Qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari


 - MAVZU. MILLIY-MA’NAVIY NEGIZLARGA TAYaNISH –



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana04.10.2019
Hajmi0,7 Mb.
#22991
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ЎДЖҚНА2-6МАВЗУлар


6 - MAVZU. MILLIY-MA’NAVIY NEGIZLARGA TAYaNISH –

DEMOKRATIK

JAMIYaT QURISHNING ZARURIY SHARTI

REJA:

1.

MILLIY-MA’NAVIY  NEGIZLAR  TUSHUNCHASI,  MAZMUNI  VA

MOHIYATI 

HAMDA 

MUSTAQILLIK, 

DEMOKRATIK 

JAMIYAT

QURILISHIDA UNING YANGICHA MAZMUN KASB ETISHI.

2.

DEMOKRATIK  JAMIYAT  QURILISHIDA  MILLIY  G’OYA  VA

MA’NAVIY  NEGIZLARGA  TAYANISH  ZARURIYATI  HAMDA  UNGA

ZID JARAYONLARGA QARSHI KURASHISH.

3.  MILLIY  VA  MA’NAVIY  O’ZGARISHLARNING  DAVLAT  VA

JAMIYAT QURILISHIDA AKS ETISHI.

1. Milliy-ma’naviy negizlar tushunchasi, mazmuni va mohiyati

hamda mustaqillik, demokratik jamiyat qurilishida uning

yangicha mazmun kasb etishi

O’zbekistonda

demokratik

jamiyat

qurishning

milliy-ma’naviy

negizlari.

Mustaqillikni mustahkamlash davrida jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy,

barcha jabhalarda tub tarixiy burilish bilan bog’liq bir qator muammolarni  va  vazifalarni hal

etishni  taqozo  etadi.  Ana  shunday  ulkan  vazifa  va  mashuliyat  xalqimizdan  bir  tomondan

ma’naviy yangilanish jarayonini to’liq idrok etishni, ikkinchi tomondan esa demokratik jamiyat

qurishda unga tayanishni taqozo etadi. Negaki milliy-ma’naviy yangilanish, yuksalish, taraqqiyot

omiliga  aylanmoqda.  SHu  bois,  mustaqillik  yillarida  jahon  tsivilizatsiyasiga  salmoqli hissa

qo’shgan buyuk allomalarimizning merosini ham yangidan ijodiy o’zlashtirish hayotiy ehtiyojga

aylandi. Ayniqsa, Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, Hoja Bahouddin Naqshband, Hoja Ahmad

Yassaviy,  Al-Xorazmiy,  Ahmad  Farg’oniy,  Beruniy, Ibn  Sino,  Amir  Temur,  Mirzo  Ulug’bek,

Alisher  Navoiy,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur,  Abdulla  Qodiriy,  CHo’lpon,  Fitrat,  Behbudiy,

Usmon  Nosir  va  boshqa  ko’plab  buyuk  siymolarimiz  ilmiy-adabiy  merosini  o’rganish

mamlakatimizda  barpo  etilayotgan  demokratik  jamiyatning  milliy-ma’naviy negizlarini  tashkil


71

etadi.  Mustaqilligimizning  dastlabki  kunlaridanoq,  ajdodlarimiz  tomonidan  ko’p  asrlar

mobaynida  yaratib  kelingan  g’oyat  ulkan,  bebaho ma’naviy va  madaniy  merosni  tiklash  davlat

siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi.

Biz ma’naviy qadriyatlarni  tiklashni  milliy  o’zlikni  anglashning  o’sishidan,  xalqning

ma’naviy sarchashmalariga,  uning  ildizlariga  qaytishdan  iborat  uzviy,  tabiiy  jarayon  deb

hisoblaymiz.

36

Masalaning xuddi shu jihatiga urg’u berib, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov



o’zining «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida bayon etilgan oltita ustuvor yo’nalishning

bajarilishi kerak bo’lgan ulkan vazifalar paydo bo’ldi. Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni

qo’lga kiritgach, o’z taqdirining chinakam egasi, o’ziga xos milliy ma’naviyat va madaniyatning

sohibiga aylandi.

37

O’zbekiston bugungi kunda tom mahnodagi asrga teng buyuk voqealarni boshidan



kechirmoqda. Tarixdan ma’lumki, biror xalq hayotida tub burilish sodir bo’layotgan davrlarda

jamiyat yangi istiqbollar sari bormog’i uchun ijtimoiy munosabatlarni shunga muvofiq

o’zgartirmog’i lozim bo’ladi. SHu bois ijtimoiy muhitdagi o’zgarishlar shaxsning va butunisicha

jamiyatning tafakkurida, dunyoqarashida, ma’naviy olamida o’zgarishlarni taqozo etadi.

Prezidentimiz

Islom


Karimov

2016  yil  15  yanvarda

bo’lib

o’tgan,


Mamlakatimizni  2015  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2016

yilga  mo’ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo’nalishlariga

bag’ishlangan  Vazirlar  Maqkamasi  majlisidagi “Bosh  maqsadimiz – mavjud

qiyinchiliklarga  qaramasdan,  olib  borayotgan  isloqotlarni,  iqtisodiyotimizda

tarkibiy  o’zgarishlarni  izchil  davom  ettirish,  xususiy  mulkchilik,  kichik  biznеs  va

tadbirkorlikka  yanada  kеng  yo’l  ochib  bеrish hisobidan  oldinga  yurishdir”

mavzusidagi ma'ruzasida ta’kidlab ko’rsatdiki:  “Xalqaro  miqyosda  katta  nufuzga

ega  bo’lgan  Jahon  iqtisodiy  forumi  rеytingiga  ko’ra,  O’zbеkiston  2014-2015

yillardagi rivojlanish  yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o’sish prognozlari

bo’yicha dunyodagi  eng  tеz  rivojlanayotgan  bеshta  mamlakat  qatoridan  joy

olgani albatta barchamizga mamnuniyat еtkazadi.

Bundan  tashqari,  2015  yilda  mamlakatimiz  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining

Oziq-ovqat  va  qishloq  xo’jaligi  tashkiloti  (FAO)ga  a'zo  davlatlarning  oziq-ovqat

xavfsizligini  ta'minlash  soqasida Mingyillik  rivojlanish  maqsadlariga  erishgani

uchun bеriladigan  mukofotiga sazovor bo’lgan  14 ta davlatdan  biri sifatida e'tirof

etildi.


Davlat  qarzi  darajasining  pastligi,  ya'ni  yalpi  ichki  maqsulotga  nisbatan  18,5

foizdan  oshmagani  qam  mamlakatimizda  erishilgan  ijobiy  natijalar  va

makroiqtisodiy barqarorlik mustaqkamlanayotganidan dalolat bеradi”

38

.



XX asrning ulug’ gumanisti A.SHveytser:  “Voqelikni shakllantiruvchi kuchlar ichida

ma’naviyat birinchidir”

39

, - degan edi. Biz bugun ulkan imkoniyatlar davrida yashamoqdamiz.



36

Karimov  I.A O’zbekiston  XXI asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  taҳdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot

kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997, 137-138-b.

37

Karimov I.A. Xavfsizlik va baqaror taraqqiyot yo’lida. 6-jild. -T.:O’zbekiston, 1998. 125-b.



38

Karimov  I.A.

“Bosh  maqsadimiz – mavjud  qiyinchiliklarga  qaramasdan,  olib  borayotgan  isloqotlarni,

iqtisodiyotimizda  tarkibiy  o’zgarishlarni  izchil  davom  ettirish,  xususiy  mulkchilik,  kichik  biznеs  va  tadbirkorlikka

yanada kеng  yo’l ochib bеrish hisobidan oldinga  yurishdir”. 2016 yil 15  yanvarda bo’lib o’tgan, Mamlakatimizni

2015  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2016  yilga  mo’ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim

ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Maqkamasi majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi. 2016 yil. 16

yanvar soni.

39

Karimov  I.A.  Biz  tanlagan  yo’l – demokratik  taraqqiyot  va  ma’rifiy  dunyo  bilan ҳamkorlik  yo’li.  T.II. -T.:



O’zbekiston, 2003. 34-b.

72

Biroq ularni real voqelikka aylantirish yo’lidagi g’ov va xafv-xatarlar ham

mavjudligicha

qolmoqda.

Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirish uchun avvalo,

insonlar ongida tub o’zgarishlar yuz berishi zarur. Zero, kishilar tafakkurini band etgan eski

andozalardan, tor qoliplardan, o’z umrini yashab bo’lgan aqidalardan xalos etmay turib, yangi

davr, tarixiy taraqqiyot bilan tabiiy ravishda qo’l ushlashib keladigan yangidan-yangi

muammolarni hal etib bo’lmaydi.

Prezident I.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik

shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida mustaqil taraqqiyotimizga xavf solayotgan tashqi va

ichki tahdidlar va ularning oldini olish yo’llari haqida batafsil fikr yuritib, ma’naviy qadriyatlar

va milliy o’zlikni anglashning ahamiyatiga alohida urg’u beradi:  “Biron-bir jamiyat ma’naviy

imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay turib, o’z

istiqbolini tasavvur eta olmaydi”

40

, - deya alohida ta’kidlagan edi.



Darhaqiqat, jamiyatni ma’naviy yangilamay, kishilar tafakkurini o’zgartirmay turib,

demokratik jamiyatni qurish, bozor iqtisodiyotiga o’tish, umuman hech qanday taraqqiyotga

erishish mumkin emas. Zero, demokratik fuqarolik jamiyati yuksak ma’naviyat va keng mahrifat

tantana qilgan jamiyatdir.

Mustaqillik tufayli milliy-ma’naviy tiklanishga imkoniyat yuzaga keldi. Prezidentimiz

Islom Karimov “mahnviy o’nglanishni amalga oshirmasdan iqtisodiy o’nglanish mumkin

emas”ligini aytib,  “Ma’naviyat xalqni, millatni millat qiladigan kuch-qudratdir”degandi. SHu

sababli mustaqillik yillarida jahon tsivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo’shgan buyuk alloma Imom

Buxoriy, at.Termiziy, B.Naqshband, Ahmad Yassaviy, al-Xorazmiy, Farg’oniy, Beruniy, Ibn-

Sino, Amir Temur, Ulug’bek, Navoiy kabi buyuk zotlar merosini o’rganish demokratik

jamiyatning milliy ma’naviy negizlarini tashkil qiladi. Prezident Islom Karimov 1992 yilda

yozgan


“O’zbekistonning

o’z


istiqlol

va

taraqqiyot



yo’li”

asarida


O’zbekistonni

rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini ko’rsatib bergan edi:

1) umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

2) xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

3) insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;

4) vatanparvarlik.

1-slayd

Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy- axloqiy negizlari

O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o’z yo’li

to’rta asosiy negizga asoslanadi

Bu negizlar:

40

Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. 6-jild. -T.: O’zbekiston, 1998. 125-bet.



73

2-slayd

Bu tushunchalar bir-biri bilar uzviy bog’liq bo’lib, demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik

jamiyatini qurishda muhim vazifa va manba hisoblanadi. 2002 yil 29 avgust Oliy Majlisning 9-

sessiyasida Prezidentimiz Islom

Karimov “O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada

chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asolarini shakllantirishning aososiy yo’nalishlari”

mahruzasida jamiyatni ma’naviy yangilash lozimligi tushunchasini mohiyatan ochib berdi.

“Barcha islohatlarning bosh yo’nalishi va samaradorligi pirovard natijasini belgilab beradigan

inson omili va mezonidir” deb bu masalaga alohida ehtibor qaratgan edi. Inson manfaatlarini

amalga oshirish uchun zarur sharoit, imkoniyat yaratish orqali demokratik jamiyatni barpo etish

mumkin. Prezidentimiz bu masalaga diqqat berib,  “Buyuk ajdodlarimizning beqiyos ma’naviy

merosi ming yillik tariximiz va madaniyatimizga asoslangan ma’naviy hayotimizni tiklay

boshladik. Dinimiz, tilimizga qaytdik, milliy urf-odatlarimiz va anhanalarimiz, xullas inson

ma’naviyatiga daxldor barcha boyliklarimiz qaytadan qad rostlamoqda”.

Barkamol shaxs-demokratik jamiyat tushunchasidir. Ma’naviy barkamol inson xaqidagi

ijtimoiy-siyosiy qarashlar, falsafiy fikrlar tarixda kecha paydo bo’lgan emas. Uning tarixiy

ildizlari SHarq mutafakkirlari ijodiy, falsafiy tahlimotlariga borib taqaladi. SHu sabab “Biz

sog’lom avlodni tarbiyalab, voyaga  yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy

sog’lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan

insonni tushunamiz” degan edi I.Karimov.Prezidentimiz bu borada komil insonga tahrif berib,

ongi  yuksak,  mustaqil  fikrli,  xulq  atvori  bilan  ibratli,  bilimli,  mahrifatli  kishini  tushunishini

bayon etgan edi. SHu boisdan ham jamiyatning ma’naviy yangilanishi demokratik jamiyat barpo

etish omilidir. Milliy-ma’naviy negizlarni bilish uchun tarixni, milliy o’zlikni anglash ham zarur,

chunki xalq ma’naviyatning asosidir.

Darhaqiqat, demokratiya har bir inson uchun oliy qadriyatga, jamiyatning boyligiga

aylanmog’i kerak. Busiz u shunchaki nazariya yoki qog’ozda qolgan qonunligicha qoladi, xolos.

Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi

Vatanparvarlik

Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik

Xalqimizning ma’naviy merosini mustaҳkamlash va rivojlantirish



Milliy va umuminsoniy tamoyillar.

Milliy


tamoyillar

1)

Xalqimiz hayotida jamoa bo’lib yashash ruhining



ustunligi.

2)

Jamoa



timsoli

bo’lgan


oila,

mahalla,


el-yurt

tushunchalarining muqaddasligi.

3)

Ota-ona, mahalla-ko’y, umuman jamoaga yuksak



hurmat-e’tibor.

4)

Millatning



o’lmas

ruhi


bo’lgan

ona


tiliga

muhabbat.

5) Kattaga - hurmat, kichikka –izzat.

6)

Mehr-muhabbat,



go’zallik

va

nafosat,



hayot

abadiyligining ramzi-ayol zotiga ehtirom.

7) Sabr-bardosh va mehnatsevarlik.

8) Halollik, mehr-oqibat va h.k.



74

“Barcha  islohotlarimizning  bosh  yo’nalishi  va  samaradorligining  pirovard  natijasini  belgilab

beradigan  inson  omili  va  mezonidir.”

41

Negaki,  bozor  iqtisodiyotini  barpo  etish  birdan-bir



maqsad  emas.  Barcha  islohotlar – iqtisodiy,  demokratik,  siyosiy  islohotlardan  ko’zlangan

pirovard  maqsad  insonning  mehnat,  ijodiy  va ma’naviy imkoniyatlarini  ro’yobga  chiqarishdan

iborat. «SHu sababli – deb ta’kidlagan edi – Prezident I.A.Karimov – jamiyatning sifat jihatidan

yangi holatga o’tishida bizga islohot chog’ida odamlar moddiy ahvoli keskin yomonlashadigan,

axloqiy  qadriyatlar,

ma’naviy


tayanchlar  barbod  bo’ladigan,  o’tish  davrining  barcha

qiyinchiliklari aholi yelkasiga tushadigan andoza maqbul emas»

42

. Binobarin, eng avvalo, erkin



fikrlaydigan  odamgina  o’z  Vatanining haqiqiy  farzandiga  aylanadi.  CHunki  tafakkur  ozod

bo’lmasa, ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutilmasa, inson to’la ozod bo’lolmaydi. Inson ozod

emas ekan - jamiyat demokratik tamoyillarni qabul qilmaydi.

Demak,  inson  manfaatlarini  amalga  oshirish  uchun  zarur  sharoit,  imkoniyat  yaratish

orqaligina demokratik jamiyatni barpo etish mumkin.

O’zbekistonda kechayotgan demokratik o’zgarishlarning jamiyatning ma’naviy

yangilanishiga bog’liqligi. O’zbekistonda  kechayotgan  demokratik  o’zgarishlarlarning  jamiyat

ma’naviy yangilanishi  bilan  bog’liqligining  yana  bir  jihati  bor.  Ana  shu  bog’liqlik  Prezident

I.A.Karimovning  bir  qator  risolalarida  va  mahruzalarida  alohida ta’kidlangan.  U  O’zbekiston

Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  umumiy  yig’ilishida  (1994  yil  7  iyulda)  so’zlagan  nutqida

shunday degan edi: «Buyuk ajdodlarimizning beqiyos ma’naviy merosi ming yillik tariximiz va

madaniyatimizga  asoslangan ma’naviy hayotimizni  tiklay  boshladik.  Dinimiz  va  tilimizga

qaytdik,  milliy  urf-odatlarimiz  va  anhanalarimiz,  xullas,  inson ma’naviyatiga  daxldor  barcha

boyliklarimiz  qaytadan  qad  rostlayapti»

43

.  Darvoqe,  Prezidentimizning ma’naviyat,  uning



mohiyati  to’g’risida  nazariy-ilmiy  fikrlari  g’oyat  chuqur  va  keng  qamrovlidir.  SHuningdek,  u

ma’naviy tarbiya - mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti ekanligiga

alohida  ehtibor  beradi.  Dunyo  tarixida  mustaqillik  va  ozodlik  kurashchilari  timsoliga

aylanganlardan biri, XX asr buyuk hind davlat arbobi Maxatma Gandi: “Insoniyat – bu  yagona

oila, bo’linmas oila. Uning har bir ahzosi sodir qilgan jinoyat uchun har birimiz javobgarmiz”, -

degan  edi.  U  yoki  bu  millat  yoki  davlat  ana  shu  insoniyat  degan  katta  oilaning ichidagi  kichik

oila.  Ana  shu  oila  ahzolarida  bahamjihatlik, ma’naviy mushtaraklik  bo’lmas  ekan,  ular  Gandi

so’zlarida aks etgan ma’naviy burch hissasi bilan yashamas ekan, yorug’ kelajak haqidagi o’ylar

xomxayol  bo’lib  qolaveradi.  Zero,  demokratik  rivojlanish  barqarorlik  va  ijtimoiy hamkorlikka

tayanadi.

Odamlar ma’naviyat  rishtalari  bilan  bog’langandagina,  ular  xalq, millatga  aylanadi.

CHunki  “ma’naviyat - insonni  ruhiy  poklanish  va  yuksalishga  dahvat  etadigan,  inson  ichki

olamini  boyitadigan,  uning  iymon-irodasini,  ehtiqodini  mustahkamlaydigan,  vijdonini

uyg’otadigan qudratli botiniy kuch”dir.

44

Ma’naviyat  mavhum  tushuncha  emas.  U  millat  bilan,  milliy  tafakkur  bilan,  millatning



tarixi,  asrlar  mobaynida  to’plangan  bilim  va  tajribasi,  tushunchalari,  tasavvurlari  bilan  bog’liq.

Frantsuz  mahrifatchisi  Jan  Jak  Russo  Yevropa  jamiyati hayotida  ulkan  siljishlar  sodir

bo’layotgan XVIII asrda xalqda milliy xarakterni shakllantirishni birinchi vazifa, deb bilgan edi.

CHunki uning nazdida “har qanday yaxshi o’zgarishlarning umumiy maqsadlari har bir davlatda

mahalliy  shart-sharoit  va  aholining  o’ziga  xos  xususiyatlari  asosida  shakllanadigan

munosabatlarga  muvofiq  shakl  olishi  kerak”

45

.  J.Russoning  fikrlarini  bugungi  kun  nuqtai-



nazaridan talqin qilsak, demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, adolatli, ma’naviyati yuksak

insonlar  jamiyatini  qurishda  jahon  tajribasiga  tayangan holda,  avvalo,  milliy  mentalitetni

41

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining to’qqizinchi



sessiyasidagi ma’ruzasida bayon etilgan asosiy vazifalar va qoidalarni keng yoritish bo’yicha tashkiliy-ma’rifiy

tadbirlar dasturi. -T.: O’zbekiston, 2002. B.29.

42

Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.I. -T.: O’zbekiston, 1996. –322-b.



43

Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. -T.: O’zbekiston, 1994. – 14-b.

44

Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: O’zbekiston, 1999, 17-b.



45

O’sha joyda.



75

inobatga  olish  kerakligi  ma’lum  bo’ladi.  Ayni  paytda  shuni  alohida ta’kidlash  lozimki,

O’zbekistonda  kechayotgan

demokratik  o’zgarishlar  jamiyat

ma’naviy

yangilanishiga

bog’liqligini  faqat  o’zbek  millati ma’naviyati  bilan  bog’lash  va  uni  shunday  deb  baholash

adolatdan  emas.  Balki  uning  bilan  yagona  bir  mamlakat hududida  yashayotgan  turli  xalq  va

millatga  mansub  bo’lgan  barcha  aholining,  turli  etnik  birliklar  va  ijtimoiy  guruhlarning ham

umumiy boyligi, deb qarash haqiqatga yaqinroq bo’ladi.

Demak,  O’zbekistonda  demokratik  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish  vazifasini ma’naviy

yangilanishlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Bu haqiqatni hech qachon unutmaslik kerak.

Demokratiya - bu  kishilarning  birgalikda hayot  kechirishi,  muammolarni  bahamjihatlik

bilan hal qilishi, shaxsiy manfaatlarni jamoa, millat, davlat manfaatlari bilan uyg’un ko’rishi,  bir

so’z bilan aytganda, murosa qilish madaniyatidir.

1983  yili  jahonning  29  mintaqasi  olimlari,  jamoat  arboblaridan  iborat  “Gumanitar

muammolarni o’rganish bo’yicha Xalqaro Komissiya” tuzildi. Komissiya XX asrdagi gumanitar

vaziyat  va  uni  takomillashtirish  ustida  izlandi.  Jazoir,  SHveytsariya,  Polg’sha,  Avstriya,  Xitoy,

Hindiston,  Meksika,  Eron,  SHvetsiya,  Yaponiya - jami  29  mamlakatning  mahrifatparvarlari

dunyodagi  gumanitar  muammolarni  amaliy  o’rgandilar.  “Insoniyat  axloqi”,  “Global  masalalar”

(ya’ni ekologiya,  qashshoqlik,  qurollanish,  terrorizm,  narkomafiya),  “Ommaviy  qirg’in

qurollari”, “Qurolli to’qnashuvlar”, “Daydi bolalar”, “Oziq-ovqat inqirozi”, “CHo’l-sahrolarning

kengayib  borayotganligi”,  “Favquloddagi  vaziyatlar”,  “Urushlar”  kabi halokatli holatlarning

kelib  chiqish  sabablarini  tahlil  etib,  barcha  muammolar  insoniy  tuyg’ularning  susayishi, ya’ni

ma’naviy qadriyatlarning  qadrsizlanishi  bilan  bog’liq,  degan  xulosaga  keldilar.  Ularning  to’rt

yillik mehnati natijasi bo’lgan kitob “Insoniyat insoniyligini saqlab qola oladimiq” (Ng’yu Jersi,

1989) degan iztirobli nom bilan jahon tillarida nashr qilindi.

2006 yil 2-3 noyabrda Xiva va Toshkentda Xorazm Mahmun akademiyasining 1000

yilligiga bag’ishlangan “Xorazm Mahmun akademiyasining jahon ilm-fani taraqqiyotidagi o’rni»

mavzuida xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tdi. Xorazm Mahmun akademiyasining 1000 yilligini

nishonlash haqida Prezidentning (2004) qarori qabul qilingan edi. Bu yubiley YuNESKO

ishtirokida o’tdi. Prezidentning 1997 yilda qayta tiklangan Xorazm Mahmun akademiyasi,

Xorazmning XI asrdagi tarixi, madaniyati, uning tashkil topishi va faoliyati, u  yerda Ibn Sino,

Beruniy, Ibn Iroq va boshqa olimlar ishlaganligi qayd etildi.

2007 yil 24–26 mayda Samarqand shahrining 2750 yilligi nishonlandi. Samarqand Buyuk

Ipak


yo’lida joylashgan. Samarqand

Rim, Bobil, afina tengdoshi. YuNESKO Bosh

konferentsiyasi 33-sessiyasining 2005 yil 20 iyuldagi qaroriga ko’ra 2750 yilligini nishonlash

ko’zlangan edi. Ulug’bek madrasasida 150 dan ko’p mahruza tinglandi.

YuNESKO tomonidan Toshkentning 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti, deb ehlon

qilinishi munosabati bilan 2007 yil 14–15 avgustida Toshkent va Samarqand shaharlarida

“O’zbekistonning islom tsivilizatsiyasi ravnaqiga qo’shgan hissasi” mavzuidagi xalqaro

konferentsiya o’tkazildi.

Demokratik jamiyat qurishning milliy-ma’naviy, axloqiy negizlarining 1) falsafiy

ildizlari haqida fikr yuritganda, uning barcha ilmlarning otasi bo’lgan falsafa fani xulosalariga

asoslanishi nazarda tutiladi. Bunga uyg’onish davri va o’rta asrlarda milliy davlatchiligini tiklay

boshlagan  Yevropa xalqlarining har biri o’ziga xos ma’naviyatini yaratganini misol keltirish

mumkin. Mazkur qadriyatlar Rim imperiyasi parchalangandan keyin o’z davlatchiligiga ega

bo’lgan xalqlarning o’ziga xos qadriyatlari va mentaliteti zaminida vujudga kelgan milliy

falsafalar asosida shakllandi. SHu bois o’sha davrdagi italg’yan, ingliz, frantsuz falsafasi o’zi

mansub bo’lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat qildi. SHu bilan birga, bu milliy maktablar

zaminida vujudga kelgan falsafiy tahlimotlar, mahrifiy qarashlar insoniyat madaniyati xazinasiga

katta hissa bo’lib qo’shildi.

Jamiyat va tsivilizatsiyalar rivojiga ulkan tahsir ko’rsatgan nazariyalar, tahlimotlar va

mafkuralar mavjud. Zardusht, Sokrat, Platon, Konfutsiy, Alisher Navoiy, Maxatma Gandi va

boshqalarning bunyodkor g’oyalari tarixda o’chmas iz qoldirgan. Sohibqiron Amir Temurning



76

bunyodkorlik g’oyalari va faoliyati SHarq madaniyatining gurkirab rivojlanishiga buyuk hissa

qo’shdi.

Kant, Gegelg’, Nitsshe kabi mutafakkirlar nomi bilan shuhrat topgan nemis falsafasi

xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. Jumladan, haqiqiy milliy xususiyatlarga ega

bo’lgan Gegelg’ falsafasi Avstriya imperiyasidan ajralib, mustaqillik yo’lini tutgan Pruss

monarxiyasining davlat mafkurasi darajasigacha ko’tarilgan.

Milliy-ma’naviyatning 2) dunyoviy ildizlari mahrifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy,

madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Asrlar mobaynida insoniyat bosqichma-bosqich

dunyoviylik sari intilib keldi. Umumehtirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy

plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning

asosini tashkil etadi. Insonning haq-huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi ham

qonun yo’li bilan kafolatlanadi. Bunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik - dahriylik emas»

degan tushuncha asosida rivojlanadi, ya’ni dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni va ahamiyatini

aslo inkor etmaydi.

3-Slayd

Demokratik jamiyat qurishning milliy-ma’naviy,

axloqiy negizlari

FALSAFIY ILDIZLAR

DUNYOVIY

ILDIZLAR


DINIY ILDIZLAR

g’arb falsafasi, sharq

falsafasi, hozirgi zamon

falsafasining

yo’nalishlari

ilmiy-mahrifiy, siyosiy,

iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy

munosabatlar

1. Avesto (Zardushtiylik).

2. Tavrot (Yaxudiy, iudizm).

3. Injil (Xristianlik,

xushxabar).

4. Qurhon (musurmonlar-

niki: o’qimoq, qiroat).

5. Zabur (yaxudiylik, Davud

payg’ambar)

Dunyoviy jamiyat mafkurasi «dunyoviylik -

dahriylik emas» tushunchasi asosida

rivojlanadi

Dunyoviy va diniy g’oyalar

bir-birini boyitib borgan sharoitda

taraqqiyot yuksak bosqichga ko’tariladi

Amaliyot falsafasi deb tan olingan

pragmatizm, hayot falsafasi bo’lgan

ekzistentsializm dunyoviy

va diniy g’oyalardan oziqlangan tahlimotdir

Ilm-fan va madaniyat borasidagi

yutuqlardan oqilona foydalanish uchun ham

jamiyatga sog’lom g’oya, sog’lom mafkura

kerak


Milliy ma’naviyatning 3)  diniy  ildizlari deganda  u  inson  ongi  va  ruhiyoti  bilan  uzviy

bog’liq ekani va shu bois uning g’oyaviy ildizlari diniy tahlimotlarga borib taqalishi tushuniladi.

Ya’ni ko’pgina  mafkuralarda  «Zabur»,  «Tavrot»,  «Injil»,  «Qurhon»  kabi  ilohiy  kitoblar  zikr

etilgan ezgu g’oyalar muayyan darajada o’z ifodasini topganini ko’ramiz.



77

Xitoy xalqining taraqqiyot yo’lini asoslab bergan Konfutsiy va Lao TSzining tahlimotlari

ham  diniy  qarashlarga  asoslangan  edi.  Bu  tahlimotlar  asrlar  mobaynida  mamlakatning  milliy

mafkurasi bo’lib kelgan.

Dunyoviy  va  diniy  g’oyalar  bir-birini  boyitib  borgan sharoitda  taraqqiyot  yuksak

bosqichga  ko’tariladi.  Bunga  bashariyat  tarixida  o’chmas  iz  qoldirgan  Imom  Buxoriy  va  Muso

Xorazmiy,  Imom  Motrudiy  va  Abu  Rayhon  Beruniy,  Imom  Fazzoliy  va  Ibn  Sino,  Imom

Termiziy  va  Abu  Nasr  Forobiy  singari  buyuk  zakovat  sohiblari  yashab  faoliyat  ko’rsatgan

davrlar yorqin misol bo’la oladi

3-Slayd

Milliy-ma’naviyatning

tarixiy ildizlari

Haqqoniy yozilgan

tarix

Xalqning tarixiy



Xotirasi

Xalq og’zaki ijodi

Sanhat va adabiyot durdonalari

Yozma manbalar

Milliy qahramonlar hayoti, faoliyati

va merosi

Qadimiy obidalar, asori atiqalar

Milliy davlatchilik anhanalari

Buyuk mutafakkirlar merosi

Milliy-ma’naviyatning  tarixiy  shakllarini,  mazmun-mohiyatini  azal-azaldan  ezgulik  va

yovuzlik,  bunyodkorlik  va  vayronkorlik  o’rtasidagi  kurash  dialektikasi  belgilab  keladi. Ya’ni

bosqinchilik,  boshqalar  hisobidan  boyish,  tajovuzkorlik,  aqidaparastlik  mafkuralariga  qarama-

qarshi  o’laroq,  ozodlik,  mustaqillik  va  adolat  g’oyalari  uzluksiz  maydonga  chiqib,  xalqlarning

muzaffar bayrog’iga aylangan.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish