Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication



Download 3,46 Mb.
bet25/74
Sana27.05.2022
Hajmi3,46 Mb.
#611013
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
Bog'liq
UMM KTXK Kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatish

Savol va topshiriqlar

1.

Zamonaviy OSlarga misol keltiring.

2.

Zamonaviy OSlarni ishlab chiqarayotgan ilg‘or kompaniyalar?

3.

OSlarni tanlashda ularning qaysi xususiyatlari hisobga olinadi?

4.

Windows NT oilasiga mansub operatsion sistemalar.

5.

Windows 8.1 OS haqida ma’lumot bering.



Mavzu №10.


FAYLLARGA VA DISKLARGA XIZMAT KO‘RSATISH


Reja:
1. Fayllarga xizmat ko‘rsatish.
2. Disklarga xizmat ko‘rsatish.


Tayanch tushunchalar: fayl; fayllarni qismlarga bo‘lish; fayllarni birlashtirish; fayllarni zichlash va qayta tiklash; arxivator; arxivni himoyalash; parol; Scandisk; NDD; defragmentatsiya.


1. Fayllarga xizmat ko‘rsatish.
Fayllarga xizmat ko‘rsatish deganda quyidagilar tushuniladi:

  • fayllarni arxivlash yoki arxivdan ochish;

  • fayllarni qismlarga bo‘lish va ularni birlashtirish;

  • fayllarni zahirali nusxalash;

Axborotlarni uzatish, ularni saqlash kabi axborot jarayoni ishtirokchilariga arzonga tush­maydi. Shu sababli ma’lumotlarni arxivga joylashtirish yoki aloqa kanali orqali jo‘natishdan oldin doimo uni siqish zarurati tug‘iladi. Bunga mos ravishda teskari amalni, ya’ni arxivlangan ma’lumot­ni tiklash, kengaytirish zarurati ham mavjud.
Siqilishi zarur ma’lumotlar qanday obyektda joylanganiga qarab quyidagicha farqlanadi:

  • fayllarni zichlash (arxivlash);

  • papkalarni zichlash (arxivlash);

  • disklarni zichlash.

Fayllarni zichlash, ularning o‘lchamlarini elektron tarmoq kanallari bo‘yicha jo‘natish yoki tashqi tashuvchilarda, masalan yumshoq disklarda biror joyga yetkazish uchun qo‘llaniladi.
Papkalarni zichlash, ma’lumotlarni uzoq muddat saqlashda arxivlangan ma’lumotlar sifa­tida, jumladan zahiraga nusxa olishda foydalaniladi.
Disklarni zichlash, disklarning ishchi sohasidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsa­diga xizmat qiladi, odatda u yetarlicha hajmga ega bo‘lmagan disklar uchun qo‘llaniladi.
Agar ma’lumotlarni siqishda uning ma’nosi o‘zgarsa, siqish usuli qayta tiklanmaydigan hi­soblanadi va siqilgan fayldagi ma’lumotlar tiklanganda boshlang‘ich ketma-ketlik to‘la tiklanmaydi. Bunday usullar axborot yo‘qotilishi boshqariladigan siqish usuli ham deb ataladi. Ular faqat ma’lu­motning biror ma’no qismi yo‘qotilganda, uning qimmatini pasaytirib yubormaydigan ma’lumot turlari uchungina qo‘llaniladi. Bu birinchi navbatda multimediali ma’lumotlariga taalluqli: video­qatorlar, musiqiy yozuvlar, ovoz yozish va rasmlar. Odatda, ma’lumotlar yo‘qotilishi bilan siqish usullari qaytariladigan usullarga nisbatan yuqori siqish darajasiga ega bo‘ladi, biroq ularni matnli hujjatlarga, ma’lumotlar bazasiga va ayniqsa dastur kodlariga umuman qo‘llab bo‘lmaydi.
Axborot yo‘qotilishi bilan siqish usuli formatlariga quyidagilar kiradi:

  • .JPG grafik ma’lumotlar uchun;

  • .MPG video ma’lumotlar uchun;

  • .MPZ ovozli ma’lumotlar uchun.

Agar ma’lumotlarni siqishda faqat uning tuzilishi o‘zgarsa, u holda siqish usuli qaytarila­digan hisoblanadi. Qaytariladigan usulni qo‘llash yo‘li bilan zichlangan koddan boshlang‘ich mas­sivni tiklash mumkin.
Qaytariladigan usul ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni siqish uchun qo‘llaniladi. Axborotlar yo‘qotilmaydigan siqish formatlariga quyidagilar kiradi:
.GIF, .TIF, .PCX va boshqalar, grafik ma’lumotlar uchun;
.AVI video ma’lumotlar uchun;
.ZIP, .ARJ, .PAR, . LZH, .LH, .CAB va boshqalar, ixtiyoriy turdagi ma’lumotlar uchun.
Ko‘p hollarda, arxivni himoyalashni parollar yordamida amalga oshiriladi. Arxivni ochish­da, o‘zgartirishda yoki undagi ma’lumotlarni ko‘rishda parol so‘raladi. Nazariy jihatdan, parol yor­damida himoyalash qoniqarsiz hisoblanadi va o‘ta muhim axborotlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bir vaqtning o‘zida shuni ta’kidlash joizki, yo‘qotilgan parolni tiklash uchun (yoki yopiq axborotni sindirish uchun) ishlatiladigan asosiy dasturiy vositalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri birma-bir tanlash usul­laridan foydalanadi. Agar tanlash sohasi kengaytirilsa, bu vositalarning ishlashi qiyinlashadi va sezirarli darajada sekinlashadi.
Ingliz alfavitining harflari va raqamlar asosida tuzilgan parollar haqiqatda juda tez yechiladi. Biroq, imlo belgilari hisobiga paroldagi belgilar sonini orttirish ham himoyaning kripto­mustahkamligini ko‘p marta oshiradi, shuningdek milliy alfavit harflaridan foydalanish esa birma-bir tanlash usuli bilan ma’lum muddatda parolni yechish imkonini yo‘qqa chiqaradi.
Operatsion sistema imkoniyatidan foydalanib papka va fayllarni yashirish va ko‘rsatish mumkin. OS, o‘rnatilgan tartibda, tizimli deb hisoblangan hamda yashirilgan fayllarni papka oyna­sida ko‘rsatmaydi. Bu ularni tasodifiy o‘chirib yubormaslik maqsadida qo‘llanilgan. Papkada ko‘rinmadigan fayllarning mavjudligi haqidagi ma’lumot holatlar satrida ko‘rsatiladi. Bundan tash­qari, OT ayrim xizmat papkalariga (masalan, Windows papkasiga) kirishga ruxsatni tasdiqlashni talab qilib, ogohlantiruvchi xabarni berishi mumkin.
Agar yashirilgan va tizimli fayllarni ko‘rsatish faollashtirilgan bo‘lsa, bunday fayllarning belgilari yarim shaffof holda ko‘rinadi va unga alohida e’tibor berish kerakligini anglatadi.
Yashirilgan va tizimli fayllarni ko‘rinmas holatga o‘tkazish yoki ko‘rsatish uchun “Сервис > Свойства папки > Вид” buyrug‘i bajariladi.
“Файлы и папки” bo‘limidagi “Дополнительные параметры” maydonida “Скрытые файлы и папки” deb nomlangan kalitlar (переключателы) guruhi mavjud. Kerakli kalitni tanlash orqali yashirilgan fayl va papkalarni ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslik mumkin.
Microsoft Word dasturida hujjatni noqonuniy o‘zgartirishdan himoyalash maqsadida hujjat­ga noqonuniy o‘zgartirishlar kiritishni chegaralashning bir nechta imkoniyatlari mavjud:

  • hujjatni ochish uchun parol tayinlash (begona foydalanuvchilar hujjatni ochishlarini taqiq­lash uchun, parol qo‘yiladi);

  • yozishga ruxsat berish parolini tayinlash (barcha foydalanuvchiga fayllarni ochishga ruxsat, faqat ayrimlarga o‘zgartirishga imkon berish uchun yozishga ruxsat berish paroli tayin­lanadi. Agarda biror foydalanuvchi yozishga ruxsat etilmagan hujjatni o‘zgartirsa, u hujjatni faqat yangi nom bilan saqlashi mumkin);

  • faqat o‘qishga ruxsat etish tavsiyasi (boshqa foydalanuvchilarni hujjatni faqat o‘qish uchun ochishga taklif etish mumkin. Agar foydalanuvchi faqat o‘qishga ruxsat etilgan xujjatni ochsa va unga o‘zgartirish kiritsa, u bu hujjatni faqat boshqa nom bilan saqlashi mumkin);

  • elektron shakl maydonini o‘zgartirishdan himoyalash (kerakli vakolatga ega bo‘lmagan foydalanuvchilarga, faqat ma’lum shakl maydoniga ma’lumot kiritishga imkon berish uchun shaklni o‘zgartirishga ruxsat beruvchi parolni tayinlash mumkin);

  • hujjatni tuzatish yozuvlari va izohlar kiritishdan saqlash yo‘li bilan retsenziyaga tayyorlash (hujjatlarni retsenziyaga tayyorlashda boshqa foydalanuvchilarga, hujjatga izoh va tuzatish­lar yozishga (tuzatishni belgilash bilan) yoki faqat izohlar qo‘shishga ruxsat berish mumkin. Himoyani kuchaytirish maqsadida foydalanuvchilar bu turdagi himoyani olib tashlay olmas­ligi uchun parol tayinlash mumkin).

2. Disklarga xizmat ko‘rsatish.


Shaxsiy kompyuterlarning axborotlarni uzoq va ishonchli saqlovchi vositasi – bu magnit disklardir. Kompyuterlarning ishlash jarayonida tezkor xotira va disk qurilmasi o‘rtasida uzluksiz axborot almashinuvi amalga oshiriladi.
Disklarning yuqori sifatli tayyorlanganligiga qaramay, amalda kompyuter diskidagi axborot­larning buzilish hollari sodir bo‘lib turadi. Ba’zan esa diskning fayllar tizimida buzilishlar sodir bo‘ladi. Bu buzilishlar quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘lishi mumkin:

  • diskning fizikaviy shikastlanishidan;

  • disk sirtining ifloslanishidan;

  • kompyuterning avariyali o‘chirilishidan;

Bundan tashqari fayllar joylashuvidagi o‘zgarishlar kompyuter ishlashini birmuncha sekin­lashtirishi mumkin.
Disklarni ishlatishda ko‘pincha fizikaviy va mantiqiy buzilishlar uchrab turadi va bular axborotlarning xato o‘qilishiga olib keladi.
Fizikaviy kamchiliklar mexanik ta’sirlar, magnit maydoninng ta’siri, magnit qatlamining eskirishi va boshka sabablarga ko‘ra paydo bo‘lishi mumkin. Bu o‘z navbatida ba’zi sektor va klasterlarni ishga yaroqsiz holga keltiradi va bunda holda faylni to‘lik tiklab bulmaydi.
Mantiqiy kamchiliklar diskning sistema sohasidagi zararlanish tufayli kelib chiqadi. Bularga bo‘limlar jadvali (табл. разделов), fayllar joylashuv jadvali (FAT), yuklovchi sektor (загрузочний сектор), kataloglar va boshqalar kiradi. Bunday buzilishlar tok manbaining to‘satdan o‘chirilishi, xato ishlovchi dasturlarning to‘xtab qolishi, kompyuter viruslari ta’sirida sodir bo‘lishi mumkin.
Disklarga xizmat ko‘rsatish deganda quyidagilar tushuniladi:

  • diskni kompyuterga o‘rnatish yoki kompyuterdan yechish;

  • diskni nuqsonli yoki benuqsonlikka tekshirish;

  • diskni virusga tekshirish;

  • diskni formatlash;

  • diskni tozalash;

  • diskni mantiqiy bo‘laklarga bo‘lish;

  • diskning mantiqiy bo‘laklarini birlashtirish.

Buzilgan fayllar va disklarni tiklash uchun CHKDSK, SCANDISK, DEFRAG utilitlari va NDD dasturlari ishlatiladi.
Disklardan foydalanish vaqtida, ularning ish faoliyatlarida ayrim kamchiliklar yuzaga kela­di. Fayllarni yozish va o‘qish amallari bajarilmay qoladi, bu albatta disklarning fizik va mantiqiy buzilishlaridan kelib chiqadi. Disklardagi mantiqiy va fizik buzilishlarni davolash uchun Norton Disk Doctor (NDD) utiliti qo‘llaniladi.
NDD dasturi avtomatik tarzda disklarni tashxis qiladi va buzilgan disklarni davolaydi.
Diskka tashxis qo‘yish – diskning holatini har tomonlama tahlil qilish va ulardagi mantiqiy buzilishlarni aniqlashdir.
Tashxis jarayoni maxsus testlar orqali olib boriladi. Diskdagi buzilishlarni aniqlagani haqida NDD foydalanuvchiga ma’lumot beradi.
ScanDisk dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi, papkalar va asosiy diskdagi fayllar­ning xatoliklarini aniqlaydi.
Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng ko‘pchilik fayllar fragmentlarga ajraladi va ular diskning har xil bo‘laklarida joylashib qoladi, bu esa faylni o‘qish va saqlash ishlarini sekinlashtiradi. Fayllarni bir joyga to‘plash va ularni siqish jarayoni defragmentatsiya deb yuritiladi va bu jarayon fayllarni yozish va o‘qishni tezlashtirish imkonini beradi.
Fayllarni defragmentatsiya qilish – “Defragmentatsiya diska (Defrag)” dasturi yordamida amalga oshiriladi. Bu dastur ishlaganda, ekranda defragmentatsiya oynasi ochiladi va defragmen­tatsiya jarayoni qanday kechayotgani dastur tomonidan foizlarda ko‘rsatib turiladi.



Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish