§ 7. Suyultirilgan gazlar, tezda alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni saqlash va quyish-to‘kish jarayonlari.
117. SG, TAS va YoSni saqlash omborxonalari, shuningdek quyish-to‘kish estakadalari (punktlari), SG, TAS va YoSni saqlash va transportda tashish uchun rezervuarlarning (sig‘im-idishlarning) tuzilishi ushbu obyektlarga tegishli me’yoriy talablarga va ushbu Qoidalarga mos kelishi kerak.
118. Yonuvchi suyuq moddalarni (SG, TAS va YoS) saqlash va uzatish, ko‘chma va statsionar rezervuar-saqlagichlarni to‘ldirish va bo‘shatish bo‘yicha texnologik operatsiyalarni bajarish tartibi, bu operatsiyalarning (bosim, uzatish tezligi, chegaraviy ruxsat etilgan maksimal va minimal sathlar, vakuumni yo‘qotish usullari va shu kabilar) portlash xavfsizligini aniqlaydigan jarayon parametrlarini tanlash mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi va reglamentlanadi.
119. Saqlash uchun rezervuarlar va SG, TAS va YoSni quyish-to‘kish estakadalari jarayonni xavfli parametrlarini nazorat qilish va boshqarish vositalari bilan jihozlanadi.
120. SG, TAS va YoSni saqlashda va quyish-to‘kish operatsiyalarini o‘tkazishda statsionar va ko‘chma rezervuarlarni (idishlarni) va quyish-to‘kish moslamalarini, faqat ularni mo‘ljallangan mahsulotlar uchun ishlatish kerak. Bunda quyish-to‘kish operatsiyalari bajarilishining barcha bosqichlarida tasodifan mahsulotlarning aralashib ketishi mumkinligiga yo‘l qo‘ymaydigan zaruriy choralar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Zaruriy xollarda, maxsus tayyorlangan bo‘sh sig‘imlarni, fizikaviy-kimyoviy tavsifi va ko‘rsatkichlari bo‘yicha ular uchun mo‘ljallangan suyuq yonuvchi mahsulotlarga o‘xshash bo‘lgan boshqa mahsulotlar bilan to‘ldirishga ruxsat beriladi. Bunda sig‘im uchun ruxsat berilgan bosimdan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Sig‘imlarni to‘ldirishga tayyorlash tartibi (sig‘imlarni undagi mahsulotlar qoldiqlaridan bo‘shatish, yuvish, tozalash, zararsizlantirish va shu kabilar) va quvurlarni, armaturalarni qayta ulash bo‘yicha ishlarni olib borish.
121. Saqlash sharoitlarida qo‘shimcha (tashqi) beqaror birikmalar hosil bo‘lishi, aralashmalarning to‘planishi, asosiy mahsulotlarning portlash xavfini oshiradigan xossalari bo‘lgan moddalar bilan quyish-to‘kish operatsiyalarini olib borishda va saqlashda aralashma va qo‘shimcha birikmalarni hosil bo‘lishi va to‘planish tezligini pasaytiradigan yoki hosil bo‘lish mumkinligiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar, shuningdek statsionar, ko‘chma rezervuarlarda va boshqa asbob-uskunalarda ularning miqdorini nazorati va o‘z vaqtida ularni yo‘qotish usullari nazarda tutiladi.
122. Montaj qilishdan, ta’mirlashdan, tozalashdan va shunga o‘xshash ishlarni bajarishdan keyin statsionar va (yoki) ko‘chma rezervuarlarni SG va TASni bilan to‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rishda, bu asbob-uskunalarda portlash mumkinligiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar ko‘zda tutiladi. Kuyishga tayyorgarlik ko‘rish tartibi, asbob-uskunada kislorod konsentratsiyasining nazorati, shuningdek portlash xavfini aniqlaydigan boshqa parametrlarining nazorati reglamentlanadi.
123. Bosim ostida saqlanayotgan suyultirilgan yonuvchi gazlarning statsionar rezervuarlari sig‘imi portlash xavfining energetik ko‘rsatkichlarini va aniq sharoitlarini hisobga olgan holda tegishli me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi.
124. SG, TAS va ESni rezervuarlari, avariya holatlarida yonuvchi mahsulotlardan bo‘shatish uchun, odatda, avariya sharoitlarida xizmat ko‘rsatishga qulay bo‘lgan joyda, masofadan boshqariladigan tez ishlovchi o‘chiruvchi armatura bilan ta’minlanadi. O‘chiruvchi armaturaning ishlab ketish vaqti ushbu Qoidaning 39(v)-bandi talablariga muvofiq belgilanadi.
125. Qalqib turuvchi tomli (ponton) rezervuarlar konstruksiyasi, ularni to‘ldirish, bo‘shatish bo‘yicha operatsiyalarni bajarish tartibi va mahsulotni olish tizimi, mahalliy qizib ketishlarga, harakatlanuvchi detallarning ishqalanishi hisobiga uchqun hosil bo‘lishiga va ularni mumkin bo‘lgan o‘zaro to‘qnashishiga yo‘l qo‘ymasligi, tomlarning (ponton) nosozligida ularning emirilishi va rezervuarlarda mumkin bo‘lgan portlashlarning olishi kerak.
126. SG, TAS va YoSlarni quyish va temir yo‘lda tashish uchun mo‘ljallangan sisternalar, tashiladigan mahsulotning fizik-kimyoviy xossalari, davlat va tarmoq me’yoriy hujjatlari talablarini hisobga holda, temir yo‘l transportida xavfli yuklarni tashishning xavfsizlik Qoidalariga muvofiq armatura, nazorat vositalari, quyish-to‘kish, himoya va boshqa moslamalar bilan ta’minlanadi.
127. Yonuvchi mahsulotlarni quyish-to‘kish uchun temir yo‘l sisternalarini qo‘yish tartibi, bu operatsiyalarni xavfsiz o‘tkazishni ta’minlashi va maxsus tarmoq me’yoriy-texnik hujjatlari bilan belgilanishi kerak. Temir yo‘l sisternalariga quyish-to‘kishda quyish ostidagi sisternaning o‘z-o‘zidan harakatlanishi imkoniyatini, quyish moslamalarining germetikligini yo‘qolishi va atmosferaga yonuvchi mahsulotlarning otilib chiqishini oldini oladigan, shuningdek gazlanishi mumkin bo‘lgan zonada doimiy yoki tasodifiy (mexanik, elektr va boshqa kelib chiqishlari oqibatida) o‘t oldirgich manbalari mavjudligiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar nazarda tutiladi.
128. Temir yo‘llarda turgan SG, TAS va YoSLI temir yo‘l sisternalarini statsionar, omborxona sig‘imlari (tarqatish-xarajat) sifatida foydalanishga ruxsat berilmaydi.
129. SG, TAS va YoSlarni sisternadan to‘kish va unga quyish maxsus quyish-to‘kish shaxobchalarida amalga oshirilishi kerak. Quyiladigan mahsulotning har bir turi uchun, agarda uni boshqa mahsulotlar bilan aralashtirishga yo‘l quyib bo‘lmaganda, mustaqil quyish-to‘kish shoxobchalari yoki bu shaxobchalarda alohida quyish moslamalari nazarda tutiladi. Quyish shaxobchalaridan o‘zaro bir-biriga mos (to‘g‘ri) kelmaydigan mahsulotlarni navbatma-navbat quyishga ruxsat berilmaydi.
130. Quyish-to‘kish nosoz sisternalarni avariya holatida bo‘shatish bo‘yicha operatsiyalarni bajarish uchun usullar va vositalar, shuningdek maxsus jihozlangan joylar nazarda tutilishi kerak. Bu operatsiyalarni bajarishdagi xavfsizlik choralari yo‘riqnomalar bilan belgilanishi kerak.
131. SG, TAS va YoSni quyish-to‘kish tizimining sisternalari, rezervuarlari, quvurlari va boshqa asbob-uskunalari foydalanish uchun ishonchli, oddiy va qulay bo‘lishi kerak. Ularning tuzilishi quyish-to‘kish operatsiyalarini olib borishda to‘kilib ketish hamda yonuvchi bug‘ va gazlarning atmosferaga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
132. Quyish-to‘kish tizimlarida haydaladigan muhitga chidamsiz bo‘lgan materiallardan tayyorlangan moslamalardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
133. SG, TAS va YoSni quyish-to‘kish sisternaning toshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan ishonchli, asosan avtomatik moslamalar bilan jihozlanadi.
134. SG, TAS va YoSni quyish operatsiyalarini nasoslar bilan olib borishda ularni masofadan turib o‘chirish vositalari nazarda tutiladi. O‘chiruvchi moslamalar xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha talablarni hisobga olgan holda, ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatilishi yengil va qulay joylarda o‘rnatilishi kerak.
135. Estakadaga SG, TAS va YoS kelayotgan quvurlarda, estakadada avariyalar yuz berishi mumkin bo‘lgan holatlarda, bu quvurlarni o‘chirish uchun tez ishlovchi moslamalar yoki masofadan boshqariladigan zulfinlar o‘rnatiladi.
Bu moslamalarni boshqarish — joyida va masofadan (xavfsiz joydan) bo‘lishi kerak.
136. Sisternalarga (sisternalardan) suyultirilgan gazlarni va past haroratda qaynaydigan yonuvchi suyuqliklarni (qaynash harorati atrof muhit haroratidan past) quyish-to‘kish operatsiyalarini xavfsiz olib borish uchun quvurlarda bug‘ hosil bo‘lishini minimumga olib, kavitatsiya, gidravlik zarbalar va boshqa quyish-to‘kish tizimlari elementlarini mexanik buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan hodisalarga yo‘l qo‘ymaydigan choralarni nazarda tutish kerak.
137. Quyish-to‘kish operatsiyalarini olib borishda atmosfera va statik elektrdan himoyalanish choralarini nazarda tutish kerak.
138. Quyish-to‘kish estakadalarda, tizimni bu mahsulotlardan zarur bo‘lganda bo‘shatishda quyish-to‘kish tizimlarining bug‘-gaz fazalarini tartibli yig‘ish va qayta foydalanish qurilmalariga ulash imkoniyati ta’minlanishi kerak va quyish-to‘kish kollektorlari tizimlarida portlash xavfi bor aralashmalarni hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularga inert gazi va bug‘ berilishi, shuningdek bu tizimda yonuvchi moddani ishonchli ravishda yo‘qotish imkoniyatini nazarda tutish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |