Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi


- savol . Diqqat va uning nerv-fiziologik asoslari



Download 131,69 Kb.
bet53/71
Sana14.04.2022
Hajmi131,69 Kb.
#552441
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71
Bog'liq
Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan

72- savol . Diqqat va uning nerv-fiziologik asoslari

Odamga har bir daqiqada taʼsir qilib turadigan qoʻzgʻatuvchilar turlicha reflekslarga sabab boʻladi. Chunki har qanday refleks organizmning tashqi taʼsirotga beradigan qonuniy javob reaksiyasidir.


Diqqatning nerv-fiziologik asosida oriyentirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan “bu nima gap refleksi” deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga toʻsatdan birorta yangi narsaning taʼsiri yoki haddan tashqari kuchli taʼsirot orqali hosil boʻladi. Oriyentirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining poʻstida kuchli qoʻzgʻalish jarayonidan iborat boʻladi. Boshqacha qilib aytganda har bir daqiqada organizmga turli narsalarning taʼsiridan hosil boʻlgan qoʻzgʻalishlarga nisbatan oriyentirovka yoki tekshirish refleksi ayni chogʻda nisbatan kuchli (yaʼni optimal) qoʻzgʻalish manbaini yuzaga keltiradi.
Bosh miya yarim sharlarining poʻstida paydo boʻladigan kuchli qoʻzgʻalish manbai nisbatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam qoʻzgʻalish boʻladi. Ana shu nuqtai- nazardan akademik I.P.Pavlov “diqqatning fiziologik asosini bosh miya poʻsti qismidagi optimal qoʻzgʻalish manbai tashkil qiladi”, deb taʼkidlagan. Buni biz akademik I.P.Pavlovning quyidagi soʻzlaridan ochiq oydin koʻrishimiz mumkin.
“Miya yarim sharlarining optimal qoʻzgʻalishga ega boʻlgan qismida –deydi I.P.Pavlov, – yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil boʻladi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo boʻladi. Shunday qilib, optimal qoʻzgʻalishga ega boʻlgan joy ayni chogʻda bosh miya yarim sharlarining ijodga layoqatli qismi desa boʻladi. Miya yarim sharlarining sust qoʻzgʻalgan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chogʻda funksiyasi juda nari borganda tegishli qoʻzgʻovchilar asosida ilgaridan hosil qilingan reflekslarni qayta tiklashdan iboratdir”.
I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induksiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya poʻstining bir joyida maydonga kelgan qoʻzgʻalish jarayonlari bosh miya poʻstining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya poʻstining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya poʻstining boshqa joylarida kuchli qoʻzgʻalish jarayonlarini paydo boʻlishiga olib keladi. Ayni shu paytda har bir onida miya poʻstida qoʻzgʻalish jarayoni uchun optimal, yaʼni nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qoʻzgʻalish manbai mavjud boʻladi. “Agar bosh suyagiga qarash imkoni boʻlganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya koʻrinadigan boʻlsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qoʻzgʻalish uchun eng yaxshi sharoit tugʻilgan nuqtasi miltillab koʻrinadigan boʻlsa, yangi sogʻlom bir narsani oʻylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda gʻalati jimjimador shakli, surati va hajmi har damda bir oʻzgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turgan yorugʻ narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorugʻ narsa atrofidagi boshqa yerlarni bir muncha xira tortib turganini koʻrardik”.
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qoʻzgʻalishning har doim ustun turadigan hukmron oʻchogʻi mavjud boʻladi, bu hukmron qoʻzgʻalish oʻchogʻi aynan shu damda miyaga taʼsir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qoʻzgʻalishlarni qandaydir ravishda oʻziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qoʻzgʻalishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qoʻzgʻalishning hukmron boʻlishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
Bu hol psixologik jihatdan biror qoʻzgʻatuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chogʻda taʼsir qilib turgan boshqa qoʻzgʻatuvchilardan diqqatning chalgʻishida ifodalanadi.
Jiddiy diqqat, odatda oʻziga xarakterli boʻlgan tashqi ifodalari bilan bogʻliq boʻladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tikilib qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni toʻxtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xos boʻlgan yuz harakatlari bilan bogʻliq boʻladi.



Download 131,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish