"psixologiya"


- guruh uchun tarqatma material



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/253
Sana28.04.2020
Hajmi1,78 Mb.
#47964
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   253
Bog'liq
psixologiya

4- guruh uchun tarqatma material 
Iroda.  Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish.  Irodani tarbiyalash.   
Iroda  –  bu  biror  bir  maksadga  erishish  uchun  ichki  va  tashki  tusiklarni,  
kiyinchiliklarni  yengish  bilan  uzidagi  bor  imkoniyatlarni,    kuchlarni  safarbar 
qilish  bilan  boglik  bo’lgan  shaxs  xususiyatidir.    Iroda  -  bu  kishining  oldiga 
ko’yilgan  maqsadlarga  erishishda  qiyinchiliklarni    yengib  o’tishga  qaratilgan 
faoliyati va xulk-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o’z-o’zini boshqarishi 
demakdir.    Iroda  tabiat  qonunlarini    egallab  oladigan  va  shu  tariqa  uni  o’z 
ehtiyojlariga  ko’ra    o’zgartirish  imkoniyatiga  ega  bo’ladigan  kishining  mehnat 
faoliyatida paydo bo’ladi.  
Iroda  o’zaro  bog’lik  ikkita  vazifaning  -  undovchi  va  tormozlash 
vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi va ularda o’zini namoyon qiladi.  
Undovchi  vazifasi  kishining  faolligi  bilan  tahminlanadi.    Harakat  oldingi 
vaziyat  bilan  bog’liq  bo’lgan  paytdagi  reaktivlikdan  farqli  o’laroq  faollik 
harakatning ayni o’zida namoyon bo’ladigan ichki xolatiga nisbatan subyektning 
o’ziga  xos  xususiyatini  kuchga  kiritish  harakatini  chiqaradi.    Kishining 
harakatga  undovchi  mayillari  mahlum  bir  yo’lga  solingan  sistemani  oziq-
ovqatga,    kiyim-kechakka,    issiq  va  sovuqdan  yashirinish  ehtiyojdan  tortib  to 
mahnaviy,    estetik  va  intellektual  xis-tuyg’ularni  boshidan  kechirish  bilan 
bog’lik  yuksak  niyatlarga    borib    taqaladigan  motivlar  iyerarxiyasini  tashkil 
etadi.    Agar  yuksak  motivlar  deb  quyilari,    shu  jumladan,    hayotiy,    muhim 
motivlar    tusilishi  va  tutib  turilishi  yuz  bersa,    bu  irodaning  namoyon  bo’lish  
hisobiga bo’ladi.  
Kishining  tavakkalchilik  sharoitidagi  xatti-harakati  irodaning  xarakterli 
ko’rinishlaridan biri.  
Tavakkalchilik      -  bu  subyekt  uchun  uning  ichki  nomahlum  va  muvaffa-
kiyatsizlikka    duch  kelganda  mumkin  bo’ladigan  noqulay  oqibatlar  (jazolash,  


 
223 
og’riq    tahsirini    o’tkazish,    travma,    obro’ni  yo’qotish  va  shu  kabi)  haqidagi 
tahminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatning  xarakteristikasidir.  
Tavakkalchilik 
paytida 
kutilayotgan 
noxushlik 
bunday 
xolatdagi 
muvaffaqiyatsizlik ehtimoli va noqulay oqibatlar darajasining uyg’unlashtirilishi 
bilan  belgilanadi.    Tavakkalchilikning  birinchi  sababi  va  turi  bu  yutuqqa  umid 
bog’lash,   
muvaffaqiyat 
qozonilganda 
kutilayotgan 
 
kattalikning 
muvaffaqqiyatsizliklar oqibati darajasida ortishidir.  
Tavakkalchilikda  oqlangan  va  oqlanmagan  tavakkalchiliklar  bo’lib,    ular 
bir-biridan  farq  qiladi.    Oqlangan  tavakkalchilik  yakunning  har  qanday 
noaniqligi  va  muvaffaqiyatsizlik  keltirishi  mumkinligiga  qaramay  oqlanmagan 
tavakkalchilikdan  farq  qilib,    irodaviy  qarorga  kelayotgan  paytda  barcha 
«yoklovchi»  va  «qarshilarni»,    tavakkalchilik  xatti-harakatini  belgilovchi 
motivlarning g’oyaviy va ahloqiy yuksakligi,  oqilona ravishda o’ylab ko’rishni 
va  shunday  qilib,    harakatning  xavfsizlik  variantiga  nisbatan  xavfli  variantini 
afzal ko’rishni nazarda tutadi.   Bunda harakat (ishning yakuni tasodifga) omad 
keladi yeki kelmaydi bog’liq bo’ladigan yoki,  aksincha,  muvaffaqiyat  tavakkal  
qilayotgan    kishining  shaxsiy  sifatlari  (uning  qobiliyatlari,    qathiyligi,  
malakalari  va  h.  o)  bilan  belgilanadigan  vaziyatlar  bo’lishi  mumkin.     
Tavakkalchilikning    ikkinchi  turi  «vaziyat  usti»  yoki  «xolis  niyatli” 
tavakkalchilik deb,  yoki bo’lmasa «tavakkalchilikni deb tavakkalchilik» qilish 
demakdir 
Ehtiyojlar 
bir 
xil 
harakatlarning 
bajarilishini 
belgilaydigan 
va 
boshqalarining  bajarilishiga  xalaqit  beradigan  har  xil  sabablarga  (motivlarga) 
aylanadi.    Irodaviy  harakatlarning  sabablari  hamisha  ozmi-ko’pmi    darajada  
anglanilgan  xarakterda  bo’ladi.  
U  yoki  bu  ehtiyojning  kanchalik  anglanilganiga  bog’lik  xolda  intilish  va  
istakni  ham  farq  qilsa  bo’ladi.  
Intilish  -  xali  differensiyalashmagan,    yetarli  darajada  anglanil-magan  
ehtiyojdan  iborat  faoliyat  motividir.  
Istak  -  faoliyatning  motivi  sifatida  ehtiyojning    yetarli  darajada    tushunib  
yetilganligi  bilan xarakterlanadi.  
Irodaviy  aktning  eng  muhim    bo’g’inlari  -  qaror  qabo’l  qilish  va  uni  ijro 
etish  ko’pincha  alohida  xissiy  xolatning  irodaviy  zo’r  berish  sifatida 
tavsiflanadigan xolatning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.  Irodaviy  zo’r berish 
bu  xissiy  hayajon  shakli  bo’lib,    kishining  harakatga  qo’shimcha    motivlarni 
vujudga  keltiruvchi,    gohida  yo’q  bo’luvchi  yoki    yetarli  bo’lmovchi    ichki 
resurslarini (xotirasi,  tafakkuri,  hayoli va boshqalar) safarbar etuvchi va ancha 
zo’rayish xolati kabi boshdan kechiriladigan   sabablardir.  
Irodaviy  zo’r  berish    natijasida  bir  xil  motivlarning  harakatini  to’xtatib 
ko’yib,    boshqalarining  harakatini  xaddan  ziyod  kuchaytirish  mumkin  bo’ladi.   
Irodaviy  kuch-g’ayrat  ishlatish  natijasida  dangasalik,      qo’rquv,      charchash  
kabilar  ustidan qozonilgan g’alaba anchagina xissiy zavq  beradi.  
Tashqi to’siq yengib o’tish lozim bo’lgan ichki qiyinchilik,  ichki qarshilik 
kabi boshdan kechiriladigan bo’lsa u irodaviy zo’r berishni talab  qiladi.  


 
224 
Irodaviy  faoliyatning  ichki  qiyinchiliklarini  yengishga  qaratilgan  ongli 
tuzilma va o’z-o’zini boshqarish sifatida  eng avvalo o’ziga,  o’z xissiyotlariga,  
xatti-harakatlariga  hukmronlik  qilishdir.   Bu  hukmronlik  har  xil  odamlarda  har 
xil darajada ifodalanadi.   Oddiy ong o’zining namoyon bo’lishi tezligiga qarab  
farqlanadigan,      bir  qutibda  irodaning  kuchi,    boshqa  birovda  esa  kuchsizligini 
ifodalaydigan  narsaning  individual    xususiyatlarining    spektrini    qayd  qiladi.  
Kuchli  irodaga  ega  bo’lgan  kishi  qo’yilgan  maqsadlarga  erishish  yo’llarida 
uchraydigan istagan qiyinchiliklarni bartaraf eta oladi,  ayni chog’da qathiylik,  
mardlik,  jasurlik,  chidamlilik kabi irodaviy fazilatlarni namoyon qiladi.  Irodasi 
sust  kishilar  qiyinchiliklar  oldida  ojizlik  qiladilar,    qathiyatlik,    sabot-matonat 
ko’rsatmaydilar,  hulq-atvor va faoliyatning yanada  yuksak,   mahnaviy jixatdan 
oqlangan  motivlari  uchun  o’zlarini  tuta  bilmaydilar,      bir    daqiqalik    mayilni  
yo’qota  olmaydilar.  
Irodasi  sustlikning  namoyon  bo’lish  doirasi  xuddi  kuchli  irodaning 
xarakterli sifatlari kabi rang-barangdir.  Irodasi sustlikning eng chekka darajasi 
psixika  normasi    chegarasidan  tashqarida  bo’ladi.    Abo’liya  va  apraksiya,  
masalan,  shunga kiradi.  
Abo’liya  -  bu  miya  potologiyasi  zaminida  yuzaga  keladigan  faoliyatga 
intilishning yo’qligi,  harakat qilish yoki uni bajarish uchun qaror qabo’l  qilish  
zarurligini  tushungan  xolda  shunday  qilaolmaslikdir.  
Vrachning    aytganini    bajarish  zarurligini  aniq  faxmlagan    abo’liya-ga 
mubtalo bo’lgan bemor buning uchun biron narsani qilishga o’zini majbur  qila 
olmaydi.  Tabiiy  hulq-atvor  uning  uchun eng xarak-terlidir.  
Apraksiya  -  miya  tuzilishining  shikastlanishi  natijasida  kelib  chiqadigan  
harakatlar      maqsadga    muvofiqligining  murakkab  buzilishi-dir.    Agar  nerv 
to’qimalarining  buzilishi  miyaning  peshona  qismlarida  to’xtab  qolsa,    xatti-
harakatlarni  erkin  to’g’rilashni  buzilishida  namoyon  bo’ladigan  apraksiya 
boshlanadi.  Bu harakatlar berilgan programma va binobarin,   irodaviy  aktning  
bajarilishini  qiyinlashtirib  qo’yadi.  
Irodaviy fazilatni baholash «kuchli-kuchsiz» ulchovi bilan ifodalan-masligi 
kerak.    Irodaning  axloqiy  tarbiyalanganligi,    agar  xal  qiluvchi  bo’lmasa  ham,  
muhim  ahamiyatga  egadir.    Irodaviy  ko’rinishlar  xarakte-ristikasi,    ularning 
mahnaviy  bahosi  irodaviy  akt  amalga  oshirili-shining  asosiga  quyilgan 
motivlarning  sosial  ahamiyatiga  bog’liq.    Mahnaviy  jixatdan  tarbiyalangan 
irodali  kishi  eng  avvalo  o’zining  individual  intilishlarini  irodaga  va  kollektiv 
obro’-ehtiboriga,  jamiyat manfaatlariga  bo’ysundiradigan  jamoachidir.  
Irodani  tarbiyalash  xususida  so’z  yuritganda  irodani  mustaqil  tarbiyalash 
usullari har xil bo’lishi va ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishini 
bilishimiz lozim: irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf 
etishni  odat  qilishdan  boshlash  kerak;  qiyinchiliklarni  va  to’siqlarni  bartaraf 
etish  mahlum  maqsadlarga  erishish  uchun  amalga  oshiriladi;  qabo’l  qilingan 
qaror bajarilishi kerak; agar kishi uzoqqa muljallangan maqsadni oldiga qo’ygan  
taqdirda  uzoq  istiqbolni  nazarda  to’tishi,    bu  maqsadga  erishish  bosqichlarini 
ko’rishi,    yaqin  kelajakka  muljallangan  istiqbolni  ko’ra  olish.    Irodani 
tarbiyalash  to’g’risida  gapirilar  ekan,    faoliyatning  muvaffaqiyatli  bajarilishi 


 
225 
faqat  u  yoki  bu  irodaviy  fazilatlar  shakllanishiga  emas,    balki  belgilanadigan 
narsaning  real  bajarilish  sharti  sifatidagi  tegishli  ko’nikmalarning  borligiga,  
qo’yilgan maqsadlarga  erishilishiga  bog’liq  ekanligini  unutmaslik  kerak.  
Xulosa  qilib  shuni  aytish  kerakki,    asosiy  irodaviy  fazilat-larining  
rivojlanishi    kishining  boshqa  odamlar  bilan  doimiy  muloqoti    jarayonida,    u 
bilan  birgalikda  ishlashi  davomida  yuz  beradi.    Jamiyatdan    tashqarida,  
kollektivdan tashqarida kishining irodasi normal  rivojlana  olmaydi.  
 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish