Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi


- savol. Tafakkur va xayolning farqlari



Download 131,69 Kb.
bet52/71
Sana14.04.2022
Hajmi131,69 Kb.
#552441
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71
Bog'liq
Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan

71- savol. Tafakkur va xayolning farqlari

Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ongli jarayon tariqasida sodir boʻladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya poʻstining faoliyati mana shu jarayonning fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorlarning miyadagi uchlari oʻrtasida vujudga keladigan murakkab bogʻlanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorlarning bosh miya poʻstidagi uchastkalari bir-biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir-biriga tutashib, bir-biri bilan chambarchas bogʻlanib ketganligi sababli mazkur bogʻlanishlarning vujudga kelishi yuqorida aytib oʻtilganidek, tafakkurning maxsus nerv-fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signallar tizimining bogʻlanishlari birinchi signal tizimidagi bogʻlanishlarga tayanadi. I.P.Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan oʻzaro oʻtkazish jarayonida hozir boʻladi, deb taʼkidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida birinchi signal bilan oʻzaro taʼsir qilish jarayonida dastlab umuminsoniy empirizmni va nihoyat odamning oʻz tevaragidagi olamni va uning oʻzini bilish uchun oliy qurol boʻlgan oliy tafakkur voqye boʻladi. Tafakkurning muayyan bir narsaga qaratilishi uchun nerv-fiziologik asos boʻlgan oriyentirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol oʻynaydi. Akademik I.P.Pavlov taʼkidlaganidek, “avvalo umuminsoniy empirizmni nihoyat, atrof olamni va insonning oʻzini ham bilish uchun oliy qurol boʻlgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy oliy tafakkur zarurdir”. Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi oʻzining individual xususiyatlariga ega boʻlib, fikr yuritish faoliyatining shakllari, vositalari va operatsiyalarining munosabatlari kishilarda turlicha namoyon boʻlishida oʻz ifodasini topadi. Odatda tafakkurning individual xususiyat-lari, sifatlariga bilish faoliyatining mazmundorligi, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikrning kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi.


Tafakkur mazmundorligi deganda insoning tevarak-atrofdagi moddiy voqelik toʻgʻrisida ongda qay miqdorda, koʻlamda mulohazalar, muhokamalar, fikrlar, muammolar, tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi. Insonda sanab oʻtilgan xarakterdagi gʻoyalar toʻlib toshsa, shunchalik tafakkur mazmundor boʻladi. Kishilar bir-birlaridan birinchi navbatda tafakkurning mazmundorligi bilan tafovutlanadi.
Tafakkurning chuqurligi deganimizda moddiy dunyodagi narsa-hodisalarning asosiy qonunlari, qonuniyatlari, xossalari, sifatlari ularning oʻzaro bogʻlanishlari, munosabatlari, tafakkurimizda toʻliq aks etganligini tushunishimiz kerak. Tafakkur arsenalida joylashgan narsalarning qay yoʻsinda sistemalashganligiga qarab toʻgʻri va ratsional yoʻl nazarda tutiladi, u yoki bu shaxsning tafakkur chuqurligi toʻgʻrisida qatʼiy bir qarorga kelish mumkin.
Tafakkurning kengligi oʻzining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari bilan muntazam aloqada boʻladi. Insonlardagi narsa va hodisalarning eng muhim belgi, xususiyatlarini oʻzida mujassamlashtirgan oʻtmish yuzasidan, hozirgi davr haqida, shuningdek, kelajak toʻgʻrisida mulohazalar, muammolar va tushunchalarni qamrab olgan tafakkur keng tafakkur deyiladi. Fikr doirasi keng bilim saviyasi yuqori sergʻoya ijodiy izlanishdagi kishilarni aql zakovatli, bilimdon yoki tafakkuri keng kishilar deb atash mumkin. Demak, insonning aql-zakovati, bilimdonligi mulohazadorligi uning tafakkurining kengligidan dalolat beradi. Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bogʻlangan. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida maʼlum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, gʻoyalar, tavsifnomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan boʻlsa, bunday kishining tafakkuri sermahsul tafakkur deb ataladi. Demak, vaqt oraligʻida bajarilgan ish koʻlami va sifatiga oqilona baho berish tafakkur mahsuldorligini oʻlchash mezoni sifatida xizmat qiladi. Tafakkur ixchamligi deganda muammoni hal qilishning dastlab tuzilgan rejasi mazkur jarayonda masala yechish shartini qanoatlantirmay qolsa, nomutanosiblik hosil boʻlsa hech ikkilanmay elastik ravishda oʻzgartirishlar kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasavvur qilmogʻimiz shart. Fikrning operativ jihatdan tezkorlik bilan oʻzgartirishdan va toʻgʻri yoʻnalishga yoʻllab yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Masalan, talaba imtihonda avval gʻoyani notoʻgʻri yoritayotib, oʻz-oʻzicha birdaniga xatosini anglab toʻgʻri javob bera boshlashi kabilar. Demak, tafakkurning mazkur sifati fikrlarni, axborotlarni tinglovchilarga xato va kamchiliklarsiz yetkazib berish garovidir.
Tafakkurning tezligi qoʻyilgan savolga va muammoga toʻliq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. Uning tezligi qator omillarga, jumladan fikrlar uchun zarur materialni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bogʻlanishlarning tezligi, turli hislarning mavjudligiga, insonning diqqatiga, qiziqishiga bogʻliq boʻladi. Bundan tashqari tafakkurning tezligi boshqa shartlarga – insonning bilim saviyasiga, fikrlash qobiliyatiga, mavjud koʻnikma va malakalariga ham bogʻliq ekanligi isbotlangan.

Download 131,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish