkaga ehtiyoj sezib emas
aksincha — o'z aqli, o`z tafakkuri, o'z mehnati, o'z mas'uliyati bilan, ongli 
tarzda, ozod va hur inson bo'lib yashaydi
1
”. Fikr tafakkurni keltirib chiqaradi va 
u o'ylash, muhokama qilishga yordam beradi.
Ona tili fanining yana bir xususiyatlaridan biri tarbiyalashdir. Shuning 
uchun ham ona tili fani ma’naviy-ma’rifiy tizimda eng yetakchi omillardan 
biridir. O`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalashda grammatik 
ta’rif va qoidalar uchun tanlanadigan misollar, topshiriqlarning ahamiyati 
kattadir. O`quvchilarni ona tili darslarida mustaqil ijodiy fikrlashga o`rgatish, 
ular ongida ma’naviy-ma’rifiy inqilob hosil qilish, milliy g`urur va baynalminal 
kayfiyatni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun yangi dastur 
1
Karimov I. A

Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin. –Toshkent, 
21—22-betlar.



va darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechib, ijodiy tafakkur 
tarzini shakllantirish, dars va mashg`ulotlarni o`quvchilarning nutqiy malakasini 
yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olingan.
Har bir ona tili darsi u yoki bu jihatdan o`quvchini tarbiyalaydi (tartib-
intizomga o`rgatadi, diqqatini oshiradi, bilimlarini boyitadi, madaniyatli 
muloqotni o`rgatadi va hokazo). Shunday qilib, ona tili fani o`quvchilarning 
aqliy, axloqiy va estetik taraqqiyotida juda katta rol o`ynashi bilan maktab 
ta’limida yetakchi o`rin tutadi. 
Barkamol 
inson 
bosiqligi, 
vazminligi, 
bag'rikengligi, 
kamtarligi, 
odamoxunligi, umuminsoniylik ruhining kuchliligi, serfarzandligi, keksa va 
yoshlarga mehr-shavqatliligi kabilar bilan xarakterlanadi. Bular sirasiga 
kishining boshqa e'tiqoddagi yoki dindagi insonlarga nisbatan hurmati, tabiatni 
sevish, butun jonli tabiatga muhabbat bilan qarash kabi fazilatlarni ham kiritish 
mumkin. Ana shu jihatlarning barchasi ta’lim jarayonida tarkib topadi. 
Ona tili ta’limda asosiy o`rinni egallar ekan, har bir o`quvchida ona tiliga 
qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur. Tilni sevish – uni mukammal 
o`rganmoq demak. Ona tilini yaxshi bilish – uni to`g`ri tushunish, uning 
yaratuvchisi - xalqni sevish, ya’ni xalqqa xizmat qilish, Vatanga xizmat qilish 
demakdir. 
Ona tili darslarida o`quvchilarda g`oyaviy-siyosiy tarbiya turli vositalar 
bilan shakllantiriladi. Tarixiy ma’lumotlarni o`rganish, buyuk siymolar, 
yozuvchi va shoirlar haqidagi ibratli hikoyalar, ona tilining qudrati va go`zalligi, 
tilning tasviriy vositalarining bo`yoqdorligini aks ettiruvchi suhbatlar, tadbirlar, 
to`garaklar tashkil qilish orqali amalga oshirish mumkin. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish