Pedagogikasi va psixologiya


Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi



Download 49,65 Kb.
bet3/6
Sana17.04.2022
Hajmi49,65 Kb.
#558009
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Navoiy

Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalashda Alisher Navoiy asarlari o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash muammosida tarixiy xarakter kasb etib, bu borada Sharq mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar tomonidan yaratilgan ilmiy va didaktik manbalar tarbiya ishida muhim ahamiyatga ega.
Yosh avlodni tarbiyalashning pedagogik-psixologik masalalari O.Musurmonova, R.Djuraev, O.Jamoliddinova, Z.Ismailova, U.Mahkamov, Sh.Mardonov, M.Inomova, N.Ortiq-ov,B.Raximov, D.Ro‘zieva, D.Sharipova, N.Egamberdieva, M.Quronov, Z.Solievalar ilmiy ishlarida bolalar, o‘spirinlarda ma’naviyat, axloq, milliy g‘urur, madaniyatni shakllantirish, oilada va ta’lim tashkilotlarida bola shaxsini tarbiyalash, xalq og‘zaki ijodi namunalarining poetik va o‘ziga xosliklari ijtimoiy pedagogik, antropologik va akmeologik nuqtai nazardan tadqiq qilingan. Xususan an’anaviy xalq dostonlari va ertaklari, qo‘shiqlar va maqollar tarbiya darslari ekanligini,folklorning boshqa katta-kichik janrlari boshdan-oyoq pandnomaligini unutmasligimiz kerak”3. Xalq pedagogikasining sharqona an’analari, oilaviy-maishiy yo‘nalishlari, o‘ziga xosligi, ommaviy bayram- sayllar, marosimlar, urf-odatlar va udumlarda ifodalanishi o‘sib kelayotgan yosh avlod tomonidan o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalar sirasiga kiradi.
Darhaqiqat, Alisher Navoiy ijodida inson qadr-qimmati va sha’nini ulug‘lovchi, ma’naviy kamolotini belgilovchi omillar, iymon-e’tiqodining butunligi, vatanparvarlik, do‘st-birodarlik, yaxshilik, ezgulik, ahillik sahifalari rang-barangdir.Bu sahifalarning har biri yosh avlod uchun odobnoma, ibratnoma deb baholanishga tamomila haqlidir.
Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g’oyalari bosh o’rinda turadi. Alisher Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiy o’z davridagi barcha sof vijdonli insonlarning manfaatini himoya qildi. U inson uchun zarur bo’lgan umuminsoniy axloq qoidalarini o’rgandi, asar qahramonlari obrazida o’z qarashlarini aks ettirdi. Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo’lishga da’vat etadi hamda axloqni bunday ta’riflaydi: “ Ahloq shaxsning og’ir baqolig’ libosidir va libos jismning sangin debosi. Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir”.
Alisher Navoiyning fikricha, inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir. Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, so’z bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi. U xalq manfaati uchun ishlaydigan, xalqning baxt-saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy odam deb biladi:
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
Xalqqa yordam berishni istamaydigan, xudbin, qora ko’ngil odamlarni Alisher Navoiy eng yomon odam, xalqqa zarar yetkazadi deb ta’riflaydi.
Ayniqsa, ulardagi axloqiy sifatlarning ulug‘lanishi, axloqiy tarbiya turlarining mavjudligi bolalarga kuchli tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, shu narsani ta’kidlash joizki, boshlang‘ich sinf tarbiya darslarida xalq og‘zaki ijodidan samarali foydalanish orqali ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish masalasi to‘laqonli amalga oshirilmaganligini o‘rganish maqsad qilib olingan. Boshlang‘ich sinf tarbiya darslari jarayonida Navoiy asarlari qimmatli xazinasidan foydalanish yo‘llarini, metodikasini ishlab chiqish pedagogikadagi dolzarb vazifalar qatorida turibdi.

Download 49,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish