"Presuppozitsiya " hodisasi muloqot qatnashchilarining nutqiy tejamlilikka ehtiyoji, til birliklarining nutqiy vaziyatda sintaktik strukturaga qo„shimcha, ikkilamchi ma‟lumot berish imkoniyatiga egaligi, suhbat qatnashchilarining bo„lib o„tgan yoki bo„lajak jarayon haqidagi oldindan ma‟lum bilimlari kabi omillar ta‟sirida nutqiy maydonga chiquvchi hodisasidir.
Propozitsiyaning til sathidagi ahamiyati tilning mohiyatini belgilaydigan qisqalik, tejamlilik tamoyillari bilan izohlanadi.
“Propozitsiyaning” yashirin hukm, tagma‟no bilan bog„liq ekanligini bundan yuz yillar oldin Olmon mantiqshunosi X.Frege aytgan edi. "Propozitsiyaning" o„rganilish tarixi o„ziga xos bo„lib, uni o„rganish bilan dastlab tilshunoslar emas, balki mantiqshunoslar shug„ullanib, hayotga tadbiq etganlar. Bugungi kunga qadar presuppozitsiya, prezumptsiya, tagbilim, ichki ma‟no, monema, pragmatik ma‟no, sintagmatik ma‟no, hukmning tabiiy asosi so„zlovchining bilish fondi, ularning oldindan kelishuvi, sintaktik strukturaning ikkilamchi ma‟nosi, oldindan ma‟lum bilimlarning jami atamalar ostida o„rganib kelinmoqda. Bu atama tilimizdagi tagm’no, ya’ni yuzada berilmagan, lekin tinglovchi tushunishi, anglashi ko„zlangan maqsad va ifoda bilan uzviy bog„liq tushunchadir. Shuning uchun u tinglovchi - farosati yuzada bir narsani ko„rib turgani holda uning ostida nima yotganligini uqishi, ilg„ay olishi bilan bog„liq. Bu ma‟no va maqsadni xalqimiz yana, "qizim senga aytaman, kelinim sen eshit" hikmatli so„zi bilan ifodalaydi. tilshunoslikda presuppozitsiya termini ostida muayyan jumla tarkibida bevosita ifodalangan yashirin holda aks etgan ma‟no tushuniladi. Masalan, " Bugun instruktorimizni qoldirdim, dada" . Axborot temasi bo„lgan "shaxmat" konteksdan ma‟lum. Oldingi jumlada gap shaxmat haqida boradi, shuning uchun yuqoridagi gap "instruktorimiz bilan shaxmat o„ynadim" presuppozitsiyaga ega. Konteksdan tashqarida presuppozitsiya uchun yo„l yopiladi. Kishilarning o„zi qurshab turgan olam haqidagi universal bilimlari va til haqidagi ko„nikmalari natijasida ayrim so„zlarning leksik ma‟nolarida ham presuppozitsiyaga yo„l ochishi mumkin. Masalan, "Men Toshkentdan Samarqandga uchdim " jumlasida, " samolyotda keldim " presuppozitsiyasi mavjud. " Uchmoq " so„zining leksik ma‟nosi va til haqidagi umumiy bilish fondi so„zlovchilar uchun presuppozitsiya yo„l ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |