LABORATORIYA ISHI №2.
KOMPYUTER SISTEMASINI SETUP DASTURI VOSITASIDA SOZLASH, KONFIGURATSIYASINI O‘ZGARTIRISH
Ishning maqsadi.
Talabalarda kompyuter sistemasiga Setup orqali kirish hamda uning konfiguratsiyasini o‘zgartirish ishlarini amaliy bajarish bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Setup dasturi bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur. Masalan, kerakli fayllarni boshqa kompyuterga yoki boshqa vinchesterga olib qo‘yish lozim, chunki BIOS’ga doir biror boshqa sozlashni o‘zgartirib qo‘ysangiz, kompyuteringiz ishlamay qolishi mumkin.
BIOS dasturiga, operatsion tizim ishlab turgan paytda kirib bo‘lmaydi, bu xavfsizlik sababli qilingan. Uning uchun kompyuterni qayta yuklash lozim. Kompyuter yonganda, ekranda bir muddat BIOS’ga qanday kirish haqida axborot chiqadi, odatda “Press DEL to enter SETUP” ko‘rinishida bo‘ladi. Agar bu xabarni o‘qiy olmasangiz, bu haqidagi ma’lumot Motherboard (Материнская плата) qo‘llanmasida ham bo‘ladi, shu yerdan bilib olishingiz mumkin.
Agar qo‘llanma bo‘lmasa va BIOS’ga qanday kirishni bilmasangiz, kompyuter yonganda Delete, F1 yoki F2 tugmalaridan birini tez-tez bosib natijasini kuting, agar operatsion tizim yuklanishi boshlanib ketsa, demak, bilingki siz bosgan tugma BIOS dasturiga kirishni amalga oshirmaydi, qolgan ikki tugmani bosib harakat qilib ko‘ring. Kirish amalga oshganligini ekranga chiqadigan ko‘k fonli, bir necha menyulardan tashkil topgan oynadan bilish mumkin.
Notebook’larda, chiqarilgan firmaga qarab, BIOS’ga standartdan tashqari (delete, F1, F2) tugmalar orqali kiriladi.
BIOS menyulari
1. Standard CMOS Features — menyuda, tizim tomonidan ko‘rsatiladigan vaqt, kun kabi axborotlar, undan tashqari disklarni sozlash va POST xatolar haqida ma’lumotlarni ko‘rish va ularni sozlash mumkin bo‘ladi.
2. Tiger Central Control Unit — menyuda, tezkor xotira(RAM), protsessor(CPU)kabi kompyuter elementlarini ishlashini sozlash va ular haqida axborot olish mumkin bo‘ladi. Aynan shu menyu orqali kompyuter ishlashini tezlashtirish(разгон) imkoni mavjud.
3. Advanced BIOS Features — kompyuter yuklanishni qanday amalga oshirish kerakligi, protsessor sozlashlari va xotirani keshlash kabi sozlashlar amalga oshiriladi. Undan tashqari kompyuter yoqilishida qaysi diskdan yuklanishi kabi savollarga ham javob topiladi.
4. Advanced Chipset Features — bu menyu motherboard’dagi chipsetni sozlash va tezkor xotira ishlash parametrlarlarini belgilash uchun ishlatiladi.
5. Integrated Peripherals – motherboard’da mujassamlashgan elementlarni sozlash uchun (audio, video, kontrollerlar,…).
6. Power Management Setup – kompyuterning elektr ta’minotini boshqaradi, undan tashqari bu menyu orqali kompyuterni o‘chish va yoqilishini avtomatlashtirish ham mumkin.
7. PnP/PCI Configurations — tizim resurslarini qurilmalarga taqsimlash va PCI sozlashlarni amalga oshiradi.
8. PC Health Status — bu menyu orqali kompyuter ishlashini monitoring qilish mumkin bo‘ladi. Ba’zi elementlarning haroratini, kulerlarning aylanish tezligini va hk.
9. Load Fail-Safe Defaults — BIOS sozlashlarini eski holatiga qaytaruvchi menyu. Bu menyu, bilib-bilmasdan BIOS sozlashlarini o‘zgartirib qo‘ygan va orqaga qaytarishni bilmagan foydalanuvchilar uchun qulaydir.
10. Load Optimized Defaults — bir necha qiymatlarni bergan holda, kompyuter ishlashini optimizatsiya qilish uchun ishlatiladi.
11. Set Supervisor Password – BIOS dasturiga parol o‘rnatish (superfoydalanuvchiga, administratorga), bu ishni juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiring.
12. Set User Password — bu ham yuqoridagi kabi parol qo‘yish uchun ishlatiladi, lekin administratorga emas, balki oddiy foydalanuvchiga, bu foydalanuvchi sozlashlarni ko‘rishi mumkin bo‘ladi, lekin o‘zgartiraolmaydi.
13. Save & Exit Setup — qilingan barcha ishlar(sozlashlar)ni saqlab, BIOS’dan chiqish.
14. Exit Without Saving – barcha sozlashlarni saqlamasdan BIOS’dan chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |