Portlash Yonish xavfi bor kimyo, neft kimyo va neft gazni qayta ishlash korxonalari uchUN PORTlash XAVFSIZLIGINING UMUMIY QOIDALARINI TASDIQlash to‘G‘risida


V bob. Texnologik jarayonlarni apparaturalar bilan jihozlash



Download 1,02 Mb.
bet12/33
Sana16.04.2022
Hajmi1,02 Mb.
#556000
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
Ёнғин хавфсизлиги

V bob. Texnologik jarayonlarni apparaturalar bilan jihozlash.
§ 1. Umumiy talablar.
139. Asbob-uskunalarni tanlash, loyihalashning dastlabki ma’lumotlari, amaldagi me’yoriy hujjatlar va mazkur Qoidaning talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Texnologik tizimga kiradigan texnologik bloklarning portlash xavfi toifasidan kelib chiqib, asbob-uskunalarni ishonchlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tanlash amalga oshiriladi.
140. Texnologik asbob-uskunalar va quvurli armaturalar uchun ekspluatatsiyaning aniq sharoitlarini hisobga olgan holda, ishlatishning yo‘l qo‘yiladigan muddati belgilanadi. Ishlash muddati haqidagi ma’lumotlar asbob-uskunalar va quvurli armaturalarning pasportlarida tayyorlovchi tomonidan keltirilishi kerak. Quvurlar uchun loyihalash tashkiloti tomonidan hisoblab aniqlangan ekspluatatsiya muddati belgilanadi, bu loyiha hujjatida aks ettirilishi va quvur pasportiga kiritilishi kerak.
Belgilangan ishlash muddatini o‘tab bo‘lgan texnologik asbob-uskunalar, quvurlar armaturasi va quvurlarning xavfsiz ekspluatatsiya muddatini uzaytirish, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
141. Portlash xavfi bor muhitni hosil bo‘lishi va o‘lchami, jarayonda qatnashayotgan moddalar yonishining minimal energiyasidan oshadigan energiya manbalarini yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik mumkin bo‘lmagan asbob-uskunalar (apparatlar va quvurlar) uchun portlashdan himoya va alangani kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullar va vositalar, asoslangan holatlarda - portlashning to‘liq bosimini hisobga olib, mexanik chidamlilikni oshirish nazarda tutiladi.
Portlashdan himoya, alanganing kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydigan vositalar va boshqa avariyaga qarshi moslamalarniig samaradorligi va ishonchliligi - asbob-uskunalarning sanoat nusxalarini portlashdan himoyalashga sinash bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
142. Asbob-uskunalarni avariyaga qarshi moslamalar bilan ta’minlanishi, unda yonish manbalari hosil bo‘lishini olishga qaratilgan choralar ishlab chiqish zaruriyatini inkor etmaydi.
143. Asbob-uskunalar va quvurlarni tayyorlash uchun ishchi muhit bilan o‘zaro ta’sir beqaror birikmalar — qayta ishlash mahsulotlarining portlash sababchisini, hosil qiladigan materiallarni qo‘llanishiga ruxsat berilmaydi.
144. Texnologik asbob-uskunalar va quvurlarni tayyorlash sifati, ushbu asbob-uskunalar va quvurlarning me’yoriy hujjatlari va texnik hujjatlari talablariga mos bo‘lishi kerak.
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan apparatlarning tuzilishi bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar (idishlar) uchun me’yoriy hujjatlar va ushbu Qoidaning talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
145. Texnologik asbob-uskunalarni va quvurlarni montaj qilish loyihaga muvofiq, qurilish me’yorlari va qoidalari, standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
0,07 megapaskal (0,7 kg kuch / sm2)dan yuqori ortiqcha bosim ostida ishlaydigan va texnologik jarayonlarda qatnashadigan, shuningdek kimyoviy moddalarni saqlash va tashishga mo‘ljallangan apparatlar, agregatlar va sig‘imlar (idishlar) ishga tushirishdan oldin “Bosim ostida ishlaydigan sig‘imlarning tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanish Qoidalari”ga asosan “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasida ro‘yxatga olinadi.
Asbob-uskunalar, materiallar va komplektlovchi (butlovchi) ashyolarning tayyorlanish sifati va me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘q bo‘lsa, ularni montaj qilishga ruxsat berilmaydi.
146. Asbob-uskunalar, quvurlar armaturasi, himoya vositalari va asboblar nazorati pasportlarida Davlat standartlari tomonidan nazarda tutilgan ishonchlilik ko‘rsatkichlari ko‘rsatilishi kerak.
147. 1-toifali portlash xavfi bor texnologik bloklar qurilmalarida portlash-yonish xavfi bor va zaharli mahsulotlarni uzatuvchi 1-toifali quvurlarning payvandlangan birikmalari buzmaydigan usullar bilan (ultratovushli defektoskopiya, sirgib kiruvchi nurlanish bilan yoritib tekshirish yoki boshqa shunga o‘xshash usullar) 100 foizli nazoratdan o‘tkaziladi.
Nazoratni buzmaydigan usullarni tanlash va boshqa toifadagi quvurlarni nazorat hajmi loyiha hujjatlarida belgilanishi va ularni xavfsiz ekspluatatsiyasini ta’minlash uchun yetarlicha bo‘lishi kerak.
148. Texnologik tizimlar germetik bo‘lishi kerak. Asoslangan vaziyatlarda, pasport ma’lumotlari bo‘yicha yonuvchi moddalarni reglamentlangan oqib (sizib) chiqishlari (ish rejimida bu oqib chiqishlarning ruxsat etilgan o‘lchamlarini ko‘rsatilishi bilan) mumkin bo‘lgan asbob-uskunalarni qo‘llashga ruxsat beriladi. Loyiha hujjatlarida ularni yig‘ish va olib ketish tartibi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
149. TAS va SG bilan kontaktda ishlaydigan texnologik asbob-uskunalarning qo‘zg‘aladigan birikmalarini germetiklash uchun asosan g‘o‘la turidagi zichlagichlar qo‘llaniladi.
150. Texnologik apparatlar va quvurlarni tashqi issiqlikdan izolatsiyalash zarur bo‘lganda, unga yonuvchi mahsulotlar tushishini himoyalaydigan choralar nazarda tutiladi.
Asbob-uskunalarning tashqi yuzasi va (yoki) issiqlik izolatsiyalash qoplamalari haroratlari portlash-yonish xavfi eng ko‘p bo‘lgan mahsulotlarning o‘z-o‘zidan alangalanish haroratidan oshmasligi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bo‘ladigan joylarda esa, bino ichkarisida 40° S dan va tashqi qurilmalarda 60° S dan oshmasligi kerak.
151. Texnologik asbob-uskunalarning almashish elementlari konstruksiyasi tashuvchi va texnologik muhitni o‘zaro bir biriga o‘tib ketishi imkoniyatiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Issiqlik almashish elementlarining tuzilishi, tayyorlanishi va ishonchliligiga talablar ekspluatatsiyasi va holatining nazorati, sinov tartibi tegishli me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi.
152. Texnologik jarayonlarni olib borish sharoitlari bo‘yicha bug‘ kondensatsiyasi bo‘lgan gaz-faza jarayonli apparaturalar uchun quvurlari uchun, zarur bo‘lganda suyuq fazani yig‘ish va olib ketish uchun moslamalar nazarda tutilishi kerak.
153. Texnologik asbob-uskunani tozalash bo‘yicha davriy reglamentda belgilangan ishlarni olib borish uchun, odatda, uskunalar ichida odamlarning bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan gidravlik, mexanik yoki tozalash vositalari nazarda tutiladi.
154. Portlash-yonish xavfi bor mahsulotli apparatlar suv, bug‘, inert gazi liniyalarini ulash uchun moslamalar bilan jihozlanadi. Apparatlar shamollatish uchun moslamalar bilan ta’minlanishi mumkin.
155. Ish turi bo‘yicha eksgoguatatsiya jarayonida vibratsiyaga uchraydigan portlash-yonish xavfi bor texnologik tizimlar, asbob-uskunalar va quvurlar uchun, vibratsiyaning — ularning zichlovchi elementlariga ta’siriga yo‘l qo‘ymaslik va texnologik tizimlar va qurilish konstruksiyalarning o‘zaro bog‘liq elementlariga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha choralar va vositalar nazarda tutiladi.
Ayrim turdagi asbob-uskunalar va ularning elementlari (uzellari va detallari) uchun vibratsiyaning ruxsat etilgan darajasi, bu o‘lchamlarni nazorat qilish usullari va vositalari, hamda ularning qiymatlarini pasaytirish usullari davlat standartlari, me’yoriy hujjatlar talablariga mos bo‘lishi va asbob-uskunalarning texnik hujjatlarida aks etishi kerak.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish