Qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Uy vazifasini bajarish uchun tavsiyalar



Download 1,49 Mb.
bet9/10
Sana07.09.2017
Hajmi1,49 Mb.
#19028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Uy vazifasini bajarish uchun tavsiyalar


Uy vazifasi uchun berilgan topshiriq o’rta murakkablikdagi topshiriqlardan sanaladi. U bir vaqtning o‘zida bir necha BKM elementlarini qamrab oladi, shu sababli uy vazifasining o‘quvchilar tomonidan bajarilishiga o‘qituvchi alohida e’tibor berishi lozim.

O‘quvchilarga uy vazifasini berishda quyidagilarni hisobga oling:

  • O‘quvchilarga topshiriqni bajarish tartibini mukammal tushuntirib bering.

  • O‘quvchilarga uy vazifasini bajarishda zarur bo‘ladigan qo‘shimcha manbalar topishda yordam bering.

Darsni yakunlash:


Darsga yakun yasash, baholarni e’lon qilish.

MAVZU: GEOGRAFIYA DARSLARIDA O’RTA OSIYOLIK ALLOMALARNING ME’ROSINI O’RGANISH.

7-sinf

Darsning maqsadi:

  1. talimiy maqsadi: geografiya darslarida O`rta Osiyolik allomalarining yozgan

asarlari va ularning ahamiyatini o`rganish ,o`quvchilarda bilim ,ko`nikma malakalarini shakllantirish.

b) tarbiyaviy maqsadi: o`quvchilarda mustaqil fikr yuritish ,olgan bilimlarini hayotda tadbiq etish,estetik did axloqiy sifatlarini kasb- hunarga bo`lgan qiziqishini tarkib toptirish, o`z yurtiga faxr va iftixor tuyg`isini shakillantirish ,kasb hunarga bo`lgan qiziqishini tarkib toptirish .

s) rivojlantiruvchi maqsad: o`rganilgan mavzulardan asosiy tushunchalarni ajrata bilish ,amaliyotda qo`llashga o`rgatish, fikrlash doirasini kengaytirish.

Dars jihozi : Abu Rayhon Beruniy yaratgan xaritasi, O`rta Osiyoning tabiy xaritasi,

7-sinf darsligi jadvallar ,tarqatma testlar ,krassvord.

Texnik vositalar:

kompyuter,DVD,telivizor.



Dars metodi:”Aqliy hujum”,”Darslik bilan ishlash”,”Guruhlar bilan ishlash”,Ma`ruza”,

Darsning rejasi:

1.O`rta Osiyo tabiatini o`rgangan allomalar.

2.Abu Rayhon Beruniy yaratgan asarlarini hayotda tadbiq etish.

3.”Boburnoma” asarida yurt tabiati va o`simliklari,hayvonot olami haqidagi fikrlar bayonj.

Darsning borishi :

1.Tashkiliy qism:

Salomlashish.Davomatni aniqlash.O`quvchilar bugungi kun ob-havosi va atrof muhitdagi tabiiy geografik o`zgarishlarni sharhlab beradilar,iqtisodiy,siyosiy yangiliklarni bayon etadilar.



2.Asosiy qism.Guruhlash.

O`quvchilar emblemalar orqali uch guruhga bo`linadilar:

“A.R.Beruniy” guruhi.

“Z.M.Bobur.” guruhi.

“Muhammad ibn Muso al –Xorazmiy” guruhi.

O`quvchilar 3ta guruhga bo`linib ,joylariga o`tiradilar.(emblimalar ilova qiladilar)

O`quvchlar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo`lgan qoidalar.

ishlab chiqiladi:



1.Faollik.

2.Vaqtga to`g`ri rioya etish.

3.Aytilgan fikrni takrorlamaslik.

4.O`zaro hurmat.

5.To`g`ri javob uchun rag`bat.

6.O`ng qo`l qoidasi.

7.”Bir yoqadan bosh chiqarish”.

8.Intizom.

Ishlab chiqilgan oltin qoidalar doska chetiga osib qo`iladi.



2.O`tilgan mavzuni so`rash.

2.1Guruhlarda tezkor savollr berish.

O`qituvchi –Aziz o`quvchilar ,mana ,birgalikda O`rta Osiyo tabiati,chegaralari ,geografik o`rni,o`ziga xos xususiyatlari haqida ma`lumotlarga ega bo`ldik. Hozir har bir o`quvchiga shu mavzu bo`yicha alohida topshiriq beriladi.

1-guruhga .Xaritadan O`rta Osiyo chegaralarini ko`rsatish.

2-guruhga. O`lkaning geografik o`rni haqida nimalarni bilasiz?

3-guruhga. O`rta Osiyoning o`ziga xos xususiyatlari haqida ma`lumot berish.

4-guruhga.O`rta Osiyo haqida ma`lumot berish.

2.2 O`rta Osiyo tabiatini o`rgangan allomalar

FSMU” interfaol metodi orqali mustahkamlanadi.

F” - Fikringizni bayon eting,

S” – Sababini ayting,

M” – Misol keltiring,

U” – Umumlashtiring.

3.Yangi mavzuni bayoni.

Yangi mavzu o`qituvchi tomonidan slaydlardan foydalanilgan holda tushintiriladi.

O`rta Osiyo tabiatini o`ganishga shu yerlik olimlar juda katta hissa qo`shgan.Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy IX-asr O`rta Osiyo geografiyasiga asos solgan,uning “Yer tasviri “nomli asari o`z zamonasida eng mukammal geografik asar bo`lgan.Bu asar 1878-yilda rus tiliga tarjima qilingan. O`rta Osiyo tabiati ,geologik tuzilishi, foydali qazilmalari ,xojaligi,tarixi haqida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy

X-XI asrlar juda qimmatli ma`lumotlar yozib qoldirgan.1016 –yilda u dunyoda birinchi globusni yasagan.Mahmud Koshg`ariy ham O`rta Osiyoni ,uning tabiatini o`rgangan,o`zining mashhur “Devonu lug`otun turk” asarida ko`p joy nomlari va geografik terminlar haqida yozib qoldirgan.Zahriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”asaridan 5-sinf “Yer yuzining kashf etilish” ,6-sinfda “Janubiy Osiyo”,”Markaziy Osiyo “,7-sinfda “O`rta Osiyoning geografik tekshirilishi tarixi”,”O`rta Osiyoning yer yuzasi tuzilishi ,asosiy xususiyatlari”,”O`rta Osiyoning daryolari”,”O`zbekiston iqlimi “mavzulari,qolaversa,”Yosh geograf”,sayyohlik va o`lkashunoslik yo`nalishdagi to`garaklar mavzularini o`qitishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.”Boburnoma asarida har bir joy ma`lum bir tartibda tasvirlaydi. Avvalo ,joining geografik o`rni beriladi ,so`ngra iqlimi ,qishloq xo`jaligi, o`simliklari, qazilma boyliklari,hayvonot dunyosi va aholisi haqida yozadi.

Mamlakatdan chet elga chiqariladigan va keltiriladigan mollarni birma –bir sanaydi.Andijonning mevalari shirin ,qovun va uzumi yaxshi bo`lishi Samarqand va Kesh qo`rgonidan so`ng Andijonda katta shahar yo`qligi bayon etiladi.

Bu asarda daryo va ko`llarga oid ma`lumotlar ko`p .Daryolarning chuqurligi ,muzlashi,oqim rejimi , necha tegirmon suv oqishi, suv manbalari batafsil tasvirlanadi.Qozog`stondagi Ars daryosi qishda muzlashi bois askarlar muzning ustidan o`tishlarini bayon qiladi.Qancha suv oqishi xususida yeti-sakkiz tegirmon suv oqadi, deyilsa , daryolarning qirg`oqlari, suvning tuzilishigacha ta`rif berilgan.

Asarda hayvonot dunyosi ham tasvirlangan. Har bir hayvon va qushga batafsil ma`lumot berilgan.Asarda Qobil ta`rifida 1505 yilda kuchli yer qimirlashi bo`lgani keltirib o`tadi. Bobir iqlimga va meteorologik hodisalarga juda qiziqqan .Afg`onistonning issiq va salqin qismlari bir –biriga yaqindir .Qobildan bir kun yursangiz ,hech qachon qor yog`maydigan yerga borasiz,ikki soat boshqa tomonga yursangiz qor hech qachon erimaydigan tomonga borasiz..Boburning bu iboralarini o`qib , tropik iqlim bilan subtropik iqlimning chegarasi Afg`oniston

Janubidan o`tadi,degan xulosaga kelamiz.

Oktyabr to`ntarishidan so`ng O`rta Osiyo tabiiy boyliklari tez sur`atlar

bilan o``zlashtira bos landi.Uning geologiyasi relefi ,iqlimi ,ichki suvlari ,tuprog`I,o`simligi va hayvonot olami ,tabiiy o`lkalari chuqur va har tomonlama o`rganildi.Bu davrda O`rta Osiyo tabiatini o`rganishga H.M.Abdullayev,Q.Zokirov,T.Zohidov ,M.Qoriyev ,H.Hasanov va boshqalar katta hissa qo`shdilar.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so`ng geografik tadqiqotlar tabiatdan uning tabiiy boyliklaridan to`g`ri foydalanish va muhofaza qilish masalalarini o`rganishga yo`naltirildi. Ayniqsa ,suv boyliklarimiz va uni muhofaza qilish ,atrof muhitni toza tutish ,tabiiy jarayonlarini muhofaza qilish inson va tabiat munosabatlari masalalarini o`rganishga e`tabor qaratilgan.

V.Yangi mavzuni mustahkamlash:

Guruhlarga “B.B.B.” metodidan foydalanib olgan bilimlarini mustahkamlash.

1.O`rta Osiyoni o`rganishda IX-XI asrlarda hissa qo`shgan allomalardan kimlarni bilasiz?

2.Zahriddin Muhammad Bobur “Boburnoma “asarida qanday geografik ma`lumotlar bergan?

3.Oktyabr to`ntarishidan so`ng O`rta Osiyo ni o`rganishga hissa qo`shgan olimlardan kimlarni bilasiz?

V.O`quvchilarni baholash va uyga vazifa berish.

G`olib guruhgni aniqlash va baholash.

Uyga vazifa :Mavzuni o`qish .”Boburnoma “asarini o`qish va geografiyaga oid so`zlarni topib kelish.
MAVZU: SHIMOLIY MUZ OKEANI

6-sinf

Darisning maqsadi:O’quvchilarga Shimoliy Muz okeonining geografik o’rni,geologik tuzilishi va foydali qazilmalari va relyeti o’rganish tarixi haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarda mustaqillikga hurmat vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’usini shakillantirish.Tabiiy resurslardan foydalanish jarayonida vujudga kelgan ayrim ekologik muommolar xususida to’xtalib, ularning ekologik madaniyatini boyitish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning dunyo qarashini o’stirish va ularni mustaqil fikirlashga o’rgatish.

Dars o’tish uslubi:Mustaqil ishlash,interfaol usular,aqliy hujum.

Dars jihozi:6-sinif geografiya darsligi.Dunyoning tabiiy va siyosi xaritasi.Atlas mavzuga oyid slayd,foydali qazilmalaridan namunalar , tarqatma materiyallar.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

2. O’quvchilarni guruhlarga bo’lish.

3.O’tilgan mavzuni savol-javob qilish.

4.Rasmlarga tarif berish.

5.Yangi mavzuning bayoni.

6.Mustahkamlash.

7.Uy vazifasi.

1.Tashkiliy qism:

a) salomlashish

b) davomatni aniqlash

s) psixologik muhit yaratish

Navbatchining axborotini aniqlash.Bugungi kun yangiliklari haqida gapiriladi.

Dars shiyori: Fan osmonida qil parvoz.Qancha bilsang,shuncha oz.

2.O’quvchilarni guruhlarga bo’lish;

1 guruh-M.N.Lomonosov’’Yoshlikda olingan bilim toshga oyilgan naqshdir”

2 guruh-S.O.Makarov’’Intilganga toli yor’’

3 guruh-F.Nansen’’Tarixingni bilmasang agar’’ ‘’ Kelajakga tashlama nazar’’.

O’qtuvchi:---O’tgan darsda qanday mavzu bilan tanishgan edik?

O’quvchi:---O’tilgan mavzu.Hind okeonining asosiy xuxusiyatlari,geografiyaning o’rni.

O’rganish tarixi ,okeon tubi relyeti, iqlimi o’rganizimlari,okeoning tabiyat mintaqalari (bilan tanishgan edik) foydali qazilmalari

3.O’tilgan mavzuga:”Zanjir”usuli bilan tashkil etilgan:

Javob:

c)Hind okeani relyefi,geografik o’rni,o’rganish tarixi,organizmlari zanjiri.

O’quvchilarning taxminiy javoblari:

Eng sho’r okean,eng issiq ko’rfazi mavjud.

Hind okeanining maydoni 76 mln/km

O’simlik va hayvonlarga eng kambag’al neft va gaz zaxirasi va qazib olinishi tashiladigan neft hajmi bo’yicha birinchi o’rinda turadi.



4.Quyidagi savollarga javob bering:

a)Hind okeanining maydoni qancha ?

b)”Hind”so’zining ma’nosi nima ?

c)Hind okeanini o’rgangan olimlar kimlar ?

d)Yozuvzis xaritaga Hind okeanidagi foydali qazilmalarni belgilang?

5.Yangi mavzuning bayoni:

SH.Muz okeaning maydoni 15mln/km okean qutb atrofida joylashgan.Uni ikkta materik o’rab turadi.Okean to’grisidagi birinchi ma’lumotni yunon olimi Pitey(er av 325 yil) yozgan va ‘’Qayrilgan dengiz‘’deb nom bergan.Okeani o’rganishda Pyotir(1733-1746)M.V. Lomonosov shved olimi N.A.Nordensheld(1878-1879)yilarning etgan.ekspeditsiyalari muhum axamiyatga ega bo’ldi.

Shunningdek, XIX asr oxirida F.Nansen, S.O.Makarov (1899-y.), R.Piri (1909-y.) Shimoliy qutbni zabt etgan, R.Amundsen (1903-1906-y., 1918-1920-y.) vs boshqalar qimmatli ma’lumotlar to’pladilar.Hozirgi paytda Rossiya,AQSHva Kanada mutaxassislari yerdan va havodan turib Shimoliy Muz okeaninig tabiatini har tomonlama o’rganishmoqda.

Geolog tuzilishi va tabiiy boyliklari

Okean bundan 60mln.yil avval payda bo’la boshlagan.Uning tubi geologik jihatdan Shimoliy Amerika va Yevrosiyo litosfera plitalari tarkibiga kiradi.Okean tubida dengiz,darya va aysberg yotqiziqlari katta moydonda tarqalgan.Ularning qalinligi 1000-3500 m atrofida.Shelf zonasida daryolar, dengiz oqimlari keltirilgan cho’kindi jinslar, okean markazida esa changsimon zarrachalar,biogen yotqiziqlar uchraydi.Qazilma boyliklaridan temir rudasishaxta usulida qazib olinadi,Norvegiya sohillarida titan sochma holda tarqalgan. Neft va gaz Kanadaga tutash suvlarda ko’p qazib olinadi.Daryolarning quyilish joylarida,Oq,Barens,Norvegiya dengizlaridan ko’plab baliq ovlanadi va suvo’tlari yig’ib olinadi.



Okeyan tubi relyefi

Suv tubi relyefini o’rganishbu hidudlarning dengiz emas,balki okean ekanligini ko’rsatadi.Relyefida parallel cho’zilgan tog’ tizimlari,ular oralig’ida chuqur cho’kma (Litke cho’kmasi,5449 m) va botiqlar,kattamaydonni egalagan shelflar uchraydi.SHimoliy Muz okeanining boshqa okeanlardan farqi shundaki,uning 70%maydoni shelflardan iborat.Okeanning o’rta qismida tog tizmalari va Yer po’stining tektonik yoriqlari kesib o’tgan.Okean tagi 200km masofaga cho’zilgan Lomonosov suvosti tog’ tizmasi (balandligi2500-3300m)bilan ikki qisimga bo’linadi.Bu tizmadan g’arbda Gakkelvulqonli tog’I va sharqda Mendeleyev tog’ tizmasi parallel cho’zilgan.Tizmalar oralig’ida Amundsen(chuqurligi 4321m),Nansen (5449m),Makarov (3940m),Kanada (3810m)va boshqa botiqlar joylashgan.Okeanning o’rtacha chuqurligi 1225m,eng chuqur joyi 5527m bo’lib,u Grenlandiya dengizida joylashgan.



Iqlimi:Okean iqlimining o’ziga xos xususiyati Arktika markazida joylashganligi va yil davomida sovuq havo massalalarining hukumronligi bilan ifodalanadi.Uzoq qutb tunlari va kunlari 3-6 oylab davom etadi.Qish oylarida qahraton sovuq (-30’C-40’C)va qorli bo’ronlar makoniga aylanadi.Antarktidahavosiga nisbstan iliq.Bunga sabab Atlantika va Tinch okeanlarda iliq va sho’r suvlsrning okean tubi oqimlarini hosil qilib kirib kelishidir.Aniqlanishicha,150-1000m chuqurliklarni,asosan, Atlantika okeanining illiq va sho’r suvlari egallaydi.Okeandan Grenlandiya sovuq suv oqimi (aysberglar bilan)chiqib ketadi.Ikkta iqlim mintaqasi (arktika va subarktika )mavjud.Ko’pyillik muzlarning qalinligi 3-5m.Suvning sho’rligi chuqurlik tomon o’zgarib boradi.Yuza suvlar sho’rligi 30-32%,tubida 34-35%gacha ortadi.

Tabiat mintaqalari

Iqlim mintaqalariga mos holda ikkita:qutubiy va subqutubiy tabiyat mintaqasi ajiratilgan.Qutubiy tabiyat mintaqasi okeanning chuqur joylarini egalaydi.Siljip yuruvchi muzlar bilan band.Qalashib ketgan muzlar----toroslar k’op uchraydi.Organizimga eng kambag’al Arktika sahrolari zonasi shu yerlarda joylashgan.Subqutubiy mintaqa ,asosan,dengizlar hududni egallaydi. Nisbatan organizmga (hayvonot olami va suvo’tlariga) boy. Yozda muzlarning ko’p qismi eriydi. Daryo suvlari okean suvlarini ancha chuchuklashtiradi. Natijada, organizimlarning rivlanishi uchun sharoit paydo bo’ladi. Baliqlardan treska,tishdor(zubatka),dengiz okuni,seld, paltuz,kambala,shuningdek, kamayib ketgan kitsimonlar,morj,tulen,oq ayiq ko’p uchraydi.Arktikada dengiz qushlari ‘’qushlar bozori’’ni hosil qiladi.



Xo’jalikda foydalanilishi

Shimoliy Muz okeani Kanada,Rossiya va qisman AQSH uchun muhum ahamiyatga ega.U birinchi navbatda arzon dengiz yo’li hisoblanadi.Navigatsiya(kema qatnovi mavsumi) davri 1-4 oy, lekin atom muzyorar kemalari navigatsiyasi davriniancha uzaytiradi.Norvegiya sohillari,Barens dengizida yil davomida kemalar qatnaydi.Dengiz transportida yoqilg’I,jihozlar,yog’och ruda va boshqalar tashiladi.Okean shelflaridan neft,gaz,rudalar qazib olinadi.Turli baliqlar ovlanadi va suv o’tlari yig’ib olinadi.



Darsga oid qo’shimcha ma’lumotlar:

-Shimoliy Muz okeani Dunyo okeanining 4 %ini tashkil qiladi.

-X-XII asrlarda okeanni o’rganishda dastlab ruslar faol qatnasha boshlaydi.

-1899-yilda dunyoda 1-muzyorar ”YERMAK” kemasi ilmiy tadqiqotlarga kirishadi.

-1937-yilda “Shimoliy qutb-1”stansiyasi suzib yuruvchi muz ustida tashkil etiladi.

-Sheliflar okeanining 1/3 qismni tashkil etadi.

-Shimoliy Muz okeanining 150-200 m dan 700-1000 m chuqurlikda Atlantika okeanining iliq suvlari bilan to’lgan.

-Shimoliy Muz okeani qirg’oqlari qushlar bozoriga boy.

-Okeanda navigatsiya (suzish davri) 1-4 oy davom etadi.

-Arktikaning tipik (o’ziga xos) hayvonlari: oq ayiq, qutb tulkisi,kitlar,morj,tulen va h.k.

-Sholiy Muz okeani eng sovuq va sayoz okean.

Okean haqidagi ma’lumotlar:

Maydoni----14,7mln.kv.km

Suv hajmi----18,17mln.kv.km

Chuqurligi—eng chuqur joyi--5527 m.

O’rtacha chuqurligi----1220’ m.

Ko’p tarqalgani---1000-2000 m.

Suv yuzasining o’rtacha harorati-1,2C.

O’rtacha sho’rligi----300/00.

To’lqinlari-o’rtachasi-0,5-1 m.

Kuchlisi -6,2m.

Kotlovinalari—6,2 m.

Suv osti tizimlari---7ta.

Dengizlar---9ta.

Uyga vazifa: Mavzuga doir 15 ta test tuzish.

MAVZU: HAVO HARORATI VA BOSIMI

5-sinf

Darsning maqsadi: Havo harorati va uning bosimi haqida ma’lumot berish va bilimlarini boyishitish.


  1. Ta’limiy

  2. Tarbiyaviy: Ekologik tarbiya berish tabiatni sevishga o’rgatish.

  3. Rivojlantiruvchi: O’quvchining dunyoqarashlarini kengaytirish mustaqil fikirlash qobilyatlarini rivojlantirish.

Dars usuli:Ma’ruza interfaol usul kalster.

Forma: kichik guruhlarda va jamoada ishlash.

Dars jixozi: vosita: Globus xarita tarqatma materiallar matnlar rasmlar texnik vositalar ko’rgazma palakatlar.

Darsning bayonida ta’lim standartlari talabi:Mavzuga oid bilim ko’nikma va malakalarga ega bo’lish.



Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

A) Salomlashish

B) Navbatch axboroti

S) Dunyo yangiliklari.

Guruhlarga bo’lish.

1-guruh “Beruniy”

2-guruh “Xorazmiy”

3-guruh “Bobur”

O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy xujum o’tkazish.

1. Litosfera nima?

2. Yer po’sti qanday tarkib topgan?

3. Platforma nima? Dunyodagi eng katta platformani ayting.

4. Yer po’sti qanday hosil bo’lgan?

Savollarga to’g’ri mantiqiy javob bergan o’quvchilarga qizil jitonlar berildi.

a) Yangi mavzu bayoni

Reja:

1. Havoning harorati

2. Havo harorati bosimi

3. Havo bosimi asboblari.

Havoning harorati termometir yordamida o’lchanadi Termometr yordamida yer yuzidan 2m balandga, quyosh nuri tushmaydigan soya joyda o’r natiladi.Meteorologik stnsiyalarda termometr maxsus metrologik quti ichiga qo’yiladi. Quti ichiga havo erkin kirib-chiqib turadigan qilib ishlanadi.qutining eshigi shmol tomonda bo’ladi. Shunda quti eshigi ochilganda quyosh nuri termometrga tushmaydi.

Dunyodagi ko’pchilik metreologik stansiyalarda ob-havo holati, shu jumladan havo harorati har uch soatda kuzatib turiladi. So’ngra o’rtacha harorat aniqlanadi. Buning uchun sutka davomidagi barcha kuzatish natijalari qo’shilib, necha marta kuzatilgan bo’lsa, shunchaga bo’linadi.

Oylik o’rtacha haroratni topish uchun oydagi kunlik o’rtacha haroratlar qo’shilib oyning kunlari soniga bo’linadi.Yillik o’rtacha haroratni qo’shilib oyning kunlari soniga bo’linadi.Yillik o’rtacha o’rtacha haroratni topish uchun hamma oylar o’rtacha harorati qo’shilib 12 ga taqsimlanadi.

Oylik o’rtacha haroratni topish uchun oydagi kunlik o’rtacha haroratlar qo’shilib oyning soniga bo’linadi.Havo haroratini kuzatish uning sutka va yil davomida ancha o’zgarib turishini ko’rstadi. Havoning harorati kunduz kuni soat 14 va 15 larda eng va erta bilan quyosh chiqishi oldidan eng past bo’lishi kuzatiladi.Sutkalik havo haroratining eng yuqori va eng past ko’rsatkichlari orasidagi farq havo haroratining sutkalik ampletudasi deb ataladi.

Havo bosimi havo juda yengilga o’xshaydi lekin uning ham og’irligi bor masalan: dengiz bo’yida 1km2 havoning 1kg 330g havo qo big’i yer yuziga katta kuch 1sm2 yuzaga 1kg kuch bilan bosadi.

Havo bosimi – Barometr asbobi b ilan o’lchanadi.Baros-og’irlik, bosim,metr o’lchash.Barometr ikki hil bo’ladi:simobli barometr va metal barometr-aneroid barometr.

Dengiz bo’yida havo harorati 00 bolganda barometr naychasidagi simob 760mm ni ko’rsatidi.Shunda havo bosimi 760mm simob ustuni og’irligiga teng bo’ladi.Bunday bosim normal (meyordagi) bosim deyiladi.

Mustaxkamlash:

Savol:1.Havo harorati qanday o’lchanadi?

2. Havo harorati ampletudasi nima?

Baholash:

Guruhlarni taqdirlash.

“5” ball sistemasida.

Uyga vazifa:

Mavzuni o’qish 5 minut Mavzuga oid atmalarni o’rganish va yozish.


MAVZU: Jahon tabiiy resurslari


zu



Dars maqsadi:

  1. Ta’limiy – O’quvchilarda insonning tabiatga ta’siri, uning oqibatlari, geografik muhit, tabiiy resurslar va ularning turlari haqida tushuncha berish.

  2. Tarbiyaviy – atrof- muhitga bo’lgan munosabatni rivojlantirish, tabiat ne’matlaridan unumli foydalanishni o’rgatish va shuning negizida Vatanga muxabbat tuyg’usini, vatanparvarlikni kuchaytirish.

  3. Rivojlantiruvchi – mavzu yuzasidan o’quvchilarda bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirish va to’gri yo’naltirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash

Dars metodi: Zinama-zina, 5-si ortiqcha

Dars jihozi: Darslik, xarita, tarqatma materiallar, AKT

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism. 3 daqiqa

  1. Salomlashish, sinfni darsga tayyorlash

  2. O’quvchilar davomatini aniqlash

  3. Ko’rgazma va jihozlarni tayyorlash

  1. O’tgan mavzuni takrorlash. 10 daqiqa

O’tgan darsda “Jahon mamlakatlari davlat tuzumi va boshqaruv shakllari” mavzusi o’tilgan. Mavzuni takrorlab olish uchun “Zinama-zina” texnologiyasining elementidan foydalaniladi. Buning uchun sinf 2 ta guruhga ajratiladi. 1-guruh “Donolar”, 2-guruh “Zukkolar”. O’quvchilar qoida bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga oddiydan murakkabga qarab savollar beriladi. Marraga yetgan guruh g’olib hisoblanadi.

(ilova - 1)



  1. Yangi mavzu bayoni. 17daqiqa

Insoniyat tabiat qo‘ynida paydo bo‘ldi, ulg‘aydi, hozirgi intellektual yetuklik (sivilizatsiya) darajasiga yetdi. U ana shu evolutsion rivojlanishi davomida tabiatdan asosiy yashash vositalarini oldi, uni chuqur o‘zlashtirishga erishdi va, o‘z navbatida, unga o‘z ta’sirini o‘tkazib keldi. Boshqacha aytganda, o‘tgan uzoq tarixiy davrlar davomida insoniyatning tabiatga, tabiatning esa inson hayotiga o‘zaro ta’siri uzluksiz kuchayib bordi. Binobarin, taraqqiyot jarayonining barcha davrlarida insoniyat tarixini uning tabiat bilan o‘zaro aloqalari tarixi ham deb hisoblash mumkin. Ana shu tobora kuchayib borgan, uzluksiz o‘zaro aloqalar jarayoni jamiyat va tabiatni ularning hozirgi holatiga olib keldi.

Jamiyatning rivojlanishi jarayonida zamin bo‘lgan ona Yer, ona Tabiat insoniyat sivilizatsiyasining dastlabki davrlaridan to hozirgacha o‘z boshidan katta o‘zgarishlami o‘tkazdi. Jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqadorligi jarayoni bir necha bosqichlami o‘z ichiga oladi.

Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida inson, asosan, tabiat bergan ne’matlar hisobiga yashagan. U ovchilik, baliqchilik bilan shu- g‘ullangan, o‘simlik ildizlarini yeb kun kechirgan. Tabiiyki, u davrlarda kishilar o‘simlik va hayvonlarga boy bo‘lgan, asosan, iliq va nam hududlarda jamoa bo‘lib yashashga intilganlar. Inson hayotining ushbu bosqichlari fanda ibtidoiy jamoa davri deb ataladi.

Insoniyat hayotining 2-bosqichida dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari rivojlana bordi. Aynan shu davrlardan boshlab Nil, Dajla va Frot, Hind va Gang, Xuanxe va Yanszi, Amu va Sirdaryo vodiylari, Qadimiy Yunoniston va Rim davlatlari ana shunday katta ijtimoiy o‘zgarishlarga erishgan hududga aylandi.

Yillar, asrlar o‘tishi davomida jamiyat bilan tabiatning o‘zaro ta’siri ham sekin-asta kengayib bordi. Awalo, insonning tabiatga ta’siri kuchaya bordi.

Bular, o‘z navbatida, jamiyat hayotida tobora katta o‘zgarishlaming kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Asta-sekin aholi soni orta boshladi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotining 3-bosqichi hisoblanmish 0‘rta asrlar davrida yer, mineral va o‘rmon resurslarini kengroq o‘zlashtirishga kirishila boshlandi. Karvon yo‘llari (Buyuk ipak yo‘li) orqali hududlararo aloqalar kuchaya bordi. Aholining ko‘paya borishi yerlarga ishlov berishni kuchaytirish va yangi hududlami o‘zlashtirishga undadi.

Bunday o‘zgarishlar, eng avvalo, «Eski dunyo» hududlariga, ya’ni G‘arbiy Yevropa, Osiyoning janubiy mintaqa kengliklarida joylashgan mamlakatlarga xosdir. Tabiiyki, 0‘rta asrlar davrida aholining yashash hududlari yanada kengaydi. Bular, eng avvalo, kashf qilingan «Yangi dunyo» deb atalmish Amerika va Avstraliya qit’alarining o‘zlashtirila borishi misolida o‘z ifodasini topadi.

Jamiyat bilan tabiatning o‘zaro ta’siri jarayonining 4-bosqichida inson tomonidan tabiatni o‘zlashtirish ancha tezlashdi. Ayniqsa, Yevropada ishlab chiqarish kuchlarining yanada rivojlanishi xilma-xil tabiiy resurslami o‘z- lashtirish sur’atlarini keskin tezlashtirdi. Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, Afrika, shuningdek, insoniyatning eng qadimiy beshiklaridan Osiyo hududlarini to‘laroq egallash, ulami mustamlakalarga aylantirish va iqtisodiy jihatdan o‘zlashtirish harakatlari mazkur taraqqiyot bosqichining asosiy mazmuniga aylangan edi. Tabiiyki, bu holat Yevropada sanoat rivojlanishida tub burilishlaming boshlanishiga asos bo‘ldi. Dunyo miqyosida tabiiy landshaft- laming tez sur’atlarda o‘zlashtirilishi (bo‘sh yotgan yerlaming haydalib, ekin maydonlariga aylantirilishi, tabiiy va ijtimoiy boyliklaming ayovsiz ishga solina borishi, temiryo‘llar qurilishining avj olishi kabilar) natijasida inson faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’siri sekin-asta kuchayib bordi.

XX asming ikkinchi yarmidan boshlangan hozirgi fan-texnika inqilobi davrida jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar faolligi o‘zining eng yuqori darajasiga yetdi. Bu bosqichda «Jamiyat - tabiat»ning o‘zaro munosabatlarida jamiyatning faolligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bu davrga kelib inson tomonidan yer yuzasi tabiatini keng miqyosda o‘zlashtirishga erishildi. Ayniqsa, FTI davrida turli tabiiy resurslardan foydalanish sur’atlarining tinimsiz ortib borishi, tabiatga murakkab tarkibli, ko‘p hollarda har taraflama zaharli sanoat va boshqa turdagi chiqindilaming tinimsiz chiqarib tashlanishi tobora «jamiyat - tabiat» o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardagi muvozanatning buzila borishiga sabab bo‘lmoqda. Bu holatda insoniyat o‘z oykumena1 chegaralarini tinimsiz kcngaytirib bordi. Olimlaming hisob-kitoblariga ko‘ra hozirgi vaqtda inson tomonidan o‘zlashtirilgan antropogen landshaftlar dunyo quruqligining 60% dan ortiqroq maydonini egallaydi. Ayniqsa, quruqlikning 20% qismida tabiiy landshaftlar tubdan o‘zgartirilgan: ular shahar va qishloqlar, industrial ishlab chiqarish obyektlari, ekinzor va bog‘lar, yo‘llar va suv omborlari, qo‘lda ekilgan o‘rmonlar va istirohat joylaridir.

Demak, inson o‘z hayoti sharoitini takomillashtirish va ko‘lamini kcngaytirishi yo‘lida sayyoramizning mintaqalarida tabiat imkoniyatlaridan tobora ko‘proq foydalanishga harakat qildi hamda shunga erishdi, o‘ziga xos yashash muhitini yaratdi. Fanda bu geografik muhit deb ataladi. Shunday qilib, jamiyat o‘z ijtimoiy faoliyati davomida tabiatdan ko‘proq resurslami oladigan va ayni vaqtda, tabiatga tobora ko‘proq turli xil chiqindilami chiqarib tashlaydigan bo‘lib qoldi. 0‘z navbatida, bu jarayon insoniyat oldiga bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan:

  1. Tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish;

  2. Atrof-muhitni ifloslanishdan muhofaza qilishdek juda dolzarb muammolami qo‘yadi.

Insoniyat o‘z hayoti va ijtimoiy faoliyati davomida turli xil tabiiy resurslar (boyliklar)dan foydalanadi.

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish