Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E



Download 2,13 Mb.
bet58/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

Xarajatlar yo'nalishlari







Yillar







2013

2014

2015

2016

2017

2018

1

Ishsizlik nafaqalarini to’lash

1,98

2,16

2,66

4,00

5,21

5,45

2

Ishsizlarni haq to’lanadigan jamoat
ishlariga jalb qilish xarajatlari

0,53

0,68

0,67

1,04

0,96

1,24

3

Muddatidan oldin pensiya xarajatlarini to’lash

0,12

0,11

0,10

0,41

0,31

0,28

4

Ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash va o’quv xarajatlari

7,43

8,31

8,58

8,71

9,39

10,27

5

Bandlikka ko’maklashish markazlari hamda byurolarni saqlash xarajatlari

83,66

76,12

81,01

71,08

73,40

74,36

6

Boshqa xarajatlar

6,27

12,63

6,98

14,76

10,73

8,40




Jami xarajatlar

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

8-BOB. BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG‘ARMASI, DAROMADLARI VA XARAJATLARI
8.1. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi: byudjeti loyihasini tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibi; daromadlari prognozlarini ishlab chiqish va xarajatlarini rejalashtirish, ularning ijrosi
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi byudjeti loyihasini tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash byudjet jarayoniga taalluqli bo‘lib, bunda Pensiya jamg‘armasining byudjetini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, Pensiya jamg‘armasi byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash jarayoni tushuniladi. Pensiya jamg‘armasi byudjetini tuzish Byudjet Kodeksi va boshqa byudjetga oid normativ hujjatlar orqali tartibga solinadi. Pensiya jamg‘armasi byudjetini tuzish Pensiya jamg‘armasiga daromad manbalaridan tushumlar miqdorini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipiga tayangan holda amalga oshiriladi.
Pensiya jamg‘rmasi byudjetini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo‘yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtiriladi. Pensiya jamg‘amasi byudjetini tuzish va ijro etishda quyidagi byudjet tizimi printsiplariga amal qilinadi:

  • Pensiya jamg‘armasi byudjet tizimi byudjetlarining tarkibiy qismi hisoblanadi va u yagonadir;

  • Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi ma’muriyhududiy tuzilishiga muvofiq tashkil etiladi;

  • Pensiya jamg‘armasi byudjeti balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi. Pensiya jamg‘armasi byudjetida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig‘indisining hajmiga muvofiq bo‘lishi kerak. Pensiya jamg‘armasi byudjetini tuzish va ijro etishda byudjet mablag‘lari mazkur byudjetning balansliligini ta’minlash uchun ular o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin;

  • Pensiya jamg‘armasi byudjeti daromadlarini prognoz qilish va

xarajatlarini rejalashtirish;

  • Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning aniq

yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;

  • Pensiya jamg‘armasining mustaqilligi;

  • Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi;

  • kassaning yagonaligi;

  • Pensiya jamg‘armasining moliyaviy faoliyatida ishtirok etuvchi mas’ullar belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi;

  • Pensiya jamg‘armasi va uning moliyaviy faoliyatiga tegishli ma’lumotlarning ochiqligi.

Pensiya jamg‘armasi byudjetini ko‘rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini; tasdiqlangan Pensiya jamg‘armasi byudjeti to‘g‘risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini); Pensiya jamg‘armasi byudjeti ijrosining borishi to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek, Pensiya jamg‘armasining rasmiy veb-saytida (www.pfru.uz) joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.
Pensiya jamg‘armasi byudjeti davlat byudjeti loyihasini tuzish tartibi kabi: byudjet so‘rovini tuzish tartibini yuborishni; byudjet so‘rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni; byudjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish va jamlashni; byudjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Byudjet Kodeksining 84-moddasiga binoan Pensiya jamg‘armasi byudjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar quyidagilardir: Moliya vazirligi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, byudjetlar loyihalarini tuzish, Moliya vazirligi tomonidan so‘ralgan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo‘yicha.
Pensiya jamg‘armasi mablag‘ini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlardir.
Pensiya jamg‘armasi byudjeti loyihasini tuzish byudjet so‘rovini yuborishdan boshlanadi. Byudjet so‘rovi – kelgusi davr uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni olishga bo‘lgan ehtiyojni asoslashni nazarda tutuvchi hujjat hisoblanadi.
Byudjet so‘rovi:

  • Pensiya jamg‘armasining jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oluvchi,

o‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobotni;

  • xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun asos bo‘ladigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish muddatlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar, shartnomalar va (yoki) ularning alohida qoidalari ko‘rsatilgan reestrini;

  • Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturini;

  • Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog‘liq holda tuzilgan kelgusi davr uchun byudjet buyurtmasini o‘z ichiga oladi.

Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchi organlar byudjet so‘rovi bilan bir vaqtda daromadlarining kelgusi davr uchun prognozlarini taqdim etadi. Byudjet so‘rovini tuzish tartibi Pensiya jamg‘armasini taqsimlovchi organ tomonidan belgilanadi. O‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobot Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan tuziladi hamda Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchining faoliyatini baholash, bundan buyon uni byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida takliflar tayyorlash uchun foydalaniladi.
O‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobot Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchining har bir faoliyat turi bo‘yicha o‘tgan yilda erishilgan va joriy yilda kutilayotgan natijalarining asosiy miqdor va sifat ko‘rsatkichlari haqidagi axborotni o‘z ichiga oladi. O‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobot qisqa va aniq shaklda bayon etilishi hamda u mazkur faoliyat sohasida kasbiy bilimlarga ega bo‘lmagan shaxslarning uni tushunishini qiyinlashtiradigan maxsus atamalarni o‘z ichiga olmasligi kerak.
Xarajat majburiyatlarining reestri Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlari va tadbirlarning Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uni moliyalashtirish uchun asos bo‘lgan tegishli qonun hujjati ko‘rsatilgan ro‘yxatidir. Xarajat majburiyatlarining reestri Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan o‘zlari amalga oshirayotgan xarajatlarni asoslanganligi nuqtai nazaridan tahlil qilish uchun byudjet tasnifiga muvofiq tuziladi.
Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi pensiya mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan uch yildan kam bo‘lmagan davr uchun tuziladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • pensiya mablag‘larini taqsimlovchi faoliyatining barcha sohalari bo‘yicha rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari, maqsadlari va vazifalarini;

  • maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va texnik tadbirlar majmuini;

  • maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishni ta’minlaydigan, muddatlari va turlari bo‘yicha kelishilgan kutilayotgan natijalar ko‘rsatkichlari tizimini.

Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan belgilangan maqsad va vazifalarga asoslanadi.
Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi yuqori turuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Pensiya jamg‘armasi byudjet loyihasini tayyorlash muddatlari: kelgusi moliya yili uchun Pensiya jamg‘armasi byudjet loyihasi joriy yilning 1iyulidan kechiktirmay Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan Moliya vazirligiga joriy yilning 1 iyulidan kechiktirmay taqdim etiladi. Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalarini tayyorlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchi organlar tomonidan byudjet loyihalari tushumlar manbalari bo‘yicha daromadlar va yo‘nalishlar bo‘yicha xarajatlar prognozidan tarkib topadi. Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari taqchillik bilan ishlab chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti belgilangan tartibda qabul qilingandan va kelgusi yilga uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati besh kun muddatda:

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga – mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Pensiya jamg‘armasi daromadlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini;

  • Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlariga – turlar va mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini

(yo‘nalishlarini) etkazadi.
Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlarini bajarish:

  • yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar tushishining va yig‘ilishining to‘liqligi yuzasidan – davlat soliq xizmati organlari tomonidan;

  • Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini belgilangan tartibda o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish, o‘z vaqtida tayinlash, to‘lash va manzilli ravishda sarflash, shuningdek, Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish yuzasidan – Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi.

Byudjet buyurtmasi Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchisi tomonidan tuziladi. Byudjet buyurtmasi byudjet so‘rovini taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan taqdim etiladi. Byudjet buyurtmasida o‘tgan va joriy yillar uchun hamda kelgusi uch yil uchun Pensiya jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar byudjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladi. Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchi o‘z tasarrufidagi Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘limlarining byudjet buyurtmalari asosida jamlanma byudjet buyurtmasini tuzadi. Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchining jamlanma byudjet buyurtmasi Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘limlarining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog‘liq holda tuziladi. Byudjet buyurtmasida xarajatlar hajmlarini o‘tgan yillarga nisbatan ko‘paytirishga faqat asoslovchi qonun hujjati bo‘lgan taqdirda va mazkur ko‘paytirish Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Pensiya jamg‘armasida byudjet so‘rovini tuzish tartibini yuborish quyidagicha amalga oshiriladi. Bunda Moliya vazirligi har yili 15-aprelga qadar kelgusi davr uchun byudjet so‘rovini tuzish tartibini Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchilarga yuboradi va Davlat soliq qo‘mitasi, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralardan Pensiya jamg‘armasi daromad qismi bo‘yicha takliflar so‘raydi. Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchi organlar kelgusi davr uchun byudjet so‘rovini tuzish tartibini olgandan so‘ng uch ish kuni ichida tegishli byudjet so‘rovlarini tuzish to‘g‘risida va ularni tayyorlash muddatlarini belgilash haqida qarorlar qabul qiladi. Pensiya jamg‘armasining byudjet so‘rovini Moliya vazirligi ko‘rib chiqadi.
Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralarning Davlat byudjeti loyihasining daromad qismi bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqish Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Pensiya jamg‘armasi byudjet so‘rovi ko‘rib chiqilayotganda Moliya vazirligiga byudjet so‘rovi olinganidan keyin o‘n ish kuni ichida quyidagilarga yozma bildirishlar yuborish huquqi beriladi:

  • Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchi organlarga – amalga oshirish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan xarajatlarni maqbullashtirish haqida Pensiya jamg‘armasi byudjeti daromadlari hamda xarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki oshirilgan hollarda, mazkur prognozlarga tuzatish kiritish to‘g‘risida bildirishnoma chiqaradi;

  • Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchi organ esa Moliya vazirligining yozma bildirishlarini olgandan keyin uch ish kuni ichida mazkur yozma bildirishlarda ko‘rsatilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda yangilangan byudjet so‘rovlarini taqdim etishi shartligi belgilangan.

Byudjet so‘rovlarini taqdim etish muddatlari quyidagicha: byudjet so‘rovi Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga – joriy yilning 1-iyuligacha taqdim etiladi. Pensiya jamg‘armasi daromadlarining prognozi bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar Moliya vazirligiga va Pensiya jamg‘armasining mablag‘larini taqsimlovchi organlarga – joriy yilning 15iyunigacha taqdim etadi. Xullas, Pensiya jamg‘armasining kelgusi yil uchun byudjet loyihasi byudjet tizimi byudjetlari bilan birgalikda mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va moliya yili uchun mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida tuziladi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish